neyrit
lar deb aytiladi. Ikkinchisi - kalta, daraxtga o‘xshab shoxlanib ketgan,
bunga -
dendrit
lar deyiladi. Har bir nerv hujayrasidan bitta neyrit va bir nechta
dendritlar chiqadi. Bu o‘simtalar nerv ko‘zg‘alishlarini o‘tkazish va boshqa turli xil
organlarni nervlari bilan tutashtirish funksiyasini bajaradi.
Bir guruhga nerv hujayralari va bir nechta kalta o‘simtalari nerv zanjiri yoki
gangliy (tugun) hosil qiladi. Hashoratlarning (tut ipak qurtining ham) markaziy nerv
tizimi tananing qorin tomonida joylashgan nerv zanjirchasi tipida tuzilgan, nerv
tugunchalari hamda ulardan tomirlangan nervlardan iborat. Nerv tugunchalari-
gangliylari o‘zaro uzunasiga-
konnektiv
va ko‘ndalang-
komissura
ulagichlar bilan
bog‘langan.
Ipak qurtining gangliylari, hamma hashoratlarga xos, ikki qismga bo‘linadi:
bosh va qorin gangliylari. Qurtning bosh qismida ikki juft nerv tuguni bo‘lib,
birinchisi tomoq osti tuguni, bu qorin nerv zanjirining birinchi jufti hisoblanadi.
Ikkinchisi jufti tomoqning ustida joylashgan bo‘lib, tomoq usti nerv tuguni deyiladi.
Bu ikki juft nerv tugunlari tomoqni aylanib o‘tadigan kommissuralar orqali o‘zaro
birlashgan: bu ikki juft nerv tugunlarini birlashtirib tomoq oldi nerv halqasini hosil
qiladigan komissuralardan tashqari yana bitta komissura bor, bu komissura tomoq usti
tugunlarini birlashtiradi, lekin u ham asosiy nerv halqasidan birmuncha orqaroqda
tomoq ostidan o‘tadi: bu orqa nerv tomoq oldi halqasi deb aytiladi.
Tomoq usti tugunlari uncha katta bo‘lmagan, noksimon ko‘rinishli bo‘lib, har
biri chegaralanmagan uchta tashqi bo‘limdan iborat: birinchisi ko‘rish qismi, bundan
ko‘zga nerv tolalari ketadi; ikkinchisi hid bilish qismi, bundan tolalar boshida
joylashgan mo‘ylovlarda tugaydigan sezish nervlari ketadi; uchinchisi peshona -
yuqori lab qismi, bu yuqori lab nervi orqali yuqori lab bilan bog‘laydi.
Qorin gangliylari, qorinning oxirgi ikkita bo‘g‘imidan tashqari hamma
bo‘g‘imida bir juftdan joylashgan bo‘lib, har bir juftning gangliysi bo‘g‘im ichi nerv
paylari - komissuralar bilan, har bir juft nerv tuguni qo‘shni bo‘g‘mlarda joylashgan
xuddi shunday boshqa nerv tuguni bilan bo‘g‘imlar orasidagi paylar - konnektivlar
orqali bog‘lanadi. Har bir juftning gangliysi boshqa juftning analogik gangliysi bilan
bog‘liq, shuning uchun bitta nerv tuguni boshqa bir nerv tuguni bilan hamma vaqt juft
konnektiv orqali bog‘lanadi. Nerv tugunlarininng bu tizimi va biriktiruvchi nervlar
tizimi nerv zanjirini hosil qiladi. Bu nerv zanjiri ichak ostida joylashgan bo‘lib, ipak
qurtining butun tanasi bo‘ylab yotadi.
Yuqorida qayd qilganimizdek, qorin nerv zanjiri markaziy nerv tizimi
hisoblanadi. Uning har bir nerv tugunidan ikki juftdan katta nervlar ketib, bir jufti
o‘zining uchlari orqali orqaning muskullari bilan; ikkinchi jufti esa qorin tomonidagi
muskullar o‘z bo‘g‘imida joylashgan soxta oyoqlar bilan bog‘lanadi. Shunday qilib,
shu bo‘g‘imdagi nerv tuguni o‘z bo‘g‘imining nerv tuguni o‘z bo‘g‘iminig orqa, qorin
va oyoq muskullari ishini boshqaradi. Periferik (atrof) nerv tizimi teri qoplami ostida
joylashgan va o‘zining juda mayda o‘simtalari bilan sezgi organlarigacha yetib
boradigan nerv hujayralaridan tuzilgan bo‘lib, qorin nerv zanjiri bilan aloqada
bo‘ladi. Bu hujayralar boshqa o‘simtalari bilan qorin nerv tugunlari yoki tomoq oldi
gangliylari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Simpatik- nerv tizimi ichki organ muskullari (ovqat hazm qilish, qon aylanish
- bel naychasi, nafas olish teshiklari, ichki sekretsiya organlari) faoliyatini boshqaradi.
Markaziy nerv tizimi bilan aloqador bo‘lgani tufayli simpatik nerv tizimi tashqi muhit
sharoitining o‘zgarishiga qarab, yuqoridagi organlar ishini ma’lum chegarada
o‘zgartiradi.
Lekin bunday hujayralar nerv tizimining boshqa hujayralaridan tamomila
ajralgan bo‘lmaydi. Dendritlarning birortasi orqali ular bilan bog‘langan bo‘ladi,
zarur holda bunday aloqa tufayli ko‘p miqdorda retseptor va effektorlari bo‘lgan
reflektor yoyining harakatiga qo‘shiladi.
Tut ipak qurtining nerv tizimi tuxumda embrion rivojlanishi bilan bir vaqtda
hosil bo‘ladi. Embrionning har bir bo‘g‘imida o‘zining nerv to‘qimalari rivojlana
boshlaydi. Nerv tizimining bo‘g‘imlari tuzilganligi shu tufaylidir. Lekin keyinchalik
embrionda bo‘g‘imlar soni kamaya boshlaydi, bunda bu nerv to‘qimalari va hosilalari
bo‘g‘imlarning birlashib ketishiga muvofiq birikadi.
54 -rasm.
Ipak qurti nerv tizimidagi
nerv hujayralari o‘zaro
munosabatining chizmasi:
1-sezuvchi tukchalar:
2-po‘st qavati:
3-tashqi ta’sirni qabul
qiluvchi neyron:
4-dendrit:
5-muskullar.
6-changliy-qorin nerv
bog‘lamidagi nerv tuguni:
7-harakatlantiruvchi neyron:
Natijada hashoratning boshidagi olti juft nerv tugunlari o‘rniga ikki juft nerv
tugunlari, bir juft tomoq usti va bir juft tomoq osti tugunlari qoladi. Bunda har bir tugun
o‘zining rivojlanish yo‘lini qoldiradi, shuning uchun u uch bo‘limdan iborat bo‘ladi.
Tut ipak qurtida shakllangan nerv tizimi pirovardida quyidagi tuzilishiga ega bo‘ladi.
Qorinning oxirgi ikkita bo‘g‘imidan tashqari hamma bo‘g‘imida nerv tuguni –
bir juft gangliy joylashgan, har bir juftning gangliysi bo‘g‘im ichi nerv paylari-
kommissuralar bilan, har bir juft nerv tuguni qo‘shni bo‘g‘umlarda joylashgan xuddi
shunday boshqa juft nerv tuguni bilan bo‘g‘imlar orasidagi paylar- konnektivlar
orqali bog‘lanadi.
Har bir juftning gangliysi boshqa juftning analogik gangliysi bilan bog‘liq,
shuning uchun bitta nerv tuguni boshqa bir nerv tuguni bilan hamma vaqt juft
konnektiv orqali bog‘lanadi.
55 -rasm- A qurtining nerv bog‘lami.
1-tomoq osti nerv tuguni:
2- ko‘krak nerv tugunchalari.
3- nafas olish simpatik nervi.
4-qorin nerv tugunlari.
A-Tomoq usti va tomoq osti -B
beshinchi yoshdagi qurtning -ko‘krak
(1-3) nerv tugunlari .
Ko‘krak tugunlaridan o‘rta qism
bo‘ylab orqa tomonga
Nyuport nervlari ketadi
Nerv tugunlarining bu tizimining hammasi va biriktiruvchi nervlar tizimi nerv
zanjirini hosil qiladi. Bu nerv zanjiri ichak ostida joylashgan bo‘lib, ipak qurtining
butun tanasi bo‘ylab yotadi.
Biz yuqorida qayd qilganimizdek, qorinning oxirgi ikki bo‘g‘imida nerv
tugunlari bo‘lmaydi, lekin yettinchi bo‘g‘imda bir-biriga juda yondoshgan, deyarli
birlashib ketgan nerv tugunlari ikki juft bo‘ladi.
Ipak qurtining boshida ham ikki juft nerv tuguni bor. Birinchisi tomoq osti nerv
tuguni, bu qorin nerv zanjirining birinchi jufti hisoblanadi
Ikkinchi jufti tomoq ning ustida joylashgan bo‘lib, tomoq usti nerv tuguni
deyiladi. Bu ikki juft nerv tugunlari tomoqni aylanib o‘tadigan komissuralar orqali
o‘zaro birlashgan: bu ikki juft nerv tugunlarini birlashtirib, tomoq oldi nerv xalqasini
hosil qiladigan komissuralardan tashqari, yana bitta komissura bor, bu komissura
tomoq usti tugunlarini birlashtiradi, lekin u ham asosiy nerv halqasidan birmuncha
orqaroqda tomoq ostidan o‘tadi; bu orqa nerv tomoq oldi xalqasi, deb aytiladi.
Tomoq oldi tugunlari - uncha katta bo‘lmagan noksimon ko‘rinishli bo‘lib, har
biri chegaralanmagan uchta tashqi bo‘limdan iborat; birinchisi ko‘rish qismi, bunday
ko‘zga nerv tolalari ketadi; ikkinchisi hid bilish
qismi, bundan tolalari hasharotning boshida joylashgan mo‘ylovlarda tugaydigan
sezish nervlari ketadi; uchinchisi peshona-yuqori lab qismi, bu yuqori lab nervi orqali
yuqori lab bilan bog‘langan.
Tomoq usti tugunlarini evolyusiyaning boshlang‘ich davrlaridagi yuqori
tuzilgan hayvonlarning bosh miyasiga o‘xshatish mumkin, tomoq usti tugunlari oliy
nerv markazi hisoblanib, ipak qurti tanasidagi asosiy sezgi organlari va boshqa barcha
nerv hosilalari bilan aloqada bo‘lib, hasharotning butun xatti-harakatini boshqaradi.
Qorin nerv zanjiri markaziy nerv tizimi hisoblanadi.
Uning har bir nerv tugunidan ikki juftdan katta nervlar ketadi. Bir jufti o‘zining
uchlari orqali orqaning muskullari bilan, ikkinchi jufti esa qorin tomondagi muskullar
va o‘z bo‘g‘imida joylashgan yolg‘on oyoqlar bilan bog‘lanadi. Shunday qilib, shu
bo‘g‘imdagi nerv tuguni o‘z bo‘g‘imining orqa, qorin va oyoq muskullari ishini
boshqaradi.
Teri qoplami ostida joylashgan va o‘zining juda mayda o‘simtalari bilan sezgi
organlarigacha yetib boradigan nerv hujayralaridan tuzilgan periferik nerv tizimi
qorin nerv zanjiri bilan aloqada bo‘ladi, Bu hujayralar boshqa o‘simtalari bilan qorin
nerv tugunlari yoki tomoq oldi gangliylari bilan borliq bo‘ladi.
Markaziy va periferik nerv tizimi har bir hayvonga xos ravishda hasharotning
hayot faoliyatini boshqaradi. Biroq bir qator jarayonlar borki, bularni biz faqatgina
hayvonlarda emas, balki o‘simliklarda ham ko‘ramiz. Bular, asosan ovqatlanish va
o‘sish jarayonlaridir. Bu jarayonlarni vegetativ- simpatik va unga qarama-qarshi
bo‘lgan parasimpatik nerv tizimi boshqaradi.
Ipak qurti orqasining simpatik nerv tizimi peshona tuguni va undan chiquvchi
oldingi va qaytuvchi simpatik nervlardan iborat. Orqa simpatik nerv tizimi peshana
tuguniga boradigan ikkita nerv yordamida tomoq usti gangliysi bilan bog‘lanadi.
Qaytuvchi simpatik nerv tananing ichak va bel naychasi orasidagi o‘rta chiziq
bo‘ylab o‘tadi. Bunda u oldingi va o‘rta ichak oralig‘idagi chegarada joylashgan
ichak tugunini peshana tuguni bilan birlashtiradi. Bu y erda qaytuvchi nerv o‘rta
ichakning yon tomonlariga boruvchi ikkita tarmoqda bo‘linadi. Bu tarmoqlar so‘ngra
juda shoxlanib, uchlari bilan butun o‘rta ichakni o‘rab oladi. Orqa simpatik nerv
tizimi bel naychasi, oldingi ichak, jarlar, ipak ajratuvchi bel naychasi yo‘liniig ishini
boshqaradi.
Orqa simpatik nerv tizimiga halqum usti tugunidan orqaga ketuvchi bir juft
halqum nervlari ham kiradi. Halqum nervlarida ikki juft nerv tuguni joylashgan
bo‘lib, bunda ayirish organlariga xos bo‘lgan bezli hujayralar bo‘ladi. Oldingi jufti
tashqi ko‘rinishidan nerv tuguniga o‘xshaydi, keyingi jufti esa birmuncha zich
tuzilgan bo‘lib tuxumsimondir. Birinchi jufti kardial tana, ikkinchisi yondosh tana
deb ataladi. Bu tugunlar nerv hosilalari vazifasini bajarmasdan, balki ichki sekretsiya
organi vazifasini ham o‘taydi. Bunday vazifa mana shu nerv tugunlarigagina xos
emas; tomoq usti va tomoq osti nerv tugunlari ham ipak qurtining hayot faoliyatida
ayrim asosiy jarayonlarni tartibga solishda hal qiluvchi ro’l o‘ynaydigan alohida
moddalar -gormonlar ajratib chiqaradi. Shunday qilib, nerv hosilalari hasharotning
faoliyatini faqatgina hujayralar tizimi, komissuralar, konnektivlar, neyritlar va
dendritlar orqali boshqarmay, balki organizmga bevosita hayot jarayonlarining
borishiga, o‘sish va rivojlanishga ta’sir etadigan maxsus modda chiqarish bilan ham
boshqaradi.
Tut ipak qurtida orqa simpatik nerv tizimidan tashqari Nyuport nervlari deb
ataladigan qorin nerv tizimi ham bor. Bular qorin nerv zanjiri nerv tugunlarining
har bir juftidan nerv paylari ko‘rinishida qaytadi. Bu qo‘shni bo‘g‘imlarning qorin
nerv tugunlarini bog‘laydigan, tananing o‘rta chizig‘idagi konnektivlar o‘rtasida
joylashgan. Qo‘shni tugunlar orasidagi masofaning taxminan uchdan ikki kismini
o‘tgach, bu nerv paylari yug‘onlashadi, bundan to‘g‘ri burchak bilan nafas
teshigigacha boradigan yon nervlar ketadi. Qorinning simpatik nerv tizimiga nerv
zanjiri va qorin tugunining oxirgi juftidan chiquvchi va ipak qurti ichagining oxirgi
qismida va qurtning boshlang‘ich jinsiy organida tugaydigan nervlar ham kiradi.
Ipak qurtining mana shu murakkab nerv tizimi uning hayot faoliyatidagi
hamma hodisalarni tartibga soladi.
Simpatik nerv tizimi ma’lum joylarga ta’sir qiladi, u ovqat hazm qilish ishini
va bel naychasi (yurak) faoliyatini tartibga soladi va u bilan bog‘liq bo‘lgan organlar
ishining doimiy ritmik bo‘lishini ta’minlaydi. Markaziy nerv tizimi bilan aloqador
bo‘lgani tufayli simpatik nerv tizimi tashkqi muhit sharoitining o‘zgarishiga qarab
yuqoridagi organlar ishini ma’lum chegarada o‘zgartiradi. Masalan, havo
haroratining ko‘tarilishi markaziy nerv tizimiga ta’sir qiladi, u bilan bog‘liq bo‘lgan
simpatik nerv tizimi esa unga vaqt birligi ichida bel naychasining qisqarish sonini
oshirish bilan javob qaytaradi.
Markaziy nerv tizimining va u bilan bog‘liq bo‘lgan organ va muskullarning
faoliyati juda murakkab, reflekslar tizimiga asoslangandir; ya’ni bu faoliyat reflektor
yoyidan boradigan biror tashqi ta’sirotga organizmning javob qaytarishidir. Bu
to‘g‘rida biz yuqorida gapirib o‘tganmiz. Reflekslar shartli va shartsiz bo‘ladi. Tut
ipak qurtidagi shartsiz reflekslar uning tashqi muhit sharoitiga ko‘p asrlar davomida
moslashishi natijasida hosil bo‘lgan (to‘plangan) reflekslardir. Bu esa tashqi
ta’sirotga to‘g‘ri javob berishdir. Organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashishi
mustahkamlanib boradi va birmuncha murakkab shartsiz refleks- instinktga, ya’ni
ichki qo‘zg‘alishga o‘tadi.
Instinktlar organizmning tashqi muhit sharoitiga qaytaradigan javobidan hosil
bo‘lgan bo‘lsa ham, uning ahamiyati keng-ko‘lamda qaralganda (masalan, issiq davr
bilan sovuq davr almashishining yillik davri yoki kunduzgi issiqlik va yorug‘lik
kecha sovug‘i va qorong‘iligiga almashinishidagi sutkalik davri ) organizmning
rivojlanishi bilan bog‘liq, bo‘lgan (masalan, metamorfoz davrida pilla o‘rash)
muvofiqlashtiruvchi
harakat
deb
tushunish
mumkin.
Bular
shunchalik
mustahkamlanganki, shunchalik «avtomatlashganki», hasharotning ayrim vakillari
hayotiga ta’sir etadigan tashqi sharoit o‘zgarishlari bu instinktlarni o‘zgartirmaydi;
bu hayot sharoiti shartli reflekslar hosil bo‘lgan sharoitdan keskin farq qilishi
mumkin.
Yuz bergan ayni konkret holda hasharotning instinktli xulq-atvori uning hayot
sharoitiga mos kelmasa u nobud bo‘ladi. Shartsiz reflekslar «so‘qir»va konservativ
bo‘lib, vujudga kelgan yashash sharoitida organizmning to‘la moslashishiga
to‘sqinlik qiladi, lekin bu vaqtning o‘zida ular mazkur hasharot biologik tur
xususiyatlari saqlanishining asosi bo‘lib hisoblanadi. Shu tariqa pilla o‘rash tut ipak
qurtiniig tur instinkti hisoblanadi. Agar ipak qurti o‘zgarib turuvchi sharoit ta’sirida
ayrim hollarda bu instinktiv jarayonlarni bajarmaslikka layoqatli bo‘lganda edi,
bunda, u birinchidan, muhim tur belgilaridan mahrum bo‘lar edi. Ikkinchidan, esa
pilla qobig‘i bilan himoyalanmagan g‘umbak juda noqulay sharoitga tushib qolgan
bo‘lar edi. Bunda normal rivojlanish - kapalakka aylanish, tuxum qo‘yish
ta’minlamagan bo‘lar, ya’ni bunday xususiyat turning saqlanib qolishini xavf ostida
qoldirar edi.
Hayvonning oliy nerv faoliyatiga kiruvchi shartli reflekslar birmuncha
rivojlangan bo‘ladi. Nerv tizimi qancha murakkab tuzilgan bo‘lsa, shartli reflekslar
tizimi shuncha keng va murakkab bo‘ladi. Shartli refleks organizmning tashqi
muhitning konkret sharoitidagi, shu bilan birga ayni birorta sharoitdagi ta’sirga
qaytaradigan javobi emas, balki o‘zaro aloqada bo‘lgan sharoitlar gruppasiga
beradigan javobidir. Organizmni o‘rab turgan tashqi muhitning o‘zgarib turuvchi
sharoitiga moslashishi, hayvonning individual hayoti davomida shakllanadigan
shartli reflekslar natijasida amalga oshadi. Bular ikki yoki undan ko‘proq omillar bir
vaqtda ta’sir etishidan hosil bo‘ladi, bulardan biri to‘g‘ri shartsiz refleks hosil qilishga
layoqatlidir, boshqalari esa organizmda o‘zichalik birorta reaksiyani hosil qilmasdan,
nerv tizimi tomonidan birinchi omil bilan doimo birga hosil bo‘lganidek qabul
qilinadi.
Shunday qilib, ikkita ko‘zg‘atuvchi o‘rtasida vaqtinchalik aloqa hosil bo‘ladi.
Garchi, yuqori darajada tuzilgan hayvonlarda bunday vaqtinchalik aloqa bosh
miya po‘stlog‘ida mustahkamlansa, ham bosh miya po‘stlog‘i bo‘lmagan
hasharotlarda ham shartli reflekslar hosil qilish mumkin. Agar haroratning
ko‘tarilishi pilla o‘rashni tezlashtirsa, ipak qurtini yuqori haroratli va qorong‘u joyda,
ya’ni doimo birga ta’sir qiluvchi ikkita omillar sharoitida saqlasak, harorat
ko‘tarilmagan holda qorong‘uning o‘zigina pilla o‘rashni tezlashtira oladi. Bunday
holda ipak qurtida qorong‘u bilan haroratning ko‘tarilishi o‘rtasida hosil bo‘lgan
vaqtinchalik bog‘lanish asosida shartli refleks hosil bo‘ladi. Shuning uchun faqatgina
qorong‘uning ta’siri garchi qorong‘uning o‘zi bunday reaksiyani hosil qilaolmasa
ham yuqori harorat singari bir xil natija beradi. Shartli refleksning hosil bo‘lishi nerv
tizimida yangi reflektor yoyi, ya’ni markaziy nerv tizimi orqali o‘tadigan murakkab
nerv bog‘lamlarining yangi zanjiri shakllanganligini bildiradi.
Hasharotlardagi shartli reflekslarni o‘rganish faqatgina bilish uchun ahamiyatli
emas. Bunday o‘rganish asosida hasharotlarda amalda foydalanish uchun kerak
bo‘ladigan vaqtinchalik bog‘lanishlar hosil qilish mumkin. Ma’lumki, vaqtinchalik
bog‘lanish yaratish asalarilarni asal beruvchi ma’lum o‘simliklarga qo‘nishga majbur
qilish imkoniyatini beradi; bunda ular «o‘rgatilgan» joyga tez uchib keladi.
Dostları ilə paylaş: |