52
II bob. TOPOGRAFIK XARITA VA PLAN UCHUN
SHARTLI BELGILAR
2.1-§. Umumiy ma`lumot
Topografik xarita va plandagi shartli grafik belgilar va ularni tasvirlash
uchun qo`llaniladigan yozuvli va raqamli xarakteristikalar hamda joy qism
(predmet) lari uchun sonli va sifatli xarakteristikalar topografik
shartli belgilar
deyiladi.
Topografik shartli belgilar masshtab bo’yicha jadvallarga birlashgan
bo`lib, bunga barcha vazirlik, boshqarma, tashkilot va korxonalar so`zsiz amal
qilishi kerak. Shartli belgilar vaqt-vaqti bilan qayta ko`rib chiqiladi va
takomillashtiriladi. Jadvallarga shartli belgilar tasvirlanadigan joy predmetlarining
turi (geodezik markaz, temir yo`l, o`simlik va hokazolar) bo’yicha guruhlarga
bo`lingan.
2.2-§. Shartli belgilarni tuzishda hisobga olingan qoidalar
Topografik xarita va planning afzallik ko`rsatkichlaridan biri shartli
belgilarning ko`rinish sifati hisoblanadi. Shartli belgilarni ishlab chiqishda, ular
yaqqol, mantiqan to`g’ri, o`qish qulay va tejamli bo`lishi hisobga olingan.
Shartli belgilarning rasmi va rangi tasvirlanayotgan predmetlarga o`xshash
yoki ularning ajralib turadigan o`ziga xos xususiyatini aks ettiradi. Shartli
belgilarni mantiqan to`g’riligiga alohida turgan daraxt yoki siyrak o`rmonning
shartli belgisi misolida ko`rish mumkin. Bu belgilarning asosidan (pastki qismiga
uringan holda) o`ng tomonga gorizontal chiziqcha chiziladi. Bu chiziqcha
daraxtning soyasini bildiradi. Qalin o`rmon bo`lsa belgilarning pastki qismiga
urinma qilib gorizontal chiziqcha chizilmaydi. Birinchi holatga daraxtdan yoki
siyrak o`rmondan soya tushadi, ikkinchi holatga esa ya`ni qalin o`rmonda
daraxtlarning soyasi ko`rinmaydi.
Shartli belgi foni ya`ni shartli belgi chizilgan yuzaning rangi katta
ahamiyatga ega. Chunki rang shartli belgini ancha yaqqol ko`rsatadi. Masalan,
pichanzorning shartli belgilari foni – yorqin ko`k, o`rmon – ochiq ko`k, yer
yuzidagi suvlik joylar havo rangga, qumli yer, jarliklar, balandligi 1,8 metrgacha
bo`lgan tepalik, 1,6 metrgacha bo`lgan tabiiy chuqurlik qizg’ish jigar rangga
bo`yaladi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: