Ziyo Net yordamchi saytlari:
ID UZ sayti vazifalari haqida qisqacha qilib shuni aytish mumkinki, u ijtimoiy tarmoq sifatida boshqa bu kabi tarmoqlardan kam farq qiladi. Ammo, u faqat «ijtimoiy» bo’lib qolmay, undan tashqari ko’pgina foydali vazifalarni bajaradiki, Uz net mijozlariga katta yengillik tug’diradi.
Vsetut.uz
Vsetut.uz sayti o’yin elementlarini o’ziga jamlagan yana bir ijtimoiy tarmoqdir. Uning 46 milliondan ko’proq foydalanuvchilari bo’lib, ularning 14 mingtasi nodir kamyob mijozlardir va bu saytning 79 foiz foydalanuvchilari erkaklardir.
Saytning ijobiy xususiyatlaridan biri sifatida, ijtimoiy tarmoq statistikasini ko’rish imkoniyati bor. Masalan, foydalanuvchilarning 20 foizi – hisobchilar, 12 foizi sudyalar ekanini bilib olish mumkin.
Saytning imkoniyat darajasi katta. Iqtisodiy tarmoq uchun zarur hamma narsa – video, foto joylashtirish, o’zaro muloqot, manfaatlar bo’yicha do’st qidirish mumkin.
Saytning kamchiligi ham bor. Unda jahon ijtimoiy saytlardagi kabi aniqlik yo’q, ma’lumotlar asosiy sahifada toifalarga ajratilmay to’planib qolgani sababli, yo’qolib qolishi ham mumkin.
O’zbekistonda «Sinfdoshlar» (Odnoklassniki) va «Mening olamim» (Moy mir) eng keng tarqalgan saytlar hisoblanadi.
V Kontakte tarmog’i jahonga mashxur Facebookning izdoshi bo’lib, turli ijtimoiy doiralarga mansub guruh va odamlar o’rtasida muloqotni tashkil etuvchi universal usulga aylangan. Unda video, foto ko’rish, musiqa tinglash, sharhlarni kiritish mumkin.
O’zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlar ro’yxati:
Vsetut.uz; Sinfdosh.uz; Love.uz; All for you.uz; Star.uz; My friends.uz; Ecso.uz.
12-Mavzu: Milliy g`oya targ`ibotida xalq og’zaki ijodidan foydalanishning o’ziga xos usullari (2-soat)
Reja:
1. Milliy adabiyotning milliy g’oya rivojidagi o’rni.
2. Xalq og’zaki ijodining milliy ma’naviyat va g’oya targ’iboti bilan bog’liqligi.
Uzoq o’tmishda, hali yozuv kashf etilmagan paytlarda, kishilar o’zlarining tabiat va jamiyatga bo’lgan barcha munosabatlarini og’zaki bayon etganlar. Mana shu jarayonda ularning og’zaki ijodi paydo bo’lgan. Xalq og’zaki ijodi o’ziga xos bir necha xususiyatlarga ega bo’lib, ularning barcha janrlari ijro jarayonida yashaydi. Shu bois og’zakilik xalq ijodiyotining yaratilish va yashash tarzi hisoblanadi.
Xalq og’zaki ijodi yakka shaxslarning orzu-istaklari emas, balki jamoaning, ko’pchilikning orzu-istaklarini ifodalaydi. Chunki og’zaki ijod xukmronlik qilgan paytlarda ijodkor shaxsiyati hali ommaning ijodiy jarayonidan ajralib chiqmagan edi. Demak, ijodning ommaviyligi faqat xalq og’zaki ijodigagina xos xususiyat xisoblanadi.
Albatta, har qanday asarni xalq ichidan chiqqan iste’dodli shaxslar yaratadi. Biroq bu asarlar ommaning g’oyaviy-badiiy qarashlarini ifoda etadi, og’izdan-og’izga o’tib, badiiy sayqal topadi va ommaning umumiy ma’naviy mulkiga aylanadi. Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodi asarlarining dastlabki yaratuvchilari noma’lum bo’ladi. Asar ijodkorining noma’lumligi esa xalq og’zaki ijodining o’zigagina xos yana bir xususiyatdir.
Xalq og’zaki ijodida xalq hayotining barcha sohalarida o’z ifodasini topgan. Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodi janrlari nihoyatda xilma-xil bo’lib, ular kishilar turmush faoliyatining turli sohalari turlicha shakllarda ijro etilgan. Masalan, kishilar tirikchilik uchun zarur bo’lgan turli-tuman ishlar bilan shug’ullanish jarayonida qo’shiqlar kuylaganlar.
Xalq og’zaki ijodining shunday janrlari borki, ular qo’shiq sifatida ijro etilmay, balki bayon qilinadi. Afsona, ertak, maqol, topishmoq, latifa, lof kabi janrlar buning yorqin misoli bo’la oladi.
Shunday janrlar ham borki, ular maxsus cholg’u asboblari yordamida (masalan, do’mbra, dutor kabi) o’ziga xos tarzda kuylanadi. Bunday janrlarga termalar va dostonlar mansub.
Xullas, xalq og’zaki ijodi turli davrlarda vujudga kelgan, turlicha ijro etiladigan xilma-xil janr namunalaridan tarkib topgan. Xalq og’zaki ijodi asosan yozuv paydo bo’lgunga qadar yaratilgan bo’lsa-da, yozuv kashf etilib, yozma adabiyot vujudga kelgandan keyin ham to’xtab qolmadi. Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodining maqol, topishmoq, qo’shiq kabi janrlariga mansub namunalar hozirga qadar ham yaratib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: |