«Yog‘moy invest» xususiy korxonasi ushbu Biznes reja Urganch tumani xududida ««Yog‘-moy invest» “soya donidan moy olishni



Yüklə 138,45 Kb.
səhifə1/6
tarix05.01.2023
ölçüsü138,45 Kb.
#78566
  1   2   3   4   5   6
Eltm biznes




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XORAZM VILOYATI
URGANCH TUMAN



«Yogmoy invest» xususiy korxonasi ushbu Biznes reja Urganch tumani xududida ««Yog-moy invest» “soya donidan moy olishni
ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida ishlangan

BIZNES REJA VA TEXNIK IQTISODIY ASOSNOMA

Urganch shahri – 2022 yil



MUNDARIJA


1

KIRISH (Rezyume) …………………………………………………..




2

Ma’lumotlari……………….................................................................




3

Loyihada pul mablag‘larini sarflanishi ………………………………




4

Loyixani asosiy maqsadi va yo‘nalishi………………………………..




5

Respublika korxonalariga qilinadigan ilmiy hizmatlar va
ishlab chiqariladigan asosiy mahsulotlar ro‘yxati ……………




6

Loyihani amalga oshirishda qonuniy va me’yoriy hujjatlar…………..




7

Bozor holati taxlili…………………………………………………….




8

Xom ashyolar to‘g‘risida ma’lumotlar………………………………..




9

Mahsulotlar tannarxini hisobi…………………………………………




10

Amortizatsiya xarajatlarining belgilanishi……………………………




11

Boshqaruv apparati ish xaqi fondi……………………………………




12

Ishchi xizmatchilar ish xaqi xarajatlari…………………………..........




13

Bankdan olingan kredit mablag‘ini qaytarish…………………………




14

Tavakkalchilik va loyihaning samaradorligi………………………….




15

Moliyaviy natijalar………………………………………….…………




16

Xulosa…………………………………………………………………





1. KIRISH

Respublikamiz hukumati tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda va har qanday byurokratik to‘siqlarni bartaraf qilish borasida qator qaror va farmonlar chiqarildi.


Jumladan:



  1. 2016 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Farmoni .

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan 2016 yilning 5 oktyabrda imzolangan PF-4888-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash to‘g‘risida”gi Farmoni
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 19 iyunda imzolangan PF-5087- sonli «Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» Farmoni

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tamonidan




2017 yil 7 fevral kuni imzolangan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Qabul qilingan chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofazasi kafolatlari kuchayishini ta’minlash, biznesni tashkil etish va yuritishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish, sifatli davlat xizmatlarini taqdim etish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishiga xizmat qiladi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun hukumatimiz tomonidan salmoqli imtiyozlar hamda moliyaviy ko‘maklar berilmoqda. Shu sababli ushbu imkoniyatlardan foydalangan holda tadbirkorlik sub’ektlari o‘z faoliyatlarini rivojlantirish orqali jamiyat va xalq manfaatlarini ko‘zlab xarakat qilmoqdalar. Hozirgi kunda mahsulot ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatish qanchalik unumli va arzon bo‘lsa, korxona, tashkilot hamda aholini ushbu mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish shuncha yaxshi bo‘ladi.
«Yog-moy invest» xususiy korxonasi 2022 yil sentyabr oyidan Urganch tuman xokimligiga qarashli tadbirkorlik su’bektlariga Davlat xizmatlari ko‘rsatish YAGONA DARCHA MARKAZINING № 535 - qaroriga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kutilmoqda. Korxona o‘zining Nizomidan kelib chiqqan holda aynan davr talabiga mos bozor sharoitini o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasi aholisi uchun, hamda jahonning turli mamlakatlarida o‘ta muhim bo‘lgan, o‘zi yaratgan ilmiy mahsulotlari va korxonalar muammolari bo‘yicha amalga oshirgan ilmiy xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni ta’minlash va ishlab chiqargan mahsulotlarini Respublikamiz istemolchilariga yetkazish va chet ellarga eksport qilish natijasida foyda olish maqsadida tuzildi. Korxona ushbu ustavining bandlarida ko‘rsatilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy faoliyat turlarini bajaradi:
- Respublikamiz va xorijdagi korxonalari ishlab chiqarish faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarini shartnoma (kontrakt) asosida ilmiy xal qilib berish;
- yaratilgan innavatsion ishlanmalarni va texnologiyalarni korxona va tashkilotlarga shartnoma asosida sotish;
- Respublikamizdagi va xorijdagi korxonalarga ilmiy maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
- Mahalliy xom ashyolari asosida import o‘rnini bosadigan, eksportga mo‘ljallangan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq qilish;
- Respublikamizda kasmetalogiya va farmaseftika korxonalarida yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish va respublika iqtisodiyotidagi korxonalarga, aholiga yetkazib berish va chet el firmalariga eksport qilish;
- talaba va magistrantlar uchun ilmiy va amaliy tadqiqodlar olib borilishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
- chet ellik va o‘zbekistonlik yirik olimlarning xamkorlikda ilmiy tadqiqodlar olib borishga jalb qilish va ular ishlashlari uchun barcha sharoitlar yaratish;
- Yog‘-moy mahsulotlarini barcha turlarini ishlab chiqarish, sotish chet ellarga eksport qilish. Yog‘-moylarning yangi turlarining texnologiyasini yaratish bo‘yicha tadqiqodlar olib borish, sinash va amaliyotga tadbiq qilish;
- yangi turdagi Yog‘-moylar ishlab chiqarishni tashkil etish, shartnoma (kontrakt) asosida sotish va chet davlatlarga eksport qilish;
- Yog‘-moy mahsulotlari barcha turlarini ishlab chiqarish, sotish va chet ellarga eksport qilish, yaratilgan mahsulotlarni sinash va keng doirada ishlab chiqarish, sotish va eksport qilish;
- yangi turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqodlar olib borish, sinash va keng ishlab chiqarishni tashkil etish;
Bozorni arzon va jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar bilan ta’minlash, aholi ehtiyojini qondirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bozor sharoitida o‘z o‘rnini topish imkoniyatlarini izlab topishni maqsad qilib qo‘ydik. Har bir tadbirkorning mahsuloti hamda ko‘rsatayotgan xizmati qanchalik arzon va sifatli bo‘lsa hamda ishlab chiqargan mahsuloti bilan jahon bozoriga chiqsa, mahsulotini realizatsiyasidan daromad olib o‘zining va jamoasining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondira olsa, Respublikaning valyuta zahiralarini ko‘paytirsa, bu davlatimizning ravnaqiga qo‘shgan xissasi hisoblanadi.

Yüklə 138,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin