Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun
səhifə 1/36 tarix 12.10.2023 ölçüsü 0,66 Mb. #154489
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
«Milliy g`oya va huquq ta’limi» kafedrasi
Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi -5111600 yo`nalishi
3-kurs talabalari uchun
«Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari»
fani bo`yicha
MA`RUZALAR MATNI
NAMANGAN-2021 yil
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi
Namangan Davlat universiteti
Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi - 5111600 yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun «Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari» fani bo`yicha ma`ruzalar matni
Tuzuvchi: dotsent, t.f.n. T.Q.Qozoqov
Ma`ruzalar matni «Milliy g`oya va huquq ta’limi» kafedrasi yig’ilishida ko`rib chiqilgan va tavsiya etilgan
Bayonnoma №1 __ «26 » avgust 2021 yil
«Milliy g`oya va huquq ta’limi» kafedrasi mudiri: ___________ f.f.n. O.Mamatov
© Namangan Davlat Universiteti
SO`Z BOShI
Jamiyat hayoti g`oya va mafkuralar bilan bog`liq holda rivojlanib, o`zgarib kelgan. Bu holat hozirgi davrda ham o`ziga xos namoyon bo`lmoqda. Turli g`oya va mafkuralar maydoni keng jamoatchilik xususan yoshlar ongiga , ishonch va mayillariga o`zining turli-xil ta`sirini ko`rsatmoqda. Uning natijasi g`oya va mafkuraning maqsadi, mo`ljallariga hamda insonning ma`naviy dunyosiga bog`liq ekanligi shubhasiz.
Hozirgi zamonda mafkura maydoniga yangi texnologiyalarni tobora takomillashib kirib ketayotganligini, undan sog`lom va nosog`lom maqsadlarda foydalanishga urinishlar davom etayotganligini alohida ta`kidlash lozim. Bu xususan O`zbekiston jamiyatini ham milliy g`oya va ma`naviy-ma`rifiy ishlarga , uning samaradorligini oshirish uchun yangi texnologiyalarga tayanib ish ko`rishga undamoqda. Uni hisobga olish muhim g`oyaviy – ma`naviy masalaga aylandi, hamda O`zbekistonni mustaqil tarraqqiyot yo`lidan rivojlanishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur kursning maqsadi – yoshlarga milliy g`oya targ`iboti texnologiyalari, uni amalga oshirish yo`llari sohalari , bugungi globallashuv jarayonlarida mafkuraviy va ma`naviy tahdidlarning oldini olishda ularni milliy g`oya negizlari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqati, ishonch va e`tiqodini mustahkam bo`lish ruhida tarbiyalash iborat.
O’zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev o’z nutqlarida “...Yoshlarning turli diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar ta’siriga tushishi...” kabi holatlarni xalqimizga xos bo’lmagan achchiq va noxush masalalar qatorida sanab o’tgan edi1 . Bu bevosita milliy g’oya targ’iboti mutasaddilari zimmasiga yuksak mas’uliyat hissini yuklaydi.
Fanni o`qitish milliy g`oyani targ`ibot qilishning yangi texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Amaliy mashg`ulotlarni esa, ko`proq joylarda tashkil etishga e`tiborni qaratgan holda, yoshlarda Vatanga mexr-muhabbatlarini , tarixiy-madaniy xotiralarini, milliy-madaniy meros, urf-odatlar va an`alarimizga xurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga , o`zlikni anglashiga alohida e`tibor beriladi. Mafkuraviy xurujlar davom etayotgan hozirgi sharoitda, uning zamonaviy texnologiyalarini takomillashtirish milliy g`oyaning targ`iboti va uning samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
Mazkur kursni o`rganish milliy g`oya, ma`naviyat va huquq yo`nalishi bo`yicha tayorlanayotgan mutaxassis kadrlarga mo`ljallangan. Undan milliy g`oya va mafkuraviy muammolarni hamda uning targ`iboti texnologiyalari bilan qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: