O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Tut ipak qurti qurtlik va kapalaklik bosqichlaridagi urug‘
bezining tashqi tuzilishini tavsiflab bering.
2.Urg‘ochi kapalakning qo‘shimcha jinsiy bezlari qanday ro’l o‘ynaydi?
3.Spermatozoidlar qanday rivojlanadi?
4.Urug‘ sharchalari xamda urug‘ tutamlari nima va ular qanday hosil
bo‘ladi?
5.Tut ipak qurti spermatozoidlarining shakli qanaqa bo‘ladi?
5.3.Tut ipak qurtining urug‘lanish
Ipak qurti pilla o‘rab bo‘lgandan keyin 15- 18 kun o‘tgach g‘umbakdan
kapalakka aylanish uchun oxirgi marta po‘st tashlaydi. Kapalak g‘umbaklik po‘stini
tashlagandan so‘ng og‘iz teshikchasidan bir necha tomchi sekret chiqaradi, bu sekret
pilla qobig‘i tarkibidagi seritsinni eritib yuboradi. Kapalak shu yerdagi ipak tolalarini
u yoq bu yoqqa surib, pillada teshik hosil qiladi va undan tashqariga chiqib oladi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, urg‘ochi kapalaklar ho‘lini quritib, qanotlarini yozib
olgandan keyin aromatik bezlarini bo‘rttirib chiqaradi, bu bezlardan xushbo‘y modda
bug‘lanib chiqadi. Bu moddani ular erkak kapalaklarni jalb qilish uchun chiqaradilar.
Bu hiddan ta’sirlangan erkak kapalaklar qanotlarini tez-tez qoqib, urg‘ochi
kapalaklarni qidirib, tez yugura boshlaydilar. Erkak kapalak urg‘ochi kapalakning
yon tomonidan unga yaqinlashib kelib, qorin qismining pastki uchi bilan urg‘ochi
kapalakning siquvchi plastinkasini bosib oladi, bu plastinka erkak kapalakning
skafiumi bilan unkusi orasida qisilib qoladi, shundan keyin erkak kapalak urg‘ochi
kapalakning kopulyativ teshigiga o‘zining kopulyativ organini tiqadi. Dastlabki 5-10
daqiqa, ba’zan esa bundan ham uzoqroq vaqtgacha erkak kapalakning kopulyativ
organi beto‘xtov harakatlanib turadi, shundan so‘ng bir oz vaqt tinch turgandan keyin
spermatozoid chiqa boshlaydi.
Avval kopulyativ organ uchida kichikroq bir tomchi yopishqoq tvorogsimon
modda paydo bo‘ladi, spermatozoid yana ajralib chiqaverishi natijasida bu modda
kattalashib spermatofor deb ataluvchi xaltacha hosil qiladi. Spermatofor urg‘ochi
kapalakning kopulyativ xaltachasiga joylashgan bo‘ladi va u tarkibida urug‘
tutamlari, yetilgan spermatozoidlari bor, urug‘ suyuqligi bilan asta-sekin to‘lib
boradi.
Kapalaklar juftlashgandan taxminan 25-30 daqiqadan keyin spermatofor urug‘
suyuqligi bilan to‘ladi. V. A. Strunnikov kopulyasiya jarayonining davom etish
muddati har xil erkak kapalaklarda bir xil bo‘lmasligini aniqlagan. Tajribalar
kopulyasiya jarayonini tez tamomlovchi erkak kapalaklar avlodi sekin
kopulyasiyalovchi erkak kapalak-lardan olingan naslga qaraganda anchagina
hayotchan bo‘lishini ko‘rsatdi.
Kopulyasiya jarayonining oxirida kopulyativ organdan erkak kapalakning
qo‘shimcha bezlaridagi sekret oqib tushadi, bu sekret ivib, urg‘ochi kapalakning
kopulyativ teshigini bekitib qo‘yadigan «probka» hosil qiladi. Kapalaklar qayta
qo‘shilgan vaqtda erkak kapalak bu «probka»ni teshadi. Ikkinchi marta qo‘shilish
natijasida hosil bo‘lgan spermatofor birinchi spermatoforni kopulyativ xaltachaning
orqa uchiga surib yuboradi. Birinchi erkak kapalak bilan bo‘lib o‘tgan qisqa
muddatli kopulyasiya jarayoni natijasida ham spermatozoidlar aralashadi va demak,
aralash nasl paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun agar duragay urug‘lar
tayyorlashda pillalar e’tibor bilan jinslarga ajratilmasa, urg‘ochi kapalak o‘z zotiga
kiruvchi erkak kapalak bilan qisqa muddat ko‘shilgan bo‘lsa ham aralash urug‘- sof
zot va duragay zot urug‘lar hosil bo‘ladi. Kapalaklarning qo‘shilish jarayoniga u
yashab turgan tashqi muhit harorati ta’sir etadi. Harorat past (15° Cdan past)
bo‘lganda kapalaklar sustlashib qoladi va juftlashmaydi. Harorat ko‘tarilishi bilan
kapalaklarning jinsiy faolligi ortib boradi. Kapalaklarning juftlashishi uchun eng
qulay harorat 24-27°C dir. Harorat 30°C dan ortiq bo‘lganda ham kapalaklar yaxshi
juftlasha olmaydi, 34°C bo‘lganda esa kapalaklar juftlashmay qo‘yadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, spermatozoid to‘kish jarayoni tamom bo‘lgandan
keyin ham kapalaklar ko‘p vaqt juftlashgancha kolishi mumkin. Qurt urug‘chiligida
kapalaklar juftlangandan keyin ikki soat o‘tgach, ularni ajratib yuborish qabul
qilingan. Amalda esa kapalaklarni bir soatdan keyin hatto undan ilgariroqham ajratib
yuborish mumkin. Kapalaklar har safar juftlashib bo‘lgandan keyin kamida ikki soat
salqin binoda saqlab turilsa, bitta erkak kapalakning o‘zi o‘ntagacha va undan ortiq
urg‘ochi kapalakni urug‘lantira oladi.
Kopulyasiya jarayoni tamom bo‘lgandan keyin spermatoforda urug‘ tutamlar
spermatozoidlarga
juda
tez
parchalana
boshlaydi,
bu
spermatozoidlar
spermatoforlardan ajralib chiqqan vaqtdanoq mustaqil ravishda harakatlanish
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Spermatozoidlar spermatofordan kopulyativ xaltachaga
tutashadi, undan esa kopulyativ xaltachaning naychasi orqali qabul qilgichga
tushadi.Tut ipak kurtining spermatozoidlari juda uzun dumi (dum ipining uzunligi
600 mikronga yaqin) borligi bilan farq qiladi. Ular spiral shaklida harakatlanadi.
Spermatozoidning dumi o‘qi atrofida ikki yarim martaga yaqin aylanadi. Dum ipi
bitta tekislikda qisqarish yo‘li bilan spermatozoid harakatlanadi. Spermatozoidlarning
kopulyativ xaltachadan urug‘qabul qilgichga tez o‘tishiga urug‘ naychasi devorining
qisqarishi va urug‘qabul qilgichning bezsimon o‘simtasidan ajralib chiqadigan
sekretning xemotoksik (tortuvchi) harakati yordam beradi. Urug‘qabul qilgich
bezsimon o‘simtadan va spiral shaklli naychadan iborat bo‘lib, bezsimon o‘simta
urug‘qabul qilgichning xaltachaga o‘xshash kengaygan qismiga taqalib turadi.Spiral
shaklli naycha nisbatan murakkab tuzilgandir. Uning devorlarida tez qisqarish
qobiliyatiga ega bo‘lgan halqasimon muskullar bor. Spiral shaklli naychaning o‘rta
qismida divertikul deb ataluvchi kengaygan joy bo‘ladi.
Bu naychaning orqa qismida divertikul devorlari bir-biriga ponasimon (uchi
ingichkalashib) yaqinlashadi va ingichka naychaga aylanadi, bu naycha divertikuldan
to‘g‘ri burchak hosil qilib chiqadi va spiral shaklida egilib, tuxum yo‘lining
kengaygan qismi vestibulga ochiladi.
105-rasm. Tuxumning
urug‘lanish jarayoni
(Strunnikovdan):
1.- urug‘don;
2 -urug‘doning bezli o‘simtasi;
3 - divertikul;
4 - spiralsimon naycha;
5-urug‘;A-spermatozoidning
spiralsimon naycha bo‘ylab erkin
xarakatlanishi;
B- aylanayotgan
spermatozoidning divertikuldan
spiralsimon naycha og‘ziga
kirishi;
V -urug‘ mikropile qarshisidagi
spiralsimon naychadan
chiqayotgan spermatozoidlar
bog‘lami
.
Spermatozoidlar divertikulining tor uchiga tomon spiral bo‘ylab harakatlanib,
boshchalari spiral shaklli naychaga buralib kiradi va undan o‘tib borib, spiral naycha
teshigidan vestibulga chiqib oladi. Vestibulning spiral shaklli naychaning teshigi
taqalib turadigan devori gumbaz singari tuzilgan va xuddi tuxumning uchigao‘xshash
bo‘ladi. Tuxum toq tuxum yo‘li orqali o‘tayotganda toq tuxum yo‘li devorlaridagi
muskullarning qisqarishi tufayli vestibulga tushadi, bunda tuxumning mikropilyar
teshigi spiral naychaning vestibuldagi teshigiga to‘ppa-to‘g‘ri keladi. Urg‘ochi
kapalak jinsiy apparatining bunday tuzilganligi spermatozoid boshchasining tuxumga
to‘g‘ri kirib borishiga imkon beradi, spermatozoidlar esa kapalak tuxum qo‘yayotgan
vaqtda tuxumga kirib oladi.
Endigina qo‘yilgan tuxum, birinchi marta bo‘linish holatida
bo‘ladi va faqat oradan, taxminan, ikki soat o‘tgandan keyin ikkilamchi
yo‘naltiruvchi tanacha ajralib chiqmay qo‘yadi, bu vaqtda tuxum yadrosi xam
gaploid xolatda, ya’ni xromosomlarning yarim soniga ega bo‘ladi. Urug‘lanish, ya’ni
tuxum yadrosi bilan spermatozoid yadrosining qo‘shilish jarayoni, tuxumdan
ikkinchi yo‘naltiruvchi tanacha ajralib chiqqandan keyin, qisqa vaqt ichida sodir
bo‘ladi.
Kapalaklar juftlashib bo‘lib, ajralgandan keyin taxminan bir soat o‘tgach,
kapalak har xil muddatlarda tuxum ko‘ya boshlaydi. Bitta urg‘ochi kapalak ikki uch
kun mobaynida o‘rta hisobda 600 - 800 ta tuxum qo‘yadi. Kapalaklar birinchi sutkada
soat 18 bilan 24 orasida eng ko‘p (70% ga yaqin) tuxum qo‘yadi, Shundan keyin bir
necha soat dam olib, so‘ng yana tuxum qo‘ya boshlaydi.
Tuxum qo‘yishning ikkinchi davri keyingi, ya’ni ikkinchi kunning birinchi
yarmiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi davrda kapalak 20-25% ga yaqin tuxum qo‘yadi.
Qolgan tuxumlar 3-4 sutkalarda qo‘yiladi.
Birinchi kun qo‘yilgan tuxumlar eng yaxshi va yashovchi bo‘lishi tajribalarda
tasdiqlangan. Eng keyin qo‘yilgan tuxumlar uncha ham yashovchan bo‘lmaydi.
Ko‘pgina mualliflarning fikricha, kapalaklar navbat bilan; goh bir tomondagi
to‘rtta naychadan (ovariollardan), goh ikkinchi tomondagi naychalardan tuxum
qo‘yadi. Dastlab kapalak xammasiga qaraganda tanasining o‘rta chizig‘iga yaqinroq
bo‘lgan tuxum naychasidan 3-4 ta tuxum qo‘yadi; bundan keyin ikkinchi, uchinchi
va to‘rtinchi naychalardan, taxminan, yuqoridagicha miqdorda tuxum qo‘yadi. Ana
shundan keyin qarama-qarshi tomondagi tuxum yo‘llaridan ham xuddi yuqoridagi
tartibda tuxum chiqa boshlaydi. Shundan so‘ng jarayon oldingi tartibda yana
takrorlanadi.
Kapalaklarning juftlashuvi bir necha soatga kechikishi ham juftlashish
vaqtining uzoq davom etishi ham tuxum qo‘yish jarayonini tezlashtirib yuboradi.
Buning uchun juftlashishdan oldin urg‘ochi kapalaklarni bir necha soat mobaynida
harorati past (12-14°C) binoda saqlash yoki ularning juftlashish muddatini 6 - 7
soatgacha uzaytirish kerak. Kapalaklarning tuxum qo‘yish tezligini boshqara bilish
amaliy maqsadlar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki qurt urug‘ tayyorlashning
yangi texnologiyasida ( bio usul, takomillashtirilgan usulda) faqat birinchi
sutkalarda qo‘yilgan tuxumlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Bundan tashqari,
takror qurt boqish uchun urug‘ tayyorlashda kapalaklarni mikroskopik tekshirishda
va urug‘larni HCI bilan ishlash jarayonlari kapalaklar - juftlashgan kunning
ertasiga o‘tkaziladi. Shuning uchun agar kapalaklarning tuxum qo‘yishini
tezlashtirish uchun sharoit bo‘lmasa, mikroskopik tekshirish vaqtida hali
tashlanmagan urug‘larni kapalaklar qorni bilan birga ezib yuboriladi, buning
oqibatida kapalak tuxum qo‘yadi.Urug‘lanmagan kapalaklar birinchi sutkada tuxum
qo‘ymaydi.
Ular odatda, ikkinchi, ba’zan esa uchinchi sutkada tuxum qo‘yaboshlaydi.
Bunda tuxum qo‘yish jarayoni ancha sekinlashib ketadi. Tuxumlar bir necha kun
mobaynida kam-kamdan qo‘yiladi. Tuxumlarning bir qismi kapalak qornida qolib
ketadi. Urug‘lanmagan kapalaklar sadqin binolarda saqlansa tuxum qo‘yish birnecha
kunga kechikib ketishi mumkin. G‘umbaklar uzoq vaqt davomida salqin joyda
saqlansa, kapalaklarning juftlanish qobiliyati va ular qo‘yadigan urug‘larning sifati
pasayib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |