Yig’indining va ko’paytmaning bo’linishi



Yüklə 16,87 Kb.
tarix02.11.2022
ölçüsü16,87 Kb.
#67188
6sinf


Yig’indining va ko’paytmaning bo’linishi.
Agar ikki yoki undan ortiq natural sonning har biri biror songa bo’linsa, u holda bu sonlarning yig’indisi ham o’sha songa bo’linadi.
Agar natural sonlardan biri biror songa bo’linsa, ikkinchisi bo’linmasa, u holda bu sonlarning yig’indisi ham o’sha songa bo’linmaydi.
36+81 yig’indi 9ga bo’linadi, chunki har bir qo’shiluvchi 9ga bo’linadi. 12+17 yig’indi 6ga bo’linmaydi, chunki 12 soni 6ga bo’linadi, 17esa 6ga bo’linmaydi; 13+23 yig’indi 6ga bo’linadi, ammo 13va 23 6ga bo’linmaydi.
Agar ko’paytuvchilardan biri biror songa bo’linsa, u holda bu sonlarning ko’paytmasi ham shu songa bo’linadi. 15*17 ko’paytma 5ga bo’linadi, chunki 15 5ga bo’linadi.
Tub va murakkab sonlar.
Agar natural son faqat 2ta bo’luvchiga (sonning o’zi va 1) ega bo’lsa, u tub son deyiladi. Eng kichik tub son 2. 2 yagona juft tub son. Qolgan barcha tub sonlar toq va ular cheksiz.
Agar natural son 2tadan ortiq bo’luvchiga ega bo’lsa, bunday son murakkab son deyiladi.

  1. Tub son ham emas, murakkab son ham emas.

Quyidagi sonlarni taqqoslang, hamda yulduzcha o‘rniga «» belgisini qo‘ying.


a) 556 500 * 59 900; e) 6 590 000 * 6 590 019; b) 41 106 * 41 099; f) 2 990 000 * 21 000 001; d) 8 000 * 79 999; g) 81 320 000 * 81 316 999.
Hisoblang:

  1. 7 012 + 50 367; b) 70 046 + 48 992; d) 27 330 + 1 360; e) 3 485 + 2 7341; f) 50 022 + 64 502; g) 977 200 + 127 033.

Ayirishni bajaring va natijani qo‘shish amali bilan tekshiring:

  1. 1 584 – 239; e) 65 432 – 12 345; b) 4 000 – 798; f) 18 644 538 – 7 974 683; d) 75 319 – 8 642; g) 200 000 000 – 88 748 345

Avtomobil 1050 km masofani bosib o‘tishi lozim. Agar u birinchi kuni 685 km yurgan bo‘lsa, yana necha km yo‘l yurishi kerak?

Natural sonlarni tub ko’paytuvchilarga ajratish.
Natural sonlarni tub ko’paytuvchilarga ajratish- uni tub sonlarning ko’paytmasi shaklida tasvirlash demakdir.
12 sonning bo’luvchilari 1,2,3,4,6,12. Bu bo’luvchilar orasida 2 va 3 – tub sonlar. Ular 12 sonining tub bo’luvchilari deyiladi.
Agar murakkab son o’zining faqat tub sondan iborat ko’paytuvchilari ko’paytmasi shaklida ifodalangan bo’lsa, bu murakkab son tub ko’paytuvchilarga ajratilgan deyiladi.
Yüklə 16,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin