43- rasm [18 ]1-2.Tut ipak qurtining ko‘krak qismining ko‘rinishi bishinchi
yosh birinchi
kungi.va turtinshi kun . 1- bir juft nafas olish teshigi 2-uch juft chin oyoq 3- burmalar
kapalakning qanot boshlang’ichlari
Bular yordamida ko‘krak oyoqlar ( haqiqiy oyoqlar deb .ham aytish mumkin)
o‘zaro bir-biri bilan yaqin holda boshga yaqin joylashadi, asosan, oziqlanadigan tut
bargini tutib turish uchun xizmat etadi.
Orqa va ko‘krak bo‘g‘imlarning orqa va yon tomonida teri yirik burmalar hosil
qiladi, bu burmalar ostida kapalakning qanot boshlang‘ichlari joylashadi.
Ko‘krak birinchi bo‘g‘imining yon tomonida oval shaklida qora dog‘
ko‘rinishidagi bir juft nafas teshigi bor.
Qorin- ipak qurti tanasining birmuncha uzun qismi bo‘lib to‘qqizta bo‘g‘imdan
iborat. Qorinning birinchi bo‘g‘imi ko‘krakning ketki uchi bilan harakatsiz
birikkan. Ikkinchi va uchinchi bo‘g‘imlar eng katta bo‘g‘imlardir: ularda o‘rta
ichakning oldingi qismi joylashgan. Bundan keyingi bo‘g‘imlar sekin-asta
kichiklashib va birmuncha yassilashib boradi. Tananing orqa tomonidagi
sakkizinchi bo‘g‘imda orqa tamonga qayrilgan tukcha bor. To‘qqizinchi bo‘g‘imda
yuqori qismi uchburchak shaklidagi klapan bilan bekilgan orqa chiqaruv teshigi
joylashgan; shuning uchun orqa chiziq to‘qqizinchi bo‘g‘imda keskin pasayib
ketadi.
Qorindagi sakkiz bo‘g‘imning har biri yonida birinchi ko‘krak bo‘g‘imidagi
singari nafas olish teshigi (traxeyasi )joylashgan,
Uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi va to‘qqizinchi bo‘g‘imlari har bir yon
tomonining pastida va nafas teshigidan birmuncha orqaroqda qorin oyoqlari (soxta)
oyoqlar joylashgan. Ularni ko‘krak chin oyoqlaridan
farqi kapalakka aylangan
vaqtda (soxta) oyoqlar yo‘qolib ketishi sababli
kapalaklik davrida butunlay
bo‘lmaydi.
Qorin oyoqlar tagi yumaloq bo‘lib tugaydigan konussimon shakldadir. Oyoq
kaftining ichki chekkasida yarim halqa shaklidagi xitinli tirnoqlar joylashgan, lekin
tashqi chekkasida ham tirnoqlar bo‘lib, ular kam va maydadir. Yosh kattalashgan sari
tirnoqlarning soni oshib boradi. Agar birinchi yoshda ularning soni hammasi bo‘lib
Dostları ilə paylaş: