2.3-§. Shartli belgilarning turlari
Mahalliy predmetlarning shartli belgilarini geometrik xususiyati va
belgilangan maqsadiga ko`ra quyidagi turlarga bo`lish mumkin:
masshtabli
,
masshtabsiz
va
tushuntiruvchi
. Masshtabli shartli belgilarning chegarasi
tasvirlanadigan predmet fazoviy aksining chegarasiga mos (to`g’ri) keladi. Ularga
masshtab qo`llab bo`ladi,ya`ni topografik xarita va plan bo`yicha ularning
uzunligini, kengligini va yuzasini o`lchash mumkin. Masshtabli shartli belgilarga
misol qilib, haydalgan yer (shudgor)nining (1); yaylov, maysazor, o`tloq va
ko`kalamzorlarning (2); ko`lning (3); o`tib bo`lmaydigan botqoqlikning (4);
53
o`rmonning (5); butazor, changalzor(6)larning (2.1-shakl,a) shartli belgilarini
ko`rsatish mumkin.
Har bir shartli belgi kontur (berilgan predmetning chegarasi) dan va uning
ichki qismi predmetning shartli grafik belgisi bilan to`ldirilgan tasvirdan iborat.
Predmetlarning chegarasi nuqtali punktr (nuqta, nuqta) bilan chiziladi. Nuqtaning
diametri 0,2 mm, ular orasidagi masofa 1 mmga teng. Nuqtali punktir peroning
aylanma harakati bilan chiziladi. Agar chegara ariq yoki boshqa chiziqli shartli
belgi bilan ustma-ust tushsa, u paytga nuqtalar chizilmaydi.
Masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlangan ob`ektning maydoni
masshtab bilan tasvirlanmaydi. Bu ob`ektlarning o`rni topografik xarita yoki
planda nuqta bilan ko`rsatilib, shartli belgisi chiziladi, daryo va yo`llar esa chiziq
bilan chiziladi. Masshtabsiz shartli belgilar geometrik shakldan yoki ob`ektni
tashqi ko`rinishini eslatadigan rasmdan iborat bo`ladi.
Masshtabsiz shartli belgilarga misol qilib o`tga chidamli turar joy
qurilishini (1); kilometrni ko`rsatuvchi stolba (2); yo`l ko`rsatgichi (3); davlat
geodezik tarmog’i punkti (4); mozor (qabr) (5); alohida yotgan tosh (6)larning
(2.1-shakl,b) shartli belgilarni ko`rsatish mumkin.
Shartli belgi shunday chiziladiki, ob`ekt markazi shartli belgining asosiy
nuqtasiga mos keladigan bo`lsin. Har xil ko`rinishdagi masshtabsiz shartli belgilar
bor. Bosh nuqta deb, har xil ko`rinishdagi shartli belgilarning ko`rinish turiga
bog’liq holda ,quyidagi nuqtalari qabul qilingan:
-
to`g’ri geometrik shaklga ega bo`lgan belgilarda (doira, kvadrat,
uchburchak, to`g’ri to`rtburchak va h.k.) - shaklning geometrik markazi (2.2-
shakl,a);
-
keng asosli shaklga ega bo`lgan belgilarda (zavod trubasining,
haykalning, shamol tegirmonining belgilarida va h.k.) – belgi asosining o`rta qismi
(2.2-shakl,b);
-
asosi bilan to`g’ri burchak hosil qilgan belgilarda (alohida turgan daraxt,
benzokolonka, shamol dvigatelining belgilarida va h.k.) – to`g’ri burchakning uchi
(2.2-shakl, c);
-
bir nechta shakllarning birikishidan hosil bo`lgan belgilarda (zavod va
fabrikalar trubasi bilan, neft va gaz vishkalari, radiomachtalarning belgilarida va
h.k.) – pastki shaklning geometrik markazi (2.2-shakl, d);
-
chiziqli o`lchami uzun, lekin eni tor bo`lgan belgilarda (yo`l, aloqa va
elektr uzatish liniyalari, gaz quvurlarining belgilarida va h.k.) – belgi o`qi (2.2-
shakl, e).
Masshtabsiz shartli belgilarning uchi shimol tomonga qaratib chiziladi.
Yo`l, aloqa va elektr liniya (tarmoq)lari, turar joy, turar joymas va boshqa
qurilishlar bu qoidadan mustasno. Bular o`z joyida qanday joylashgan bo`lsa,
shartli belgilarning vaziyati shunga mos kelishi kerak.
Tushuntiruvchi shartli belgilar masshtabli va masshtabsiz shartli belgilar
bilan birga qo`shilgan holda ishlatiladi. Bu shartli belgilarning xarakterli tomoni
quyidagilar hisoblanadi: o`rmon va butazorlar turlarining belgisi, daryodagi
suvning oqimi va botqoqlikning chuqurligini ko`rsatuvchi strelka, shuningdek
54
2.1-
shakl.
a) b)
c)
2.2-
shakl.
55
qisqartirilgan yozuvlar va sonli xarakteristikalar, geografik ob`ektlar (aholi
punktlari, daryo, ko`l va h.k.)ning shaxsiy nomi va boshqalar.
Tushuntiruvchi shartli belgilarga misol qilib o`rmonning xarakteristikasini
(1), daryoning xarakteristikasini (2), o`rmon qorovuli uyinining belgisi yonidagi
“O’r.qor.uyi” yozuvini (3), daryo oqimi yo`nalishi va tezligini (4), botqoqlikning
chuqurligini (5), daryo nomini (6), jarlikning chuqurligini (7) (2.1-shakl, c)
ko`rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |