Bank ishi” yo’nalishi mavzu “Bank hisobvarag‘ini yuritish bo‘yi-fayllar.org
1.Bank hisobvaraqalarining umumiy qoidalari va turlari Bank hisobvarag‘i — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (hisobvaraq egasi) hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larni o‘tkazish va berish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriqlarni bajaradi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bank hisobvarag‘i shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.
Banklar aholi va mijozlaming pul mablag'larini saqlash,omonatga qabul qilish, naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshirish,kredit va boshqa xizmatlarni ko'rsatish uchun ularga bank hisobvaraqlarini ochadi. Banklarda talab qilib ohnguncha saqlanadigan depozitlar, jamg'arma va muddatli depozitlar,
shuningdek, ssuda va boshqa hisobvaraqlar ochiladi. Tijorat banklarida yuritiladigan hisobvaraqlar ochish ,boshqa bankga ko'chirish yoki yopish Markaziy bankning «O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvarag’i to'g'risidagi
yo'riqnomasi asosida tartibga solinadi. (Yo'riqnomaO'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori bilan (NQ697) tasdiqIangan,O'zbekiston Respublika"i Adllya vazirligida 2009-yil 27-aprelda 1948-80n bilan daviat ro'yxatidan o'tkazilgan). Bank mijoziaming hisobvaraqIariga xizmatlami ular bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi.Shartnomada bank va mijozning hisobvaraqlarni yuritish bo'yicha huquq va
majburiyatlari belgilanadi. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, jamg’arma depozitlar va muddatli depozitlar
bank buxgateriya hisobvaraqIar rejasining majburiyatbo'limidagi passiv hisobvaraqlarda ochiladi. Kredit operatsiyalari bo'yicha ochiladigan ssuda hisobvaraqlari esa bank buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining aktiv, ayrim hollarda, agar bank boshqa banklardan kredit olsa passiv bo'limida yuritiladi.
Banklar jismoniy va yuridik shaxslarga ochiladigan talab qilib olguncha saqlanadigan depozitlar hisobvaraqlaridagi mablag'larni mijozlarning birinchi talabidayoq naqd pulda berishi yoki naqdsiz pul ko'rinishida tegishli manzilga o'tkazib berish haqidagi majburiyatini oladi.Ushbu hisobvaraqlar bank buxgalteriya hisobvaraqlar rejasinig 20200-TaJab qilib olinguncba saqlanadigan depozitlarlari passiv hisobvarag'larida ochiladi. Hisobvaraqlardagi mablag’larining manbasi mijozlarning nizomida belgilab qo’yolgan faoliyati doirasida sotgan tovarlari yoki ko’rsatilgan xizmatlari uchun va boshqa manabalar hisobidan yoki naqd pulsiz ko'rinishda kelib hisoblanadi.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlaridagi
mablag'lar uning egasi tomonidan istalgan paytda,ya’ni bankni ogohlantirmasdan naqdsiz ko'rinishda ko'chirilishi yoki naqd pulda olinishi mumkin, shu jihatdan ham talab qilibolguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi mablag'lar tijorat banklari uchun beqaror, Ie kin aflon resurs manbasi hisoblanadi. Shuning uchun talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari bo'yicha minimal darajada foiz to'lovlari to'lanadi, ko'pchilik hollarda esa to'lanmaydi. Jismoniy va yuridik sbaxslaming jamg 'arma depozit hisobvarag'ida tegisldi maqsad uchun jamg'ariladigan mablag’larinig
hisobi yuritiladi. Jamg'arma depozitlar bank buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining, mulkchilik shakliga qarab 20400-Jamg'arma depozitlan passiv hisobvarag'larida ochiladi. Jamg'arma depozitlar hisobvarag'idagi mablag'lar ma'lum muddatga
saqlanganligi bois, bank va jamg'armachi o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida jamg’armachiga ma'lum miqdorda foiz to'lovlari to'lanadi. JlSmoniy va yuridik sbaxslarning muddatli depoz;t hisobvarag’ shartnomada qat'iy kelishilgan muddatga qo'yilgan mablag’larini hisobi yuritiladigan hisobvaraq hisoblanadi. Ushbu hisobvaraqlar buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining «20600-
Muddatli depozitlarlt passiv hisobvarag'ida ochiladi.
Bank va muddatli depozit hisobvarag’ning egasi o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan foiz to'lovlari bank tomonidan to'lanadi. Mijoz ushbu hisobvaraqdagi mablag’ni shartnomada belgilangan muddatidan oldin olishi ham mumkin, bunday hollarda muddatli deposit egasi mablag'ni muddatidan ilgari olishi haqida bankni ogohlantirishi lozim. Mablag'ni olish uchun necha kun kun oldindan ogohlantirish lozimligi , shuningdck,bunday holarda foizlar to’lovi qanday amalga oshirilishi bank va muddatli dcpozit egasi o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo’yiladi.