Yosh aktyorlarni tayyorlashda E. B. Vaxtangov uslubidan foydalanishning ahamiyati



Yüklə 14,58 Kb.
tarix24.05.2023
ölçüsü14,58 Kb.
#121272
Ichki taqriz


O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
“Yosh aktyorlarni tayyorlashda E.B.Vaxtangov uslubidan
foydalanishning ahamiyati” magistr akademik darajasini olish uchun
yozilgan tadqiqot ishiga ichki
TAQRIZ

Uzoq tarixga ega, bevosita madaniyatimizni о`zida aks ettiruvchi teatrlar faoliyatini о`rganish, ularda ijod qilayotgan teatr va kinoaktyorlarning mahorati, sohaviy xususiyatlarini tadqiq etish muhim masalalar hisoblansa-da, bu yо`nalishda doimiy ravishda manbalarga ehtiyoj seziladi. Aksariyat manbalarda asosan, rejissorlik san’ati hamda dramatik teatr aktyorini kasbiy shakllanishida aktyor pedagogikasi va texnikasi hamda teatri tarixi, uning rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot beriladi. Shu asosda, mazkur tadqiqot ishi yuzasidan bir qancha manbalar bilan tanishib chiqilganligi ko‘rishimiz mumkin. “Aktyorlik sanʼati (dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati) mutaxassisligi bo`yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan …………………….ning “Yosh aktyorlarni tayyorlashda E.B.Vaxtangov uslubidan foydalanishning ahamiyati” mavzusida ishini tahlil qilar ekanman, magistrning tadqiqot ishida yosh aktyorlarni tayyorlashda E.B.Vaxtangov uslubidan foydalanishning ahamiyati va mahorat maktabi mexanzmi va pedagogikasi, tahliliy yondashuvlarning o’ziga xosligini tadqiq etish, teatr aktyorining obraz yaratish xususiyatlarini hamda aktyorlikning о‘ziga xos jihatlarini о‘rganish va tavsiflash masalasi borasida ilmiy izlanishlar tahlili yoritib o‘tilgan. Yosh aktyorlarni tayyorlashda E.B.Vaxtangov aktyorlik mahorat maktabida yaratilgan spektakllari haqidagi teatrshunos maqolalari asosan davriy nashrlar, OAV orqali e’lon qilib borilgan. Teatrshunoslik mutaxassisligi nuqtai nazaridan yozilgan barcha maqola va taqrizlarda dramaturgiya, rejissorlik, aktyorlik mahorati, rassom va bastakor ishlari umumiy tahlil etiladi. Bu malakaviy ishda esa aynan aktyorlik mahorat maktabi, unda neytral usuli faoliyatiga chuqurroq yondashiladi va E.B.Vaxtangov mahorat maktabining nodir repertuari asosida tahlil qilinadi. Bu tahliliy masalalarga qо‘shimcha ravishda, teatrning umumiy faoliyati, xususiyatlari, о‘ziga xos jihatlari, aktyor va rejissor о‘rtasidagi ijodiy hamkorlik va teatr repertuarini shakllantirish masalasi ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi, tavsiflanadi va tadqiq qilinadi. Bu yondashuv orqali mazkur tadqiqot aktyrolik mahorati faoliyatiga bag‘ishlangan bir-biriga о‘xshash shakl va uslublardagi ishlardan biroz farq qiladi.
Tadqiqot ishda E.B.Vaxtangov mahorat maktabi hamda uning asosiy xususiyatlari bugungi kundagi faoliyati va tahliliy materiallarga qо‘shimcha ravishda, yosh teatr aktyori zimmasida turgan vazifalariga ham e’tibor qaratiladi va takliflar bildiriladi.Tadqiqot ishda ayrim ju’ziy kamchiliklar uchraydi. Ammo bu ishning ilmiy ahamiyatiga ta’sir etmaydi. Ushbu magistrlik tadqiqot ishini himoyaga tavsiya etaman.
Yüklə 14,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin