Yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi



Yüklə 241,5 Kb.
səhifə8/14
tarix17.05.2023
ölçüsü241,5 Kb.
#115530
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI

Toʻrtinchi. Suvni tejash, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish masalalaridagi mintaqaviy hamkorlik darajasini keskin oshirish lozim.
Biz Orol dengizi hududidagi suv resurslaridan foydalanish boʻyicha oʻzaro maqbul hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga va Oʻzbekistonda ushbu masalaga bagʻishlangan mintaqaviy konferensiya oʻtkazishga tayyormiz.
Oʻylaymizki, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha mintaqaviy dastur qabul qilinishi mazkur konferensiyaning eng muhim natijasi boʻladi.
Beshinchi. Bugungi kunda ilmiy kooperatsiyani samarali rivojlantirmasdan oldimizda turgan muammolar yechimini taʻminlashning iloji yoʻq”.
Mintaqamizda ekologik vaziyatning murakkablashib borayotganligi haqida so’z yuritganda yana shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, paxtani yetishtirish uchun ko’p miqdorda va bir necha yillar mobaynida ishlatilgan zaharli kimyoviy moddalar tufayli, yer, suv, havo zaharlandi. Oqibatda necha minglab kishilar oshqozon ichak, sariq kasalliklariga mubtalo bo’lishdi. Mustaqillik tufayli bu masalani ham hal qilishda ma’lum darajada ijobiy o’zgarishlar yuz bermoqda. Paxta zararkunandalariga qarshi zaharli kimyoviy moddalarni ishlatish o’rniga biologik usullardan foydalanilmoqda. Paxtazorlarning ko’lamini kamaytirish hisobiga don mahsulotlarini yetishtirish yo’lga qo’yilmoqda. Bularning hammasi o’z navbatida, ekologik vaziyatni yaxshilashga zamin yaratmoqda.
O’rta Osiyo mintaqasi uchun xos yana bir vaziyat shundan iboratki, aholining ehtiyojlarini qondirish uchun yer osti xom ashyolari, jumladan gaz, neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqish yildan-yilga avj olib kelmoqda. Mazkur xom ashyolarni ishlatishda tabiatni muhofaza etish choralarini ko’rib chiqilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Kishilarni tabiat va o’zining kelajak istiqboli qiziqtirmoqda. Bugun biz shunday yuksak darajaga erishdikki, inson tabiatdan foydalanibgina qolmasdan, uni himoya qilishi zarur. Tabiatni e’zozlashda va saqlashda hech qanday hududiy to’siqlar bo’lishi mumkin emas, chunki bir mamlakatda ro’y berayotgan ekologik inqiroz boshqa joylarga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko’z ochib ko’rgan dunyo, bamisoli ona quchog’i, inson uchun beshikdir.
Biz yashab, nafas olib, kun kechirib, tirikchilik o’tkazib turgan tabiat, uning tarkibiy qismi bo’lmish yerimiz - hammaning, butun insoniyatning umumiy uyi, umumiy makonidir. Shunday ekan, uni ko’z qorachig’idek saqlash, atrofmuhitning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik umumdavlat, umuminsoniyat ishidir.
Tabiatni muhofaza qilishning dolzarbligi boisi ana shunda. Ekologik inqiroz ishlab chiqarish inqirozi bo’libgina qolmay, ayni vaqtda, ijtimoiy-siyosiy muammo hamdir. Chunki tabiatni muhofaza qilish bu rivojlanish va xalq farovonligini oshirishning zaminidir. Shuning uchun ham respublikamizda tabiatni muhofaza qilishni davlat yo’li bilan boshqarish va nazorat qilib turishga katta ahamiyat berilayotganligi bejiz emas. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasining, Orolni saqlash, EKOSAN va boshqa jamg’armalarning ta’sis etilishi, tabiatdan unumli foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolariga oid mintaqaviy jahon ilmiy-amaliy anjumanlarining o’zkazilishi, tabiatni muhofaza qilish ishlariga jamoatchilikning keng jalb etilishi bunga misol bo’la oladi. Mintaqamizda tabiatni muhofaza qilish ishlari quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilmog’i lozim:
-qishloq xo’jalik ekinzorlarini saqlash, tuproq eroziyasiga qarshi kurashni kuchaytirish, yerlarni seldan, ko’chkilardan, o’pirilishlardan, sho’r bosishdan, zaharlanishdan, suv bosishdan va qaqrab qolishdan himoya qilishni ta’minlash;
-foydali qazilma konlarini yanada kompleks ravishda o’zlashtirish, ularni qazib olish va qayta ishlash chog’ida nobudgarchilikka yo’l qo’ymaslik;
-Orol dengizi, Sirdaryo, Amudaryo va boshqa suvlar sathi kamayishining oldini olish, ularni bug’lanishdan saqlashni kuchaytirish choralarini amalga oshirish, suv manbalari, jumladan kichik daryolar va ko’llarni qurib qolishdan va ifloslanishdan muhofaza qilishni yaxshilash, O’rta Osiyodagi eng muhim daryo havzalaridagi suv xo’jaligi komplekslarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini yaratish, irrigatsiya, melioratsiya tizimlarini hozirgi davr talabiga muvofiqlashtirib qayta qurish;
-zararli moddalarning atrof-muhitga chiqarib tashlanishini kamaytirish va chiqarilayotgan gazlarni zararli aralashmalardan tozalashni yaxshilash, gaz va chang yutuvchi g’oyat samarali apparatlar, suvni tozalaydigan uskunalar, shuningdek tabiiy atrof-muhitning holatini nazorat qiluvchi asboblar hamda avtomat stantsiyalar ishlab chiqarishni ta’minlash;
-issiqlik elektr stantsiyalarida mazut, torfdan yoqilg’i sifatida foydalanishni kamaytirish;
-o’rmonlarni yong’indan saqlash hamda ularni zaharli hashoratlardan va kasalliklardan muhofaza qilish. Daraxtzorlarni kengaytirish, shahar, qishloqlar atrofida yangi ko’kalamzorlarni yaratish, mavjud shunday zonalarni obodonlashtirish;
-ilmiy asoslangan qo’riqxona va milliy sayilgohlarni ko’paytirishni davom ettirish. Yovvoyi hayvonlarni mutanosib ravishda ko’paytirish hamda tabiiy ko’l, hovuzlar va suv omborlarida qimmatli baliq turlarini urchitib ko’paytirish tadbirlarini amalga oshirish.
Ekologik muammolarni hal qilishda barcha mamlakatlarning bir-birlariga qo’l berib, hamkorlikda ish ko’rishlari maqsadga muvofiqdir. Bu sohada umumjahon miqyosida hamkorlik, barcha mamlakatlarning bahamjihat ommaviy harakat qilishlari zarurligini ko’rsatmoqda. Bu hamkorlik to’la teng huquqli, har bir mamlakatning suverenitetini hurmat qilish asosida, olingan majburiyatlarni, xalqaro huquq normalarini vijdonan bajarish asosida bo’lishi lozim. Biz yashab turgan davrning qat’iy talabi mana shulardan iborat.
Tabiatni e’zozlash, uni muhofaza qilish, inson ongining yetukligi bilan bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda kishilarda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada oilaning roli katta. Yoshlarimizda ekologik madaniyatni tarbiyalashda bolalar bog’chalari, maktab, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari ham jonbozlik ko’rsatmog’i zarur. Mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari doimiy va izchil ravishda aholining ekologik ongi va madaniyatini tarbiyalashga oid ishlarni muntazam olib borish yo’lida jiddiy o’zgarishlarni qo’lga kiritishimiz mumkin bo’ladi.

Yüklə 241,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin