Tayanch tushuncha: milliy g`oya, targ`ibot, texnologiya, interfaol usullar, milliy g`oya targ`iboti, milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari, targ`ibot texnologiyasi mohiyati, Debat usuli.
Mavzuni mustahkamlash bo`yicha savollar. Milliy g`oya targ`ibot texnologiyasining mohiyati.
Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari maqsadi va vazifalari.
Pedogogik texnologiyalarni milliy g`oyani targ`ib qilishdagi ahamiyati.
Targ`ibot texnologiyalari mazmuni va mohiyati.
Milliy g`oya targ`ibot va tashviqotining asosiy usullari.
2-MAVZU: Milliy g`oya targ`ibotida ijtimoiy-gumanitar fanlarning tutgan o’rni va ahamiyati. (4-soat) Reja: 1. Milliy g’oya targ’ibotida tarix fanining o’rni. 2. Milliy g’oya targ’ibotida siyosatshunoslik va ma’naviyat asoslari fanlarining o’rni. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, uni mustahkamlash va shuning asosida yangi huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo’liga o’tdi. Mustaqillik tufayli respublikamiz ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va siyosiy hayotida juda katta tub o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davr ichida milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga o’tish, xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, istiqlol xalqimizning ma’naviy uyg’onishi uchun to’la imkoniyat yaratdi. Yurtimiz tarixi, qadimiy madaniyatimiz tiklanmoqda va oliy qadriyat nufuziga ega bo’lmoqda.
Darhaqiqat, o’zbek halqi mustaqillikka tinch yo’l bilan erishgan bo’lsa-da, istiqlol uchun olib borilgan kurashlarning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Mustaqillik sharofati bilangina bu kurashlar tarixini xolisona o’rganishga imkoniyat yaratildi va milliy tariximiz, ma’naviy boyliklarimizni sinfiy, partiyaviy to’siqlar bilan xalqdan ajratib qo’yishdek illatga barham berildi.
Mustabidchilik davrida hukmron kommunistik mafkura ta’sirida o’tmishimizdagi talaygina tarixiy jarayonlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar kommunistik, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi manfaatlariga bo’ysundirilgan holda soxtalashtirildi, noto’g’ri talqin etildi.
Tarixchilarimizning hozirgi kundagi dolzarb vazifalaridan biri, o’tmishimizdagi har bir hodisa va voqea ma’lum ijtimoiy-siyosiy, g’oyaviy muhit ta’sirida yuz berganligini hisobga olgan holda, asosli hujjatlarga tayanib, ushbu voqea, hodisalarni har tomonlama chuqur o’rganish hamda tahlil qilishdan iboratdir.
Tarixiy tafakkur va tarix falsafasi ma’rifatli jamiyat qurishning muhim omili bo’lib xizmat kiladi. Zotan, o’tmishni anglash, uni to’g’ri tushunish orqali kishilar ruhiyatida jiddiy o’zgarishlar yasashga, bu orqali hayotni, turmush tarzini, oxir-oqibatda esa jamiyatni ma’naviy isloh qilishga erishiladi.