Yosh adabiyotshunoslar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə4/7
tarix06.10.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#152725
1   2   3   4   5   6   7
8-sinf adabiyot to\'garagi

III. Yangi mavzu:
Xalq dostonlari har bir millatning ma`naviy qiyofasi , uning tarixi , qadriyatlarini aks ettiruvchi bamisoli oynadir.Ularda har bir xalqning urf-odatlari , milliy o`ziga xosligi yaqqol ko`rinib turadi.Dostonchilik xalq og`zaki ijodida qadimiy epik an`ana hisoblanadi.dostonlar asosan do`mbira jo`rligida aytiladi va ijrochidan ham badihada ham ijroda juda katta ijodiy mahorat talab qiladi.Dostonning yana bir xususiyati og`izdan og`izga o`tib avloddan avlodgacha yetib kelganidir.Bu o`z navbatida ustoz shogirdlik an`analarining vujudga kelishiga , oqibatda yirik dostonchilik maktablarining paydo bo`lishiga sabab bo`ldi.Folklorshunos olim To`ra Mirzayevning ma`lumotlariga ko`ra ,XV-XVI asrlarda yirik dostonchilik maktablari paydo bo`lgan,XIX-XX asrlar esa dostonchilik taraqqiyotida juda rivojlangan davr bo`lgan. XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bisotida 150 dan ortiq xalq dostonlari bo`lgan.Bu dostonlarni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Bo`ron shoir, Suyar shoir kabi mashhur baxshilar kuylaganlar.
Keyinchalik ularning an`analari Ergash Jumanbulbul o`g`li,Fozil
Yo`ldosh o`g`li,Po`lkan ,Islom shoir, Saidmurod Panoh o`g`li, Berdi baxshi, Umir baxshi shoir, Bola baxshi ijodida davom ettirildi.
Yurtimizda dostonchilikni rivojlantirishga va uning ijrochilari –baxshilar faoliyatini rag`batlantirishga katta e`tibor berilmoqda.2000-yilda “Alpomish” dostonining ming yilligini jahon miqyosida nishonlanishi va hatto “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan xalq baxshisi ” unvoning ta`sis etilishi (2000-yil 14-mart) buning isbotidir
“Kuntug`mish” dostoni o`zbek xalq dostonlari orasida g`oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Uning xilma-xil ko`rinishidagi variantlari ko`pligining boisi shundaki , ilgari baxshilarning iste`dodiga , ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilarimiz “Kuntug`mish”dostonini to`la o`zlashtirishga intilganlar.Dostonning Ergash Jumanbulbul o`g`li,Bekmurod Jo`raboy o`g`li, Nurmon Abduvoy o`g`li,Egamberdi Ollamuroddan Yozib olingan variantlari mavjud .. darsligida esa ergash Jumanbulbul o`g`lidan yozib olingan varianti keltirilgan.
“Kuntug`mish”dostoni badiiy jihatdan nihoyatda yetuk asar.U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan chalg`itadigan o`rinlarni uchramaydi, aksincha, har bir voqea , har bir epizod dostonni to`ldiradi.
Mustahkamlash
1.Xalq og`zaki ijodiga qanday asarlar kiradi?
2. Adabiyot tarixida xalq og`zaki ijodining o`rni qanday?.
4.“Kuntug`mish” dostonini qaysi baxshilar kuylagan?
Uyga vazifa : Mavzuni o’qib-o’rganib kelish


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin