Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

3 Yosh inqirozi: 3 yoshga kelib bola o„zini kattalar bilan taqqoslay 
boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo„lgan (xuquqi bo„lgan), shuningdek ular 
bajara oladigan xarakatlarni qilishni xoxlaydi. «Men katta bo„lsam mashina 
xaydayman», «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta 
qo„g„irchog„im bo„ladi» kabi xoxishlarini o„z tili bilan ifodalaydi va u kelasi 
zamonda gapirsa ham barcha xoxishlarini bugunoq amalga oshirishga xarakat 
qiladi. Bu ko„pincha qat‟iylik va qaysarlik bilan namoyon bo„ladi. Bu qaysarlik 
asosan kattalarga qaratilgan salbiy xatti-xarakat bo„ladi. Bola o„zini mustaqil 
xarakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab unda «O„zim qilaman» 
boshlanadi va bu yana qaysarlik va o„jarlik bilan ko„rinadi. 3 Yosh inqirozi bola 
shaxsining ma‟lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-
xarakatlarni qila olmayotganini bilishi natijasi xisoblanadi. Inqiroz davrida 
yuzaga keladigan xususiyatlar iroda, layoqatlar va boshqalar uni shaxs bo„lib 
shakllanishiga tayyorlaydi. 
Uch yoshgacha bolalar psixik rivojlanishidagi asosiy yangilanishlar 
YOsh 
 Bilish 
 Xarakat 
Muloqot 
3yosh 
Nutq 
shakllanishi.Obrazli 
tafakkurning 
birinchi 
belgilari.Atrof 
muxitdan 
o„zini 
Qo„l,predmetli 
xarakatlarning 
rivojlanganligi.O„z 
xatti-xarakatlarini 
irodaviy 
boshqarish 
O„z-o„zini 
angalshni 
yuzaga 
kelishi 
normalari.Birinchi 
axloqiy 
qoidalarni 
egallashi 


ajratish.Qat‟iylikni 
anglash 
ko„rinishlari 
2yosh 
Faol 
nutqni 
tushunishi va o„zida 
yuzaga kelishi 
Qo„l 
va 
oyoq 
funksiyalarining 
aniq belgilanishi 
Xarakteri 
asoslarini 
shakllanishi 
1yosh 
Nutqni tushunishni 
birinchi 
birinchi 
belgilari 
Mustaqil xolda tik 
turish va yurish
Nutqni 
qo„llashning 
birinchi belgilari 
10oylik 
Bog„liqlik reaksiyasini 
yuzaga kelishi begona 
muxit 
va 
begonalar 
orasida xavotirlik 
8 oylik 
Sensomotor 
intellektning yuzaga 
kelishi 
Tayanib yurish 
Jest,mimika 
va 
pantomimika,yordamida 
noverbal muloqot 
7oylik 
YOrdam 
bilan 
turish 
5 oylik 
YOrdam 
bilan 
o„tirish 
3 oylik 
Ko„rish 
qobiliyatining 
shakllanishi 
YOn 
tomoniga 
o„girilishi 
Onaning 
jilmayishiga 
javob qaytarish 
2 xafta 
Onaning tovushini 
boshqa 
tovushlardan 
farqlash 
1 xafta 
Xarakatlarni 
kuzatish 
Maktabgacha tarbiya davri shaxsning xaqiqiy tarkib topishi (voyaga etish) 
davri bo„lganligi uchun ham shunday muhim bir davrdir. Hayotning birinchi yili 
mobaynida bolaning tevarak -atrofdagi muhitga munosabati jiddiy ravishda 
o„zgaradi. Bola katalar bilan aloqada bo„lishi natijasida uning o„rgatishga qarab 
o„z ixtiyorlarini qondiradigan narsa bilan mustaqil xarakat qila boshlaydi. 
Dastlab u kattalar bilan birgalikda, so„ngra ularning raxbarligida xarakat qiladi, 
undan keyin ovqat eyish bilan bog„liq bo„lgan xarakatlarni va o„z-o„ziga xizmat 
ko„rsatishga oid ishlarni mustaqil bajara oladi. Hayotning 2 yilida kattalar bilan 
munosabatlarda o„zgarish ro„y beradi. Maktabgacha tarbiya yoshida bola katta 
odamni o„z xulqi-atvori uchun o„rnak deb xisoblaydi. Bola 1-yoshdan 3- 
yoshgacha narsalar, bilan xarakatlar qilishni egallaydi o„yin bolaning 
xarakatlarini rivojlantirish va takoimllashtirishga yordam qiladi. Maktabgacha 
tarbiya yoshida bola faoliyatining xilma-xil turlari o„yin, mexnat rejimini 
bajarish bilan bog„liq bo„lgan faoliyat rivojlana boradi. 2 yoshdan boshlab 
bolalar o„ynaydigan bo„lishadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning (4 
yoshdan boshlab) etakchi faoliyatlarga bo„lib o„ynaladigan, ijodiy o„yindir. 
O„yin jarayonida bola muayyan rollarni bajarishni o„z zimmasiga olishadi 


hamda o„yin sharoitida odamlar faoliyati va munosabatini esga keltirishadi. 3-4 
yashar bolalarda birgalikda o„ynaladigan o„yinlar xali bo„lmaydi. Dastlab 
buyum, o„yinchoq rolini go„yo esga solganday bo„ladi, sungra bola o„yinda 
ixtiyoriy suratda o„z zimmasiga ma‟lum rolni oladi.
Maktabgacha 
tarbiya 
yoshida bolaning kattalar tomonidan uyushtirilib, muayyan maqsadga qaratilgan 
ijodiy faoliyati uning taraqqiyotga qancha ta‟sir ko„rsatadi. 2-yoshda bola rasm 
sola boshlaydi va jon dil bilan rasm soladi. Rasm solish jarayonida uning idrok 
etishi aniqlashda u buyumning rangi va shaklini yaxshiroq ajrata boshlaydi
kuzatuvchanligi rivojlanadi. Bola tasavvurlayotgan narsani o„xshatish 
maqsadida rasmda aks ettirish zarur bo„lgan narsalarning belgilarini ataylab 
ajratib ko„rsatadi. 
Bola rasm solar ekan, rasmni so„zlar bilan to„ldirib, faollik bilan xarakat qiladi, u 
o„z tassavvurlari asosida keyinchalik katta Yosh odamlarning so„ziga binoan 
rasmlar yaratmog„i mumkin-unda ayrim narsalarning obrazlari vujudga keladi. 
Rasm solish bilan loy va plastiklardan shakllar yasaydi, natijada, bola 
analizatorlarining rivojlantirishda hamda moslashgan va differensiyallashgan 
xarakatning tarkib topiishidan tashqari uning narsa shaklini, xajmini, bir 
o„lchovda bo„lishi va munosabatligini idrok etish takomillasha boradi. 3-4 
yashar bola narsalar o„rtasidagi bog„lanishni farqlab oladi va o„z faoliyatini 
planlashtiradi, bu faoliyat asta-sekin ijodiy faoliyatga aylanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolaning analizatorli idrok etish jarayoni 
ham yanada takomillasha boradi. Bola hayotining 3- yoshida beixtiyor idrok 
maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolada ma‟lum bir maqsadga qaratilgan, 
tanlangan idrokka aylanadi. Kuzatuvchanlik tarkib topadi. Idrok etishda 
so„zning roli osha boradi bola narsalarning belgilab qo„ygan sifatlari va 
xususiyatlarini aytib ko„rsatadi. Idrok jarayoni bolaning tafakko„rini o„stiradi. 
Idrok jarayoni o„z faoliyati davomida va tafakkur jarayonida tobora 
takomillashadi. O„yin jarayonida 3-yashar bolada dastlabki umumlashtirish 
yuzaga keladiki, bu narsa bolaning oddiy masalalarni echishda imkon beradi.
SHu tariqa tafakkurning eng sodda formasi bolaning narsa buyumlaridan 
foydalanish faoliyati bilan bog„langan vositani amaliy tafakkurni paydo bo„ladi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola tasavvurlari doirasi kengayishi va bilimning 
oshishi uning aqliy faoliyatini xarakterini o„zgartiradi. Nutqning o„sish 
faoliyatining kengayishi yangi tafakkur formalari uchun sharoit ko„rsatadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi 5-6 yashar bola tassavvurlaydi keyin esa 
muxokama qiladi, umumlashtiradi. SHu yoshdagi bolaning tafakkuri konkret 
obrazli emotsional va yaqqol tafakkur bo„ladi. Muxokama bevosita narsa buyum 
bilan bog„langan. Bola umumlashtirilgan tushunchalarni o„zlashtiradi fikr 
yuritish operatsiyalari faqat idrok etishgina emas xayolga ham asoslandi.
Dastlabki (garchi mukammal bo„lmasa ham) xukumlar, xulosa chiqarish 
va yakun yasash paydo bo„ladi. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib 
bolaning katta yoshli qilish va ularga taqlid qilib mustaqil ravishda xulosalar 
chiqarishda va umumlashtirida. Bolaning nutqi kattalar bilan aloqa qilish va 
o„zaro munosabatlarini darajasining kengayishi natijasida rivojlana beradi. 7-
yoshga kirganida og„zaki nutqning grammatik ko„rilishini imlo qoidalarini 
egallashda bu xollardan og„zaki nutqda foydalaniladi. Bola 6 yoshga kirganida 


tovushlarini to„g„ri talaffuz qilishadi ular til xissi tarkib topadi ularning nutqi 
tobora rivojlana boradi. Bola faol nutqining o„sishi bolalik davrining muhim 
tomonidir. Bola dastlab (1 Yosh u 6 oygacha) katalarning nutqini tushuna 
boradi. Undan keyin esa shu tushunish asosida bolaning faol nutqi tobora o„sadi. 
Hayotning 2- yilida bola kattalarning narsa nomlari bilan bog„liq bo„lgan 
hamma so„zlarni tushunadi. Bolaning nutqi tobora tusha borishi uning xulq 
atvoriga so„z yordamida raxbarlik qilishiga imkon beradi.
3 yashar bolada xulq atvorining asosiy qoidalari faqat taxlid yo„li 
bilangina emas balki kattalarning og„zaki ko„satmalari yordami bilan ham 
vujudga keladi.
Dastlab bola bir bo„g„inli gaplarda so„ngra esa 2-3 bo„g„inli gaplardan 
foydalanadi. Bola hayotining 3-yoshli oxiriga kelib uning so„zlashuv leksikasida 
bog„cha so„z turumlariga tarkibiga kiradigan bu so„z uchraydi. Bolalar 
kattalarning gapini eshitishni yaxshi ko„radi, kichik-kichik she‟r, xikoyalarni 
esda saqlashadi, bu uning nutqini o„stirishda yordam qiladi. O„sib borayotgan 
nutq barcha psixik jarayonlarga - xotira, taffakkur, xayol va shunga 
o„xshashlarga katta ta‟sir ko„rsatadi. 3-yoshdagi bolalar kattalar bilan birgalikda 
suratlar ko„rib chiqishni va suratlar asosida aytiladigan xikoyalarni eshitishni 
sevadi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolaga (1-yoshdan 5-yoshgacha bo„llgan 
bolada) xos beixtiyor (ixtiyorsiz) esda qoldirish xususiyati maktabgacha tarbiya 
yoshidagi katta bolada tobora ixtiyoriy (ataylab) esda qoldirishga aylana beradi. 
Bolaning tiklovchi xayoli o„sadi, so„ngra ijldiy xayol paydo bo„ladi. Bu 
yoshdagi bolalarning xayoli etarli darajada kuchli taraqqiy etganligi sabali 
ko„pgina xayoldagi narsa bilan xaqiqiy narsani aralshtirib yuborishadi. Bolalar 
idrokning faol ravishda rivojlanishining, tevarak atrofdagi muhitga qiziqishining 
olib borishi tufayli uning ixtiyoriy diqqati jadallik bilan tarkib topadi. 
Kattalarning ta‟siri va uning tarkiblari bilan faoliyat jarayonida maktabgacha 
tarbiya yoshdagi 5-6 yashar katta bolalar endi shaxsga xos ba‟zi bir barqaror 
sifatli xulq-atvorning ba‟zi tarkib topgan formalarini ko„rinadi. Bo„ yoshdagi 
katta bolalarda dastlabki aqliy tassavvur ham o„sa boradi. Maktabgacha tarbiya 
darida bolaning ijtimoiy, aqliy va axloqiy kamol toptirish uchun maktabda 
o„qishga tayyorlaydi. Bolalarni sistemali ta‟lim olishga psixologik jixatdan 
tayyorlash, ularda o„qishga xavas bilim olishga intilish bolalar muassasalarida 
ham oilada ham maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarda o„quvchi bo„lish, 
o„qiy boshlash va o„zi uchun yangi hayotga o„quvchi bola hayotiga qo„shilish 
istagi namayon bo„ladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin