Azotning absolyut miqdori birmuncha boshqacharoq ko‘rinishda bo‘ladi(100 ipak
qurtiga,g hisobida);
Yetilgan ipak qurtida
4,79
G‘umbakda
Pillada
Kapalakda
1,76
2,96
1,39
Bu raqamlarni ko‘rib chiqib, shu narsani nazarda tutish kerakki,
azotli birikmalar,
asosan, ipak hosil qilishga sarflanar ekan; ipak qurti oqsilning yarmiga yaqini ipak
oqsiliga aylanadi; ipak oksili tarkibida 87,5% quruq modda bor, bu moddaning 98,8%
i oqsil va faqat 1,19% i kuldir.
Kapalakning gemolimfasida ipak hosil qilish uchun ketgan aminokislotalar anchagina kam:
16- jadval
Aminakislotalar
Qurt
Kapalak
Glitsin
10,2
3,5
Alanii
8,7
3,2
Tirozin
4,3
1,6
Metamorfoz vaqtida oqsillarning azotli qismini Mal’pigiev naychalari kapalak
ichagining uchi berk xaltachasiga ajratib chiqaradi. Yog‘
ham solishtirma miqdori,
ham absolyut vazni jihatidan anchagina kamayadi, chunki u g‘umbak
nafas olish
jarayonida boshqa moddalarga qaraganda ko‘proq oksidlanadi. Metamorfoz vaqtida
yog‘ning dastlabki zapasidan 35% ga yaqini sarflanadi.
Shunday qilib, oqsilli moddalar hammadan ko‘p sarf bo‘ladi, ammo bu sarf har
xil bo‘ladi, ya’ni ba’zi oqsilli birikmalar ko‘p, boshqa ba’zilari esa kam sarflanadi.
Xuddi
shuningdek, uglevodlar sarfi ham juda katta. Ipak qurti pilla o‘rash
oldidan ko‘p, ya’ni quruq moddaning 20% i miqdorida uglevod zahirasi to‘playdi,
kapalakda esa uglevodning miqdori 6,5% gacha kamayib ketadi.
Shularning hammasi birgalikda g‘umbak va kapalak vaznining ipak qurti vazniga
qaraganda anchagina kamayib ketishiga sabab bo‘ladi: g‘umbakning vazni 50% ga
yaqin, kapalakniki esa 20 - 30% bo‘ladi. Asosiy vazn pilla o‘rash va kapalakka aylanish
uchun po‘st tashlash vaqtida kamayadi.
Ipagi tortishga mo‘ljallangan pillalarning g‘umbagi kapalakka aylanish va
pilladan chiqishining oldini olish uchun (kapalak chiqqan
pillalar ipak tortishga
yaramaydi) g‘umbaklar o‘ldiriladi va quritiladi.
Dostları ilə paylaş: