2023-yil 15-avgustga qadar muntazam tashkil etib borilishini taʼminlasin;
Termiz shahar va barcha tumanlar hokimliklari bilan birgalikda: shahar va tumanlar hududida tashkil etiladigan kunduzgi maktaboldi sog‘lomlashtirish maydonchalarida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish uchun homiylar hisobidan kerakli mablag‘larni to‘liq shakllantirsin;
kunduzgi maktaboldi tashkil etiladigan sog‘lomlashtirish maydonchalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, qattiq va yumshoq jihozlar, multimedia vositalari bilan taʼminlash choralarini ko‘rsin;
kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchalarida dam oldiriladigan
12 ming nafar bolalarni maroqli va mazmunli dam oldirish uchun yetarlicha shart-sharoitlarning yaratilishini taʼminlasin;
maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari tomonidan kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchalarida dam oldirilgan bolalar soni va ushbu tadbirlar bilan bog‘liq sarf-xarajatlar to‘g‘risida moliyaviy hisobotlarning har smena yakuni bo‘yicha tuzilishini va umumlashtirilishini taʼminlasin hamda viloyat bo‘yicha jamlangan hisobotni tuman (shahar)lar kesimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashiga 2023-yilning 15-avgustiga qadar taqdim etsin;
kunduzgi oromgohlarda bolalar bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha alohida tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
7. O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi (J.Choriyev):
aloqador boshqarma, tashkilot hamda muassasalar bilan birgalikda viloyatda tarbiya va sport sog‘lomlashtirish oromgohlarini yuqori saviyada tashkil etsin;
oromgohlarda guruhlarga beriladigan nomlar, shiorlar, tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ssenariylar namunalari, bolalar bilan turli interfaol o‘yinlar, tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarning elektron nusxalarini barcha oromgohlarga yetkazsin.
8. Termiz davlat universiteti (A.Maraximov) oromgohlarga ishga jalb etiladigan talabalarning yakuniy imtihonlarini muddatidan oldin topshirishlariga imkon yaratsin;
ularning biriktirilgan oromgohlarga o‘z vaqtida yetib borishlarini hamda oromgohlarda ishlagan davrini pedagogik amaliyotni o‘tash dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
9. Viloyat Madaniyat boshqarmasi (D.Boboyorov) aloqador tashkilotlar bilan birgalikda joylarda o‘quvchilarning amaliyot mashg‘ulotidan so‘ng turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etilishini taʼminlasin.
10. Viloyat Sportni rivojlantirish boshqarmasi (A.Arabov):
barcha oromgohlarni sport jihozlari bilan taʼminlashga amaliy yordam ko‘rsatsin;
ularda turli sport musobaqalari o‘tkazilishini, malakali sport murabbiylari bilan taʼminlash ishlarini tashkil etsin.
11. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (K.Abdivoxidov), viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi (A.Mustanov), “Surxon Dori-darmon” MCHJ (B.Xursandov):
joriy yilning 10-mayiga qadar oromgohlarga xizmat ko‘rsatadigan shifokorlar ro‘yxatini shakllantirsin;
“sog‘lomlashtirish maydonchalari” va statsionar turdagi oromgohlar uchun sanitariya qoida va me’yorlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan normativ hujjatlarni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari bilan hamkorlikda qayta ko‘rib chiqib, 23-mayga qadar barcha oromgohlarga yetkazilishini ta’minlasin;
10-mayga qadar viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridan oromgohlarga biriktirilgan shifokorlar uchun o‘quv-seminarlarni tashkil etish bo‘yicha o‘quv dasturi, tibbiyot xodimlari uchun zarur uslubiy qo‘llanmalar loyihalarini ishlab chiqsin;
oromgohlarga boradigan bolalarni oilaviy poliklinikalarda to‘liq va sifatli tekshirilishini tashkil etib, bolalar va oromgohga ishga qabul qilinayotgan xodimlarning barchasida tibbiyot daftarchalari bo‘lishini nazorat qilsin;
oromgohlarda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarni karantin talablari asosida o‘qitsin;
har bir dam oluvchi bola va xodimlarni oromgohlarga kelishlaridan oldin PZR testlaridan o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
oromgohlarga jalb etiladigan va faoliyat ko‘rsatuvchi barcha xodimlar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bilan emlangan bo‘lishini ta’minlasin;
ilon va qoraqurt zahriga qarshi zardoblarni oromgohlar ehtiyojiga qarab yetarli miqdorda har bir oromgohga yetkazilishini ta’minlash bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlar belgilasin;
oromgohlarda bepul tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yish, ularni yetarli miqdordagi tez tibbiy yordam uchun zarur dori-darmon bilan o‘rnatilgan tartibda ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin;
mavsum davomida oromgohlarda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlarni kundalik nazorat qilib borish maqsadida viloyat Shtabini tashkil etsin;
15-mayga qadar tibbiyot xodimlariga metodik yordam tariqasida tibbiy qo‘llanmalarni (zaruriy hujjatlar, jurnal, tibbiyot xonalarini jihozlash, bolalar orasida tibbiy profilaktika ishlarini o‘tkazish dasturi, kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha plakatlar, bukletlar) tayyorlasin;
oromgohlarda dezaterizatsiya va dezinfeksiya, suvni zararsizlantirish, yotoq anjomlarini tozalatish ishlari tashkil etilishini nazorat qilsin;
Termiz shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda oromgohlarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash maqsadida hududlarda ushbu mahsulotlarning markazlashgan holda yetkazib berilishini o‘rganib chiqib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin, bunda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning tegishli litsenziyasi mavjudligi va mahsulotlarning sifat belgisiga (sertifikatga) ega ekanligiga alohida e’tibor qaratsin;
oromgohlarda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvining sifati hamda me’yorini, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etilishini doimiy nazoratga olsin.
12. Viloyat Madaniyat boshqarmasi (D.Boboyorov), viloyat Sportni rivojlantirish boshqarmasi (A.Arabov), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi (N.Rahmatullayeva), O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi (J.Choriyev), “Kinoprokat” viloyat bo‘limi (Sh.Karimov), Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi (M.Allamurodov) hamkorlikda:
yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlarida Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin;
mavsum davomida oromgohlarda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarni o‘tkazish hamda ularga madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan Manzilli dastur ijrosini ta’minlasin;
oromgohlarda tashkil etiladigan barcha maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-sport tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan yuksak bayramona ruhda o‘tkazilishiga alohida eʼtibor qaratsin;
mavsum davomida oromgohlarda bolalar uchun o‘tkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlarning barchasi bepul amalga oshirilishini qatʼiy nazoratga olsin;
tumanlar kesimida sanʼatkorlarni oromgohlarga biriktirsin, ularning joylarga chiqish jadvalini ishlab chiqib, konsert dasturlari namoyish etilishini nazoratga olsin. Bunda, sanʼat ustalari, yoshlar o‘rtasida taniqli bo‘lgan estrada xonandalari, “Nihol” davlat mukofoti sovrindorlari va turli tanlovlar g‘oliblari ishtirokini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratsin.
13. “Kinoprokat” viloyat bo‘limi (Sh.Karimov) viloyat teleradiokompaniyasi (B.Mingboyev) bilan hamkorlikda:
bolalar maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop, shuningdek, dunyo manzaralari va tabiatini namoyish etuvchi filmlarni tanlab olib, viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruhiga taqdim etsin;
mavsum davomida oromgohlarda kinofilmlar namoyishini tashkil etish bo‘yicha alohida reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
14. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi (F.Xolmirzayeva):
barcha oromgohlarni bezatish uchun bolalar ruhiyatiga mos keladigan plakat hamda bannerlar namunasini ishlab chiqsin va Muvofiqlashtiruvchi guruhga ko‘rib chiqish uchun kiritsin;
oromgohlarning rahbarlari Muvofiqlashtiruvchi guruh tomonidan tasdiqlangan plakat va bannerlar namunasi asosida ushbu bosma mahsulotlarni tayyorlatsin va oromgohlarni to‘liq taʼminlasin.
15. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (A.Ismoilov), Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (N.Kadirov) birgalikda tegishligiga ko‘ra:
mavsum davomida bolalarni oromgohlarga olib borish va olib kelish, oromgoh bolalarini sayohatlarga olib chiqishni faqat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati kuzatuvida bepul amalga oshirilishini tashkil etgan holda bolalar joylashgan maskanlarda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlasin;
bolalarni oromgohlarga olib borish va olib kelish uchun yangi avtobuslar ajratilishini taʼminlasin;
oromgohlarga xizmat ko‘rsatayotgan haydovchilar tarkibining tayyorgarligi va avtotransport vositalarining texnik holatini doimiy nazoratga olsin;
barcha oromgohlarda ko‘rgazmalar bilan taʼminlangan fuqaro muhofazasi burchaklarini tashkil etsin;
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda bolalarni boshqa joylarga ko‘chirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;
hududlardagi yong‘in kelib chiqish darajasi yuqori bo‘lgan va binolarining asosiy qismi yog‘och konstruksiyalardan tashkil topgan oromgohlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda mazkur oromgohlarga qo‘shimcha ravishda yong‘in xavfsizligi vositalari, shuningdek, xodimlarni jalb etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin;
yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan oromgohlarning murojaatlari asosida oromgohga mavsum davomida navbatchilik qiladigan yong‘in xavfsizligi avtoulovi va malakali xodimlardan iborat guruh ajratilishini taʼminlasin;
2023-yil 25-maydan boshlab mavsum davomida barcha oromgohlarda yong‘in xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash borasidagi ishlarni kundalik nazorat qilib borish maqsadida viloyat Shtablari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
16. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (N.Kadirov):
2023-yil 15-mayga qadar oromgohlarga olib boruvchi hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda hodisalarning oldini olish, sel oqimlari, suv toshqinlari va ko‘chki hodisalarini o‘rganib chiqsin va bu haqida hududiy Muvofiqlashtiruvchi guruhlarga takliflarini kiritsin;
bolalarni dam oldirish mavsumiga jalb etiladigan soha mutaxassislari uchun favqulodda holatlar bo‘yicha o‘quvlar tashkil etsin;
oromgohlarda bolalar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xavf-xatarlar, zilzila, ko‘chki, sel va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olishga qaratilgan o‘quvlar, musobaqalar tashkil etsin.
17. “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali (Sh.Norqo‘chqorov) 2023-yil 20-mayga qadar har bir oromgohning aloqa vositasi bilan to‘liq taʼminlanishi va ularning uzluksiz ishlashini tashkil etsin.
18. “Surxondaryo HETK” aksiyadorlik jamiyati (M.Shamsiddinov), “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali (M.Mansurov):
23-may kuniga qadar Termiz shahar, Sherobod, Uzun, Sariosiyo, Qumqo‘rg‘on, Denov va Oltinsoy tumanlaridagi oromgohlarda elektr energiya tizimini inventarizatsiyadan o‘tkazsin va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etsin;
mavsum davomida oromgohlarda kommunal soha – elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti uzluksizligini taʼminlashni yo‘lga qo‘ysin va uni muntazam nazorat qilib borsin;
2023-yil 25-mayga qadar barcha hududlarda dispetcherlik xizmatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazsin va hududiy shtablarni shakllantirsin;
mavsum boshlanishidan avval va uning yakuni bo‘yicha oromgohlar bilan o‘zaro hisob-kitob ishlarini olib borgan holda tegishli dalolatnoma asosida kommunal to‘lovlarning amalga oshirilishini nazorat qilsin.
19. “Surxondaryo HETK” aksiyadorlik jamiyati (M.Shamsiddinov):
tuman hokimliklari va tarkibida oromgohlar mavjud bo‘lgan tashkilot, korxonalar bilan birgalikda mavsumda oromgohlarda elektr energiyasi taʼminoti uzluksizligini taʼminlash bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etsin;
tarkibida oromgohlar mavjud bo‘lgan tashkilot, korxonalar va xo‘jalik organlari bilan birgalikda tog‘li va chekka hududlardagi oromgohlarni qo‘shimcha ravishda yoqilg‘ida ishlaydigan generatorlar bilan taʼminlash bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rsin;
mavsum boshlanishidan oldin va dam olishning har navbati oralig‘ida elektr jihozlari va uskunalarini inventarizatsiyadan o‘tkazsin;
shartnomaga muvofiq imtiyozli tariflarni hisobga olgan holda oromgohlarni elektr quvvatlari bilan uzluksiz taʼminlasin;
“Neftchi” va “Beshbuloq Surxon Sherobod” oromgohlari oralig‘idagi yaroqsiz holga kelib qolgan elektr ustunlarini almashtirsin;
joriy yilning 25-mayiga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat hokimligiga yozma maʼlumot kiritsin.
20. “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali (M.Mansurov) oromgohlarni tabiiy gaz hamda tabiiy gaz bo‘lmagan hududlarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash sxemasini ishlab chiqsin va mavsum davomida uzluksiz taʼminotini yo‘lga qo‘ysin.
21. Tegishli boshqarma, idora va tashkilotlar tomonidan oromgohlarda elektr quvvati, tabiiy gaz, telefon, suv, kommunal-maishiy xizmatlardan foydalanganliklari uchun tarif to‘lovi imtiyozli ravishda 50 foiz etib belgilansin.
22. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi (R.Safarova):
tabiat qo‘riqxonalari hududlarida joylashgan oromgohlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda hududdagi yovvoyi va xavfli daraxtlarni tartibga keltirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilasin;
barcha tuman (shahar) hokimliklari va kasaba uyushmalari tashkilotlari bilan birgalikda belgilangan jadval asosida tabiat qo‘riqxonalari hududlaridan bolalarning xavfsiz tarzda o‘tib, oromgohlarga borib-kelishlarini taʼminlash choralarini belgilasin.
23. Termiz shahar va barcha tumanlar hokimliklari 2023-yil 25-mayga qadar joriy yilning yoz mavsumida kunduzgi va homiylar hisobidan tashkil etiladigan statsionar oromgohlarda bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larni jamg‘arish ishlarini yakunlasin.
24. Termiz shahar va barcha tumanlar hokimliklari, tegishli boshqarma va idoralar, shuningdek, tasarrufida oromgoh bo‘lgan xo‘jalik organlari birgalikda:
joriy yil 20-mayga qadar oromgohlar zich joylashgan hududlarda qo‘shimcha ravishda mavsum davomida tarkibiga aloqador tashkilot vakillaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi tezkor Shtablarni tashkil etsin;
oromgohlarda xavfsizlik choralarini talab darajasida tashkil etish maqsadida xo‘jalik organlari, hokimliklar va homiylar mablag‘lari hisobidan oromgohlar atrofini balandligi 2,5 metrdan past bo‘lmagan devorlar yoki temir panjaralar bilan o‘rash hamda oromgoh hududi va atroflariga tungi yoritkichlar o‘rnatish, har bir oromgohni yong‘in o‘chirish moslamalari bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirsin;
oromgohlarga olib boruvchi yo‘llar holatini qayta o‘rganib chiqsin va mavsum boshlangunga qadar nosoz yo‘llarni tartibga keltirish hamda taʼmirlanishini tashkil etsin;
statsionar oromgohlarning mavsumga tayyorligini to‘liq qayta o‘rganib chiqib, mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etsin, kunduzgi sog‘lomlashtirish maydonchalari uchun barcha sharoitlar mavjud bo‘lgan maktablarning tanlanganligi va mavsumga to‘liq tayyorligini nazoratga olsin;
mavsum tashkilotchilari va oromgoh xodimlari uchun tashkil etiladigan o‘quv-seminarlarda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jalb etiladigan barcha kadrlarning ishtirok etishini taʼminlasin;
oromgohlarga pedagog-tarbiyachilarni malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma asosida qabul qilishni yo‘lga qo‘ysin;
“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan oromgohlar uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar, plakat va bannerlar bilan oromgohlar “Maʼnaviyat va maʼrifat xonalari”ning hamda hududlarining bezatilishini nazoratga olsin;
oromgohlarni sifatli ichimlik suvi, non, go‘sht, sut, baliq mahsulotlari, asal, ho‘l meva va sabzavotlar bilan belgilangan meʼyorlar asosida to‘liq taʼminlash maqsadida ularni o‘zaro kelishuv asosida savdo tashkilotlari, fermer va tayyorlov idoralariga biriktirsin;
go‘sht va sut mahsulotlari, parranda go‘shti va tuxumi bilan taʼminlovchi fermer xo‘jaliklaridagi epidemik holatni hisobga olgan holda barcha mahsulotlarga veterinariya xizmatining xulosasi bo‘lishini taʼminlasin;
oromgohlar uchun olinadigan mahsulotlarni qayd etilgan narxlarda, savdo ustama haqi 10 foizdan oshmagan holda oldindan to‘lovsiz, keyinchalik o‘zaro hisob-kitob qilish yo‘li bilan berilishini taʼminlasin;
xo‘jalik organlariga o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oromgohlarda bolalarni ovqatlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishga ruxsat bersin;
manfaatdor tashkilotlar tomonidan texnologik asbob-uskunalar, madaniy mollar, sport anjomlari, mebel jihozlarining pul o‘tkazish yo‘li bilan yetkazib berilishini taʼminlasin;
oromgohlardagi bolalarni tabiat qo‘riqxonalariga olib borish, yer ijarasi haqi, davlat avtomobil nazorati, yong‘in xavfsizligi, shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish, oromgohlarda xizmat qiluvchi xodimlar va tarbiyachilarni ovqatlantirish masalalarini belgilangan to‘lovlardan ozod etsin;
tog‘ va tog‘oldi hududlarda joylashgan oromgohlarda ko‘chki xavfi to‘g‘risida Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish Davlat xizmati tomonidan kiritilgan taqdimnomalarning so‘zsiz bajarilishini taʼminlasin;
mavsum davomida 4-ilovaga muvofiq ixtisoslashtirilgan oromgohlar, jumladan, “Intellektual rivojlantirish”, ekologik-biologik, o‘lkashunoslik, texnik ijodkorlik, badiiy ijodkorlik, ijtimoiy moslashuv, “Tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish” oromgohlari tashkil etilishini, bunda bolalar uchun barcha qulayliklar yaratilishini taʼminlasin;
oromgohlardagi suzish havzalari holatini, bolalarning cho‘milishi uchun sharoitlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rsin;
xususiy oromgohlardagi taʼlim-tarbiya ishlarini, ushbu muassasalarda bolalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning belgilangan meʼyorlarga mosligini muntazam nazorat qilib borsin;
2023-yil sentabr oyida tegishli korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda 2023-yilgi mavsum yakuni bo‘yicha bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilari anjumanlarini o‘tkazsin, unda “Eng namunali bolalar oromgohi” ko‘rik-tanlovi to‘g‘risidagi nizom hamda “Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi tashkilotchilari hamda bolalar oromgohlari xodimlari” ko‘rik-tanlovi to‘g‘risidagi nizomga asosan aniqlangan eng namunali oromgohlar, mavsum tashkilotchilari hamda oromgoh xodimlarining taqdirlanishini tashkil etsin;
xavfsizlik talablari bajarilmagan hamda tabiiy ofatlar yuz berishi ehtimoli katta bo‘lgan, shuningdek, chegara xizmatlari tomonidan qo‘riqlanishi to‘liq taʼminlanmagan chegara hududlarida joylashgan bolalar oromgohlarining faoliyat ko‘rsatishi qatʼiyan taqiqlanishi belgilab qo‘yilsin.
25. Viloyat hokimining o‘rinbosari I.Saparov 2023-yil 25-mayga qadar viloyat hududida faoliyat yuritadigan statsionar va kunduzgi maktaboldi tashkil etiladigan sog‘lomlashtirish maydonchalarining mavsumga tayyorligi, bu borada barcha zarur tashkiliy choralar ko‘rilganligi hamda mavsum davomida bolalar xavfsizligining taʼminlanishi bo‘yicha viloyat hokimi – viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari nomiga kafolat xatining kiritilishini nazoratga olsin.
26. Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, boshqarma, korxona, tashkilotlar rahbarlariga tashkilot, korxona xodimlarining farzandlarini yoki mahalladagi “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”dagi ayollarning farzandlari va nogiron bolalarini 4-ilovadagi tasdiqlangan reja asosida sog‘lomlashtirish uchun ko‘rsatilgan bolalar soniga qarab, oromgohlar bilan shartnoma tuzgan holda belgilangan mablag‘larni oromgoh hisob raqamiga o‘tkazib berishlari tavsiya etilsin.
27. Uzun tumani hokimligi (X.Bozorov), Sariosiyo tumani hokimligi (A.Donayev), Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi (A.Normamatov), Denov tumani hokimligi (I.Abrorov), Oltinsoy tumani hokimligi (B.Maxmatrayemov), Sherobod tumani hokimligi (Z.Xalilov) viloyat Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi (U.Temirov) bilan birgalikda joriy yilning 25-mayiga qadar oromgohlarga olib boruvchi yo‘llarning holatini yaxshilash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat hokimligiga yozma ma’lumot taqdim etsin.
28. Viloyat teleradiokompaniyasi (B.Mingboyev)ga joylarda oromgohlarni mavsumga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan tashkiliy ishlarni hamda hududlarda mavsum davomida oromgohlarda bolalarni sog‘lomlashtirish jarayonlarini muntazam ravishda viloyat teleradiokompaniyasi orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
29. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi (A.Axmedov) joriy yil 25-mayga qadar mavsumni yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarining borishini muntazam ravishda nazorat qilib borish hamda mazkur bayon bilan belgilangan muddatli topshiriqlarning ijrosi yuzasidan viloyat hokimligiga axborot taqdim etib borsin.
30. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi (A.Axmedov), viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (X.Mamadiyev), viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (K.Abdivoxidov), viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (A.Ismoilov), viloyat Madaniyat boshqarmasi (D.Boboyorov), viloyat Sportni rivojlantirish boshqarmasi (A.Arabov) 2023-yilgi mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida hududiy seminar tashkil etsin.
31. Oromgohlarda bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish va uni o‘tkazish borasida amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirib borish hamda mavsum davomida aniqlangan muammolarning zudlik bilan bartaraf etilishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi qoshida viloyat shtabi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
32. Ishchi guruh rahbarlari, tegishli boshqarmalar va tashkilotlar, tuman (shahar) hokimliklari mazkur bayonda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha har haftaning juma kuni tahliliy maʼlumotni hamda 2023-yil 25-mayga qadar amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruhiga (O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi qoshidagi viloyat shtabiga) taqdim etsin.
33. Mazkur majlis bayoni qarori bajarilishini nazorat qilish Muvofiqlashtiruvchi guruh raisi o‘rinbosarlari viloyat hokimining o‘rinbosari I.Saparov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi raisi A.Axmedov zimmasiga yuklansin.