Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


Tut ipak qurti tanasining uzunligi (mm hisobida)



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
pdf

Tut ipak qurti tanasining uzunligi (mm hisobida).
2-jadval



Tuxumdan chiqqanida 
2,95 
1-yoshning oxirida 
8,78 
2-yoshning oxirida 
13,17 
3-yoshning oxirida 
26,34 
4-yoshning oxirida 
43,90 
5-yoshning oxirida 
87,60 
Dastlabki uch yoshi uch-to‘rt kundan davom etadi, to‘rtinchi yoshi besh-olti 
kun va beshinchi yosh yetti-to‘qqiz kun davom etadi. Yoshlarning davom etish 
muddati, ko‘p jihatdan, qurt boqilayotgan joyning temperatura sharoitiga, oziqning- 
tut bargining miqdori va sifatiga bog‘liq.
Qurt kichik yoshlarida eski po‘stini 12-16 soat davomida, katta yoshlarida bir 
sutkaga yaqin vaqtda tashlab bo‘ladi. Bu vaqtda qurt harakatdan to‘xtaydi va 
oziqlanadigan -yuzaga (barg qoldiqlariga, shoxlarga) ipaklari bilan yopishib oladi va 
boshini ko‘targanicha uyquga kirgandek bo‘ladi. 
Shuning uchun, ko‘pincha, po‘st tashlashni qurtning uyquga kirishi deyiladi. 
Uyqu oxiriga borib, eski po‘st yoriladi va qurt yangi teri hosil qilgan holda undan 
chiqib o‘rmalay boshlaydi. 
Tut ipak qurti qurtlik davrida o‘zining hayot faoliyati va ipak (pilla) hosil 
qilish, keyingi davrlari (g‘umbaklik; kapalaklik)da rivojlanish, urug‘lar hosil 
bo‘lishi uchun juda ko‘p miqdorda oziq moddalari talab qiladi, qayta ishlaydi. 
Qurtlik davrida qurtlarning og‘irligi 10- 12 ming marta ortadi. 
Qurt og‘irligining har bir yoshdagi oshib borishi bir xilda bo‘lmaydi. 
Qurt og‘irligining yuqori darajada ortishi dastlabki to‘rt yoshida, asosan, har 
bir yoshning ikkinchi va uchinchi kuni kuzatiladi. Beshinchi yoshdagi qurt 
og‘irligining yuqori darajada ortishi bu yoshning uchinchi- beshinchi kunlarida
kuzatiladi. 
Turli temperaturada oziqlantirilganda 10 ta qurtning har bir yosh 



Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin