Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
pdf

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1.Tut ipak qurti ichagining umumiy tuzilishi –qismlar soni, qismlarning tashqi 
ko‘rinishdagi farqlari. 
2.Tut ipak qurti ichagini oldingi qismining tuzilishi va uning vazifasi. 
3. Tut ipak qurti o‘rta ichagini epiteliysining tuzilishi: epiteliyni tashkil etuvchi 
hujayra turlari, ularning ovqat hazm qilish jarayonidagi roli: peritrofik membrana 
nima va uning vazifasi. 
4. Tut ipak qurtini o‘rta ichagida ovqat hazm qilish jarayoni qanday boradi? Oshqozon 
shirasining tarkibi, pH katta – kichikligining ahamiyati qanday?
 
 


2.8. Tut ipak qurti tanasida oziqani parchalanishi va 
o’zlashtirilishi. 
 
Qurt tanasiga tut bargi tarkibidan kiradigan asosiy oziq moddalar: oqsillar, 
yog‘lar va uglevodlar hisoblanadi. Biroq barg tarkibida moddalarning bevosita 
o‘zlashtirib bo‘lmaydigan shakllari bor. Ovqat hazm qilish vaqtida bargning 
murakkab organik moddalari sekin-asta yoki tezda oddiy moddalarga 
parchalanadi, bu moddalarni qurt organlari va hujayralari o‘zlashtiradi. Bunday 
parchalanish ichakka kelib tushgan maxsus moddalarning ta’siri natijasida ro‘y 
beradi. Bu moddalar ichak shirasi tarkibiga kirib, fermentlar deb ataladi va ularni 
ichak o‘rta qismi devorining hujayralari ishlab chiqaradi. 
Fermentlar 
– bular moddalar almashinuvi natijasida yuzaga keladigan 
biokimyoviy reaksiyalarda katalizatorlik va tezlatuvchilik vazifasini o‘taydi. Bu 
organik moddalar hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlar tomonidan ishlab 
chiqariladi. Fermentlar biokimyoviy reaksiyalarni tezlatibgina qolmasdan, balki 
ularni hosil qilishi ham mumkin. Ular moddalar almashinuvida va hayotiy 
hodisalarda muhim ro’l o‘ynaydi. Fermentlar o‘ziga xos xarakterga ega, ya’ni har 
bir ferment faqatgina ma’lum biokimyoviy reaksiyalarning borishini tezlashtiradi . 
Bir kislota (masalan, sulfat kislota) yordamida oqsil, uglevod va yog‘larni 
parchalash mumkin. Fermentlarning o‘ziga xosligi shundaki, agar ferment oqsilni 
parchalay olsa, yog‘larga yoki uglevodlarga ta’sir etmaydi. Fermentlarning 
spetsializatsiyaligi yana murakkablashib boradi: har bir guruh uchun masalan, oqsil 
birikmalari uchun alohida ferment mavjud. Shu bilan birga bular turli xil 
moddalarda bir turdagi reaksiyani hosil qiladigan fermentlar ham bor. Masalan, 
faqat N
2
yoki N
2
O guruhini parchalaydigan ferment. Fermentlarning 
spetsifikligining chegaralanganligi ularning turli-tuman bo‘lishiga olib kelgan. 
Hozirgi vaqtda tirik organizmlarda 700 dan ortiqroq fermentlar borligi 
hisoblangan, shu bilan birga ko‘pgina fermentlar topilmagan. Fermentlarning 
bunday ko‘p bo‘lishi shu bilan ham tushuntiriladiki, moddalarning bir shakldan 
ikkinchisiga aylanishining kimyoviy jarayonlari ichak va uning devorlaridagina 


emas, balki tananing hamma organ va to‘qimalarida, organizmning har bir 
hujayrasida ham boradi. Fermentlarning bir qismi hujayradan tashqarida ta’sir 
etadi. Masalan, oshqozon shirasi yoki gemolimfa orqali, boshqalari esa 
hujayralarning ichida ta’sir etadi, bunday fermentlar esa ko‘proq uchraydi. U yoki 
bu fermentlarning bo‘lishi organizmlarning tur xususiyatiga, mazkur tur hayvon, 
o‘simlik yoki mikroorganizmlarga xos bo‘lgan moddalar almashinuvining turi va 
xarakteriga bog‘liq. Fermentlarning yana bir xususiyati shundaki, ular ishtirokida 
o‘tayotgan reaksiyalar faqatgina birmuncha tez o‘tmasdan, balki bunda 
fermentlarsiz bo‘ladigan reaksiyalarga qaraganda kam energiya ham sarf bo‘ladi. 
Masalan, oqsillarni aminokislotalargacha parchalash uchun ular 25% li sulfat 
kislota bilan birga taxminan bir sutka davomida qaynatiladi, tripsin yordamida esa 
yuqoridagi natijaga (37

C da) bir necha soatda erishiladi. 
Fermentlar ta’sirining kuchli ekanligini quyidagi misolda ham ko‘rish 
mumkin. Katalizning bitta molekulasi bir minutda 
0
0
da suvning 2600 000 
molekulasini parchalaydi. 
Fermentlar faolligi ular ishtirok etayotgan sharoitdagi qator omillarga 
bog‘liq. Avvalo, fermentlar faolligini oshirish ferment ishtirok etayotgan 
muhitdagi vodorod ionlarining konsentratsiyasiga bog‘liq. Shu bilan birga har bir 
ferment uchun 
pH 
ning optimal kattaligi xarakterlidir. Fermentli reaksiyalarning 
tezligi harorat sharoitiga qarab ham o‘zgaradi. Harorat ko‘tarilgan sari 
reaksiyaning tezligi ham oshib boradi, lekin bu ma’lum bir eng yuqori 
chegaragacha boradi; bunda harorat optimal darajagacha ko‘tariladi. Haroratning 
bundan keyingi ko‘tarilishida reaksiyaning tezligi pasayadi, yuqori nuqtaga 
yetganda esa fermentlar ta’sir etmay qoladi. Bu shu bilan isbotlanadiki, harorat bir 
vaqtning o‘zida ikki jarayonda ishtirok etadi, bir tomondan haroratning ko‘tarilishi 
reaksiyani tezlashtirsa, ikkinchi tomondan fermentlarning parchalanishini 
tezlashtiradi, chunki ular tez qiziydi. 
Bu biokimyoviy qonuniyat qurtlari bahorda va, ayniqsa, kuzda boqish 
vaqtida haroratning ko‘tarilishi qurtlarning qattiq shikastlanishi, ular hayot 


faoliyatining pasayishi, kasal va nobud bo‘lishiga olib kelishini aniqlashga imkon 
beradi. 
Bundan tashqari, fermentlar faoliyatini tezlashtiruvchi qator maxsus 
aktivatorlar bor, bular bilan birga, fermentlar faoliyatini sekinlashtiruvchi 
moddalar – ingibitorlar ham bor. Kichik dozada radioaktiv nurlash fermentlar 
faoliyatini faollashtiradi, deyishga asos bor. Fermentlar ta’siri vitamin va 
gormonlar ta’siri bilan bevosita bog‘liq. Ayniqsa, fermentlar vitaminlar bilan 
mustahkam bog‘langan, ya’ni vitaminlar ko‘pgina hollarda fermentlarning faol 
guruhini tashkil etib, to‘g‘ridan – to‘g‘ri ular tarkibiga kiradi. Moddalarning bu uch 
gruppasi (bulardan tashqari organizmda o‘stiruvchi moddalar, mikroelementlar va 
boshqalar bor bo‘lsa ham) organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlarning asosiy 
boshqaruvchilari hisoblanadi. Bu moddalar orasida anchagina farq bor. Fermentlar 
asosan oqsil moddalardan iborat bo‘lib, bu har bir hujayrada ishlanib chiqib, 
mazkur hujayraning ichida yoki tashqarisida ta’sir qiladi. 
Gormonlar ham oqsil moddalardir, lekin ma’lum organlarda sintezlanib, 
ulardan tashqarida ta’sir etadi. 
Vitaminlar oqsilsiz birikmalar bo‘lib, organizmning ichida sintezlanmaydi, 
(kamdan-kam hollarda sintezlanishi ham mumkin) ular organizmga tashqaridan 
kirishi kerak. 
O‘rta ichakka tushgan oziq massasi tut bargining mayda bo‘lakchalaridan 
iborat. Bu bo‘lakchalarning cheti buzilgan hujayralardan iborat, bo‘lakchaning 
qolgan massasi esa bargning shikastlanmagan butun hujayralaridir. Parchalangan 
hujayralardan oziq moddalari va suv nisbatan osonlikcha olinishi mumkin, lekin 
asosiy massani shikastlanmagan hujayralar tashkil etadi, shuning uchun oshqozon 
shirasining birinchi vazifasi barg hujayrasidagi tirik protoplazmani o‘ldirish 
hisoblanadi. So‘ngra hujayradan suv tortib olinish, bu hujayradagi organik va 
anorganik moddalar erish va parchalanish, eng keyin esa oziq moddalari bo‘lgan 
eritmani ichak tomonidan so‘rib olinish jarayoni yuz beradi. Bu hamma vazifalarni 
bajarish uchun ichak shirasida juda ko‘p fermentlar va boshqa katalizator moddalar 


bo‘ladi. Shu bilan birga ovqat hazm bo‘lish jarayonida barg hujayrasidagi 
fermentlar ham ishtirok etadi; protoplazma buzilgandan keyin uning faoliyati 
aktivlashadi. Bunda avtoliz hodisasi ro‘y beradi, ya’ni hujayrada normal hayot 
faoliyatidaligiga qaraganda organik moddalar fermentlar ta’sirida ko‘proq 
parchalanadi. Shunday qilib, ovqat hazm qilish – oshqozon shirasidagi va 
hujayraning o‘zidagi moddalar ta’sirida bo‘ladigan jarayonlarning murakkab 
kompleksidir. Bu moddalar alohida yoki birgalikda ta’sir etishi mumkin. Bu 
ta’sirlar qo‘shilganda hujayradagi asosiy organik birikmalar (hujayra qobig‘i ham 
kiradi) hisoblangan oqsil, uglevod va yog‘lar parchalanadi. 
Bu organik birikmalarning parchalanishi uchun oshqozon shirasida ularga 
muvofiq keladigan uch guruh fermentlar bor. Bular proteaza oqsil moddalariga, 
karbogidraza– uglevod birikmalariga ta’sir etuvchi va lipaza – yog‘larni 
parchalovchi moddalardir. Har bir guruhda ko‘p sondagi fermentlar bor. Bu 
fermentlarning hammasi gidrolitik ta’sir etadi, ya’ni murakkab moddalarni suv 
molekulasi ishtirokida birmuncha oddiy moddalarga parchalaydi. Bularning 
hammasi qurt oshqozon shirasi yuqori ishqorli muhit sharoitida bo‘lganda ta’sir 
etadi, 
pH
qator sharoitga bog‘liq holda 8,5 dan 10,0 gacha o‘zgarib turadi. 
Oqsil moddalar ovqat hazm bo‘lish jarayonida dastlab yirik aminokislotali 
birikmalar – peptonlarga, so‘ngra peptonla aminokislotalargacha parchalanadi, 
aminokislotalar esa suvda ichak devori so‘ra oladigan eritmagacha eriydi. 
Bunday parchalanish uglevod birikmalarida ham yuz beradi: murakkab 
saxaridlar (polisaxaridlarga masalan, kraxmal kiradi) fermentlar ta’sirida 
disaxaridlarga va monosaxaridlarga parchalanadi, monosaxarid esa erigan holda 
ichak tomonidan so‘rib olinadi. 
Yog‘lar spirtlarga va kislotalarga parchalanadi. Yog‘larning parchalanishida 
lipaza (to‘g‘rirog‘i, esteraza) guruhiga kiruvchi, barg tarkibidagi fermentlar 
ko‘proq ishtirok etishi mumkin . 
Parchalanishning hamma mahsulotlari mineral tuzlar va vitaminlar bilan 
birga eritma holda ichakning devori orqali o‘tadi. Bu yerda eritmaning bir qismi 


ichak devorining hujayralari qavati uchun qoladi, bir qismi esa keyingi 
o‘zgarishlarga uchraydi, ya’ni eng oddiy organik birikmalarga parchalanadi (bu 
ikki jarayon bevosita ichakning hujayrali qavatida boradi), so‘ngra ichak devoridan 
doimo oqib o‘tuvchi gemolimfaga o‘tadi. 
O‘rta ichakda oziq massasi yarim suyuq holda bo‘ladi, shunday holda sekin-
asta taxlam- taxlam bo‘lib orqa ichakka o‘tadi. Ingichka va yo‘g‘on ichaklarda 
(orqa ichakning oldingi va o‘rta qismi) qisilish ro‘y beradi. Buning natijasida oziq 
massasidan suyuq qism ajraladi va o‘rta ichakka qaytib keladi, bu suyuq qismdagi 
oziq moddalari qayta hazm bo‘ladi va so‘riladi. Suyuq oziq massasining bir qismi 
ingichka va yo‘g‘on ichak devorlari orqali so‘rilishi mumkin. Oziq massasini siqib 
chiqarilgandan keyingi qoldiqqa Malpigiev naylarining ajratmalari qo‘shiladi. 
Bular ingichka ichakka tushib ekskrementga aylanadi. Yo‘g‘on ichakning baquvvat 
muskullari ta’sirida ular uzunasiga ketgan kichkina o‘yiqli silindrsimon bo‘ladilar. 
Ovqat hazm qilish normal borganda ekskrement bir oz yashil dog‘li qora tusga ega 
bo‘ladi. Ekskrementda ko‘p miqdorda hazm bo‘lmagan tut bargi hujayralari 
bo‘ladi. Demak, qurt bargdagi oziq moddalardan to‘laligicha foydalana olmaydi. 
Shu bilan birga qurt bargning hamma qismini yemaydi. Yeyilmagan oziq, qurtning 
ayniqsa, dastlabki to‘rt yoshida ko‘p qoladi. Yeyilmagan oziq miqdoriga qarab, 
bargning yemishligi aniqlanadi. Qurtning har xil yoshda oziqni yaxshi yeyish-
emasligi bargning xususiyatiga: yetilganligiga, kimyoviy tarkibi va ayniqsa, undagi 
namning miqdoriga bog‘liq. Kichik yoshdagi qurtlar yetilgan dag‘al bargni 
endigina yozilgan sersuv, nozik barglarga nisbatan qiyinlik bilan yeydi . 
Bargning sersuvligi uning qurt uchun yaxshi oziq bo‘lishida katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin