44-rasm[27] Tut ipak qurti tanasining segmentlanish chizmasi
Adult silk worm: 1,hcad- 2, -3,4,5,6,7,8,9,10,12, rings; 11, horm; 13,3
pairs of articulated
legs ; 14,4 pairs of abdominal or false legs ;15, a pair of false legs on the last ring.
1-Ipak qurtining bosh qism.2- ko‘krak qismi. 3,4,5,6,7,8,9,10,12,qorin qismi bo‘g‘imlari
,11- qadim zotlardan saqlanib qolgan nayzacha rudemint, 13 –3 juft chin oyoqlari.14-4 –juft
yolg‘on soxta oyoqlari, 15- oxirgi juft yolg‘on (soxta)oyoqlari.
Lekin odatda, joyini o‘zgartirish uchun qurt
besh juft qorin oyoqlarning
hammasidan foydalanadi, bunday harakat tananing orqa juft qismini yuqoriga bukish
bilan boshlanadi, unda, ya’ni eng oxirgi (beshinchi)
juft oyoq oldinga suriladi,
so‘ngra ularni mustahkamlaydi, keyin to‘rtinchi juft oyog‘i ko‘tarilib
suriladi va
sekin-asta qolgan oyoqlar ham harakatga keladi.
45 -rasm. A. [26] Sakkizinchi va
to‘qqizinchi bo‘g‘imlarning ostki
tomonidagi Ishivat diski:
1 -oldingi tomoni; 2 -orqa tomoni.
B.[26]Erkaklarida disk o‘rnida
faqat 1- nuqta bo‘ladi.
Urg‘ochi qurtning qorin tomondagi sakkizinchi va to‘qqizinchi bo‘g‘imlarida ikki
juft
Ishivat diski
bor. Bu disklar o‘rtasi nuqtali doira shakliga ega. Bular sakkizinchi
bo‘g‘imda taxminan o‘rtada, to‘qqizinchida esa oldingi chegarada, qorin
oyoqlarining asosiga yaqin joyda bo‘ladi. Disklar beshinchi yoshning boshlarida va
o‘rtalarida, ayniqsa, yaxshi ko‘rinadi; bu vaqtda qurtning jinsini osongina aniqlash
mumkin: urg‘ochilarda disk bo‘ladi, erkaklarida esa bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: