Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


 rasm Pilla o‘rashning biodinamikasi [ 18]



Yüklə 7,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/87
tarix19.12.2023
ölçüsü7,12 Kb.
#185020
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87
pdf

78 rasm Pilla o‘rashning biodinamikasi [ 18] 
1-Pilla o‘rashdan oldin qurt 2-Pilla o‘rashga kirishishdan 3- 8 liklarni
ichini tozalab oladi oldin (chodir los ) o‘rmoncha , to‘qishi
qavatini to‘qib oladi


4-Asosiy qavatini o‘rashi va o‘rab bo‘lgan pilla 5- Pilla ichida qurtni
g‘umbakka aylanishi 
Ipak qurti pilla qobig‘ining asosiy qavatini o‘rab bo‘lgandan keyin pilla o‘rash 
jarayonining so‘nggi - to‘rtinchi bosqichiga o‘tadi. Bu vaqtga kelib, uning tanasi 
birmuncha qisqaradi, boshining bir me’yordagi harakati buziladi, anchagina 
ingichkava seritsinga kam bo‘lgan ipak tolalari cho‘ziq, noto‘g‘ri shaklli halqalar 
ko‘rinishida o‘raladi.
Ipagini tortib bo‘lmaydigan g‘ovak parda hosil bo‘ladi. G‘umbakning boshi 
turgan joyda bu parda yana ham g‘ovakroq tuzilgan bo‘lib, asosiy qobiqdan bir oz 
qochibroq turadi. 
Pilla o‘rash jarayonida ipak qurti harakatlarining xarakteri va ularning izchilligi 
«pilla o‘rash biodinamikasi» deb ataladi. Pilla o‘rash jarayoni tamom bo‘lgandan 
keyin qurtlar beshinchi marta pust tashlaydi, ammo bu safar ular eski po‘stini tashlab, 
g‘umbakka aylanadi. 
G‘umbaklik bosqichi ipak qurti rivojlanishining harakatsiz, oziqlanmaydigan 
davridir, bu bosqich mobaynida metamorfoz yuz beradi, ya’ni ipak qurti kapalakka 
aylanadi. Dastadan terib olingan va losdan tozalangan pillaning tuzilishi quyidagicha 
bo‘ladi, avval chuvalgan qavat, keyin qobiqning ipagi tortiladigan asosiy qavati va
shundan so‘ng parda qavati keladi. Butun kobiqni tashkil etuvchi ipakning 6,5-8,2% i 
los qavatda, 5,6 - 6,3%i parda qavatida bo‘ladi. Qobiq ichida g‘umbak va qurt 
beshinchi po‘st tashlash vaqtida tashlagan po‘st bor.Ipak qurti bitta yarim shardan 
ikkinchi yarim sharga o‘tish vaktida ilgari taxlab qo‘ygan sakkizliklar yoki sinusoidal 


egri chiziqlar qavati ustiga har safar ipak tolalarini tashlab o‘tadi, yangi qavatning 
tolalari ilgari qo‘yilgan tolalarga ko‘ndalang tushib, seritsin bilan bir-biriga yopishib 
qoladi, bu narsa qobiqni pishiq qilib turadi,qobiqning o‘zi esa ko‘ndalang holda bir-
biriga yopishib qolgan ko‘p qavat ipak tolalari to‘ridan iboratdir. 
Har bir millimetr ipak tolasiga beshtagacha ana shunday ko‘ndalang yopishgan 
tola to‘g‘ri keladi, butun pillada esa ularning miqdori (ipak tolasining uzunligi 1000 
m bo‘lganda) 5000 000 ga yetishi mumkin. Pillaning bunday to‘rsimon tuzilganligi 
seritsinning sorbsion xossalari bilan birgalikda g‘umbakning faqat tashqi 
dushmanlardan mexanik ravishda himoyalanishini ta’min etibgina qolmaydi, balki 
pilla ichi gidrometrik sharoitini tartibga solishda ham juda katta ro’l o‘ynaydi. Bu 
narsa namligi yuqori va yomg‘ir ko‘p yog‘adigan iqlimli zonalardan kelib chiqqan 
zotlar pillasi tarkibida seritsin juda ko‘p bo‘lishi bilan isbotlanadi. 
Pillalarning shakli, katta-kichikligi, vazni ularning tabiiy belgilari hisoblanadi, 
ammo ipak qurtining rivojlanish sharoiti va qisman dastaning xususiyatlariga qarab, 
bu belgilar turlar ichida ham o‘zgarishi mumkin. Pillalar shakli jihatidan sharsimon 
(yumaloq), tuxumsimon (oval), duksimon va silindr shaklida bo‘lishi mumkin. 
Tuxumsimon va silindr shaklidagi pillalarning beli salgina yoki juda ingichka 
bo‘lishi mumkin. Beli ingichka pillalarda g‘umbakning boshi to‘rgan yarim shar 
kattaroq bo‘ladi. 
Pillalar shaklining zot xususiyatlari ipak qurtining tana tuzilishi bilan bog‘liq. 
Olib borilgan o‘lchash ishlari ipak qurtining tanasi ingichka va uzun yoki yo‘g‘on va 
kalta bo‘lishi mumkin ekanligini ko‘rsatdi. Tanasi ingichka qurtlar uzun pilla o‘raydi, 
tanasi yo‘g‘on qurtlar esa tuxumsimon yoki sharsimon shaklli pilla o‘raydi. 
Pilla qobig‘i tashqi qavatlarining xususiyatlaridan biri uning donadorligidir. 
Donadorlik pilla qobig‘ining asosiy qismi o‘ralish vaqtida ipak tolalarining los 
qavatning siyrak tolalari orasida «osilib» qolishi patijasida hosil bo‘ladi. 
Ipak qurti ana shunday yerlarni tekislashga harakat qilib, bu joylarda ko‘proq 
ipak chiqaradi, buning natijasida pilla sirtida donadorlik hosil qiluvchi dumboqchalar 
paydo bo‘ladi. Do‘mboqchalarning katta-kichikligi chuvalgan qavatdagi ipak 


tolalarning oralig‘iga, sakkizliklarining kengligiga va ipak tolasining yo‘g‘on-
ingichkaligiga bog‘liq bo‘ladi. Pillaning uch tomonlari ham, yon tomonlari ham bir 
xilda mayda donador bo‘lsa, bunday pillaning ipagi yaxshi tortiladi. 
79-rasm.Tut ipak qurti pillasining shakli: 
1-sharsimon (yumaloq) pilla ; 2 – beli ingichkalashmagan oval shaklli (ellipsoid) pilla: 3 - beli 
salgina ingichka, oval shaklli pilla 4- beli ingichka oval shaklli pilla; 5 - silindr shaklli, uzunchoq 
pilla; 6 - 7 - uchi ingichka pillalar 
 
Pillalarning katta-kichikligi ularning shakliga qarab, har xil bo‘ladi: 
sharsimon va duksimon, beli ingichka bo‘lmagan tuxumsimon hamda silindr 
shaklidagi pillalarning tolasi uzun va yo‘g‘on bo‘lishi aniqlangan. Beli ingichka 
pillalarning uzunligi (bo‘yi) va yo‘g‘onligi yarim sharlarning ko‘ndalang
kesimining eng katta va ingichka joyi kesimi eng kichik bo‘lgan joylaridan 
o‘lchanadi. Pillalar noniusli shtangensirkul bilan o‘lchanadi
.
80- rasm.Pillalarni o‘lchaydigan noniusli shtangensirkul[27] 
a-Tut ipak qurtini pillasi. b- Hind eman ipak qurti pillasi 
Pillaning ko‘ndalang kesimi shakl jihatidan to‘g‘ri doiradan farq qiladi, 


shuning uchun ham pillaning beli ingichka joyi yoki yarim sharning kengligini 
aniqlashda shu joylar ko‘ndalang kesimini ikki marta o‘lchashdan chiqqan 
natijalarning o‘rtacha miqdori olinadi. 
Yaqin Sharq zotlarining pillasi eng yirik, Xitoy va Yaponiya zotlarining pillasi 
eng mada Yevropa zotlari pillasi esa o‘rtacha kattalikda bo‘ladi. Urg‘ochi ipak 
qurtlarining pillasi erkak ipak qurtlarnikiga qaraganda o‘rta hisobda birmuncha 
yirikroq bo‘ladi. Pillalarning uzunligi 16 mm dan 46 mm gacha, kengligi esa 12 mm 
dan 24 mm gacha bo‘ladi. Pillalarning o‘rtacha hajmi ipak qurtlarining zotiga qarab: 
erkak qurtlarniki 5 sm
3
dan 11 cm
3
gacha, urg‘ochi qurtlarniki esa 5,5 sm
3
dan 13 sm
3
gacha bo‘ladi. 
Pillalarning vazni tirik g‘umbagi bilan birgalikda (bunday pillalar ho‘l yoki 
tirik pillalar deb ataladi), ipak qurtining zoti hamda qurt boqish sharoitiga qarab, 1 
g dan 3 g gacha bo‘ladi. Urg‘ochi qurtlar pillasining vazni erkak qurtlar pillasidan 
o‘rta hisobda 20% og‘irroq bo‘ladi. Ipak qurti g‘umbakka aylanish oldidan po‘st 
tashlagan vaqtda pillaning vazni eng og‘ir bo‘ladi, keyin pillaning vazni asta-sekin 
kamayib boradi va kapalak chiqish vaqtiga kelib, dastlabki vaznidan 12% gacha 
kamayib ketadi. G‘umbaklik davrining o‘rtalarida pilla kuniga o‘rtacha hisobda 1,2 
- 1,5% vazn yo‘qotadi. 
Pillalarni dastalardan terib olish vaqtiga kelib, ho‘l pilladagi g‘umbakning 
vazni, taxminan 76 - 90%, qurt tashlagan po‘stning vazni 0,5%, pilla qobig‘ining 
vazni 10% dan 24% gacha bo‘ladi. Erkak qurtlar o‘ragan pillalar qobig‘ining vazni 
urg‘ochi qurtlar o‘ragan pillalar qobig‘inikiga qaraganda birmuncha ortiqroq bo‘ladi. 
G‘umbagi o‘ldirilgan va havoda quritilgan pillalarning qobig‘i pilla vaznining 43-
50% ni tashkil etadi, bunda pillalar quritilish jarayonida vaznini g‘umbakdagi namlik 
hisobiga yo‘qotadi (g‘umbakda namlik 75-80% bo‘ladi), qobiqda esa ho‘l pillada 
ham, quruq pillada ham odatdagi sharoitda 10-11% namlik bo‘ladi. 
Pillalarning biologik va ayniqsa, texnologik xossalariga irsiyatdan tashqari, 
pilla o‘rash sharoiti- harorat, namlik, yorug‘lik, aeratsiya, dastalarning miqdori, sifati 
ham katta ta’sir etadi. 


Pilla o‘rash vaqtida harorat sharoitining o‘zgarishi natijasida ipak qurtining 
pilla qobig‘iga ipak tolalarini o‘rash tezligi va xarakteri ham o‘zgaradi. Harorat oshib 
borgan sari ipak qurtining harakat tezligi ham ortadi, boshining tebranish kengligi 
kattalashadi, shuning uchun sakkizliklar ham yirikroq hosil bo‘ladi, ipak tolasi esa 
ingichkalashib boradi. Pilla o‘rash vaqtida ipak chiqarish ishi ikki jarayondan iborat 
bo‘ladi: bir tomondan, ipak qurtining tanasi qisilishi ipak ajratuvchi bezga bosim 
orqali ta’sir ko‘rsatadi, ana shu ta’sir ostida ipak massasi siquvchi apparat tomon 
suriladi, ikkinchi tomondan, ipak qurti boshining harakati bilan ipak tolasi ipak 
chiqaruvchi naychadan sug‘urilib chiqadi. Naychaning uchida hamma vaqt bir 
tomchi suyuq ipak bo‘ladi (bu bir tomchi seritsin bo‘lsa kerak), ipak qurti naychasini 
biror nuqtaga tegizib, ipak tolasi uchini shu joyga yopishtiradi va boshini tebratib, 
naychadan ipak tolasini sug‘urib chiqaradi. Bu harakat qanchalik tez bo‘lsa, ipak 
tolasi shunchalik ingichka chiqadi, chunki ipak massasi mexanik ravishda juda ko‘p 
cho‘ziladi. 
81-rasm 
Har xil harortda pilla uchlari va yarim
sharlarida pilla qatlamlaridagi 
sakkizliklarning bukik joylari
katta-kichikligining o‘zgarishi. 
A-ustki qatlamda (boshlanishi). 
B-260 metrdan keyin. 
V-600 metrdan keyin: 
1-pilla uchlarida: 
2- pilla yarim sharlarida. 
Harorat 21°C bo‘lganda ipak qurti 3,17 sekund mobaynida buyi 3,5 mm, ipak 
tolasining yo‘g‘onligi 24,91 mikron keladigan bitta sakkizlik hosil qiladi, bunda ipak 
tolasi chiqarish tezligi sekundiga 2,11 mm bo‘ladi. Harorat 29°C bo‘lganda ipak qurti 
bo‘yi 4,6 mm keladigan sakkizliklar hosil bo‘ladi, bunda har bir sakkizlik uchun faqat 
1,69 sekund vaqt sarflaydi, ipak tolasining yo‘g‘onligi 20,43 mikrongacha kamayadi, 


sakkizliklar hosil qilish tezligi esa sekundiga 6,01 mm gacha ortadi. Ipak tolasining 
asosiy texnologik xossalaridan biri uning metrik nomeri
1
va metrik nomerining bir 
xil bo‘lmasligidir. Pilla o‘rash davrining boshlarida ipak qurti yo‘g‘on-ipak tolasi, 
ya’ni metrik nomeri past -2500-3000 tartibdagi ipak tolasi chiqaradi ; pilla o‘rash 
davrining oxiriga kelib, ipak tolasi anchagina ingichkalashadi va shunga muvofiq
ravishda uning metrik nomeri ham oshadi, ya’ni 4000 - 6000 tartibdagi miqdorga 
ega bo‘ladi.Odatda, bitta pilla ichidagi ipak tolasining oxirgi uchi metrik nomeri 
uning boshlanish qismidagi ipak tolasi metrik nomeridan ikki-uch marta ortiq 
bo‘ladi. Ipak tolasining nomeri uning o‘rtacha miqdoriga qarab, odatda, bitta 
pillaning ichida 17 - 25% va pillalar orasida 12 - 18% gacha o‘zgarib turadi. Ipak 
tolasining o‘rtacha metrik nomeri qanchalik katta bo‘lsa, pilla ichidagi va pillalar 
orasidagi har xillik shunchalik kam, pillalarning texnologik xossalari shunchalik 
yuqori bo‘ladi. Ipak tolalarining yo‘g‘on-ingichkaligi har xil bo‘lishi bizning 
pillakashlik fabrikalarimizda xozir keng qo‘llanayotgan pillalardan avtomatik 
ravishda ipak tortishda ayniqsa katta ro’l o’ynaydi. 
Pilla o‘rashning harorat sharoiti ipak tolasining metrik nomeri, bu nomerning 
har xil bo‘lishi, pillalarning seripakligi va ipak chiqishi kabi texnologik 
ko‘rsatkichlarga ta’sir etadi, ipak chiqishi esa seritsinning holatiga bog‘liq bo‘lgan 
pillalarning tortiluvchanlik (chuvaluvchanlik) xossasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
aloqadordir. 
Pilla o‘rash davrida harorat 21°C dan 25°C gacha ko‘tarilsa, pilla o‘rash 
muddati, umuman, qisqaradi, ipak tolasining o‘rtacha metrik nomeri kattalashadi, 
uning har xilligi kamayadi, pilla seripak bo‘ladi va ipak tolasi ko‘p chiqadi. Harorat 
29°C gacha ko‘tarilganda ipak tolasining metrik nomeri yanada kattalashadi va har 
xilligi kamayib boradi, ammo buning evaziga pillaning ipagi anchagina kamayib 
ketadi va ipak tolasi juda kam chiqadi. Shunday qilib pilla o‘rash davrida past (21°C- 
23°C) harorat ham, yuqori (28°C- 29°C) harorat ham pillalarning biologik 
ko‘rsatkichlarini va texnologik xossalarini pasaytirib yuborishi aniqlangan ; 

Yüklə 7,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin