Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


Muammoli savol: O„smirlik davridagi jins tafovutlari nimalardan



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

Muammoli savol: O„smirlik davridagi jins tafovutlari nimalardan 
iborat? 
O„g„il bolalarda 11 yoshda 1900-2000 ml; 15 yoshda 2600-2700ml 
shuning uchun nafas olish xar daqiqada 2 marta kamayadi. O„g„il bolalar
qorin bilan, qizlar esa ko„krak bilan nafas ola boshlaydilar.
Kislarodga ochlik o„smirning psixik faoliyatiga ta‟sir etib, miya muskul 
sistemasidan farqli ravishda kislaroddan bir necha marta ko„p iste‟mol qiladi. 
Ana shuning uchun ham yaxshilab shamollatilmagan va ko„p o„quvchi 
o„qiydigan sinfxonalarda o„smirlar tez charchaydilar va ish qobiliyatlar tez 
susayadi. Natijada bola darsga quloq solib o„tirmasligi, intizomga rioya 
qilmasligi mumkin. 


O„smirlarning yurakning xajmi va tiriklik sig„imi xar yili 25% 
kattalashib boradi. 
Mazkur davrda tananing umumiy xajmidan 7-8%ni qon tashkil qiladi.
Qon bosimi birmuncha oshadi, simob ustunining 110-115 mm darajasida 
bo„ladi. YUrak qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi. Masalan, 11 
yoshda daqiqada 85-90 marta urgan bo„lsa, 14-15 yoshlarda 70 martagacha 
pasayadi.
O„smirlarning jismoniy jihatdan o„sishida jinsiy balog„atga etish katta
rol o„ynaydi. Jinsiy etilishning boshlanishi ko„p jixatdan iqlimga va milliy-
etnografik omillarga va shu bilan birga individual hayot xususiyatlariga
(sog„ligiga, boshdan kechirgan kasalliklar, ovqatlanishga, mexnat va dam olish 
rejimiga, tevarak-atrofdagi sharoitga va boshqalarga) bog„liqdir. Jinsiy 
etilishning boshlanishi davri o„g„il bolalarda 12-13 yoshga, qiz bolalarda 11-12 
yoshga to„g„ri keladi. Ko„pchilik o„g„il bolalar xozirgi vaqtda jinsiy jixatdan 15-
16 yoshda, qiz bolalar esa, 13-14 yoshda etilyapdilar. Natijada boshqa jinsga 
qiziqish ortadi, orzu, xoxish, nozik tuyg„u, sog„inish, iztirob kabi kechinmalar 
paydo bo„ladi. 
O„smirlar jinsiy, etilish sirlarining 17%ni ota-onadan, 9%ni 
o„qituvchilardan, 4%ni maktab vrachidan va qolgan yashirin jixatlari, xolatlari 
to„g„risidagi ma‟lumotlarni ko„cha kuydan, o„rtoqlari va dugonalaridan eshitib 
bilib oladilar. 
  SHaxsning axloqiy jixatdan intensiv tarkib topishi, xatti-xarakatlarining 
axloqiy etnik nomalarini o„zlashtirish o„smirlik yoshining muhim psixologik 
xarakteristikalaridandir.
O„smirlik yoshida faqat jismoniy taraqiyot yuzaga kelmay, balki bolaning 
shaxsi ham sezilarli rivojlanadi. Bola shaxsining rivojlanishi tevarak-atrofdagi 
voqelikning ta‟siri ortida maktabdagi, ta‟lim tarbiya jarayonining ta‟sirida, 
kolektiv va tarbiyachilarning g„oyaviy raxbarligi ostida amalga oshadi.
O„smirlik 
yoshi 
xatti-xarakatlarida 
suyana 
boshlaydigan
dunyoqarashlarning, ma‟naviy e‟tiqod, prinsip, qoida, idealarining, baxolash,
muloxazalari sistemasining tarkib topishi davridir. Agar kichik maktab 
yoshidalik davrida u kattalarning, ya‟ni o„qituvchilar va ota-onalarning
bevosita ko„rsatmalari bilan, yoki o„zining tasodifiy va impulsiv istaklari ta‟siri 
bilan xarakat qilgan bo„lsa, endilikda uning uchun o„z xatti-xarakatlarining 
prinsipi, o„zining qarashlari va e‟tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi.
O„qituvchi va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda 
axloqiy ong taraqqiyotiga zamin qo„yiladi.
O„smir turli narsalarni mutlaqo aniq differensiallaydi. Agar tanaffus 
paytida o„ynab turib stulni sindirib qo„ysa va uni ustaxonada tuzatish lozim 
bo„lsa, bu jazo emas. Agar o„zining iflos qilgan joyini supurishga majbur 
qilinsa bu ham jazo emas. Bularning mantiqi o„smir uchun ravshan, ya‟ni bu 
jazolash emas, balki xati-xarakatlarining natijalarini tuzatishdir. 
Psixologlar o„z oldilariga o„smirlar ma‟naviy ongining mazmunini, 
ularning axloqiy tushunchalari va tasavvurlarini o„rganish vazifasini qo„yganlar. 
Tadqiqotlar umuman o„smirlar ma‟naviy ongining yuksak darajada ekanligini
ko„rsatadi. O„smirlarning ko„pchilik qismi yoshlarga munosib ma‟naviy 


tushunchalarni to„g„ri tushunadilar. Bir necha misollar keltiramiz; qat‟iylik- 
«bu, odam eng qiyin ishlarni amalga oshirishga kirishganda, uning xech qanday 
muvaffaqiyatsizlikdan qo„rqmay ishni oxirigacha olib borishida ko„rinadigan 
xususiyatdir» (12yosh) «qatiylik yaxshi odamda ham rivojlanadi, ammo yomon 
odamda yomon ishlarga, yaxshi odamda esa yaxshi ishlarga xizmat qiladi.» 
(12yosh) o„smirlik yoshining oxiriga kelib chuqur anglashlik darajasi, albatta,
sezilarli o„sadi. «Kamtarlik-bu, o„ziga oqilona baxo bera bilish, o„z-o„ziga va 
xatti-xarakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo„lishdir». 
E‟tiqod va dunyoqarashning tarkib topishi bilan chambarchas bog„langan 
xolda o„smirlarning axloqiy ideallari ham yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar
etarli darajada chuqur, mazmundor, faoldir va bu ideallar o„ziga xos axloqiy
etalon bo„lib xizmat qiladi, o„smir esa o„z xatti-xarakatlarini ana shu etalon 
bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi o„smirlar uchun odatda qandaydir konkret 
bir kishi ideal bo„ladi. Bu odam o„smir yuksak darajada baxolaydigan sifatlarni 
o„zida gavdalantirgan bo„ladi. Ko„pgina bunday ideal ota-onalar,
o„qituvchilar
yoki 
yaxshi 
ko„radigan kitobidagi va kinofilmidagi 
qaxramonlardir.
O„smirlar o„zlarining kelajakdagi hayot va faoliyatlarini o„z orzularida
loyixalashtiradilar. Katta ishlar va qaxramonona kasb kishilari fan va mexnat 
kishilari o„smirlarimizning aql-xushini o„rab olgandir. Bu mamlakatimiz
hayotidagi keng va chuqur ijtimoiy xodisalar bilan xozirgi vaqtdagi xaqiqiy 
qaxramonona ishlar bilan bog„liqdir. So„nggi yillarda o„smirlarning 
qaxramonlik xaqidagi orzu va umidlari tobora ko„proq o„z hayotini fazoni zabt 
etishga, raketa texnikasiga, quvvatning yangi turlaridan foydalanishga, ximiya, 
fizika, biologiya va meditsina soxalari bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish 
bilan bog„lanmoqda. O„smirlarimizning orzulari ularning mamlakatimiz 
hayotida, ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishi uchun bo„lgan ishtilishlardan 
darak bermoqda.
O„smir o„g„il bolalarda jasorat ko„rsatishiga, oliftalikka moyil 
bo„ladilar. Bu narsa ba‟zan xatto jiddiy ravishda intizomni buzishga olib keladi. 
Ular: jassurlik yoki dadillik bu, hayotni xavf ostida qoldirib xarakat qilish, 
nima uchun bo„lishidan qatiy nazar , bari-bir odamning eng xavfli ishga 
kirishidan iboratdir deb xisoblaydilar. Bunda eng muhimi qo„rqmaslik hech
kimga keragi yo„q mardlikdir, lekin xar xolda mardlik. Oqilona qo„rqoqlikdan 
axmoqona mardlik yaxshidir.
Bunga misol tariqasida qo„yidagi hayotiy voqeani keltirish mumkin: 
maktablardan birida o„smir bolalar shunday bir mashqni o„ylab chiqarishgan:
to„rtinchi qavatdagi balkondan uchinchi qavatdagi balkonga sakrab tushishardi, 
ular qo„lda osilib turib, u yoki bu yoqqa tebranib, so„ng sakrashadi. Nima 
sababdan ular bu ishni qilganlarini bilish uchun direktor bu bolalarni o„z 
kabinetiga chaqirdi. Dastavval bolalar urishib berishadi deb indamay turishdi, 
lekin bir ozdan so„ng dadillanib, bu qilgan ishlari «jasurlik attestati uchun 
imtixon» ekanini gapira boshlaydilar. Kim bu ishni qilgan bo„lsa, u jassur, kim 
bu ishni qilmagan bo„lsa, u qo„rqoq. Juda ko„p noxush minutlarni boshdan 
kechirgan direktor bolalarga bunday deydi: «Mana bunday desak, sizlarga 
qanday tuyularkin, kimki bu ishni qilgan bo„lsa, u axmoq, agarda kim qilmagan 


bo„lsa, u aqlli». Bolalar bunga shunday javob qaytarishdi: «Nima ham der edik, 
meni qo„rqoq degandan ko„ra, yaxshisi axmoq deb xisoblab qo„ya qoling». 
O„smirlik yoshida, ya‟ni odam shaxs sifatida tarkib topayotgan bir 
paytda o„zini kattalardek xis qilishi, kattalarning irodalarga qarshi tura olishini
anglash muhimdir. Katta yoshli o„smirlardan biri o„qituvchining oldida 
kechirim so„rashni talab qilayotgan direktor bilan bo„lgan suxbatda mag„rur 
ravishda bunday deydi: «Men prinsipial odamman, men hayotimda xech qachon 
va xech kimning oldida kechirim so„ragan odammasman!». Bularning hammasi 
o„ziga xos axloqiy dunyoqarashdan iboratdir. Psixologlar o„smirlarning 
xarakteristikalari bilan tanishganlaridan so„ng shu narsa ma‟lum bo„ldiki, 
o„smirlarning xarakteristikalari xatti-xarakatlari bilan to„la mos keladi, ya‟ni 
ularning axloqiy ongi xatti- xarakatlari darajasiga «o„sib chiqib», xatti-
xarakatlarni belgilaydi. So„nggi paytlarda L.N. Desev o„smirlarning axloqiy 
tushunchalari mzmunini tadqiqot qilib (A.G. Kovalov raxbarligi ostida), 
ularning axloqiy kategoriyalarni tushunishlari ko„pincha yuzaki, formal 
xarakterga ega ekanligini ko„rsatib berdi. 
  O„zini anglash extiyoji hayot extiyojlaridan va amaliy faoliyatlaridan
kelib chiqadi. O„zini anglash kattalarning, guruhning o„sib borayotgan 
extiyojlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy hayot va jamoaga bo„lgan qiziqishning 
rivojlanishi munosabati bilan o„smirlarda o„z imkoniyatlariga baxo berish, 
jamoada o„z o„rnini aniqlash, xatti-xarakatlari va o„z shaxsining qanday 
xususiyatlari uning oldiga qo„yiladigan talablarga yuksak darajada javob 
berishga yordam berishi yoki xalaqit berishini anglash extiyoji paydo bo„ladi. 
O„smirlarda o„zini anglashning rivojlanishi ularning o„z xatti-xaraktlarini 
anglashlaridan boshlanadi. Dastlabki paytlarda o„smirlarning o„zini anglashi 
asosida uning xaqida boshqa odamlarning, kattalarning (o„qituvchilar, ota-
onalarning), jamoaning va o„rtoqlarining muloxazalari yotadi. Kichik yoshdagi
o„smir o„ziga go„yo atrofdagi odamlarning ko„zi bilan qaraydi. Yosh ulg„ayishi 
bilan o„z shaxsini mustaqil tahlil qilish va baxolash tendensiyasi boshlanadi. 
Nixoyat, shaxsning ko„p tomonlama munosabatlarini ifodalovchi murakkab 
sintetik 
sifatlar 

burch 
xissi, 
qadr-qiymat, 
va 
vijdon 
xissi, 
prinsipiallik)anglanadi. SHaxsni tobora kengayib boradigan sifatlarini
anglashdagi bunday izchillik ma‟lum va uni osongina tushuntirib berish 
mumkin.
O„smirlik yoshiga o„tish o„quvchilarning o„qish faoliyatidagi muhim qayta 
o„zgarishlar bilan bog„liqdir. O„qish faoliyatining yangi va yuqoriroq bosqichi 
uning mustaqillik darajasi bilan belgilanadi. D.B.Elkonin, T.V.Dragunova va 
boshqa psixologlar materiallarining ko„rsatishicha, o„smirlik yoshining dastlabki 
davrida o„qish faoliyati taraqqiyotining bosqichlarida juda katta xar xillikni 
kuzatish mumkin. Mustaqil ishlarni elementar darajada ham tashkil qila 
olmaydigan, nihoyatda past, quyi bosqichdan boshlab, mustaqil ishlar fakat uy 
vazifalarini bajarishda kuzatiladigan qator oraliq shakllardan o„tib, yangi 
materiallar va xatto bilimlarning yangi sohalari (astronomiya, mexanika, 
radiotexnika) mustaqil o„zlashtiriladigan eng yuksak bosqichlarni kuzatish 
mumkin. O„smirlik yoshining boshlanishi o„qish faoliyati eng yuksak 
boskichining tarkib topa boshlashi bilan bog„lanadi. O„smir uchun bilish 


extiyojlarini qondirishga qaratilgan mustaqil bilim orttirish tarzidagi o„qish 
faoliyatining ma‟nosi sekin-asta ochila boshlaydi. 
Vokelikka bo„lgan ongli munosabatning umuman o„sishi bilan 
o„smirlarning o„qishga bo„lgan ongli munosabatlari sezilarli darajada kuchayadi. 
O„zlarining o„qish faoliyatlarida ular sekin-astalik bilan shaxsiy ma‟no kasb 
etadigan xaqiqiy, chukur bilimlar bilan yangicha munosabatlarda bog„langan 
yangi, yuksakrok bosqichga ko„tariladilar. Rus psixologlarining tadqiqotlari 
shuni belgilab berdiki, o„smirlar o„qish faoliyatining motivlari murakkab 
tuzilishga egadir. O„smirlar o„qish faoliyatining motivlari tarkibiga keng ijtimoiy 
motivlar (bilim orttirishning ijtimoiy jixatdan muhim ekanini anglash, mustaqil 
hayot va mehnatga tayyorlanish uchun o„qish zarurligi), aslida muvaffaqiyatga 
intilish, izzat nafs bilan bog„lik bo„lgan bilish motivlari va shaxsiy motivlar 
(bolalar jamoasida obro„ qozonishga intilish va rahbarlik rolini o„ynash) birga 
ko„shilib ketgandir. Bunda ba‟zan qarama-qarshilik kuzatiladi. Bilim orttirishga 
bo„lgan intilish maktabdagi o„qishga befarq yoki hatto salbiy munosabatda 
bo„lish 
bilan, 
maktabdagi 
baholarga 
«xushchaqchaq-mensimaslik» 
(D.B.Elkonin) munosabati bilan aralashib qo„shilib ketishi mumkin. Bu 
o„qishdagi u yoki bu xildagi muvaffaqiyatsizlikka, o„qituvchi bilan bo„lgan 
nizoga nisbatan o„ziga xos reaksiya bo„lishi mumkin. O„smir odatda o„zining 
o„qishdagi muvaffakiyatsizliklarini qattiq ichdan kechiradi, lekin uning izzat 
nafsi ba‟zan bu muvaffakiyatsizlikka bo„lgan xaqiqiy munosabatni niqoblash 
xoxishini tug„diradi. Natijada o„quvchi o„qishdagi muvaffakiyatlarga o„zini 
mutlaqo befarqdek va beparvodek tutadi, xatto soxta mardlik ko„rsatmoqchi 
bo„ladi.
Nihoyat, o„smir xotirasining o„ziga xos xususiyati ancha murakkab 
assotsiatsiyalarni, yangi materialning eskisi bilan bog„lanishini aniqlash, yangi 
materialni bilimlar sistemasiga kiritishdir. YU.A.Samarin va uning xodimlari 
bilimlar tizimini tarkib toptirish jarayoni xar xil darajadagi assotsiatsiyalarni 
belgilab olishga aoslanishini aniqlaganlar. O„smir kichik maktab yoshidagi bola 
uchun xarakterli bo„lgan ayrim assotsiatsiyalar (YU.A.Samarinning fikricha, 
lokal assotsiatsiyalar) va alohida sistemali assotsiatsiyalar (bir-biridan ajralgan 
xolda mavjud bo„ladigan alohida masalalarga doir xususiy bilimlar) xosil 
kilishdan ancha yukori darajada-fanlar ichidagi (sistemalar ichidagi) 
assotsiatsiyalarni (o„quv predmeti ichidagi bilimlarini aks ettiruvchi 
assotsiatsiyalarni) tarkib toptirish darajasiga o„tadi, o„smirlik yoshining oxirida 
eng yuksak darajaga-fanlararo (sistemalararo) assotsiatsiyalarga o„tish uchun 
sharoit yaratiladi. Bu turli o„quv predmetlarining materiallarini bir-biri bilan 
bog„lash, xar xil fanlardan beriladigan bilimlarning umumiyligini, birligini 
tushunish imkonini beradi. 
Diqqatning taraqqiy etishi ma‟lum ziddiyatlari bilan: bir tomondan, 
o„smirlik yoshida barqaror, ixtiyoriy diqqatning tarkib topishi bilan, boshqa 
tomondan, o„smirdagi taassurotlar, kechinmalar, jo„shqin aktivlik va impulsivlik 
ko„pincha beqaror diqqatga olib borishi bilan, uning tez chalg„ishi bilan ajralib 
turadi. Hamma narsa ish sharoitiga, materialning mazmuniga, o„quvchining 
kayfiyati va psixik xolatiga, uning ishga bo„lgan munosabatiga bog„liq bo„ladi. 
Diqqatning tanlovchilik qobiliyati, ya‟ni uning turlicha xarakteristikasi o„sha 


narsaga bo„lgan qiziqish ko„lami va darajasiga bog„liq bo„lishi o„smirda juda 
yaqqol ifodalangan. Bu darsda (uzi yoktirmagan darsda) e‟tiborsiz va 
parishonxotir bo„lib o„tirgan o„quvchi boshqa, o„zi yaxshi ko„rgan darsda 
nihoyatda, xushyor, fikrini bir erga to„plab olib, hech narsaga mutlaqo 
chalg„imasdan bemalol ishlashi mumkin.
Tadqiqotlar shuni kursatdiki, o„smirlik yoshida diqqatning kulami
shuningdek, diqqatni bir operatsiyadan boshka operatsiyaga karatish, 
faoliyatning bir turidan boshka turiga jalb etish kobiliyati sezilarli darajada 
ortadi. Kichik maktab yoshidagi o„quvchilardan farkli ularok, o„smir uchun 
odatda uz faoliyatini uzgartirishga kandaydir aloxida psixologik tayyorgarlik 
kurish talab etilmaydi.
Diqqatni tashkil etishning eng yaxshi usuli o„qituvchining qandaydir 
aloxida usullarni kullanishga emas, balki o„kish faoliyatini o„smirda diqqatni 
uzoq vaqt mobaynida biror narsaga chalg„itish uchun na vakt, na istak va na 
imkoniyat qolmaydigan qilib uyushtira olishiga bog„likdir. Qiziqarli ish, 
qiziqarli dars o„smirni shunchalik qamrab olishga qodirki, u juda uzok vaqt 
davomida zo„r ishtiyoq bilan ishlaydi. SHunisi ham borki, o„smir uchun qiziqarli 
bo„lgan narsa-hamisha ham shunchaki qiziqarli narsa emas. Ishning bir turidan 
boshqa turiga vaqti-vaqti bilan o„tib turiladigan mazmunli mashg„ulotlar, aktiv 
bilish faoliyati, ana shu narsa darsni o„smir uchun qiziqarli darsga aylantiradi, 
ana shuning o„zi uning diqqatini uyushtirishga yordam beradi. N.F.Dobrыnin va 
uning xodimlarining tadqiqotlari shuni ko„rsatadiki, o„smirlar irodaviy zo„r 
berish bilan ushlab turiladigan ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat deb ataladigan 
diqqatga tobora ko„prok o„tib bormokdalar. Bu diqqat oldindan uylab quyilgan 
va muayyan maqsadga qaratilgan diqqat bo„lib, ishga «kashfiyotlar»ga bo„lgan 
qiziqishning asta-sekin ortib boishi asosida yuzaga keladi, shunga ko„ra ham bu 
diqqatni tutib turish uchun irodaviy kuch sarflash talab etilmaydi. 
O„smirlik yoshida fikrlash faoliyatida muhim siljishlar yuz beradi. Kichik 
maktab yoshida erishilgan tafakkur taraqqiyotining darajasi o„smirga fan 
asoslarini muvaffaqiyatli va sistemali o„rganish imkonini beradi. O„rganiladigan 
fanlarning mazmuni va o„quv kurslari tuzilishining mantiki bilimlarni 
uzlashtirishning yangi xarakterini, mustakil tafakkurga tayanishni talab etadi, 
abstraksiyalash va umumlashtirish, taqqoslash, mulohaza yuritish, xulosalar 
chiqarish, isbotlash qobiliyati zarur bo„ladi. Birok, shuni nazarda tutish kerakki, 
hamma o„smirlar ham isbotlovchi tafakkurga osongina utavermaydilar. Ulardan 
ba‟zilariga, masalan, umumlashtirilgan geometrik isbot goyasining uzi tushunarli 
bulmaydi: uzingning xak yoki noxak ekanligingni kurib turib ishonch xosil 
kilganingdan keyin isbotlab utirishning nima kerakgi bor? O„smirlardan biri 
hayron bo„lib, bunday deb javob bergan: «O„qituvchi doskaga ikkita teng 
uchburchakni chizadi va ularning teng ekanligini uzok vaktgacha tushuntirib 
utiradi». 
Umumlashtirilgan va muhokamali tafakkurni tarakkiy ettirish uchun 
matematikani o„qitish juda muhimdir. Algebrani sistemali tarzda o„rgana 
boshlash umumlashmani umumlashtirish bilan bog„lik bo„lgan yuqoriroq 
darajasiga o„tishga yoki ikki baravar abstraksiyaga o„tishga rag„batlantiradi 


(arifmetika predmetidan soni abstraksiyalashdir). Geometriyani o„rganish 
fikrlash, isbot qila bilish, mantiqan qat‟iy asoslash ko„nikmalarini o„stiradi.  

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin