Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
pdf

 
47-rasm. 
Tut ipak qurtining kutikula qavati. 
1-epikutikula, 
2- ekzokutikula, 
3-endokutikula, 
4- po‘st xujayralari
5-rang beruvchi qatlam 
Bu hujayralarning ingichka protoplazmatik o‘siqlari kutikula ostki qavatining 
kanallaridan o‘tadi. Bu o‘siqlar teri o‘z funkiiyasini bajarish uchun zarur bo‘lgan bir 
qancha moddalarni kanallarga ajratadi. 
Bu hujayralarning asosiy vazifasi yangi teri qoplamlarini hosil qilishdir. Xitin 
va kutikulindan hosil bo‘lgan kutikula cho‘zilishga layoqatli emas, lekin ipak qurti 
kun sayin kattalashib boradi va teri qoplami qurt uchun torlik qilib qoladi. 
Bunda po‘st tashlash jarayoni boshlanadi. Bu jarayonida qurt o‘ziga tor kelgan 
teri qoplamini tashlab, yangisiga almashtiradi. Bu yangi qoplamning hosil bo‘lishi 
hujayralar teri osti qavatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Teri osti qavatining 
cho‘zilgan hujayralari orasida kolbasimon hujayralar uchraydi. Bu hujayralar teri 
yuzasida ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan qilchalar hosil qiladi. 
Yangi teri qoplamini hosil qilish uchun eski teri qoplamini tashlash, lekin bu 
jarayon eski teri ostida borishi, eski. teri yangi teri hosil bo‘lishiga to‘sqinlik 
qilmasligi kerak. Bu po‘st tashlash bezlari yordamida amalga oshadi. Qurtda bunday 
bezlardan 15 jufti bor; ko‘krak bo‘g‘imlarining har birida ikki juftdan: har bir yonida 
nafas teshigi joylashgan chiziqdan bir oz yuqoriroqda bittadan, ko‘krak oyoqlari 
asosida bittadan bez joylashgan. Qorinning sakkizinchi bo‘g‘imida ham ikki juft bez 
taxminan shunday xolatda joylashgan. Oldingi yettita bo‘g‘imda bir juftdan bez 
bo‘ladi. Bu bezlar yon tomonlarga nafas teshiklaridan bir oz yuqoriroq va oldinroqda 
joylashgan. Teri bezlari bevosita ipak qurtining teri qoplamini hosil qiluvchi 


hujayralar qavati ostida joylashgan. Bu yirik hujayralardan biri bo‘lib, teri hujayralari 
qavati orqali o‘tadigan bo‘yinga ega, bo‘yinning ichki qismi- kanaldir. Bu kanal- ipak 
ajratish bezi ajratgan suyuqlik bu kanal orqali teri qoplamiga o‘tadi. 
Po‘st tashlashdan oldin bez kattalashadi, uning protoplazmasida po‘st tashlash
suyuqligi bilan to‘lgan vakuol paydo bo‘ladi. Bu vaqtda hujayra qavati yangi po‘st 
hosil qila boshlaydi. Dastlab yupqa yuqorigi qavat, so’ngra esa o‘rta qavat hosil 
qiladi. Po‘st tashlash suyuqligi bo‘yin kanalidan o‘tayotib, yangi hosil bo‘lgan 
yuqorigi qavat bilan eski terining ostki qavati o‘rtasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi. 
Bu ostki qavat po‘st tashlash suyuqligi ta’siri ostida asta-sekin eriy boshlaydi; 
po‘st tashlash suyuqligi o‘rta va yuqorigi qavatni erita olmaydi va eski po‘stning bu 
ikki qavati bilan yangi po‘stning yuqorigi qavati orasida po‘st tashlash suyuqligi 
bilan to‘lgan yangi bo‘shliq paydo bo‘ladi.
Bu vaqtga kelib, yangi yuqorigi qavat shakllanishdan to‘xtaydi va bez kanalini 
bekitadi, natijada eski va yangi teri o‘rtasidagi bo‘shliqqa po‘st tashlash suyuqligi 
kelmaydi. Natijada muskul va qon bosimi ta’sirida ko‘krak bo‘g‘imlarining orqa 
tomonidagi eski teri yoriladi, ya’ni bu yerda po‘st tashlashning oxirida o‘rta qavat 
butunlay bo‘lmaydi. Qurt po‘st tashlash oldidan ipaklari yordamida qorin oyoqlari 
bilan o‘zi yashab to‘rgan novdaga yoki bargga yopishib oladi, po‘st yorilgandan 
keyin esa eski teri ichidan chiqib, asta-sekin o‘rmalay boshlaydi. Yangi po‘stning 
yuzasi tezda quriydi va qotib qoladi. Shu bilan po‘st tashlash jarayoni tugaydi. 
Ipak qurtining rangi ular o‘sgan sari o‘zgarib boradi. Qurtning birinchi yoshida 
ancha katta (nisbatan) boshi yaltiroq qora tusda, tanasi deyarli gilamsimon gulli, 
qoraroq(ba’zan to‘qsarik,) ranglidir; tanasida uzun tuklar bilan qoplangan 26 ta teri 
bo‘rtiklari joylashgan; bu tuklar qurtni birinchi yoshidayoq, serjun (boshqa yoshdagi 
qurtlardan farqi shunda) qilib qo‘yadi. 


48-rasm.
Po‘st tashlash jarayonining tasviri: 
A -terining yangi yuqorigi 
qavatining hosil bo‘lishi; 
terining ostki qavatining 
yangidan hosil bo‘lishi; 
B -eski teri qavatidan o‘rta va 
yuqorigi qavat qalgan: 1- yadroli 
kanal. 
2-yadro; 3 - po‘st tashlash bezi; 
49-rasm. [ 6 ] 
Po‘st tashlayotgan 
5-yoshdagi qurt
1- tashlanayotgan po‘st 
Ikkinchi yoshida qurtning rangi, ayniqsa, ko‘krak qismi oqarib boradi, lekin 
tanasining gilamsimon gulliligi saqlanib qoladi va hatto birmuncha ravshanlashadi. 
Tukli bo‘rtiqlar yo‘qolib ketadi, lekin tanasi juda ko‘p ko‘z bilan ko‘rib 
bo‘lmaydigan kalta, ingichka tuklar bilan qoplangan bo‘ladi; shuning uchun u 
yalang‘ochdek tuyuladi. 
50-rasm Po‘st tashlash uchun tayorlanayotgan 
(uxlayotgan)uchinchi yoshdagi qurt
51-rasm Po‘st tashlab bulgan 4-yoshdagi qurt [ 
6 ] 


Uchinchi yoshida qurtning rangi yana ham oqaradi va qurtning doimiy rangi 
hosil bo‘ladi. Ba’zan ayrim zotlar hamma qurtlari bir xil tusda, lekin bir zot ichida 
har xil rangli qurtlar ham uchraydi. Qurtlarda uchraydigan asosiy ranglar
quyidagilardir: oddiy gilam, chipor, baxmal va oq tus, yana boshqa tuslar ham 
uchraydi. Bularga kul rang-sarg‘ish, ko‘kish-yashil va boshqalar kiradi. 
Qurt tanasining odatdagi rangi oq bo‘lib, ikkinchi va beshinchi bo‘g‘imlarida
ikki juftdan yarimoysimon dog‘ joylashgan. 
Gilam tusdagi qurtlarning tanasi katta yoshdaligida dastlabki ikki yoshidagi 
kabi to‘q rangga bo‘yalgan bo‘ladi. Chipor tusdagi qurtlarda hap bir bo‘g‘imini кul 
rang-sarg‘ish tusli qurtlarda oq qismida tarqoq holda mayda och kul rang-jigar rang 
chiziqlar uchraydi. 
52-rasm.[27] 
Tut ipak qurtining 
ikkinchi va beshinchi 
bo‘g‘imlarida ikki juftdan 
yarimoysimon dog‘larni 
ko‘rinishi. 
53-rasm 1-2-3 Turli rangdagi ipak qurtlari[16] 




Ko‘kish-yashil tusli qurtlarning orqa tomonida bir necha juft kattaroq va 
birmuncha yumaloq (oddiy tusdagi qurtlarga qaraganda) yarimoysimon dog‘lar bor. 
Baxmalsimon tusdagi qurtlarning orqa bo‘g‘imlari va yon tomonlarining 
oldingi chekkasidagi uncha katta bo‘lmagan oq yo‘lni hisobga olmaganda to‘q 
rangga bo‘yalgan. 
Teri qoplami yuzasining chipor va baxmal tusda bo‘lishi yovvoyi tut ipak 
qurti uchun himoya rangi bo‘la oladi, deb faraz qilish mumkin. 
Tut ipak qurti xonakilashtirilganda esa bunday himoya vositasi kerak 
bo‘lmaydi, bu rang asta –sekin yo‘qola borgan,natijada ko‘kish- yashil, kul rang-
sarg‘ish va boshqa oraliqranglar hosil bo‘lgan.Lekin ko‘pchilik qurtlar oddiy 
rangda bo‘ladi.


Chiziqlar butunlay yo‘qolib ketsa,qurt oq tusli bo‘lib qoladi. 
Hozirgi vaqtda jinsga qarab qurti turli rangda bo‘ladigan yangi zotlar 
etishtirish ustida muvaffaqiyatli ish olib borilmoqda. M.H.D seleksionerlari 
chiqargan bunday zotlarning erkak qurti sidirg‘a oq-rang, urg‘ochi qurtlar ko‘krak 
bo‘g‘imlarining orqa tomoni niqobli va ikkinchi hamda beshinchiqorin 
bo‘g‘imlarida yarimoysimon dog‘lari bor. 
Teri qoplami moddalari ma’lum darajada tiniq bo‘lsa ham, lekin teri osti qavati 
hujayralarida nurni qaytara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan siydik kislota 
kristallarining bo‘lishi teri qoplami yorug‘lik nurini o‘tkazmaydi degan taassurotni 
keltirib chiqaradi. Bu kristallar kam yoki mutlaqo bo‘lmagan ayrim joylardagina teri 
bir oz tiniq bo‘ladi. Ipak qurti soxta oyoqlari ichki tomonidagi teri qoplamida 
gemolimfalar rangini ko‘rish mumkin; qurtning orqa tomonidan bir oz qisilsa, 
ichagining qora yo‘li osongina ko‘rinadi: qurt orqa tomoni ketki qismining o‘rta 
chizig‘i bo‘ylab tukchadan oldinda urib turgan bel naychasi ko‘rinadi. 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin