Yorma navlari tarkibidagi begona aralashmalar. Yorma navlari tarkibidagi buzilgan va shikastlangan donlarni aniqlash



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə2/2
tarix08.02.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#83433
1   2
6-Amaliy

Singan donlar. Bu ingrediyentlar yormaning tashqi ko'rinishini buzadi, shuningdek, yormaning asosiy qismi bilan bir vaqtda pishmaydi. ularning yorma tarkibidagi oz miqdori ham yorma sifatining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Shuning uchun standartda ular aralashma hisoblanmasa ham, turli yor­malar uchun ularning miqdori 0,5—13 %gacha bo'lganda, ular aralashma hisoblanadi.
Oqshoq — bu yadroning kichik siniqchalari bo'lib, simli, metall, to'qimali yoki dumaloq teshikli, diametri 1,5 mm li(yorma turiga qarab) elakdan o'tadi. U yormaning tashqi ko'rinishini buzib, tez aynib qolishiga sabab bo'ladi. Yormadagi oqshoq miqdori 0,3—0,5 %dan oshmasligi kerak.
Yormada aralashmalar miqdori. Aralashmalarni aniqlash uchun o'rtacha tortmadan namuna ajratiladi.
O'rtacha tortmadan mannaya, jo'xori va suli yormalaridan (yapaloq yorma) namuna qo'l bilan olinadi, bo'tqa turdagi yormalarga namuna bo'lgich orqali ajratiladi.
Yorma namunalarini tahlildan oldin elaklar to'plamida sin­gan mag'iz va muchelni ajratib olish uchun olinadi.
Yanchilgan no'xat diametri 2,5 mm teshikli elakdan o'tgan va diametrli 1,5 mm teshikli elak ustida o'tmay qolishi bilan ajratiladi, oqshoq diametrli 1,5 mm teshikdan o'tishi va 0 1 mm teshikli elak ustida o'tmay qolishi va muchka diametrli 1 mm teshikli elakdan o'tishi bilan ajratiladi.
Yormalar laboratoriya rassevida 1 minutda 120 aylanma ha- rakatda 3 minut mobaynida elanadi. Mannaya va makkajo'xori yormalarini elashda diametri 1 sm atrofida bo'lgan, qalinligi 0,3 sm va og'irligi 0,4 g atrofida bo'lgan bitta rezinali to'rtburchaklar elakka joylashtiriladi, 10 minut mobaynida 1 minutda 180-200 aylanma harakatda elanadi. Grechixa yormasini ehtiyotkorlik bi­lan qo'lda elanadi. Mag'zi 3 minut mobaynida, bo'ylamasiga bo'lingani esa 1 minut mobaynida 110-120 bo'ylama qaytar ha­rakatda silkitmasdan elanadi.

33-jadval


Alohida turdagi yormalar uchun elaklar teshiklarining o'lchami

Yorma

Singan mag'iz (elak orqali o'tgani)

Muchel (elak orqali o'tgani)

Oqlangan tariq

1,5

0,56

Marjumak

1 ,6x20

0,8

Guruch

0 1,5 mm (qoldiq)

0 1,5 mm

Sulili (barcha turdagisi)

0 2,0

0,63

Arpali (barcha turdagisi)




0,56

Bug'doyli (barcha turdagisi)




0,63

Makkajo'xori (barcha turdagisi)




0 1,5 mm

Elakdan o'tmay qolgani va o'tgani tarozida tortiladi. Undan so'sh elakdan o'tmagani va o'tgan qismlarni aralashmalarini ajratishadi. Yormadan quyidagi aralashmalar ajratiladi,va toroziga tortilib foizi aniqlanadi.


Iflos aralashmani:

  1. shikastlangan donlar, mag'izi chirigan, buzilgan, mog'orlagan, ko'mirga aylanib qoraygani va boshqa mag'izi ko'rinarli bo'lib o'zgarganlari;

  2. oqlanmagan donlar pardasidan xolos bo'lmaganlari. Meva (marjumak) yoki urug' qobig'idan (no'xat) ajralmaganlari;

  3. muchel-yormaning mayda bo'lakchalari, yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan elaklardan o'tganlari;

4) singan mag'izlar-mag'iz bo'lakchalari, jadvalda beril­gan elaklar orqali o'tganlari va muchelni ajratish uchun elaklarda elangan qismda elakda qolgan qoldiqlar.
r.
2-jadvalda asl mag'izga qo'shiladigan mag'iz tarkibi (me'yori) yormaning turi va naviga qarab darajalangan.


2-jadval
Singan mag'izlar miqdori, %

Yorma

Yorma navi 1

oliy

birinchi

ikkinchi

Oqlangan tariq

0,5

1,0

1,5

Maijumak

-

3,0

4.0

Guruch

4,0

9,0

13,0

Yanchilmagan

0,5

1,0

-

Asl mag'izning miqdorini 100 foizdan barcha aralashmalar miqdorini ayirib tashlab aniqlanadi.


Guruch yormasida asl mag'iz shuningdek sarg'aygan sholi doni ham kiritiladi: oliy nav uchun 0,5 % dan ortiq emas, birin­chi nav uchun - 2 va ikkinchi nav uchun 8 % va yopishqoq (glyutipoz) donlar; oliy nav uchun 1 % dan ortiq emas, birinchi nav uchun - 2 va ikkinchi nav uchun 5 %.
Nazorat savollari

  1. Yorma olish uchun qaysi ekinlar doni ishlatiladi?

  2. Bug’doy, grechexa va sholining donlaridan qanday yormalar olinadi?

  3. Yorma navlari tarkibidagi begona aralashmalarga nimalar kiradi?

4. Ifloslantiruvchi aralashmalarning yormadagi qat'iy me'yor bilan belgilab qo'yilgan umumiy miqdori qancha?
5.Asl mag'izning miqdori qanday aniqlanadi?
Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin