Yillarda arab davlatlari. Urushning arab davlatlariga ta'siri (1)
Misr. Mustaqillik uchun kurash Misr XIX asrning 80-yillarida Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. Buyuk Britaniya hukm-ron doiralari Misrni metropoliya, xomashyo bazasiga aylantirdi. Mamlakatda saqlab qolingan qirollik hokimiyati amalda Buvuk Britaniya tayanchiga aylantirildi. Birinchi jahon urushi tugaganidan so'ng ozodlik kurashining yangi to'lqini boshlandi. Vatanparvar kuchlar «Misr vakillari* («Vadf Misri») deb atalgan tashkilot tuzdilar. U Misr mustaqilligi uchun kurashni boshqaruvchi tashkilot edi. Tashkilotni Saad Zag'lul boshqardi. Tashkilot Misrga mustaqillik berishni talab etdi. Bunga iavoban inglizlar «Misr vakillari»ning faoliyatini taqiqladi. S. Zag'lul Malta oroliga surgun qilindi. Bular Misrda ozodlik qo'zg'olonining boshlanishiga turtki bo'ldi.