Yodgorov, Nodir Djalolovich


darajalash yoki  interpolyatsiyalash



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)

darajalash
yoki 
interpolyatsiyalash
deyiladi. Butun son 
belgili nuqtalar to`g’ri chiziqning proyeksiyasini teng kesmalarga bo`ladi. Bu 
kesmalarning har biri (3-4, 4-5, 5-6) to`g’ri chiziqning 
intervali 
bo`ladi. Demak, 
to`g’ri chiziqning balandliklari farqi bir birlikka 
(1m ga)
teng bo`lgan ikki 
nuqtasi orasidagi gorizontal masofa uning intervali deyiladi. 
Agar to`g’ri 
chiziqning proyeksiyasida son belgisi 3 nuqtadan o`ng tomonga proyeksiyasi 
davomida intervaldan bir marta o`lchab qo`yilsa son belgisi 2 bo`lgan nuqta, ikki 
marta o`lchab qo`yilsa son belgisi 1 bo`lgan nuqta va uch marta o`lchab qo`yilsa 
son belgisi 0 bo`lgan ya`ni to`g’ri chiziqning izi topiladi. 
To`g’ri chiziq kesmasi uchlari A va B orasidagi gorizontal masofa (L=BC) 
uning 
qo`ymasi
deyiladi. Bu nuqtalar orasidagi vertikal masofa (AC=J) to`g’ri 
chiziqning 
ko`tarilishi
deb ataladi (1.13-shakl). Qo`ymani ko`tarilishga bo`lgan 
nisbati to`g’ri chiziqning 
intervali 
(ℓ) bo`ladi, ya`ni:
ℓ=L/J=ctgα. 
Ko`tarilishni qo`ymaga bo`lgan nisbati 
qiyalik
(ί) bo`ladi 
ί =J/L=tgα. 
Demak, to`g’ri chiziqning intervali qiyalikning teskari qiymatiga teng,
ℓ=1/ ί.
Misollar 
1. AB to`g’ri chiziq kesmasi proyeksiyasining vaziyati va A uchining son 
belgili proyeksiyasi berilgan (1.14-shakl). To`g’ri chiziq intervali ℓ=2 m va B 
uchining balandligi 5 m bo`lganda, B uchning son belgili proyeksiyasi topilsin. 


22 
2. CD to`g’ri chiziq kesmasi proyeksiyasining vaziyati va C uchining son 
belgili proyeksiyasi berilgan (1.15-shakl). Qo`ymasi L=6m bo`lganda D uchining 
son belgili proyeksiyasi topilsin. 
3. Planda AB to`g’ri chiziq kesmasi (a
-2
,b
5
) berilgan (1.16-shakl). 
Kesmaning haqiqiy uzunligi topilsin hamda AB to`g’ri chiziqning qiyalik burchagi 
va proyeksiya tekisligidagi izi aniqlansin. 


23 


24 
4. AB to`g’ri chiziq kesmasi B uchining son belgili proyeksiyasi (b
4
) va 
proyeksiya tekisligidagi izi (M≡ m
0
) berilgan 1.17–shakl. AB to`g’ri chiziq 
kesmasining uzunligi 5 m bo`lganda A uchining son belgili proyeksiyasi 
aniqlansin. 


25 
5. Uzunligi 7 m ga va proyeksiya tekislikka qiyalik burchagi 30
0
ga teng CD 
kesma D uchini uning proyeksiyasi atrofida aylantirib proyeksiya tekisligiga 
joylashtirgandan keyingi vaziyati (D
0
) hamda CD to`g’ri chiziqning proyeksiya 
tekisligidagi izi (M≡ m
0
) berilgan (1.18-shakl). CD kesma qo`ymasining uzunligi 
aniqlansin. 
6. AB kesmaning son belgili proyeksiyasi (a
20
,b
12
) berilgan (1.19-shakl). 
To`g’ri chiziqning intervali, qiyaligi va A nuqtadan B nuqta tomonga 3 m 
masofada turgan C nuqtaning son belgili proyeksiyasi topilsin. 

Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin