Yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi



Yüklə 241,5 Kb.
səhifə7/14
tarix17.05.2023
ölçüsü241,5 Kb.
#115530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI

Birinchi. Mintaqamizda noqulay ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash uchun qatʻiy va nostandart chora-tadbirlar zarur.
Shu munosabat bilan, O’z R Prеzidеnti Sh.Mirziyoyev Orolboʻyi hududini Ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi, deb eʻlon qilish masalasini koʻrib chiqishni taklif etdi. “Bu tashabbus, dеb tа’kidlаdi Sh.Mirziyoyev,- bizning umumiy kuchimizni quyidagi maqsadlar boʻyicha birlashtirishga yoʻnaltirilgan:
-ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoit yaratish;
-“yashil iqtisodiyot”, ekologik toza, energiya va suv tejaydigan
texnologiyalar tamoyillarini kompleks tatbiq etish;
-choʻllanish va ekologik migratsiyaning davom etishiga barham berish; -ekoturizmni rivojlantirish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ikkinchi. Qum koʻchkilarini mustahkamlash, Orolning qurigan qismidan havoga zaharli aerozol changlari koʻtarilishini kamaytirish masalalari bizning eʻtiborimiz markazida boʻlishi zarur.
Shu maqsadda choʻl sharoitiga chidamli va ozuqa oʻsimliklari koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha Mintaqaviy markaz tashkil qilishni taklif etamiz.
Bizning olimlarimiz bergan maʻlumotlarga koʻra, 10-12 yil davomida dengizning qurigan qismini daraxtzor va butazorlarga aylantirishimiz mumkin.
Bundan tashqari, yangi unumdor yaylovlar yaratishga qurbimiz yetadi, bu chorvachilikniizchil rivojlantirish va oʻn minglab odamlarni ish bilan taʻminlash imkonini beradi.
Mintaqaviy markaz esa ehtiyoj katta boʻlgan mutaxassislar tayyorlash boʻyicha oʻziga xos noyob ilmiy-taʻlim bazasiga aylanadi.
Uchinchi. Mintaqamizning noyob hayvonot dunyosini saqlash masalasi. Bu masalada ham umummintaqaviy yondashuv zarur.
Orolboʻyi zonasida muhofaza qilinadigan transchegaraviy tabiiy hududlar tashkil etishni taklif qilamiz.
Yoʻqolib borayotgan hayvonlar, jumladan, qoplon,qulon, saygʻoq va boshqa noyob jonivorlarni saqlab qolish uchun qoʻlimizdan keladigan barcha ishlarni oʻzaro kelishib amalga oshirishimiz nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 241,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin