Yo’nalishi mavzu


Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i



Yüklə 81,19 Kb.
səhifə5/16
tarix07.01.2024
ölçüsü81,19 Kb.
#202555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bank ishi” yo’nalishi mavzu “Bank hisobvarag‘ini yuritish bo‘yi-fayllar.org

Jamg‘arma depozit hisobvarag‘i - Mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Jamg‘arma depozit hisobvaraqda saqlanadigan mablag‘lar uchun bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanadi.


  • Muddatli depozit hisobvarag‘i - Shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Bankda foiz evaziga pullar muddatli omonatga qo‘yilganda, mazkur hisobvaraq ochiladi.


  • Ssuda hisobvarag‘i - Belgilangan tartibda mijozlarga berilgan kreditlarning hisobi yuritiladigan hisobvaraq.


    Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i - Mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan hisobvaraq. Odatda oylik ish haqi ko‘chirib beriladigan plastik kartochkalar uchun talab qilib olguncha depozit hisobvarag‘i ochiladi.
    Bank hisobvaraqlarini ochish tartibi
    Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy va chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
    • bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;


    • imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha;


    • mijoz nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi).


    Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan milliy va chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:


    • bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;


    • imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;


    • tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi);


    • soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma).


    Rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va (yoki) filiallariga talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun vakolatxona va filiallar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:


    • bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;


    • rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va (yoki) filiallarining iltimosnomasi (iltimosnomada “Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami” va “Xos raqami” (mijoz kodi) ko‘rsatilgan bo‘lishi shart);


    • rezident yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va (yoki) filiallari tomonidan imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;


    • vakolatxona yoki filialga berilgan vakolatlarni belgilovchi hujjat hamda vakolatxona yoki filial nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi).


    Yuridik shaxslar ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgunlariga qadar ta’sischilarning (ishtirokchilarning) dastlabki badallarini kiritish uchun milliy va/yoki chet el valyutasida 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i ta’sischilar (ishtirokchilar) murojaati asosida ochilishi mumkin. Bunda, ta’sischilar (ishtirokchilar) nomidan vakil qilingan shaxs tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:


    • bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;


    • imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;


    • ta’sischilar nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi).


    Davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin yuridik shaxslarga mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda asosiy hisobvaraq ochilib, 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘idagi mablag‘lar ularning topshiriqlari asosida asosiy hisobvaraqqa o‘tkaziladi va 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi.


    Faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar (diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan boshqa xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari hamda doimiy muassasalar), tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar, shuningdek kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslar (bundan buyon matnda norezident yuridik shaxs deb yuritiladi) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
    • bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;


    • agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;


    • imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;


    • norezident yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi);


    • norezident yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;


    • tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs va birja brokeri o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;


    • tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident yuridik shaxslar va investitsiya vositachisi o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;


    • kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxs va kripto-birja o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi.


    Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan so‘mga nisbatan rasmiy kurslari belgilanadigan chet el valyutalarida bank hisobvaraqlari ochilishi mumkin.


    Rezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy va chet el valyutasida depozit, metall hisobvaraqlar ochish uchun bankka hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) shaxsan taqdim qilinadi, bundan mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish holatlari mustasno.
    Jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs sifatida bank hisobvarag‘i ochish uchun mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha tarzda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma nusxasini ham taqdim etadilar.
    Norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy va chet el valyutasida depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza, norezident jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasporti), norezident jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishini (yashashini) tasdiqlovchi hujjat shaxsan taqdim qilinadi.
    Banklar norezident jismoniy shaxslarga bank hisobvarag‘i ochishda ularning O‘zbekiston Respublikasida muqim (uch oydan kam bo‘lmagan) davrga ro‘yxatdan o‘tganligi va faoliyat yuritayotganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (O‘zbekiston Respublikasida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, ishlayotganligi yoki o‘qiyotganligi, daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlarni) talab qilishi mumkin.
    Rezident va norezident jismoniy shaxslarga depozit hisobvaraqlari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) asosida ochiladi.
    Rezident jismoniy shaxslarga raqamli identifikatsiyalash orqali bank hisobvarag‘i ochilganda, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish talab etilmaydi hamda bank hisobvarag‘i ochish uchun asos bo‘lgan hujjatlar elektron shaklda saqlanadi.
    Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankda ikkilamchi, jamg‘arma va muddatli depozit, metall hisobvaraqlarini ochish uchun hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza taqdim qilinadi. Mazkur ariza elektron shaklda ham taqdim etilishi mumkin.
    Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar boshqa banklarda ikkilamchi, jamg‘arma va muddatli depozit, metall hisobvaraqlarni ochishda ham asosiy hisobvaraq ochish uchun ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim etishlari shart. Qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlar ochish uchun ushbu Yo‘riqnomaning mazkur bobida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
    Qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning arizasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq ochiladi.
    Bank tomonidan Markaziy bank yoki boshqa bankda vakillik hisobvarag‘i ochilayotganda, ushbu banklar o‘rtasida vakillik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
    Bank tomonidan Markaziy bankda yoki boshqa bankda milliy va chet el valyutasida vakillik hisobvarag‘i ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
    • bankning barcha rekvizitlari ko‘rsatilgan holda vakillik hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;


    • imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha.


    Yuridik shaxs bo‘lgan norezident banklar (bundan buyon matnda norezident bank deb yuritiladi) tomonidan banklarda vakillik hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:


    • norezident bankning to‘liq nomi va uni ro‘yxatdan o‘tkazgan davlatdagi yuridik manzili ko‘rsatilgan holda vakillik hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;


    • imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;


    • ro‘yxatdan o‘tkazgan davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan litsenziyaning legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan nusxasi;


    • norezident bank tomonidan va u ro‘yxatga olingan davlatda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar qo‘llanilishi to‘g‘risidagi axborot.


    Yangi tashkil etilayotgan bank ta’sischilari tomonidan bank ustav kapitalini shakllantirish va bank ro‘yxatga olingunga qadar to‘lanadigan boj va yig‘imlar uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida Markaziy bank yoki tijorat bankida 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i bank ta’sischilari murojaati asosida ochilishi mumkin. Bunda, ta’sischilar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:


    • bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;


    • imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;


    • mijoz nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi).


    Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olingandan so‘ng 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘idagi mablag‘lar belgilangan tartibda ochilgan vakillik hisobvarag‘iga ta’sischilarning topshirig‘i asosida o‘tkaziladi va 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi.




    Yüklə 81,19 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin