Mavzu: Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun kurash. Aqsh ning tashkil topishi. Reja



Yüklə 78 Kb.
tarix17.04.2023
ölçüsü78 Kb.
#99459
Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun kurash. AQSH ning tashkil topishi.


Mavzu: Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun kurash. AQSH ning tashkil topishi.


Reja;
1.Shimoliy Amerikaning mustamlakaga aylantirilishi.
2.Mustaqillik urushining sabablari va urushning boshlanishi.
3.Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va "Mustaqillik Deklarasiyasi".
4.Urush barakatlarining borishi va uning yakunlari.
5. XIX asrning birinchi yarmida Amerika Qo'shma Shtatlari


Tayanch iboralar:
Amerikadagi ingliz mustamlakalarining xo'jalik xususiyatlari. Mustamlakalarning boshqaruv tizimi. Metropoliya va mustamlakalar o'rtasidagj raqobat. Gerb solig'i. Taunsend akti. "Boston choyxo'rligi". Kvebck to'g'risidagi akt. Kontinental kongresslar. Bigilar va torilar. Tomas Peynning "Sog'lom fikr" pamtleti. Mustaqillik dcklaratsiyasi. "Konfederasiya moddalari". "Qurolli betaraflik". Boshqa davlatlarning urushga kirishi. 1787 yilgi konstitutsiya. Mustaqillik urushining oqibatlari.

Shimoliy Amerikaning mustamlakaga aylantirilishi


Tarixchilarning taxminicha, Amerikaning dastlabki aholosi hozirgi indeetslar va eskimoslarning bundan 20-25 ming yilcha oldin Osiyodan kelgan avlod-ajdodlari bo'lgan. Kolumb Amcrikani ochgandan keyin ko'p o'tmay, qit'a muntazam tarzda mustamiakaga aylantirila boshlandi va mustamlakalarni egallash uchun Yevropa davlatlari o'rtasida kurash qizib ketdi.
XVII asrning boshida Ispaniya Shimoliy Amerikada Florida, Texas, Kaliforniya, Meksikani, bulardan ham oldinroq (Portugaliya egallab olgan Braziliyadan tashqari) bulun
Markaziy ba Janubiy Amerikani bosib otdi. Fransuzlar Kanadada (1604 yildan boshlab), Missisipi daryosi havzasida Luizianada (1699 yildan boshlab) o'rnashib oldilar. Gollandlar (1609 yildan boshlab) Gudzon daryosi havzasida Yangi Gollandiya mustamlakasiga asos soldilar.
Shimoliy Araerikaga XVI asr oxirlarida kelgan inglizlar uzoq tura olmadilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607 yildan ya:ni Birginiya deb atalgan mustamlaka (qirolicha Elizaveta sharafiga sbunday deb nomlangan) barpo qilingandan keyin boshlandi. "May guli" kemasida kelgan mustamlakachi puritanlar 1620 yilda "Nyu-Plimutga, 1622 yilda Nyu-Gempsher, 1628 yilda Massachusets, 1634-1637 yillarda Konnektikut, 1636-1643 yillarda Rod-Aylend va Nyu-Gevenga asos soldiiar. Ular 1664 yilda Massachusetsga qo'shib olindi. Bu mustamlakalar Yangi Angliya deb ataldi. Mustamlakachilar ichki boshqaruv ishlarida mustaqillikni saqlagan holda Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari degan nom ostida ittifoq tuzdilar. Markaziy rayonda Nyu-Jersi, Pensilvaniya, janubda Merilend. Shimoliy Karolona va Janubiy Karolina va Jorjiya degan mustamlakalar tashkil topdi.
1760 yilda Sharqda Atlantika okeanining qirg'og'i bo'ylaridan to Farbda Appalachi tog'larigacha bolgan territoriyadagi 13 ta ingliz mustamlakalarida indecslar (bindular)dan tashqari, 1,6 millionga yaqin aholi yashar edi. Oq tanli aholi asosan inglizlar, irlandlar, shotlandlar, nemislar, gollandlar va boshqalardan iborat edi. Aholining soni tez o'sib, 1775 yilda 2,6 million kishiga etdi.
Amerikada ingliz mustamlakalarini xo'jaligiga ko'ra 3 ta guruhga ajratish mumkin edi. Yangi Angliya, deb atalgan Shimoliy mustamlakalarda asosan fermer va ijara qishliq xo'jaligi, qisman hunarmandchilik va manufaktura sanoati taraqqiy etdi. Shimoliy mustamlakalarning markazi Boston shahri edi.
O'rta mustamlakalar rayoni g'alla xo'jaligiga moslashtirilgan bo" lib, unda yirik kapitalistik fermerlar mavjud edi. Pensilvaniya, Nyu-Jersi va Nyu-York rayonlarida g'allachilik fermalari bilan birga sanoat korxonalari va savdo rivoj topdi.
Janubiy mustamlakalar, asosan, tamaki plantasiyalari ko'pchilik bo'lgan quldorchilik. xo'jaliklaridan iborat edi.
XVIII asrning 70 - yillarida paxta ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega emas edi. Paxta yetishtirish va uni mashina bilan ishlov berishga e'tibor 90 - yillarda boshlandi. 1793 yilda paxta tozalash mashinasi Hay Uayten tomonidan ixtiro qilingandan so'ng, quldorlik plantasiyalarida keng ravishda paxta ekila boshlandi. .
Mustaqillik urushining sabablari
XV11I asrning so'nggi choragida ko'pchilik mustamlakalar Angliya qirolining boshqaruvi ostida edi. Konnektikut va Rod Aylend mustamlakalari qirol tomonidan tasdiqlanuvchi saylangan gubernatorlar tomonidan boshqarilar edi. Pensilvaniya, Delaver va Merilend alohida kishilarga tegishli edi. Barcha mustamlakalarda maslahat organiga ega bo'lgan saylangan vakillarning palatalari mavjud edi. Mustamlakalarda din katta rol o'ynar edi. Amerikada ko'plab diniy sektalar mavjud bo'lib, ularning ichida puritanlik cherkovi ustun mavqeiga ega edi.
Inqilob arafasida mustamlakalarda 8 la kollej (oliy maktablar) mavjud bo'lib, ularning asosiy maqsadi puhoniylarni tayyorlash edi. XVIII asrning oxirlarida dunyoviy bilimga ega bo'lgan malumotli kishilar Amerikada ko'pchitikni tashkil qila boshladi. Shunday kishilardan biri Benjamin Franklin (1706-1790) edi. Franklin Amerika jamiyatining hayotida katta tashabbuskorlik faoliyatini ko'rsatdi. u tipografiya, jamoat kutubxonasi, kasalxona va akademiyaga asos soldi. Mustamlakalarning ajralib chiqishi uchun kurashining muhim sabablaridan biri mustamlakalar va metropoliya o'rtasidagi savdo va sanoat sohasidagi raqobat edi.
Mustamlakalarda XVIII asr boshidanoq sanoat tez taraqqiy topdi. Mustamlakachi dehqonlar bir vaqtning o'zida temirchi-chilangar va to'quvchi edilar. Shishasozlik, charmgarlik, kemasozlik, temirchilik kabi yirik manufakturalar XVIII asr o'rtalaridan boshlab keng taraqqiy etdi.
XVIII asr ingliz hukumatining hujjatlarida mustamlakalarda manufakturalar qurishni taqiqlovchi ko'plab hujjatlarni topish mumkin. Mustamlakalarda savdo cheklab qo'yildi yoki umuman taqiqlandi. Navigasion aktlar mustamlakalarni Angliyadan tashqari har qanday davlat bilan savdo va sanoatini bo'g'ib qo'yishga qaratilgan edi.
Metropoliyaning g'arbiy hududlarga aholining ko'chib kelishmi taqiqlash siyosati janubiy quldor plantatorlarning manfaatiga jiddiy salbiv ta'sir ko'rsatdi. Chunki virtqich plantatsion xo'jalikka yangi-yangi unumdor hududlar zarur edi. 1763 yilgi aktdan keyin Birginiya aholosi Amerika mustamlakalaridagi xalqlarni ingliz qiroli o'zining fuqarolari deb sanashga haqli emasligi to'g'risidagi shiorlar bilan chiqdi.
1765 yil ingliz hukumati "Gerb solig'i to'g'risida" qonun e'lon qildi. Mustamlakadagi barcha savdo va sanoat korxonalarida bu soliq joriy qilindi. Hisob-kitoblar. shartnomalar, tilxatlar, ro'znomaning har bir soni, universitet diplomlari va boshqa barcha hujjatlar gerb solig'iga tortildi. Ingliz pariamenti bu soliqni mustamlakalarning aholisidan so'ramasdan mustamlakalarda joriy qildi. Bunga javoban mustamlakalarda namoyishlar bo'lib, unda Angliyaga qarshi norozilik chiqishlari yangradi. Shu yili Nyu-York shahrida mustamlakalarning vakillari ishtirokida kongress chaqirildi. Kongress mustamlakalar faqat ularning roziligi bilangina soliqlarga tortilishini talab qilib chiqdi va ingliz tovarlariga boykot e'lon qildi.
Boykot natijasida metropoliyaning mustamlakalar bilan savdosiga katta zarar o’di. London savdogarlari umumpalatasiga savdoning qisqarib ketganligidan zarar ko'rayolganligini ma'lum qiluvchi va gerb sofig'ini bekor qilishni so'rovchi talabnomalar taqdim etildi. Parlament gerb solig'i to'g'risidagi aktni 1766 yilda bekor qilishga majbur bo'ldi. 1767 yil iyunida parlament Taunsend, deb nomlanuvchi aktni e'lin qildi. Taunsend 1767 yildan boshlab Brilaniya moliyasini boshqardi. Uning nomi bilan ataluvchi aktga ko'ra, Amerika mustamlakalarni soliq to'lashga majbur qilish maqsadida Amerikaga keltirilgan ingliz choylari katta miqdordagi boj solog'idan ozod qilinib, uncha katta bo'lmagan soliqqa tortildi. Ingliz pariamenti Amerika xalqi narxi arzonlashtirilgan choyni tez xarid qiladi, deb o'ylagan edi. Ammo Amerika vatanparvarlari bunday tuzoqqa tushmadilar. Ingliz choylariga boykot e'lon qilindi, mustamlakalarda vaqtincha choy iste'mol qilish to'xtatildi. Boston savdogarlari mahalliy fuqarolar orqali kemalardagi ingliz choylarini suvga tashlatishga muvaffaq bo'ldilar. Bu tarixda "Boston choyxo'rligi" deb ataladi.
1774 yil Ogayo va Missisipi shtatlari orasidagi hududlarni Kvebek provinsiyasiga berish tog'risidagi mashhur akt e'lon qilindi. Bu akt vakillik organiga ega bo'lmagan, katolik dini hukmron bo'lgan ushbu mustamlaka Kvebek hududining kengaytirilishini anglatar edi. Bu akt Birginiya, Massachusetc va Konnektikut mustamlakalarining ular hududini shimoliy-sharqqa tomon kcngaytirish to'g'risidagi talablariga zid kelmoqda edi.
Massachusets va Virginiya mustamlakalarining tashabbusi bilan mustamlakalarni birlashtirish maqsadida 1774 yil 5 sentyabrida Filadelfiyada kongress chaqirildi. Bu 1-kontinental kongressda ingliz hukumati bilan qonuniy usullarda munosabatda bo'lish tarafdorlari - loyyalistlar ko'pchilikni tashkil qildi. Ular Angliya bilan mustamlakalar uchun, maxsus chiqarilgan konstitusion pejim asosida aloqalarni saqlab qolishni taklif etdilar. Bu kongressda Birginiyalik deputat Jorj Vashington (1732-1799) katla rol o'ynaydi.
Kongressda Birginiyalik depupatlar orasida advokat va publitsist Tomas Jefferson (1743-1826) harri o'zining o'tkir chiqishiari bilan ajralib turdi. Jefferson yerga mulloq egalik qilishni bekor qilishni, merosga katta o'g'ilning egalik huhuqini bekor qilishni, negrlarning qulchiligini tugatishni talab qilib chiqdi.
1774 yilgi kontinental kongress Amerikaiiklarning o'z-o'zini milliy anglashini shakllanisbiga zamin tayyorladi. Kontinenlal kongress 5 sentyabrdan 26 oktyabrgacha faoliyat yuritdi. U qirolga bir qator talabnomalar tayyorladi, mustamlakalarga yangi soliqlar joriy qilmaslik, ingliz hukumatining mustamlakalarda siquviga barham berish shular jumlasidan edi. Kongress mustamtakalar aholosidan ingliz tovarlarini boykot qilishni talab qildi, shundan so'ng muammolarni tinch yo'l bilan echish maqsadida kongress o'zining majlisini 1775 yilning may oyida davom ettirishga qaror qildi. O'rtadagi bu tanaffus davrida mustamlakalar va metropoliya o'rtasidagi nizo quroli kurashga aylanib ketdi.
Mustaqillik urushining boshlanishi
1775 yil 19 aprelida ingliz generafi Geyj Konkorddagi zambaraklar, porox, musbket o'qlari va un zahiralarini egallash maqsadida Bostondan 1700 kishidan iborat harbiy korpusni jo'natdi. Boshqa mustamlakalardan kelgan aholi Boston shahrida lager lashkil qilib, uni "Ozodlik lageri" deb atadilar. Tezda Bostinda amerikaliklarning 20 ming kishilik qo'shini tashkil topdi. 1775 yil 17 iyunda Boston yaqinida mustamlakalarning qo'shini Angliyaning Bostondagi harbiy garnizonini mag'lubiyatga uchratdi. Shundan so'ng boshqa rayonlarda ham harbiy harakatlar boshlanib ketdi.
1775 yil may oyida Filadelfiyada kongress chaqirildi va u ikkinchi kontinental kongress deb nom oldi. 15 iyunda Yangi Angliya dcputatlarining taklifi bilan kongress poikovnik Jorj Vashingtonni oliy bosh qo'mondon qilib sayladi. Vashington jangovar qo'shin tashkil qiHshga kirishdi. 1776 yil mart oyida Vashington qo'shini Bostonni egalladi. Jon Adamsning aytishicha, urush davrida Amerika aholisining uchdan biri mustaqillik tarafdori. biri qarshi, uchinchisi betaraf bo'lgan Amerikada bu davrda qurol ko'tarishga qurbi etadigan 2 million 200 ming kishilik oq tanli aholi bo'lgan. Ammo Vashington qo'shinining soni 22 ming kishidan oshmagan. Bu vaqtda 50 mingdan ziyod amerikalik ingliz qo'shinlari tarkibida xizmat qilgan. Hammasi bo'lib Shimoliy Amerikaga Angliyadan 90 ming kishilik qo'shin yuborilib, ularning 30 minggi yollangan nemis qo'shinidan iborat bo' Igan.
Urush harakatlarining borishi yana shu bilan qiyinlashdiki, mustamlakalarning mahalliy aholisi orasida ko'plab torilar - Angliya tarafdorlari mavjud edi. Mustamlakalar aholisi vigilarning ko'pchiligi ham xoinlik va qo'poruvchilik faoliyati bilan shug'ullanadilar. Amerikada torilar va bigilar siyosiy partlya sifatida rasmiylashmagan edi. Ularning na dasturi, na Nizomi, na partiyaviy tashkiloti mavjud edi. Aholining Joyyalchilari - torilar deb, inqilob tarafdorlari esa vigilar deb atalgan. Torilar ingliz qirolidan yerga egalik qilish uchun maxsus yorliq olgan asizoda yer egalari edi. Vigilarning asosiy kuchi fermerlik bo'iib, ular g'arbdagi yerlarga erkin ko'chib borish huquqini talab qilayotgan edilar. Vigilarga manufaktura ishchilari, hunarmandlar va shaharlarning mayda burjuaziyasi kabi ingliz ma'muriyatidan aziyat chekayotgan ijtimoiy guruhlar ham qo'shildilar.

Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va "Mustaqillik deklarasiyasi".


1775-1776 yillarda ayrim muslamlakalar o'zlarini ozod va mustaqil davlat deb e'lon qildilar. Kontinental kongressdagi mustamlakalar deputatlarining ko'pchiligi inqilobga moyil bo'lgan yangi deputatlar bilan almashtirildi. 1776 yilgi ikkinchi kontinental kongressda shtatlar mustaqil davlat sifatida e'tirof etildi.
1776 yil yanvarida Tomas Peynning "Sog'lom fikr" nomli pamfleti 100 ming nusxada nashr etildi. Unda muallif mustamlakalarni Angtiyadan ajralib chiqishini asosli ekanligini isbotlashga urindi.
Mustaqillik deklarasiyasini ishlab chiqish uchun komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga Tomas Jefferson, Jon Adams, Bendjamin Franklin, Robert Livingston kirdilar. Asosan Jefferson tomonidan tuzilgan tarixchilar tomonidan “Mustaqillik dekloratsiyasi” deb atalgan, to’liq nomi esa : " 13 ta Amerika Qo'shma Shtatlarining yagona deklaratsiyasi"da shunday jumlalar mavjud edi:" Barcha odamlar o'zaro teng qilib yaratilgan va ularning barchasi teng huquqlarga ega bo'lishi kerak. Bunday huquqlar jumlasiga yashash, ozodlik va baxtga inlilish kiradi. Davlatni boshqarish, uni o'zgartirish yoki yo'q qilish bu xalqning huquqidir". Tarixda birinchi marta rasmiy hujjatda xalq suvereniteti g'oyasi shakllandi va 1776 yil 4 iyulda qabul qilingan deklaratsiya mustaqil Amerika Qo'shma Shtatlarini tashkil topganligini e'lon qildi.
Deklaratsiyada AQSH ning Angliyadan ajralib chiqishining sabablari ham ko'rsatildi. "Mustaqillik deklaratsiyasi" ikkinchi kontinental kongressi tomonidan e'lon qilingach, butun tun gulxanlar yoqilib, qo'ng'iroqlar jarangladi. Xalq deklarasiyani juda jo'shqnlik bilan kutib oldi.
"Mustaqillik deklaratsiyasi" XVIII asr oxirlaridagi fransuz burjua inqilobining "Inson va fuqarolar huquqlari deklaratsiyasi" uchun namuna vazifasini o'tadi. XVIII asr deklaratsiyasida inson huquqlarining abadiyligi e'lon qilindi. Abadiy huquqlar dcganda burjua huquqlari nazarda tutildi. O'z davri uchun bu ilg'or va o'ta muhim hujjal edi. Deklaratsiya mustamlakachi ekspluatorlarga, feodal munosabalarning qoldi'lariga qarshi kurash e'lon qildi.
Jefferson tayyorlagan deklaratsiyaning dastlabki matnida qulchilikni tanqid qiluvchi punkt mavjud edi, ammo janubdagi quldorlik mustamlakalarining deputatlari deklaratsiyadagi ushbu punkt qoladigan bo'lsa, Angliyaga qarshi urushmaymiz, deb do'q1 urdilar. Shunday qilib, AQSh da qulchilikning bekor qilinishi orqaga suriladi.
Ushbu harakatlarning borishi va yakunlari shu bo'ldiki AQSH Agnliyaga qashi Fransiya (1778), Tspaniya (1779) va Gollandiya bilan (1782) harbiy ittifoq tuzdi. Rossiyaning tashabbusi bilan (1780y. Deklaratsiyasi) Yevropadagi qator mamlakatlar (Shvetsiya, Germaniya v.b.) Angliyaga qarshi kurashni bertaraflik yo'lini tutdilar. 1782 yilga kelib kontinental kuchiar to' la galabaga erishdi. Inglizlar Amerikada mag' lub etildi.
1783 yilda Versalda Angliya va AQSH o'rtasida sulh bitimi imzolandi. Angliya AQSH mustaqilligini e'tirof etdi.
1775-1783 yillardagi mustaqillik ushun urush ana shunday yakun topdi.
Shunday qilib, Angliyaning Amcrikadagi 13 ta mustamlakasi mustaqil yagona respublikaga birlashdi. AQSH tashkil topdi. Ko'p yillar mobaynida har bir shtat boshqa shtatga nisbatan o'zini mustaqil deb hisoblab keldi. Keyinchalik fuqarolar o'rtasida yagona milliy mushtaraklik vujudga keldi va ular o'zlarining kelib chiqishlari, irqlari, millatlaridan qat'iy nazar- "amerikaliklar" nomi ostida birlashdilar. Bu federatsiya asosida birlashgan yangi davlat bo'lib, o'sha paytda jahonda kichik Shveytsariya Respublikasi mavjud edi. xolos.
AQSHda fuqarolar toifalari yo' q edi, na dvoryan, na monarx kabi unvonlar bo'lmagan. Shuning uchun o'rta tabaqaga mansub fuqaroning o'sishi va rivojlanishi uchun bu yerda hech qanday g'ov yo'q edi.
1787 yilda Filadelfiyada ta'sis konventi (majlis) AQSH Konstitutsiyasini qabul qildi. Konstitutsiyaga President boshqaruviga asoslangan hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlaridan iborat qilib luzildi va uning asosini xalq tashkil qiladi, deb yozib qo'yildi.
Dunyoning eng demokratik Konslitusiyalaridan biri bolgan bu me'yoriy hujjal, 30ga yaqin o'zgartirishlar qilinganiga qaramay hozirgacha AQSHning asosiy qonuni vazifasini o'tab kelmoqda.
Jorj Vashington AQSHning Prezidenti qilib saylandi. Lining safdoshlari Tomas PeynT Benjamin Franklin, Tomas Jefferson, Samuel Adams, Jeyms Medisonlar AQSH davlatini lashkil etish, uni idora qilish an'analariga asos soldilar.

Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy xususiyatlari.


XIX asrning birinchi yarmida AQSHda kapitalizm jadal rivojlandi. Mamlakatning sbimoli-sharqiy qismida fabrika sanoati va kapitalistik fermerchilik xo'jaligi taraqqiy etdi. AQSHning g'arbida esa mayda fermerchilik, mustaqil mayda hunarmandchilik ishlab chiqarishi hukmronlik qildi. Umuman olganda mamalakatning Shimoli va G'arbida kapitalistik munosabatlar tez o'sdi. Janubda esa AQSH iqtisodining boshqa bir ko'rinishi plantatsiya quldorchilik xo'jaligi rivollanib bordi. Shimol va Janubda iqtisodiy taraqqiyotning yo'llaridagi turli xillik mamlakat taraqqiyotiga juda katta ta'sir o'tkazdi.
AQSHning G'arbidagi yangi yerlarni o'zlashtirilishi Yevropadan ko'p miqdorda ko'chkinchilar (emigrantlar) ommasining kelib o'rnashishiga qulay sharoit yaratdi. Emigrant aholi orasida yuz minglab malakali hunarmand'lar va ishcbilar mavjud edi. Emmigratsiya shusiz ham tez o'sayotgan mamlakat aholosi sonini keskin oshirib yubordi. 1800-1820 yillarda mamlakat aholisi 5,3 mln. kishidan, 9,6 mln. kishiga ko'paydi. 1850 yilda esa aholi soni 23,2 mln. kishiga etdi. 1820-1850 yillar mobaynida AQSHga keigan" ko'chkinchi aholining soni 2.455 ming kishiga yetdi. Ammo shunga qaramasdan, AQSHda ishchi kuchlariga bo'lgan ehtiyoj F.vropaga qaraganda ancha ortiq edi. Bu hoi ma'lum bir miqdorda AQSHning shimoliy hududlarida mashinalardan foydalanishga ertaroq o'tilishiga ham sabab bo'ldi. Vaholanki, bu vaqtda mamlakat janubida qullar mehnatidan keng foydalanilar edi.
Shunday qilib, AQSHda kapitalistik munosabatlarning rivoji nihoyatda bir murakkab jarayon bo'lib, unda turli ishlab chiqarish usul va shakllari, ekspansiya, immigralsiya kabi omillar bilan qorishib ko’gan.
AQSH tarixining XIX asrning birinchi yarmi uchun xos bo'lgan cng jirkanch xususiyatlaridan biri, bu mahalliy aholi hindularni qirg'in qilinishi va Afrikadan tutib keltirilib, qulga aylantirilgan negrlarning shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi edi. AQSH ahoiisining keltirilgan har ikkala toifasi ham barcha fuqarolik huquqlaridan manrum qilingan edi. G'arbdagi unumdor yerlarda yashayotgan hindu qabilalari bilan ko'pincha amerikalik mustamlakachilar hindularning mazkur yerlarga cgalik huquqini tan olgan shartnomalarni imzolaganlar, ammo kcyinchalik bu shartnomalar buzilib, ularning yerlari tortib olingan, o'zlari esa qirilgan yoki G'arbga tomon siqib qo'yilgan. Mustamlakachilar hindularning harbiy kuchlarini zaiflashtirish maqsadida qabilalar orasida nifoq chiqarish usullaridan, ya'ni, birini ikkinchisiga qarshi qo'yish kabi hollardan ham foydalanganlar.
1812-1814 yillardagi Angliya bilan bo'lgan urushdan so'ng hindularni G'arbga siqib borish kuchaydi. Hindular majburiy ravishda "rezervatsiya" deb ataluvchi tabiati noqulay bo'lgan, maxsus ajratilgan rayonlarga ko'chirilgan. Hindularning qarshilik harakatlari maxsus ravishda qonli jazo otryadi yoki ekspeditsiyalari tomonidan bostirilgan. Masalan, Indianada hindularning krik qabilasi ko'targan qo'zg'olon bostirilib, qabila boshlig'i Tekumse o' Idiriladi. Amerikalik muslamlakachilar uning terisidan kamar yasatadilar.
Hindularni asoratga solish jarayoni kopincha boshqa davlattarning hududlariga boslirib kirish bilan birga davom etgan. AQSH qo'shinlari hindularni ta'qib qilib. Ispaniyaga tegishli bo'lgan Sharqiy Floridaga bostirib kirganlar. Bungacha ham, AQSHning ko'pgina quldor plantatorlari Floridada yashaganlar. Ularning qo'llab-quwatlashi natijasida AQSH 1819 yilda Ispaniya hukumatini Sharqiy Floridadan voz kechishga majbur qildi. Buning uchun AQSIT Ispaniyaga 5 mln. dollar to'ladi. Bu bilan AQSTI o'zini mazkur hududni bosib olgan emas, balki sotib olgan qilib ko'rsatdi. Sharqiy Floridada yashagan hindularning seminola qabilasining bir qisrai qirib tashlandi.
XIX asrning 20-30 - yillarida hindular Missisipi daryosi ortiga siqib chiqarilgan. Ularning ko'p qismi qirib tashlangan. Jorjiyadan g'arb tomonda hindularning chirok qabilasining tinch aholosi istiqomat qilgan. Ular o'zlarining maktablari, aliaviti, tipografiya va hatto gazetalariga ega bo'lgan. Chirok qabilalari yashayotgah hududda oltin zahiralari kashf o’ilgach, ularninh mazkur hududdagi yerlarga cgalik huquqini kafolatlovchi sharlnomalar bekor qilinib, u yerlar jamiyat mulki deb e'lon qilindi. AQSH qo'shini chiroklarni G'arbdagi rezervasiyalarga haydadi. Bunda 4 000 dan ziyod hindular halok bo'idi.
1835-1842 yillarda Floridadagi seminola qabilalari bilan AQSH qo'shini o'rtasida ikkinch urushi bo'lib o'tdi. Natijada hindularning qarshiligi bulunhy tugatildi. Yuqorida ta'kidlanganidek, AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ikki xil xususiyat: kapitalistik va quldorlik ishlab chiqarish munosabatlari mavjud bo'lgan.
Mamlakat Shimoli va G'arbida kapitalizm tez suratlar bilan o'sgan. XVTI asr oxirlaridan shimoli-sharqiy shtatlarda mexanik ip yigirish. paxta tozalash (chigitlash) dastgohlari paydo bo’lgan. 1814 yil Massachusetsda mexanik dastgohlardan keng foydalanilgan. 1815 yilda AQSHning engil sanoatida 130 mingdan ziyodroq mexanik urchuqlar bo'lgan bo'lsa, 1860 yilda ularning soni 5236000 ga etgan. Mexanik urchuglar bo'yicha AQSII dunyoda Angliyadan keyin ikkinchi o'rinda turgan. Shunday qilib, XIX asrning 40 yillarida AQSHning to'quvchilik sanoati tez o'sdi.
1837 yildan AQSH metallurgiyasida toshko'mir yonilg'isidan foydalanishga o'tila boshlagan. Buning natijasida tcmir ishlab chiqarish ko'rsatkichlari lez oshib bordi. Og'ir sanoatning cng rivojlangan rayonlaridan biri bu Pensilvaniya edi. XIX asrning 40 -yillaridan AQSHda qishloq xo'jalik mash in alar ining o'rish, ekish kabi mexanizmlarga ixtisoslashtirilgan turlaridan foydalana boshlashgan. Sunday qishliq xo'jalik mashinalarining aksariyati Angliyadan keltirilgan. Tcxnika sohasida AQSH hali Angliyadan ortda edi. Bug' dvigatellaridan foydalanish AQSH sanoatida XIX asrning 50-yillaridan keng foydalana boshlangan.
30-40 - yillarda AQSHning transport sohasida to'ntarish yuz berdi. 1807 yildayoq sinalgan Fultonning bug' kemasidan 20-yillarga kelib daryolardagi qatnovda keng foydalanildi. 1838 yildan esa Atlantika okeani orqali bug' kemalarining doimiy qatnovi yo'lga qo'yilgan. AQSHning dengiz savdosi floti yuk ko'tarish ko'rsatkichlari bo'yicha Angliyanikiga tenglashgan bo'lsada, u asosan elkanli kemalardan iboral edi.
1825 yilda Buyuk Ko' llarni Gudzon daryosi orqali Atlantika okeani bilan birlashtirgan Eri deb nomlanuvchi kanal qurildi. 20-yillarning oxirlaridan temir yo'llar qurilishi boshlandi. 1850 yilda AQSH temiryo'llarining uzunligi 9 ming milga etdi. Temiryo'llar va kanallar mamlakalning Shimoli-G'arbiy hududlarini Janubiy shtatlar bilan birlashtirib G'arbni o'zlashtirishda katta ahamiyat kasb etdi. Shimolda sanoat to'ntaruvi fabrika ishchilarining sonini oshishi balan birga bordi.
Ijtimoiy – siyosiy harakatlar va siymolar partiyalar
Aholisi zich bo'lgan Shimoli-Sharqiy rayonlarda ishchilarning ahvoli og'ir bo'lgan. 20-30 - yillarda o'rtacha 12,5 soat ish kuniga ega bo'lgan ishchilar bir kunga bir dollar ish haqi olganlar, ammo bu tirikchilik uchun zarur bo'lgan eng oz miqdordagi oziq-ovqat uchun ham o’mas edi.
1837-1842 yillarda AQSHda dastlabki ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi yuz berdi. Inqiroz ishchilarning turmush darajasini kcskin tushirib yubordi. AQSHda navbatdagi ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 1857 yilda yana sodir bo'ldi.
XIX asrning 20-yillari oxirlarida AQSHda ishchilarning mehnat sharoitini, huquqiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun kurash boshlandi. Ularning eng asosiy talablari 10 soatlik ish kunini joriy qilish. ish haqini oshirish, qarzlar uchun hibsga olishni bekor qilish, jamiyat (davlat) maktablarini ochish, barcha erkaklarga saylov huquqini berish, G'arbdagi yerlardan ularga yer uchastkalari berish va boshqalardan iborat edi. Ishchilar tez-tez ish tashlashlar uyushtirib turdilar. Sexlarning turlariga qarab. malakali ishchilarning kasaba uyushmalari tuzildi. 1842 yilda AQSII oliy sudi ishchilarning ish tashlashlari va kasaba uyushmalarini tuzishga ruxsat beruvchi qonunni joriy qilishga majbur bo' Idi.
3828 yil Filadclfiyada dastlabki ishchi parliyasi tashkil topdi. Shunday partiyalar Nyu-York va boshqa shaharlarda ham tuzitdi. 1828-1834 yillarda turli nomlar bilan ataluvchi 60 dan ziyod ishchi partiyalari tuzildi. Bu partiyalar asosan umumdcmokratik talablarni ilgari surib, ishchilarning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun harakat qijdilar. Shuningdek, ayrim partiyalar yer uchastkalarini bo'lib berilishini, ayollarning siyosiy huquqlarga ega bo'lishi va qulchilikni bekor qilinishini ham talab qildilar. Xalq ommasining talabi bilan ko'pchilik shtatlarda qarzlar uchun hibsga olish bekor qilinib, crkaklar uchun umumiy saylovlar huquqi vajamiyat maktablari joriy qilindi.
XIX asrning birinchi yarmi AQSH Janubida quldorlik plantatsiyalarning jadal o'sish davri ham bo'ldi. 1793 yilda E.Uitni tomonidan paxta tozalash (chigitlash) dastgohini ixtiro qilinishi natijasida XIX asrning birinchi yarmida quldorlik plantasiyalarida tamaki o'rniga paxta keng ravishda etishtirishga o'tildi. Shuningdek, Janubda shakar qamish ekish ham kengaydi. Paxtaning aksariyati Angliyaga eksport qilindi. Paxta etishtirishga ixtisoslashuv AQSH Janubini G'arbiy Yevropa mamlakattarining agrar xom ashyo bazasiga aylantirdi. Keyinchalik Janubda etishtirilayotgan paxtaning bir qismi Shimoldagi to'qimachilik sanoatida qayta ishlana boshlandi.
Quldorlik plantasiyalarida paxta monokulturasi (yakka hokimligi) Janub yerlarining unumdorlik darajasini tushirib yubordi. Natijada yangi unumdor yerlarga ehtiyoj orta bordi. Buni paxta xom ashyosiga bo'lgan talabning kuchayishi natijasida, ekin maydonlari hajmini kengaylirish zaruriyati ham taqozo etmoqda edi. Quldorlar mamlakat janubidagi va g'arbidagi yerlarni ekspansiya qilishga kirishdilar. Shimoli-G'arbdagi capitalist-termerlar han bunday ekspansiyadan manfaatdor edilar.

Qulchilik , unga qarshi kurash va abolitsion harakat


1809 yilda AQSHga quliarni keltirishni taqiqlovchi qonun chiqdi. Biroq. endi kontrabanda yo'li bilan yiliga 15 mingga yaqin qullar keltirilgan. 1790 yilda AQSIIda 760 ming negr qul bo' Igan bo' Isa, 1860 yilda ularning soni 4 mln.ga etdi.


AQSHda fermerlar bilan plantatorlar o'rtasida Missisipidan g'arbdagi yerlar uchun keskin kurash davom etdi. Shimol aholisining tez o'slshi natijasida shtatlarning vakillik palatasida Shimol deputatlari sonining oshisbi tufayli qulchilik bekor qilindi. Ammo Scnatda quldorlik shtatlarining mavqei baland edi. Quldorlik va ozod shtatlar soni o'zaro tenglashgach, quldorlar quldorlik shtatlarini sonini oshirishga harakat qildilar. 1820 yilda Missuri va Men kabi yangi shtatlar tashkil qitindi. Qullik masalasini endi bu shtatlarning o'zlari hal qilishi lozim edi. Shu yili AQSH kongressi 36° 3()" dan shimolda (Missuridan tashqari) qullikni ta'qiqlivchJ qaror chiqardi. Bu AQSH tarixida Missuri kelishuvi deb nom oldi.
XIX asrning 30-yillaridan AQSHning ijtimoiy hayotida qulchilik masalasi muhim o'rin egalladi. Buning asosiy sabablaridan biri qullar qarshiligining kuchayishi edi. AQSH tarixida qullarning isyonlari va qo'zg'olonlari ko'p bo'lgan. XIX asrning birinchi yarmida ko'tarilgan qullarning qo'zg'olonlari orasida eng yirigi 1831 yil avgustida Virginiyada negr qul Nat Terner rahbartigida ko'larilgan qo'zg'olon edi. Qo'zg'olonlar bilan birga 30-yillardan qulchilikni bekor qilish (abolitsion - bckor qilish) uchun oq tanli aholi orasida ham harakat bohlandi. Bu "abolitsion harakat" deb nomlandi. Abolitsion harakat asosida fermerlar, hunarmandlar va qisman o'rta burjuaziya vakillarining demokratik huquq va erkinliklar, ayniqsa, g'arbdagi yerlarga borib o'rnashishi uchun kurash yotar edi. 1838 yil abolitsionistlar qochoq negr qullarga yordam berisb maqsadida "Yer osti temir yo'llari jamiyati" nomli maxsus tashkilot tuzdilar. Bu maxfiy jamiyat 10 minglab qochoq va ta'qibdagi qullarni mamlakat shimoliga o'tkazib yuborib, ularning xavfsizligini ta'minlash bilan shug'ullandi.
1848 yil Shimol fermerlari, hunarmandlari va burjuaziyasining bir qismi Buffalo shahrida yangi partiya - frisoylerlar (free soil - bo'sh yer) partoyasini tuzdilar. Bu parliyaga ishchilar va negr qullar ham kirdilar. Frisoylerlar, asosan, yangi hududlarda quichilikni joriy qilmaslikni, g'arbdagi yerlarni skvatterlar (ko'chib borib o'rnashib oluvchilar) ga bcpul tarqatilishini va u yerlarni yirik yer egalariga sotilmasligini talab qildilar. Frisoylerlar partiyasining paydo bo'Ioshi 40-yillarning oxirlaridan quldorlarfa qarshi kurashish uchun fermerlar va hunarmandlarning Shimol burjuaziyasi bilan siyosiy ittifoqchilik qilganligidan dalolat beradi. Prczidenl saylovlarida nomzodlarni ilgari surish uchun Shimol burjuaziyasi va fermerlari Janub quldor plantatorlari bilan turli guruh va oqimlarga birlashishi natijasida' AQSHda burjua siyosiy partiyalari tashkil topdi. Jumladan, demokratik partiya tuzildi.
XIX asrning 20-yi!larida AQSHning ichki siyosiy hayotida muhim o'zgarishlar ro'y berdi. Fermerlar sonining oshishi, hunarmandlar va ishchilarning siyosiy huquqlar uchun kurashi. ko'pchilik shtatlarda faqat oq tanli erkaklar uchun umuniy saylov huquqini joriy qilinishi va mulkiy senzni bekor qilinishi natijasida ko'p sonli yangi saylovchilar paydo bo'ldi. Fermerlar, hunarmandlar va ishchilarning aksariyati chet el mahsulotlariga bojxona tariflarini oshirilishidan, 1816 yilda Filadelfiyada ochilgan AQSH Banki tomonidan yirik ycr egalari va sanoatchilarini imtiyozli kreditlar bilan rag'batlantirilishidan norozi cdilar. Chunki, katta kreditlarni olgan mulkdorlar g'arbdagi yer mulklarini davlatdan sotib olib qo'yayotgan edilar. 1828 yilgi prezident saylovlarida plantatoplar, fermerlar. hunarmandlar va hatto ishchilar Janubiy Karolinaga tug’ilib o`sgan Endryu Jekson(1767-1845)ni prezidentlik lavozimiga saylash uchun birlashdilar.
Jekson tarafdorlari o'zlarini demokratik partiya a'zolari deb atay boshladilar. Bu partiya rasmiy ravishda 1828 yilda tashkil topdi.AQShning 7-prezidenti (1829-1837) Jekson prezidentligi davridan boshlab AQSHning siyosiy hayotida ilk bor saylovda g'olib kelgan partiya vakillari muhim davlat. lavozimlarini cgallash tartibi odat tusiga kirdi. Keyinchalik demokratik partiya, asosan, quldorlarning manfaatini aks ettira boshladi.
Quldorlik va fermerlik xo'jaliklarining rivoji nafaqat mamlakatning ichki siyosatiga, balki uning tashqi siyosatiga ham o'z tasirini o'tkazdi. Bu AQSHning g'arbiy va janubiy yo'nalishlarda hududiy- ekspansiya harakatlarini olib borishida yaqqol namoyon bo'idi.
Tashqi siyosatning o`ziga xos xisusiyatlari
Mustaqillik urushidan so'ng AQSH tashqi siyosatining xarakterli xususiya(]ari: l)Yevropa davlatlarining ittifoqlari va urushlarida qatnashmaslik; 2)ular o'rtasidagi ziddiyatlardan o'zining manfaatlari yo'lida foydalanish va 3)Amerika savdo kemalarini daxlsizligini ta'minlashdan iborat edi. Shunday qilib, XIX asrning birinchi yarmida AQSH Amerika qita'sida G'arhiy Yevropa mamlakatlarining ta'sirini susaytirish evaziga o'zining mavqesini mustahkamlashga intildi, Angliya bilan birgalikda Lotin Amerikasi mamlakatlarini siyosiy jihaldan tarqoq, mayda va zaif davlatlarga aylantirishda faol ishtirok etdi. AQSHning ekspansiya (“Dollar siyosati”) siyosati 1803 yilda arzimas 1,5 mln dollarga Fransiyadan Luizianani olish bilan boshlandi. Fransiya mazkur hududni 1800 yilda Ispaniyadan lorlib olgan edi. Yevropadagi urush tufayli uni himoya qila olmasligi va moliyaviy zaruriyal sababli Napoleon uni sotishga majbur bo'tdi. Luizianani olinishi AQSH hududini 888,8 ming kv mildan 1715,9 milga ya'ni, qariyb 2 baravar kengaytirdi.
Kontinental blokada tufayli Angliya Fransiya bilan savdo aloqalarini olib borayotgan davlallarning savdo kemalari qatorida AQSHning ham savdo kemalini tutib ola boshladi, Bunga javoban AQSH 1812 yilda Angliyaga urush e'lon qildi. Urush harakatlaru asosan, Kanada hududidagi ingliz qo'shiniga qarshi olib borildi. AQSH Yevropadagi urushlardan foydalanib Kanadani egallamoqchi edi. Ammo uning maqsadlari amalga oshmadi. 1814 yil dekabrida Belgiyaning Gent shahrida anglo-amerika sulh shartnomasi imzolandi. Urush AQSH hududini kengaytirmadi, biroq uning mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo'idi. Angliya yana bir bor AQSH mustaqilligini tan oldi.
1810-1818 yillar mobaynida AQSH Ispaniyaga tegishli bo'lgan Floridani qismlarga bo'lib bosib oldi. 1819 yilda rasmiy ravishda Ispaniya Floridani AQSHga berishga majbur bo'idi.
Ispaniya mustamlakachilik imperiyasining inqirozi Lotin Amerikasi mamlakatlariga mustaqillik olib keldi. 20-yillarning boshlarida "Muqaddas ittifoq" qo'shinlarini (Ispaniya mustamlakachiligini tiklash maqsadida) Lotin Amerikasiga kiritish haqidagi xabarlarning tarqalishi AQSH hukumatini tashvishga soldi. 1823 yil 2 dekabrda AQSH prezidenti Monro kongressga murojaatnorna yubordi. Bu murojaatnomaga ko'ra, AQSH Yevropa mamlakallarining Amerikadagi mavjud mustamlakalafini tan olinishini. biroq ularning Amerika qifasida yangi mustamlakalarga asos solishiga yo'l qo'ymasligini, Yevropa mamlakatlarining Amerika mamlakatlaining ichki ishlariga aralasbmasligini ma'Ium qildi. Bu harbiy doktrina "Monro doktrinasi" deb nom oldi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarining mustaqillik uchun kurashini qo'llab-quvvatlagan AQSI1 plantatorlari Texasda ko'chmas yer mulklariga ega bo'lib, 1836 yilda uni mustaqil respublika deb e'lon qildilar. Bu 1846-1848 yillardagi AQSH-Meksika urushiga olib keldi. Urush natijasida Meksika nafaqat Texasdan balki Kaliforniya, Arizona va Yangi Meksikadan iborat ulkan hudud (qariyb Meksika hududining yarmi) dan mahrum bo'idi. AQSH kompensatsiya tariqasida Meksikaga 15 mln. dollar to'lab go'yoki uni sotib olganday qilib ko'rsatdi. Bosqinchilik urushlari natijasida XIX asr o'rtalarida AQSH hududi 3027.8 ming kv.milga etdi.
AQSHning hududiy ekspansiya tufayli o'z maydonini kengaylirishi uchun Hindu qabilalarining qoloqligi va tarqoqligi, qo'shni Ispaniya mustamlakalari va Meksikaning zaifligi juda qo’! keldi. Yevropa davlatlari o'rtasidagi to'qnashuv va urushlar tufayli ular AQSHning bosqinchilik urushlariga jiddiy e'tibor bermadilar. AQSH esa bundan o'z manfaati yo'lida ustalik bilan foydalandi. AQSHning XIX asr boshlarida Hvropada bo'lgan urushlarda qatnashmaganligi uni nafaqat katta narbiv xarajatlar va yo'qotishlardan saqlab qoldi, balki urushayotgan davlatiar bilan savdo olib borishi natijasida urushdan yaxshigina foyda olishini ta'minladi.
Yüklə 78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin