Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


CHAQALOQLIK VA GO„DAKLIK DAVRLARI



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

CHAQALOQLIK VA GO„DAKLIK DAVRLARI 
 
  
Bolaning ona qornidagi o„sish davri onaning organizmiga uzviy bog„liq 
xolda kechadi. CHaqaloqning tug„ilishi sifat o„zgarishi ijtimoiy rivojlanishning 
yangi ko„rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga ega. SHu 
tufayli tug„ilish tabiatning chaqaloq organizmini kuchli larzaga keltiruvchi 
mo„jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulotda 
yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo„lgan 
qo„zg„ovchilar doirasiga tushadi.
CHaqaloqlik davrida ana shunday yangi muhitga moslashish jarayoni 
amalga oshadi. 
Go„dakning hayotiy faoliyati va tarixi uni qurshagan, parvarishlaydigan 
katta yoshdagilarga bevosita bog„liq bo„lib, uning barcha extiyoji va talablari 
faqat kattalar tomonidan qondiriladi. Kattalar go„dak uchun yaratgan ob‟ektiv 
va sub‟ektiv shart-sharoitlar uning o„sishini belgilovchi muhim turtki vazifasini 
o„taydi. Atrof-muhitning xususiyat va xossalarini kattalar go„dakning psixik 
dunyosiga singdiradilar. SHiqildoqlarning shakli, rangi, xar-xil o„yinchoqlar va 
xokozolarni bolaning diqqatiga xavola qilish, unda jismlar to„g„risida tasavvur 
obrazlarni yaratadi, go„dakning xissiy bilish organlari esa ularni aks ettiradi. 


O„zaro muloqot jarayonida jismlarni ushlashga o„rgatish mashqlari natijasida 
go„dak «Tanish» jismlarga talpinadigan ularga qo„l uzatadigan bo„la boshlaydi, 
unda rang va shaklni farqlash imkoniyati tug„ila boshlaydi. 
Tasavvur o„tkazishning murakkab bosqichida bola kattalar yordamida 
o„tirish, tik turish, ovqatlanish, qurollardan to„g„ri foydalanish, uzluksiz va 
mazmunli xarakatlarni amalga oshirishni o„rganadi. SHuning uchun aks ettirish 
qaysi bosqichda bo„lishidan qat‟iy nazar, bevosita yo„l bilan amalga oshadi. 
Umuman go„daklik davrining dastlabki bosqichida olamdagi barcha ashyolar, 
jismlar to„g„risidagi tasavvurlarga ega bo„ladi. Mazkur davrning aksariyat 
boskichlarida go„dakda bilim va tajribalarni, ko„nikma va malakalarni mustakil 
egallash imkoni bo„lmaydi. 
Go„daklik davrining hususiyatlarini o„rgangan L.S.Vыgotskiy «Go„daklik 
davri» asarida bolaning voqeylikka munosabati dastlab ijtimoiy munosabatdek 
tuyilishi, ana shu jihatdan jonzot deyish mumkinligini uqtiradi. Go„dak tabiiy, 
biologik jixatdan onadan ajragan bo„lsa ham, aslida u bilan ijtimoiy 
bog„liqligicha qoladi.
 Go„dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o„rganish 
bo„yicha qator tadqiqotlar mavjud. SHular orasida N.L. Figurin, M.P. Denisova, 
M.YU.Kistyakovskaya, 
A.Vallon, 
D.B.Elkonin, 
E.A.Arkin, 
S.Fayans, 
SH.Byuler, F.I. Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir. 
S. Fayans tajribasida go„dakka chiroyli va jozibador uyinchoklar 9 sm 
masofadan ko„rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan keyinchalik oralik 
60 sm bo„lganda bolaning intilishi, qo„l cho„zishi sustlashgan, va nihoyat ular 
100 sm dan ko„rsatilganda bolada intilish, cho„zilishi, ixtiyorsiz xarakati 
mutlaqo so„ngan. U o„yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana 
shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, 
qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish mumkin. 
YUqoridagi tajriba materillari asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: 
go„dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go„dakni qurshab to„rgan 
jismlar borgan sari uning nigohini o„ziga tortib, maftun qilib, qo„zg„atuvchi 
vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo„ljalga olish, chamalash faoliyatini 
kuchaytirishga xizmat qiladi. 
Tadqiqotchi A.V.YArmolenko yarim yoshlik go„daklarda jozibali 
narsalarning o„zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma‟lumotlarga 
qaraganda go„dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) 
tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. SHu bilan birga harakatsiz ko„ruv 
qo„zg„atuvchisiga diqqatni to„plash 26 sekundddan 37 sekundgacha harakat 
qilmayotgan odamga bolaning tikilishi, 34 sekunddan 38 sekundgacha, 
xarakatdagi ko„ruv qo„zg„atuvchisiga qarashi 41 sekunddan 78 sekundgacha, 
harakatdagi insonga e‟tibor berishi 49 sekunddan 88 sekundgacha ortgan. 
Tajribada go„dakning xarakatlanayotgan odamga diqqatini to„plab turishi 
4 marotaba ortgani aniqlangan. 
Go„dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqaror qaratishi 
uning kattalarga munosabati o„zgarganidan emas balki ular bilan aloqaga 
kirishganda sust retseptor o„rnini faolrog„i egallaganidandir. Go„dakda fazoviy 
tassavvurning 
boyishida 
jumlalarning 
idrok 
qilishidagi 
farqlashning 


takomillashuvi muhim vosita xisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi mashqlar 
natijasida jismlarning alomatlari va belgilarni o„quvi paydo bo„ladi. 
Olimaning fikricha 3- oydan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odamlar 
bilan tanlab munosabatda bo„lishi vujudga keladi. Uch oylik go„dak begonalar 
orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar 
ichidagi qarindoshlarini ham farqlay boshlaydi. M.YU.Kistayakovskaya 
ma‟lumotiga ko„ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz 
tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o„giradi, xatto, qo„rqib yig„lab 
yuboradi. Bolada o„zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog„lanib qolishi 
sodir bo„ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko„rsa qiyqirib 
qarshilaydi, unga talpinadi, qo„l-oyog„ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim 
yoshga to„lganda atrofdagi yaqin kishilari, qarindosh-urug„lariga, xatto qo„ni -
qo„shnilarga ham bog„lanib (o„rganib) ko„nikib qoladi. Ta‟minan 8-9 oyligidan 
kattalar bilan dastlabki o„yin faoliyatini boshlaydi. 
O„yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyg„ulari avval faqat 
kattalar ishtirokida namayon bo„ladi, vaqt o„tishi bilan uyinning o„zi bolaga 
quvonch bag„ishlaydi. Go„dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-
xarakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sekin ularning ko„mak berish 
ishtiyoqi tug„iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi 
faoliyatga ham o„ta boshlaydi. Ma‟lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot 
ko„lamini kengaytirishga yordam beradi. 
SHunday qilib, go„daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish 
extiyoji tug„iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o„ziga xos yangi 
shakli sifatida bolaning o„sishida muhim rol o„ynaydi. Bir yoshgacha davrda 
paydo bo„lgan extiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha ma‟lumot 
cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. 
Vujudga kelgan qarama-qarshilik o„z echimini nutq orqali muloqot davrida 
topadi. Va bola o„tishning birinchi bosqichida o„tayotganini ifodalaydi. 
Go„dakning nutq faoliyati takomillashgan sayin muloqotning mazmuni boyib, 
ko„lami kengayib boradi. Natijada xaqiqiy ma‟nodagi shaxslararo munosabat 
vujudga keladi, go„dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng 
imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go„dakning o„sishini ta‟minlovchi 
ob‟ektiv va sub‟ektiv sharoitlar yaratilishi bolaning faolligi ortishi uchun 
psixologik negiz bo„ladi. 
Xarakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida 
o„rgangan olimlardan D.B.Elkoninning ishonch bilan ta‟kidlashicha 2-3 xaftalik 
go„dakda ko„z konvergensiyasi vujudga kelsa ham, o„z nigoxini turli jismlarga 
qaratib turish jarayoni juda qiyin kechadi, hayotining keyingi 3-5 haftalarida esa 
uning nigoxi oz fursat bo„lsada, muayyan ob‟ektga to„plana boshlaydi. 4-5 
haftalik go„dakda 1-1,5 metr naridagi jismlarni kuzatish ko„nikmasi xosil 
bo„ladi. Ikki oylik bola 2-4 metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o„rganadi, u 3 
oyligida 4-7 metr oralig„idagi jismlarni ham payqay oladi, nixoyat 6-10 xaftalik 
go„dak xatto aylanayotgan predmetlarning xaraktini idrok qilish imkoniyatiga 
ega bo„ladi. Keyinchalik xissiy organlarning ko„z bilan turli funksional aloqalar 
o„rnatishi qaror topadi. Go„dak 4 oyligida uning jismga tikilishi va uni tomosha 
qilishi nisbatan barqaror bo„ladi. 


YUqoridagi fikrlarga qaramay mazkur yoshdagi bolalarda qo„l xarakati 
beixtiyor 
xususiyatga 
ega 
bo„lib, 
jismlarni 
maqsadga 
muvofiq 
xarakatlantirishdan ancha uzoqdir. Go„dak 4 oyligidan boshlab narsaga qo„lini 
yo„naltiradi, asta-sekin unda paypaslash uquvi namayon bo„la boshlaydi. 5-6 
oyligida predmetni va uni o„ziga tortib olish ko„nikmalari shakllanadi. Xarakat 
va teri tuyush organlari sifatidagi qo„l vazifasini o„tovchi ko„rish qobiliyati bir 
maromda rivojlanishdan bir muncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda turish, 
o„tirish, emaklash, yurish, gapirish ko„nikmalari shakllanadi.
YUqoridagi xollarning moddiy asosini o„rgangan N.M.SHechelovanov 2 
oylik bolada bosh miya yarim sharlari po„stlog„i o„z funksiyasini boshlashini, bu 
xol barcha idrok qilish organlarida, jumladan, eshituv, ko„ruv, apparatlarida 
reflekslar paydo bo„lganidan dalolat berishini uqtiradi. Olimning fikricha 
eshitish, ko„rishning yuksak analizatorlari xattoki, ularning kortikal bo„limlari 
rivojlanganidan keyin bolada xarakat va xarakatni idrokqilish xodisasi 
rivojlanadi.
 Go„dak bir necha marta natijasiz harakat oqibatida kaft va barmoqlarini 
yaqinlashtiradi, shunday qulay xolat yaratadiki qo„lining uchi jismga tegishi 
bilanoq uni ushlab oladi. Qo„l ushlash xarakatining vujudga kelishi ham 
go„daklik davrining muhim rivojlanish pallasi xisoblanadi. CHunki, qo„l bilan 
ushlash xarakati birinchidan, ko„rish, xarakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan, 
mazkur psixologik xolat birinchi yo„naltirilgan xarakatni ifodalaydi, 
uchinchidan, jismlarni ushlashga intilishining o„zi predmet bilan turli 
xarakatlarni bajarish (manipulyasiya) ning eng qulay shartidir. 
R.YA.Abramovich-Lextman go„dakning bir yoshgacha davrida predmetlar 
bilan xarakat qilishni o„rganib, ularning 6 ta rivojlanish bosqichidan iborat 
ekanligini aytadi. Bo„lar: a) faol sergaklik (tetiklik) 2 xaftalikdan 4-5 
xaftalikkacha; b) sensor faollik 1,5 oylikdan- 2,5-3oylikkacha; v) xarakat oldi 
2,5-3 oylikdan 4-4,5 oylikkacha; g) sodda «sermaxsul» xarakat 4 oylikdan 7 
oylikkacha; d) o„zaro bog„langan (uyg„un) xarakat-7-10 oylikkacha; e) 
funksional xarakat 10-11 oylikdan 12-13 oylikgacha davom etadi. 
Predmetning xususiyatiga qarab bola xarakatidagi o„zgarishlarni M.YU. 
Kistyakovskaya, D.B. Elkonin, E.A. Arkin, V.S.Muxina, N.A. Menchinskaya va 
boshqalar, repseptor faoliyati mexanizmlarini I.P. Pavlov va uning shogirdlari 
F.R.Dunaevskiy va boshqalar o„rganishgan. Ularning talqiniga emaklash-
go„dakning fazoda mustaqil xolda o„rin almashtirishi, xarakat qilishining 
dastlabki ko„rinishidir. Mustaqil yurish-go„dakning insonlarga xos yo„sinda 
fazoda siljishi, joyidan qo„zg„alishni amalga oshirish uchun muayyan darajada 
tayyorgarlikni taqazo qiluvchi xarakatlarning yangi ko„rinishidir.
SHunday qilib go„dakning jismlar bilan bevosita amaliy aloqaga 
kirishuvchi va ular yordamida xarakatlanishi narsalarning yangi xossa va 
xususiyatlarini bilib borishi, ular bilan munosabatini yanada kengaytirish uchun 
imkon yaratadi. 
Hayotning ikkinchi yarmida bolaning predmetlar bilan xar-xil xarakatlarni 
amalga oshirishdagi ildamligi, orentirlashtirish faoliyatining murakkablashuvi, 
fazoda o„rin almashtirishning yangi shakllari vujudga kelishi uni katta yoshdagi 
odamlarga bevosita bog„lab qo„yadi. 


Go„dak o„sishining murakkabligi uning xilma-xil faoliyati bilan o„zaro 
bog„langandir. SHuning uchun katta yoshdagi odamlar bu davrda go„dakning 
extiyojlarini to„la qondirishga xarakat qilishlari kerak. SHundagina ularning bola 
psixikasiga muntazam va maqsadga muvofiq ta‟sir etishi bola bosh miya katta 
yarim sharlari po„stining faoliyatini takomillashtiradi. 
Go„dak hayotining dastlabki oylaridan boshlaboq o„yin faoliyati uning 
hayotida muhim o„rin egallaydi, ko„rib va eshitib idrok qilish uquvini o„stiradi. 
Jismlarning rangi, shakli katta-kichikligini ajrata olish qobiliyatini rivojlantiradi. 
O„yin faoliyati go„dakning borliqni bilishda va uni aks ettirishda muhim rolg„ 
o„ynaydi. 
Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilish, go„dakning qurshab to„rgan 
odamlar nutqini idrok qilish tom ma‟nodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi. 
Muloqotning so„nggi turlari go„dak hayotining 2- yarim oyligida ko„zga 
tashlanadi. Uning o„zini parvarishlayotgan, odamlarga iliq tabassum, quvonch va 
shodlik tuyg„usi bilan boqishi faqat xush kechinmalaridan emas balki ichki 
mexanizmlarini ifodalovchi, muayyan darajada tashkil topgan ijobiy 
ta‟sirlanishni aks ettiruvchi muloqotdan ham iboratdir. Katta yoshli odamlardan 
ta‟sirlanish xis-tuyg„usi go„dakning hayot faoliyatida bir necha yo„nilishda 
qaror topib beradi. Ulardan bittasi quvonch yoki tabassum tuyg„usida: butun 
vujudi bilan talpinishi tikilib turishi, xarakatlarni ko„zg„atuvchi kelgan tomonga 
burishi, o„ziga xos tovushlar chiqarishi yoki g„ug„ulashida yaqqol ko„rinadi. 
Ta‟sirlanish xis-tuyg„usi «jonlanish majmuasi» bilangina emas, uning aloxida 
tarkibiy qismlarini (tovush, chexra va xakazolar) ta‟sirida ham vujudga keladi. 
Ta‟sirlanish tuyg„usi keyinchalik tanlovchanlik xususiyatini kasb etib, faqat 
ayrim (yaqin tushgan) kishilarga nisbatangina xosil bo„ladi. 
Ta‟kidlanganidek ta‟sirlanish tuyg„usi avval umumiy xususiyatga ega 
bo„ladi. Keyinchalik 4-5 oylik paytlarida kishilarni tanish va begonaga ajratish 
bilan yakunlanadi. YA‟ni tanishlar go„dakda chuqur ijobiy kechinmalar xosil 
qilsa, begonalar quvonch va tabassum xislarini butunlay to„xtatishga ham olib 
keladi. Tanish kishi psixik jarayon sifatida bolaning psixikasiga aloxida 
ahamiyat kasb etadi. SHu boisdan katta yoshdagi odamlar go„dak uchun 
dastlabki tanish jarayonining ob‟ektiga aylanadilar va muloqot davomida ijobiy 
ta‟sirlanish tuyg„usini paydo qiluvchi qo„zg„atuvchi vazifasini o„taydilar.
 Bola hayotining 2 yarim yilligida kattalar nutqini idrok qilish va uni tushunish 
jadal sur‟at bilan o„saveradi. CHunki, ona yoki tarbiyachi parvarish qilish va
tarbiyalash jarayonida xar bir xarakatni tushunchalar, so„z birikmalari, atamalar 
bilan birga amalga oshiradi, xarakat bilan predmetning uzviy bog„liqligini 
yoritishga kirishadi. Ma‟lumki, xar qaysi predmet va voqea o„z nomi bilan 
ifodalanadi, natijada bola uchun onaning yoki tabiyachining nutqini tushunish va 
ilg„ab olish birmuncha engillashadi. Ularning barchasi bola bilan katta yoshdagi 
odamlar o„rtasida uzluksiz hamkorlik vujudga kelishini taqazo qiladi. Bolaning 
hamkorlikdagi (ota-ona, enaga, murabbiya yoki tug„ushganlari ishtirokidagi)
o„yin faoliyati ham, xis-tuyg„uga berilishi ham nutq va nutq faoliyati bilan 
chambarchas bog„liq bo„ladi.
D.B.Elkonin xulosasiga ko„ra, nutqni tushunish vujudga kelishining asosiy 
shartlari quyidagilardan iborat: a) umumiy xolatdan predmetni ajrata olish; b) 


predmetga diqqat-e‟tiborni to„plash; v) favqulotda xolatiga qarab, anglanadigan 
xis-tuyg„uning mavjudligi va boshqalar.
O„zgalar nutqini tushunish ko„ruv idrokining zamirida vujudga keladi. Boladagi 
o„zgarishlar nutqini tushunishga o„rgatishda katta odam biror o„yinchoqdan 
ta‟sirlanishni xosil qiladigan qo„zg„atuvchini uyg„otadi. Bunda jism va 
rasmlarga bolaning diqqatini jalb etadi, yoki uning qo„lidagi yoxud stol ustidagi 
ob‟ektlarni ko„rsatib «Surnay qani?», «Katta ayiqcha qani?» kabi savolar bilan 
murojaat qiladi.
Kattalarning bola bilan mashg„ulotlarni bir necha marta takrorlashi 
natijasida tallaffuz qilinayotgan so„z bilan predmet uzviy bog„lanadi va bu 
bog„lanish bir necha bosqichlarda namayon bo„ladi. Dastavval kattalarning 
savoli bolada xech qanday ta‟sirlanish tuyg„usi ko„zga ko„rinmaydi, xatto 
go„dak o„sha predmetga qiyo ham boqmaydi. Ikkinchi bosqichda bolada savolga 
nisbatan sust xarakatlanish xosil bo„ladi va u predmet turgan tomonga diqqatini 
yo„naltiradi. Nutqni idrok qilishning uchinchi bosqichida go„dak uchun jismning 
moxiyati va mazmuni muhim ahamiyat kasb etmaydi, balki berilayotgan 
savolning intonatsiyasi, ritmi, tempi, mantiqiy urg„usi bosh mezon, asosiy turtki 
vazifasini bajaradi. O„zgalar nutqini tushunishning oxirgi bosqichida go„dak 
predmetni anglatuvchi so„z bilan predmetni o„zaro bog„lash imkoniyatiga ega 
bo„ladi, natijada boshqa joylardan ham shu predmetni topish uchun ijodiy 
izlanishga xarakat qiladi. Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi bosqichi 
go„dakning 9-10 oyligidan boshlanadi va uni o„zgalar nutqini tushunishning ilk 
shakli va ko„rinishi deb aytiladi. 
Tadqiqotchi F.I. Fradkina kattalarning go„dakka qaratilgan nutqida
quyidagi ta‟sirlanish xolatlarini ko„rish mumkinligini aniqlangan. Birdan 
bajarishga intilish (7-8oylikda), 3) Kattalarning nutq orqali ko„rsatmasi bo„yicha 
oddiy topshiriqlarni bajarish (9-1% oylikda), 4) Nutq orqali ko„rsatma bo„yicha 
zarur predmetni tanlab olish (10-11 oylikda), 5) «Mumkin emas» degan 
takidlovchi so„z ta‟sirida xarakatni to„xtatish ( 12 oylikda va xakozo). 
D.B.Elkonin fikricha, bir yoshgacha bola psixikasi o„sishining o„ziga xos 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Kattalar nutqini tushunish hamda dastlabki so„zlarni mustaqil talaffuz qilish: 
2. Predmetlar bilan xilma-xil xarakatlarni uyg„unlashtirib, ish-xarakatini 
bajarish: 
3. YUrishga o„rinishning ro„y berishi: 
4. Xatti-xarakatni so„z bilan boshqara olish: 
5. So„z bilan go„dakning idrok qilish faoliyatini boshqara olish va xakazo. 
SHunday qilib, bir yoshgacha go„dak egallagan eng qimmatli xususiyat 
paydo bo„ladi va u boladagi ijtimoiy extiyojning vujudga kelishida va uning shu 
extiyoj orqali katta yoshdagi odamlar bilan bevosita muloqotga kirishida o„z 
ifodasini topadi. SHuning uchun jismlar bilan maqsadga muvofiq xatti-
xarakatlarni birgalikda amalga oshirishda, bilish jarayonlari va shakllari 
zamirida muloqotga extiyoj tug„iladi. Go„dakning o„sishi kattalar bilan 
muloqotga kirishish natijasida ro„y beradi. 
Demak, 3 oylik go„dak gapirayotgan odamni o„z ko„zlari bilan topish 
imkoniyatiga ega bo„ladi, chunki, unda shu paytgacha tovush manbaini izlash 


uquvi shakllanadi. SHunga ko„ra bola tovush kelgan tomonga qarab 
so„zlovchiga munosabatini xis-tuyg„uga o„rab ifodalay oladi. Go„dakning borgan 
sari diqqat bilan atrof-muhit manzaralarini va xar-xil ovozlarni eshitish hamda 
ko„rish imkoniyati uning umumiy o„sishida aloxida ahamiyat kasb etadi.
Tajribalar taxlilidan ko„rinishicha, ko„rish, eshitish analizatorlari go„dakning 
voqeylik va borliq bilan, kattalr bilan o„zaro muloqotga kirishi natijasida 
takomillashadi. Go„dakning o„z ko„zlari orqali inson va jismlar to„g„risida 
muayyan ma‟lumot olishi turmush tajribasi ortib borishi bilan vujudga keladi. 
Eshitish analizatorlari yordamida tovushlarni idrok qilish ovozlarni farqlashdan 
iborat, shartli reflekslarning tabiatiga ko„proq bog„liqdir. SHu sababli, go„dak 
inson bilan musiqaning tovushini ajrata biladi, ularning kuchsiz va kuchliligini, 
yoqimli va shovqinligini sezadi. Uning eshitib tushunishi va nutqini idrok 
qilishni ko„pgina shartli bog„lanishlarning sifati bilan o„lchanadi. 
Inson zotining bir yoshgacha davrini nutqgacha davr deb atash odat bo„lib 
qolgan. Bu davr mobaynida go„dak bosh miya yarim sharlari ikkinchi signallari 
sistemasi faoliyati bilan bog„liq anchagina ishlarni amalga oshiradi. Nutqni 
tushunib idrok qilish esa kun sayin o„sib, takomillashib boradi. 
Go„dak ikki oylik bo„lguniga qadar g„udurlashni o„rganadi. G„udurlanish 
ijobiy xis-tuyg„u, barqaror kayfiyatning maxsuli sifatida boshlanadi. U asta-
sekin artikulg„yar apparatning takomillashuvi natijasida tovushlarni o„zaro 
farqlay boshlaydi. YUqorida aytilganlarning barchasi, bola amalga oshirayotgan 
nutq faoliyatining nishonasi tug„ilayotganini ko„rsatadi.
Go„dak hayotining analizatorlari rivojlanib, orienterlash reaksiyasi aniqroq 
ifodalana boshlaydi. SHartli reflekslar ko„lami tobora kengayishi natijasida 
voqelikka hissiy munosabat takomillashadi. Go„dak hayotining ikkinchi yarmida 
esa u kattalarning imo-ishoralarini tushunib idrok qila boshlaydi. Faol 
alomatlarning vujudga kelishi bilan go„daklik davri tugaydi va ilk bolalik Yosh 
dari boshlanadi. 
  
Inson ontogenezida uning 1 yoshdan 3 yoshgacha o„sish davri aloxida 
ahamiyat kasb etadi. CHunki bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlar, 
xarakter xislatlari, atrof-muhitga,o„zgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur va 
ong kabi psixik aks ettirishning turli ko„rinishlari shakllanadi. Bo„larning 
barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi. 
Bolaning yurishga o„rinishi, turli narsalar bilan ovunishi va mashg„ul 
bo„lish imkoniyatlari kengayishi, uning kattalarga bevosita tobeligi, ularga 
bog„liqligi nisbatan kamayishiga olib keladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin