6.Reflektor yoyi nima va uning faoliyat chizmasi qanday?
7.Periferik nerv tizimi qanday narsalardan iborat?
8.Opqa simpatik nerv tizimi qanday organlarni boshqaradi?
9.Refleks nima va ular qanday guruhlarga bo‘linadi?
10.Organizmning hayot faoliyatida har bir guruh reflekslarning ahamiyati qanday?
2.5. Tut ipak qurtining sezgi organlari
Sezgi organlari markaziy nerv
tizimining uchlari hicoblanib, ular tashqi muhit
sharoitidagi ta’sirni bevosita qabul qiladi va tashqi sharoitning har qanday o‘zgarishiga
yoki uning hasharot organizmi ta’siriga javob qaytaradi.
Bu organlar ikkita asosiy
toifaga bo‘linadi: mexanik toifaga sezish va ko‘rish organi, kimyoviy toifaga esa hid
bilish va ta’m bilish organi kiradi.
Tut ipak qurtida olti juft oddiy ko‘z ko‘rish organi mavjud. Bu ko‘zlar boshning
yonida joylashgan, bir-biri bilan tomoq usti tugunining ko‘rish qismidan chiquvchi bir
juft nerv orqali bog‘langan bo‘ladi. Har bir ko‘z shox qavat, gavhar va ko‘rish nervining
nerv tolalariga o‘tuvchi to‘r pardadan iborat.
Bunday oddiy ko‘z bilan tut ipak qurtlari yaqin masofalarnigina ko‘ra oladi.
Oddiy ko‘zlar buyumlarning ko‘rinishi va rangini farq qila olmaydi, bu ko‘zlar faqat
buyumlarga tushgan yorug‘likka qarab ularni ajratadi.
56-rasm.A.
Ipak qurtining ko‘z tuzilishi:
1-shox qavat. 2- po‘st.
3-qilcha. 4- shoh modda hosil
qiluvchi hujayralar. 5- to‘r qavat
tayoqchalari. 6-to‘r qavatning tashqi
hujayralari . 7- po‘st osti .8-gavhar.
9-uning yadrosi. 1-ko‘zning shoh
qavati
2-uning ajratgan hujayralarning
chegarasi. 3-shox modda hosil
qiluvchi hujayralar tur qavat
hujayralari
B- Sezuvchi tukchalarning turli
xil tuzilishi.
1-sezuvchi hujayralar uchlarning
joylashish tiplari.
2-kimyoviy ta’sirlarni
qabul
qiluvchi hujayralar.
3-ta’m bilish, hid bilish va
hujayralarning joylanishi.
4- bu tukchalarda mexanik
tasirlarni
qabul qiluvchi
hujayralarning joylashishi .
Tut ipak qurtida ko‘p sondagi sezuvchi qilchalar sezish organi bo‘lib hisoblanadi.
Ular tananing deyarli hamma yuzasida, mo‘ylovning oxirgi bo‘g‘imida va pastki labda
joylashgan. Sezish qilchalarining ko‘p miqdorda bo‘lishi, tashqi mexanik ta’sirlarni,
ayniqsa, havoning harakati va haroratining o‘zgarishini qabul qiluvchi yuzani
kengaytiradi.
Birmuncha boshqacha tuzilgan qilchalar hid bilish va ta’m
bilish organlari
hisoblansa kerak, ular mo‘ylovning oxirgi bo‘g‘imida va ichak oldingi qismi devorining
ostki tomonida joylashgan. Qurtning jag‘lari orasida sezuvchi yostiqchalar bo‘lib, bular
ham sezish va ta’m bilish organlari hisoblanishi mumkin.
Sezuv organlarining tashqi ta’sirni qabul qilish qobiliyati qurt kattalashib
borgan sari ortib boradi. Masalan: qurtning birinchi yoshida uning hidlash organi tut
bargining hidini 2 sm masofadan; ikkinchi yoshida 7 sm gacha masofadan seza oladi,
uchinchi yoshidan boshlab esa hid bilish kun sayin o‘tkirlashib boradi
.
Dostları ilə paylaş: