Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

PSIXOGERONTOLOGIYA 
 Psixogerontologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy 
jixatdan S.Xoll asoslagan bo„lsa-da, lekin bu yo„nalishning o„ziga xos 
xususiyatlari to„g„risida Sitseron («Katta Katon yoki keksayish xaqida» 
asarida), I.I.Mechnikov («Optimizm etyudlari» kitobida), O„rta Osiyo
allomalari donolik, donishmandlik xaqidagi durdonalarida falsafiy fikr va 
muloxazalarni 
bildirganlar. 
Amerikalik 
psixolog 
S.Xoll 
(1846-1924) 
«Keksayish» monografiyasida amaliy va metodilogik ahamiyatga molik qator
g„oyalarni ilgari surgan. 


 Yigirmanchi asrning 30-yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy 
biologik tadqiqotlarning ko„payishi, shuningdek, inson kamolotiga shaxs
sifatida yondoshishning paydo bo„lishi psixogerontologiyaning rivojlanishiga 
alohida jarayon sifatida yondoshishning paydo bo„lishi psixogerontologiyaning 
rivojlanishiga birmuncha ta‟sir ko„rsatadi. 
Ana shu tariqa keksayishning tibbiy, ijtimoiy jixatidan yondoshish bilan
bir qatorda psixologik jabhasi jihatidan yondoshish ham vujudga keldi va
psixogerontologiyaning tadqiqot soxasi kengayib bordi, shu soha bo„yicha 
ingliz tilida maxsus jurnallar chiqa boshladi. 
Ilmiy izlanishlarning aksariyati keksayish davridagi odamlar shaxsining
xususiyatlari, diqqati, xotirasi, tafakkuri, aql-zakovatiga bag„ishlangan bo„lib, 
boshqa psixik xolatlar jarayonlar juda kam tadqiq qilingan. Xozir keksayish 
psixologiyasi hamda psixogerontologiyani ham Yosh psixologiyasi soxasiga 
taaluqli degan ikki xil ilmiy nazariya mavjud. Vaholangki, ular o„zaro bog„liq 
bo„lib bir-birini doimo ilmiy axborot va ma‟lumotlar bilan boyitib turadi. 
Psixogerontologiya 
fanida 
gerontologiya, 
involyusiya, 
geriatriya,
geregigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud.
Geriatriya evolyusiyaning teskarisi bo„lib, o„sishdan orqaga qaytishini 
ifodalaydi. Gerogigiena-keksaygan odamning salomatligini saqlash va 
mustaxkamlash soxasidir. Gerogigiena 
keksa odamlarda asab, ruxiy 
kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik-bir xil yoshdagi 
odamlarda ruxiy jarayonlarning turlicha ( xar-xil vaqt va muddat) namayon 
bo„lishidir. 
Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion omillari 
qatorida I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarini
kiritadi. D.Bromley insonni qarishi sikli uchta bosqichdan iborat bo„lishini
ta‟kidlaydi:
1) «ishdan xizmatdan uzoqlashish» (istexfo)- 66-70 yosh:
2) keksalik (70va undan katta yosh),
3) munkillagan keksalik (xasta keksalik va o„lim)- maksimum 110yosh.
SHu bilan birga keksayishning qonuniyatlari ham kashf qilingan, ular 
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. 
Geteroxronlik(xar-xil vaqtlilik)qonuni;
2. 
O„ziga xoslik qonuni;
3. Xilma-xillik qonuni.
I.V.Davidovskiy «Keksayish nima?» nomli asarida ta‟kidlaganidek, inson 
50-60 yoshga to„lganda yoki, undan oshgan chog„ida etuklikning kechikkan 
davriga kirib keladi. SHu yoshdagi odamlarining o„limini XVIII asrdagi 
tengdoshlari bilan taqqoslansa, ularning yashash va mexnat qilish imkoniyati 75 
yoshgacha uzayishi mumkin. CHunki xozirgi kunda nafaqani belgilash xaqiqiy
biologik qarish yoshidan 15-20 yil ilgarilab ketgan. Bu xol aqliy mehnat bilan
shug„ullangan ziyoli odamlarda yaqqol ko„zga tashlandi. I.V.Davidovskiy
fikricha, uzoq umr ko„ruvchilar asosan ozgina, faol, xarakatchan odamlar bo„lib,
havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor 
tinka quritar kassalliklardan xolis bo„ladilar.


Tadqiqotchi P.P.Lazerev 1928 yilda umr o„tishi bilan ko„ruv apparati
markaziy etnologiyasining xiralashuvini aytgan edi.
Keyinchalik, 1967 yilda amerikalik psixolog Gregori bu fikrni tajribadan
o„tkazdi va inson keksayishi bilan retseptor apparatining optik funksiyasi 
zaiflashadi, ko„ruv sezgisi va idrokini xirilashtiradi, dedi. Ko„zning rangni 
sezishi Yosh ulg„ayishi bilan o„zgarib boradi, xatto, rangni ajratish qobiliyati
sezilarli darajada pasayadi. 
SHuni aloxida ta‟kidlash kerakki, rang ajratish, spektr nurlarining 
yoyilishi Ibn Sino tomonidan tushuntirib berilgan, fan olamida geteroxronik
xususiyat kasb etib, spektrning qisqa va to„kis qismida (ko„k va qizil rangda)
aniqroq aks etadi. 
Psixogerontologik 
nuqtai-nazardan 
sezish 
vaqtini 
tadqiq 
qilgan 
E.N.Slkolov, E.I.Boyko, A.R.Luriyalar sezish vaqti yoki davrining informatsion 
funksiyasidan boshqa narsa emas deya xulosa chiqaradilar. 
Ular sezish vaqtining egri chiziqli ko„rsatkichlarini sxema tarzida ishlab 
chiqib, keksalik davriga xos ikkita xususiyatni chuqur tahlil qildilar. Xuddi
shunga o„xshash ma‟lumotlar D.Birron, D.,Botvinnik tajribalarida ham olingan. 
Psixogerontologiyada 
keksa 
erkak 
va 
ayollarning 
psixologik 
xususiyatlarini o„rganishda ko„proq test (sinov) dan foydalaniladi. Testlar o„z 
maqsadi, moxiyati hamda tizimiga binoan bir necha ko„rinishga ega: 
1)maqsadga yo„naltirilgan, bilim xajmini aniqlovchi standart testlar;
imtixon, sinov varaqasi;
2)insonning aql zakovatini o„lchashga moslashtirilgan aql testlari;
3)inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga mo„ljallangan testlar; 
4) inson iste‟dodi, iqtidori hamda qobiliyatining darajasini aniqqlashga 
qaratilgan testlar. 
Keksayish davrida odamlar psixologiyasini o„rganish testlar yordamida 
amalga oshishilishining sinaluvchilarda irodaviy kuch quvvat sarflash, aqliy 
zo„riqish, asabdan tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. SHu bilan birga
testlar kishilarda (rang-barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shug„ullanish xis
tuyg„usini uyg„otadi. Testlar bilan ishlashda vaqt cheklanganligi sababli ayrim 
nuqsonlarga yo„l qo„yiladi, lekin ularni aynan sinaluvchilarda muayyan vaqt 
o„tganidan keyin takror o„tkazilsa, kamchiliklar barham topishi mumkin. 
 Keksalar 
psixologiyasini 
tadqiq 
qilishga 
oid 
tajribalarda
psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng foydalanilmoqda. Nafaqa 
yoshiga to„lgan kishilarning ishni davom ettirish istagi va ulardan foydalanish
extiyoji tibbiyot va ruxiyat ilmi oldida bir qancha talablar qo„yadi. Bu talablar 
M.D.Aleksandrova va uning shogirdlari ta‟kidlaganidek, 60 yoshdan oshgan
odamlarning somatik sixatligi ularning ishlab chiqarishida qatnashishiga
qanchalik imkon berishini, insonning ruxiy salomatligi ishlashda qay darajada 
yordamlashuvini, sog„ldom keksa odamning psixofiziologik funksiyalari, psixik 
jarayonlari shaxsiy xususiyatlari va kasb korlik uchun mos kelish-kelmasligini 
aniqlashdan iboratdir. 
SHularning so„nggi qismini tadqiq qilish bevosita psixologlarning
zimmasida bo„lib, Yosh ulg„ayib borishiga qarab fiziologik funksiyalarning
o„zgarishini psixometriya ma‟lumotlariga tayanib muayyan usulda o„rganishi 


lozim. Bu usulda bir qancha elat, jamoa, xududning xuddi shu yoshdagi axolisi
bilan solishtiriladi. Tadqiqotning bu usuli ayrim ruxiy jarayonlargnning Yosh 
dinamikasini aniqlashga xizmat qiladi.
 Asab 
sistemasining 
qarishini 
V.D.Mixaylova 
I.A.Lukasheva, 
M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologik va gistologik tadqiqotlarida 
keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi o„zgarishi o„rganilgan bo„lib,
bu xol makrosopiya ma‟lumotlari asosida ifodalangan. 
Makrosapiya ma‟lumotlariga ko„ra: a) keksalik darida miyaning og„irligi 
20-30 % yangilashadi: 
b) bir davrning o„zida miya kalla suyagining xajmi o„rtasida kuchayadi; 
v) keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayadi; 
qo„zg„aladi, bular ayniqsa miya qobig„ining peshona qismida yaqqol ko„rinadi 
va etuk odamlarga qaraganda 3-4 ta yo„l qisqaradi; g) miyaning zichligi ortadi. 
Mikrosopiyaning natijalariga binoan: 1)nerv xujayralarining umumiy
miqdorni kamayadi, bu o„zgarish qobig„ining 3va 4 zonalarida aniq bilinadi; 
2)Purkin‟e xujayralarining miqdori keskin kamayadi, xujayralarning 
yo„qolishi etuk kishilarga nisbatan 25% ko„p bo„ladi; 3)nerv tolalari 
yo„g„onlashadi; 4)xabar olib boruvchi yo„lda mielin tolalari miqdori ozayadi. 
Sensor-perseptiv funksiyalarining qarishi.
Ko„rish funksiyasining Yosh davri dinamikasiga bag„ishlangan qator 
tadqiqotlar mavjud bo„lib, amerikalik psixologlar ko„rish tadqiqotining 
ma‟lumotlariga qaraganda, agar vaqt xech bir cheklanmasa, ko„ruv stimullarini 
idrok qilish 20-50yoshli odamlarda bir tekis, aniq va to„g„ri amalaga oshishi 
mumkin. Mabodo vaqt cheklangan bo„lsa, idrok qilinayotgan jism qisqa vaqt 
namoyish qilinsa, qo„zg„atuvchining kuchi o„zgarib tursa, yoshlar bilan kattalar 
o„rtasida keskin farq vujudga keladi.
Oddiy turmushda bu xol jismlarga uzoq muddat termilish imkoniyatini va
sun‟iy ko„rishdan foydalanish ko„ruv idroki pasayishining oldini oladi va
muvaqqat nerv uzilishiga barham beradi. L.E.Birrona, L.Botvinnik, quyidagicha
xulosa chiqardilar: sensor informatsiyani qayta ishlash va stimullarni baxolash 
uchun keksa kishilarga bir necha kun vaqt kerak. Ko„rish pasayishining ikkita 
sababi bo„lib, birinchisi ko„z gavxarining torayishi, ikkinchisi ko„z 
akkomadatsiyasining yomonlashuvidir. 
S.Pakoning fikricha idrok qilinayotgan ob‟ekt va uning stimullari
qanchalik murakkablashib borsa, tajribada Yosh davrining farqlari shunchalik
ortib boradi. 
Bir gurux psixologlarning o„qtirishicha, idrok funksiyasidagi Yosh 
davriga bog„liq pasayishining asosiy sabablaridan biri miya nuqtasining 
genostik zonasidagi neyronlar miqdorining kamayishidir. U Mayls va 
A.Uelford uning pasayishini aytganlar. 
Eshitish. Eshitish qobiliyatining eng yuqori darajasini 14-15 yoshlarga
to„g„ri keladi, undan keyingi kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. 
Ko„pgina olimlarning fikricha, inson yoshining ulg„ayishi bilan eshitishning
zaiflashuvi mo„„tadil xisoblanib, organizmning biologik qarishi bilan uzviy 
bog„liq ravishda kechadi.


Ishlab chiqarishdagi kuchli shovqin odamning eshitish qobiliyatini 
yomonlashtiradi. Eshitish o„quvini yo„qotish erkaklarda ayollarga qaraganda 
ko„p uchraydi.
Ta‟m bilish sezgisida ham Yosh va keksalik tufayli ayrim o„zgarishlar 
vujudga keladi. Masalan, nordon, shirin va achchiqni sezish 50 yoshgacha 
keskin o„zgarmasada, lekin undan keyingi davrda maza so„rgichlari
miqdorining kamayishi evaziga sezgi chegaralarining kengayishi sodir bo„ladi. 
Hid sezgilarining o„zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida 
karaxtlikning boshlanishidir. 
Bundan tashqari, hid bilish sezgirligi kamayishining sabalari xavoning
ifloslanishi, zaxarli va qo„lansa hidli moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-
ovqatda A vitamin etishmasligidir. Keksayganda og„riq va teri –tuyish sezgilari 
ham pasayadi. Tebranish sezgilari ham Yosh o„tgan sari yomonlashadi, orqa 
miyaning orqa qismlaridagi vegetativ o„zgarish ana shu xolatni keltirib
chiqaradi. 
Keksayish davriga 61 (56)-74 yoshli erkak va ayollar kiradilar.
  Bu davrdagi kishilar xilma-xil xususiyatlari,shaxslararo munosabatlari 
bilan boshqa davrlardagilardan ajralib turadi. 
Mazkur yoshdagilarni shartli ravishda ikkita katta guruxga ajratish 
mumkin:
a) mutlaqo isxtefoga chiqqan, ijtimoiy faol bo„lmagan erkak va ayollar;
b) nafaqaxo„r erkak va ayollar ijtimoiy hayotning u yoki bu jabxalarida
faoliyat ko„rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar. Ularning xis-
tuyg„ulari yashash tarziga muvofiq namayon bo„ladi.
Ularning xis-tuyg„ulari vujudga kelishi jixatidan ikki xildir: 1)barqaror 
kayfiyat, xotirjamlik tuyg„usiga ega bo„lgan, o„z qadr -qimmatini saqlayotgan 
nufuz talab erkak va ayollar:
2) kayfiyati barqaror, osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga aylangan, 
tabiat va jamiyat go„zalliklaridan baxramand bo„layotgan ijtimoiy faoliyatidan 
qariyib uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar. 
Ularning bir guruxi moddiy boylik bilan qanoat xosil qilgan erkak va 
ayollardan iboratdir.
Mazkur yoshda yuzaga keladigan inqiroz zaiflashuvi psixik 
jarayonlarning ham o„zgarishiga olib keladi. 
Ruxiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo„ladi. 
Erkak va ayollar o„rtasida farqlar borgan sari yaqqol ko„zga tashlana 
boshlaydi. 
Bu farqlarni bilish jarayonlari(sezgi, idrok, xotira,tafakkur), axloqqacha 
(farosatlilik, xushyorlik, xozirjavoblik, topqirlik)va aql zakovat (aql, bilim, 
ijtimoiy tajriba, maxorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka ) kabi ruxiy xolatlarda 
o„z aksini topadi. 
Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy
zaiflikdan tashqari boshqa ruxiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib turadi.
Ko„z yoshi quvonchdan bo„lsa irodaning zaifligini ko„rsatadi, g„am-g„ussa,
o„kinch, tuyg„u sababli bo„lsa xis-tuyg„uni boshqarish imkoniyati yo„qligini 
ko„rsatadi. 


Ayollarning tabiiy azobdan (tug„ish, bola tarbiyasi) tashqari xizmat, oila 
tashvishi, yumushi, mexr-muxabbatga otashligi, nozik qalbi tashqi 
qo„zg„atuvchilarga tez javob beruvchanligi jixatdan ertaroq qarishga olib keladi 
(asab sistemasining buzilishi, irodaviy zo„riqish, aqliy tanglik xolatlari). 
Psixologlar keksayish davridagi erkak va ayollarning ruxiy dunyosini 
o„rganish bo„yicha tadqiqot ishlari olib borganlar. 
Amerikalik V.SHevchuk mazkur yoshdagi odamlarning ijtimoiy 
faoliyatida qatnashishi xususiyatini tekshirib, 65 yoshlilarning 24,1% 70 
yoshlililarning 17,4%, 75 yoshlarning 7,7% ijtimoiy faoliyatdan voz 
kechganligini aniqlagan. 
Oliy maktab muallimlarining ilmiy maxsuldorligi M.D.Aleksandrova 
matematika, fizika, biologiya, psixologiya, va boshqa soxalarning vakillari 
o„rtasida keksayishning birinchi bosqichida (61-66 yoshlarda) bir oz mavjud 
bo„lsa-da, uning ikkinchi bosqichida (67-72yoshlarda)o„sha tafovut ham 
yo„qolib borishini ta‟kidlaydi. L.I.Zaxarova esa keksayish davridagi erkak va 
ayollarning oliy nerv faoliyatini tekshirib, ularda ranglarni ko„rish 
maydonining chegarasi uchun quyidagilar muhim rol o„ynashini uqtiradi: 
1. 
Ko„rish yo„llari analizatori chekka qismlarining xolati; 
2. 
Markaziy nerv sistemasining umumiy faolligi; 
3. 
Insonning yoshi; 
4. 
Ko„rish analizatorlariningfaoliyat ko„rsatish sharoiti; 
5. 
Insonning jinsi. 
Amaerikalik psixolog D.Veksler keksayishida aqlni o„lchash uchun 1939 
yilda maxsus test ishlab chiqqan va «Katta kishilar aqlini o„lchash va baxolash» 
nomli kitobida test o„tkazish uslubiyatini batafsil bayon qilgan. 
D.Veksler tavsiya qilgan formulaga binoan har qanday yoshdagi 
shaxsning aqliy kamolot darajasini mazkur yoshga munosib tarzda ishlab chiqsa 
bo„ladi. 
Buning uchun muallif aql koeffitsenti atamasidan foydalaniladi: 
D.Veksler shkalasi bo„yicha AD-aqliy ko„rsatkichini, KD-(keksayish 
darajasi) esa shaxsning kalendar yoshini anglatib keladi. 
«Veksler batareyasi» 11 ta subtestdan iborat bo„lib, ulardan 7 tasi verbal
so„zlardan tuzilgan, 4tasi noverbal (alomatlardan iborat)dir. 
Barcha ko„rsatkichlar bo„yicha eng yuqori natijaga 15-25 yoshlilar, 
boshqa ma‟lumotlarga ko„ra 26-29 yoshlilar erishadilar:keyin 40-45 dan asta-
sekin pasayish boshlanadi: 60-65 yoshlarda bu ko„rsatkich kuyiga tushadi. 
D.Veksler keskin o„zgaruvchan va kam o„zgaruvchan Yosh davri 
funksiyalariga aloxida e‟tibor beradi. 
Birinchisiga qisqa muddatli xotira, o„xshashlik, simvollar,Koss 
kubchalari: ikkinchisiga-lug„at boyligi, umumiy ma‟lumotlilik, rasm tuzish 
(tartibga keltirish ma‟nosida), tugallanmagan rasmlarni idrok qilish kiradi. 
Mazkur variatsiyalardan foydalanib, eksperimental psixologiyada yangi 
ko„rsatkich kiritishni taklif qiladi, u deterioratsiya koeffitsenti deb ataydi, 
(deterioratsiya-yomonlashuv, buzilish, demakdir): barqaror ko„rsatkich, 
Yosh odamlarda mazkur koeffitsent 5%dan oshmaydi, keksalarda esa 
20%ga yaqinlashadi. 


Ko„rinib turibdiki, Yosh ulg„ayishi bilan nomutanosiblik darajasi o„sib 
boradi. 
D.Veksler testi to„g„risida xar-xil tanqidiy muloxazalar mavjud bo„lsa-da, 
lekin muallifning yoshlarga tatbiq qilgan testi ularning aqliy tayyorgarligi 
darajasini, o„qishga o„quvliligini bildirsa, keksalarda u hayotiy tajribalarga 
asoslangan donishmandlikni angladi, degan fikr to„g„ridir. 
 Keksalik davriga 75-90 yoshdagi erkak va ayollar (buva va buvilar) kiradi 
va bunday odamlarning boshqa Yosh darlaridagi odamlardan keskin 
farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko„zga tashlanadi. 
Keksalarni jismoniy va aqliy faolikka moyil hamda passiv turmush tarziga 
ko„nikkan qariyalar guruxlariga ajratish mumkin. 
Ijtimoiy faollik faxriylar jamoasida, kasbiy jamoalar faoliyatida 
qatnashishida o„z ifodasini topadi. 
Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuyg„usi paydo bo„ladi va bu 
xol faollikni, istiqbol rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi. 
Lekin «O„g„limni uylantirsam, dunyodan armonim yo„q» qabilidagi 
muloxazalar doimiy odatga aylanib qolgan. 
Keksalarning ikkinchi muhim xususiyati betoblikda, vasiyat qilish, 
qarindosh urug„lardan rozi-rizolik tilashishdir. Jismoniy xarakat imkoniyatiga 
ega bo„lgan qariyalar mexnat qilishga intiladilar, biroq uning maxsulidan 
ko„ngillari sira to„lmaydi. Ular tarixiy voqealarni tipik sifatida batafsil bayon 
qilib beradilar. 
Nutqdagi juz‟iy kamchiliklarni xisobga olmaganda (ayrim mantiqiy 
bog„lanishdagi nuqson, talaffuzning buzilishi) keng ko„lamdagi axborotlarni 
o„zgalarga uzatish imkoniyatiga ega. 
Biologik qarish psixik jarayonlar, xolatlar, xususiyatlar, va xatti-
xarakatlarda keskin o„zgarishlarni vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari 
zaiflashadi, asab sistemasi kuchsizlanadi, ma‟lumotlarni qabul qilish (xotira) va 
ularni qayta ishlash, mohiyatini anglash (tafakkkur),u yoki bu xolatlarga 
nigohini to„plash va unda muayyan muddat tutib turish (diqqat) qiyinlashadi.
Irodaning kuchsizlanishi og„riq sezgilariga nisbatan bardoshlilik 
tuyg„usini emira boshlaydi. Natijada tashqi ta‟sirni qabul qilishda diqqatni 
saralash xususiyati o„z ahamiyatini yo„qotib borishi sabali qari odam bola tabiat, 
arazchan, ko„ngli bo„sh, xissiyotga beriluvchan xarakterli bo„lib qoladi. 
SHuning uchun ular bilan muloqotga kirishishda mazkur shaxsning 
sifatlarini xisobga olish maqsadga muvofiqdir. Xotiraning zaiflashuvi 
qariyalarga xayolparastlik illatini keltirib chiqaradi ko„pincha esda olib qolish, 
esda saqlash va esaga tushirish o„rtasida ko„pgina sabablarga ko„ra 
nomutanosblik tug„iladi, natijada unutish jarayoni kuchayadi. Diqqatni muayyan 
ob‟ektga to„play olmaslik oqibatida biron faoliyat turi ustida uzoq mashg„ul 
bo„la ololmaslik vujudga keladi. Narsa va jismlarni noto„g„ri idrok qilish, ya‟ni 
illyuziyalar ko„proq o„rin egallaydi. 
SHuning uchun keksayganda «jon shirin bo„lib qoladi». «Keksalikda er-
xotin munosabati yaanada mustaxkamlanadi, yangi shakl va yangi sifat kasb 
etadi. Muloqot kezida barcha taxssurotlar, ma‟lumotlar, kechinmalar, xis-


tuyg„ular yuzasidan fikr almashadilar. Bir-birlarini qo„msash, hamdardlik kabi 
yuksak tuyg„ular yanada mustaxkamlanadi. 
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilirga, begonalarga ham 
xayrixoxlik bildirishdir. 
Ana shu yuksak insonparvarlik xissi tufayli ular er yuzidagi jamiki inson 
hayotiga yaxshilik tilaydilar. 
Bu so„nggi yuksak tuyg„u baynalminalchilikning tabiiy ko„rinishidir.
Qariyalardagi raxmdillik, poklik, orastalik, muloyimlik, samimiylik singari
tuyg„ularning ifodalanishi boshqa Yosh davridagi odamlar tuyg„usiga aslo
o„xshamaydi. «SHuning uchun qari bilganni-pari bilmas»,-degan naql bor.
Yirik jaxon psixologlari S.Pako, G.Offore, L.Bine, U. Maynot, E.Medavir, 
A.Kamfort, I.V.Davidovskiy, B.G.Anan‟ev, N.V.Nagorniy, E.D.Aleksandrova 
va boshqalar uzoq umr ko„rish sirlarini ekologik omillar orqali tushuntirishga 
xarakat qiladilar. 
Aksariyat olimlarning fikricha, ekologik omillar insonning yashash 
sharoitiga, kamol topishiga, bevosita yoki bilvosita ta‟sir qiladigan omillardir.
Insonning ijtiomiy muhiti sharoitlari ichiga kasb mehnati, turmush tarzi,
madaniyati va ma‟naviyati kabilar kiradi. 
Jaxon fani to„plagan ma‟lumolarga ko„ra ochiq zavodda ortiqcha 
zo„riqishsiz jismoniy mehnat bilan shug„ullangan odamlarda xarakatning tezligi, 
qad-qomatining tikligi, ma‟naviy tetiklik, ruxiy faollik saqlanadi. Mana shu xolat
jismoniy tarbiya bilan doimiy shug„ullanuvchi kishilarda ham bo„ladi. 
«Umrni o„zaytirish muammolari » nomli (1952)kitobida dog„istonliklarda
uzoq umr ko„rishning asosiy sabablari quyidagilar ekani ta‟kidlangan: 
1. 
respublikaning tog„li qismidagi iqlim sharoiti va jo„g„rofiy omillar; 
2. 
Sutkasiga 3-4 marta iste‟mol qilinadigan go„shtli, o„simlik ,moyli va 
sutli oziq-ovqatlar, chekishning, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning taqiqlangani; 
3. 
Avloddan-avlodga asrlar davomida o„tib kelayotgan madaniy 
an‟analar, o„ziga xos turmush tarzi va uning xususiyatlari;
4. 
Gigienaning barcha qonun va qoidalariga rioya qilinishi va butun 
umr bo„yi jismoniy mehnat bilan shug„ullanish; 
5. 
Bir maromda ham passiv, ham faol xordiq chiqarish; 
6. 
Axoli turmush darajasining moddiy-maishiy jixatidan yaqinlashishi 
va xokozolar.
Umrining uzayishiga, shaxsda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga 
yordam beradi, aqliy mexnat bilan doimo shug„ullanuvchi keksa odamlarda 
mantiqiy xotira saqlanadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin