Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va


Aqliy qobiliyatning yoshga bog„lik xolda o„zgarishi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

 
Aqliy qobiliyatning yoshga bog„lik xolda o„zgarishi. 
Aqliy qobiliyatlarning individual asoslari o„rtasidagi tafovutlar kabi uning Yosh 
taraqqiyoti bilan bog„liq tafovutlarining mavjudligi ham shubxasizdir. YA‟ni inson 
psixikasining ontogenezdagi taraqqiyoti bir-biri bilan bog„langan bir rivojlanish bosqichidan 
ikkinchi sifat jixatdan farq qiluvchi bosqichga o„tish jarayonini ifodalaydi. Bu o„zgaruvchan 
davrlar, taraqqiyotning bosqichliligi – uzluksiz jarayonni shartli bo„lish natijasi emas, balki 
bu ob‟ektiv reallikdir. 
Aqliy qobiliyatning yoshga bog„liq xolda rivojlanishi masalasi qator psixologlar 
tomonidan qayd etilgan. Ammo ta‟lim amaliyotida bu muammo chuqur taxlil etilib, turli 
yoshda o„quvchilarning intellektual saloxiyatini oshirib borish bo„yicha ishlarni talab 
darajasida hal etilgan deb ayta olmaymiz. Aqliy qobiliyatlarning yoshga bog„liq holda 
rivojlanishi qonuniyatlarini bilish turli Yosh davrlarda aqliy qobliyatlarni maqsadga muvofiq 
xolda shakllantirish imkoniyatlarini ochadi. 


Aqliy qobiliyatlarning yoshga bog„liq jihatlarini tadqiq etish bo„yicha psixologiya 
juda boy tajribaga ega. CHet el psixologlaridan J.Piaje, Dj.Kelli, A.Vallon, Rus 
psixologlaridan
L.S.Vыgotskiy, 
S.L.Rubinshteyn, 
A.N.Leontev, 
L.I.Bojovich, 
V.A.Muxina, E.A.Golubeva, N.S.Leytes, o„zbek psixologlaridan M.G.Davletshin 
E.G„.G„oziev, B.R.Qodirov, Z.T.Nishanova va boshqalar tafakkur va aqliy qobiliyatning 
yoshga bog„liqligini turli yo„nalishlarda o„rganganlar. Jumladan taniqli o„zbek psixologi 
E.G„.G„ozievning «Tafakkur psixologiyasi» nomli asarida bu boradagi tadqiqotlar keng 
yoritilgan. 
SHvetsariyalik psixolog J.Piaje intellekt muammosiga o„z shaxsiy 
nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshgan. J.Piaje intellekt nazariyasini ikkita 
muhim jihatga, ya‟ni intellekt funksiyalari va intellekt davrlariga ajratadi. J.Piaje 
mulohazasiga ko„ra, intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik 
(tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko„nikish) kiritilgan bo„lib, ular 
intellektning funksional invariantlari deb yuritiladi. SHuningdek muallif 
intellektning quyidagi rivojlanish bosqichlarini ajratib ko„rsatadi: 
1. Sensomotor intellekt davri (tug„ilgandan 2 yoshgacha); 
2. Operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha); 
3. Konkret (yaqqol) operatsiyalar (aqliy harakatlar davri 7, 8 yoshdan 11, 
12 yoshgacha); 
4. Formal (rasmiy) operatsiyalar (aqliy harakatlarni maqsadli amalga 
oshirish davri). 
J.Piajening fikriga ko„ra intellektning o„sishi bolada nutq paydo 
bo„lishidan ilgari boshlanadi. Intellekt (aqliy qobiliyat)ning kurtagi bolaning 
dastlabki tartibsiz xatti-harakatlarida o„z ifodasini topadi. Keyinchalik maqsadga 
yo„naltirilgan harakatlar aktini amalga oshirish natijasida intellektning genetik 
ildizini o„rganish uchun muhim imkoniyatlar yaratildi. J.Piaje konkret 
operatsiyalar davri predmetlar bilan aloqalar o„rnatishdan iborat ekanligini 
ta‟kidlab, psixologiya ilmida olg„a siljish yasadi. Formal (rasmiy) operatsiyalar 
davriga tasnif berilganda esa predmetlar bilan aloqa qilish yo„qolib borishi qayd 
etiladi. SHuningdek intellektning o„sishi insonning operatsiyalar sistemasi bilan 
qurollanishidan iborat, hamda intellekt davrining o„zaro o„rin almashinishi 
tafakkur o„sishini bildiradi, davrning ketma-ketligi esa rivojlanishning ichki 
qonuniyatlarini ifodalaydi-deb ta‟kidlaydi.
Taniqli rus psixologi L.S.Vыgotskiy, A.N.Leontevlarning ishlab chiqqan 
konsepsiyasiga binoan insonning ontogenezda taraqqiy etishi jarayonida tashqi 
faoliyat (xatti-harakatlar) asta – sekin ichki xatti-harakatlarga, ya‟ni aqliy 
harakatlarga aylanadi. Boshqacha so„z bilan aytganda, tashqi alomatlar ichki 
alomatlarga o„tishi sodir bo„ladi. Tashqi faoliyatning ichki faoliyatga o„tishi 
shuni bildiradiki, o„quvchi bu davrda jarayonning tuzilishini o„zlashtiradi, tashqi 
bilimlardan qanday foydalanish qoidalarini egallaydi. 
A.N.Leontev, L.S.Vыgotskiy g„oyasini rivojlantirib, mazkur holatni 
tajriba yo„li bilan o„rganib, o„quvchida yangi aqliy harakatni vujudga keltirish 
uchun, eng avvalo uni tashqi harakat tuzilishi bilan tanishtirish zarur, faqat ana 
shundagina ushbu harakatni bir davrning o„zida eksteriorizatsiyalashtirishni 
ta‟minlash 
mumkin, 
degan 
xulosaga 
keladi. 
Harakatni 
eksteriorizatsiyalashtirilgan shaklda, uning yoyiq, tashqi shaklda tavsiya 
qilinayotgan harakat shakllana boshlaydi. Dastlabki o„zlashtirishdan keyin, 


harakatni asta-sekin o„zgarish jarayonining natijasida umumlashtirish vujudga 
keladi, uni amalga oshirish tarkiblarining qisqarishi va darajasining o„zgarishi 
bilan ajralib turadi. Demak u ichki harakatga aylanib, bolaning diliga batamom 
jo bo„ladi. 
Har bir Yosh davr tafakkur va aqliy qobiliyatning namoyon bo„lishi, 
shakllanishi va rivojlanishida o„ziga xos ob‟ektiv va sub‟ektiv shart-sharoitlarni 
yuzaga keltiradi. Bu borada psixolog S.L.Rubinshteynning «Inson psixikasining 
rivojlanishi ijtimoiy, tarixiy, biologik va neyrodinamik jihatdan shartlanganlik 
xarakteriga ega» degan fikri o„rinlidir. Jumladan bolaning nutqni egallagunga 
qadar bajaradigan aqliy harakatlari tafakkurning tabiiy va ijtimoiy-tarixiy 
shartlangan xolda o„sishini ifodalasa, nutqni egallagandan so„ng sodir bo„ladigan 
aqliy o„zgarishlar va aqliy o„sish ijtimoiy shart-sharoit hamda maqsadga 
yo„naltirilgan ta‟lim-tarbiya maxsuli ekanligini xarakterlaydi. 
Ma‟lumki tafakkurning mavjudligi narsa va xodisalarning mazmunini 
tushunish bilan izoxlanadi. Ilk bolalik yoshi davrida so„z bilan predmet 
o„rtasidagi aloqa, bog„liqlikni tushunish jarayoni sodir bo„ladi, ya‟ni 
tushunishnig eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo„lgan 
davr xisoblanadi 
.
Bu davrda bolalar predmet va jismlarning nomlarini engil 
o„rganishi uchun shart-sharoit mavjud bo„ladi. Ilk bolalik davrida amaliy harakat 
tafakkuri shakllanadi, jismlar bilan turli harakatlarni o„zlashtirishda ulardagi 
muxim va o„zgarmas alomatlarni ajratish ko„nikmasi xosil bo„ladi.
Bu davrda bolada «Men o„zim» konsepsiyasining vujudga kelishi shaxsiy 
fazilatlar bilan bir qatorda aqliy imkoniyatlarning ham yuzaga chiqishi uchun 
sharoit yaratadi. 
Psixolog E.G„oziev maktabgacha Yosh davrda aqliy o„sish muammosini 
taxlil qilib psixolog J.Piajening bolaning o„yinda jismlarga yangi nom berishi 
omilini aqliy o„sishning ramziy ma‟noli tafakkur shakllanishining tayanchi 
sifatida qarashiga e‟tiroz bildiradi va narsaning nomini o„zgartirish bilan bolada 
tafakkur va aql zakovat o„sishini kutish mantiqqa zid deb xisoblab, aslida 
narsalarni qayta nomlash emas, balki o„yin harakatlarining xususiyatini 
o„zgartirish bolaning aqliy o„sishiga sezilarli ta‟sir o„tkaza oladi degan xulosaga 
keladi. 
Haqiqatdan ham maktabgacha Yosh davrda o„yin faoliyati jarayonida 
bolalarda harakatning yangi ko„rinishi, ya‟ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon 
bo„ladi. Xulosa qilib shuni ta‟kidlash joizki bu Yosh davrda bolaning aqliy 
kamol topishida o„yin faoliyati muxim ahamiyat kasb etadi. Aynan o„yin 
faoliyati bilan shug„illanish aqliy o„sish uchun shart-sharoit xisoblanadi. 
Olimlarning ta‟kidlashicha kichik maktab yoshidagi o„quvchilar tafakkuri 
ta‟lim jarayonida juda ko„p o„zgarishlarga uchraydi. 
Mashxur rus psixologi L.S.Vыgotskiy ko„rsatib o„tganidek, idrok va 
xotira maktab ta‟limi boshlanishi oldidan anchagina taraqqiyot yo„lini bosib 
o„tgan bo„ladi, kichik maktab yoshidagi davrda esa intellekt (aql) jadal taraqqiy 
etadi. Tafakkurning rivojlanishi idrok va xotirani sifat jihatdan qayta 
o„zgarishga, ularni ixtiyoriy va boshqariladigan jarayonga aylanishga olib keladi. 
Vo„gostkiyning ko„rsatishicha maktab yoshiga bola idrok va xotira funksiyasiga 
nisbatan kuchsiz intellekt funksiyasi bilan qadam qo„yadi. Biroq intellekt 


shunday rivojlanadiki, na xotira va na idrok bunday rivojlanishni o„z boshidan 
kechirmaydi. 
Bu erda ta‟lim mazmuni va motivlarining stimullashtiruvchi roli, 
o„qituvchining ta‟lim-tarbiya protsessini tashkil qiluvchilik roli xususan yaqqol 
ko„zga tashlanadi. Tadqiqotlarning ko„rsatishicha, o„quv jarayoni har xil 
yo„sinda tashkil qilinganda, ta‟lim mazmuni o„zgartirilganda, o„qitishning turli 
usullariga qarab kichik maktab yoshidagi o„quvchilarning tafakkuri nihoyatda 
xilma-xil xarakteristikaga ega bo„lishi mumkin.
Kichik maktab o„quvchilarida tafakkur operatsiyalari rivojlanishi konkret 
narsa va xodisalarning ko„rgazmali xususiyatlari va sifatlariga asoslangan xolda 
kechadi, ya‟ni bu davrda o„quvchilar tafakkuri konkret operatsiyalar bosqichida 
turadi. 
SHunday qilib, kichik maktab o„quvchisi ta‟lim faoliyati jarayonida 
konkret tafakkurga ega bo„lib boradi, ya‟ni narsa va xodisalarni tashqi 
tomondan bilishdan asta sekin ularning moxiyatini bilishga, muxim xususiyat va 
belgilarni tafakkurda aks ettirishga o„tadi. Bu davrning yana bir muxim jixati 
aynan shu davrdan boshlab, ya‟ni ta‟lim faoliyatining etakchilik rolidan 
foydalanib o„quvchilar tafakkuri va aqliy qobiliyatlarini ta‟lim jarayonida 
maqsadli rivojlantirish va jiddiy psixokorreksion ishlarni olib borish uchun 
shart-sharoitlar mavjud bo„ladi. 
Psixologiyada 
o„smirlik yoshining xarakteristikasi xaqida so„z 
yuritilganda asosan gap shaxsning aqliy taraqqiyoti o„tish davri bilan bog„liq 
xolda yuzaga keladigan muammolar yuzasidan boradi. O„smirlik yoshida bilish 
jarayonlarining taraqqiyoti hamda aqliy taraqqiyot muammolariga bag„ishlangan 
ishlar mavjud,ammo ular barmoq bilan sanarli darajada bo„lib muammoni 
atroflicha yoritib berish uchun etarli emas.
O„smirlik davrida aqliy imkoniyatlarning o„sishida ularning voqea 
xodisalarga nisbatan ongli munosabatda bo„lishi hamda o„qishga bo„lgan 
munosabatlari darajasining kuchayishi ham ta‟sir ko„rsatadi. Bu omil ularning 
o„qish faoliyati motivlarining murakkabligida namoyon bo„ladi, ya‟ni 
o„smirlarning o„qish faoliyati motivlari tarkibiga keng ijtimoiy motivlar (bilim 
olishning ijtimoiy jixatdan muxim ekanligini anglash, mustaqil xayot va 
mexnatga tayyorlanish uchun o„qishning zarurligi) bilan muvaffaqiyatga intilish, 
izzat nafs bilan bog„liq bo„lgan bilish motivlari hamda shaxsiy motivlar (obro„ 
qozonishga intilish, raxbarlik rolini o„ynash va xokozo) birga qo„shilib ketgan 
bo„ladi. 
O„smirlik davrida aqliy taraqqiyotda muxim siljishlar yuz beradi. Bu 
davrda fikrlash faoliyatining asosiy xususiyati abstrakt tafakkur qobiliyatining 
o„sib borishi bilan bir qatorda voqelikni to„g„ri va aniq, mantiqan aks ettirish 
uchun tafakkurning konkret obrazli turi ham tafakkurning umumiy strukturasida 
muxim rol o„ynashda davom etadi. SHuningdek bu davrda aqlning muxim 
sifatlaridan tafakkurning tanqidiyligi sezilari darajada taraqqiy etishi 
xarakterlidir. SHuningdek psixologik adabiyotlarda o„smirlik davri aktiv, 
mustaqil, ijodiy tafakkurning tarkib topishi uchun senzitiv davr ekanligi 
ta‟kidlanadi. 


Xulosa qilib aytish joizki, o„smirlik davrida aqliy qoboliyatlarni xar 
tomonlama rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar mavjud bo„lib, ulardan 
to„g„ri foydalanish bizning nazarimizda bu davrda sodir bo„ladigan ayrim salbiy 
xolatlarning oldini olishga xizmat qilishi tabiiydir. 
Tadqiqot ishimiz ilk o„spirinlik va o„spirinlik Yosh davrida aqliy qobiliyat 
diagnostikasi va psixokorreksiyasiga bag„ishlanganligi tufayli aynan shu Yosh 
davrda aqliy qobiliyatlarning o„ziga xos tarzda rivojlanishi va namoyon bo„lishi 
xususiyatlarini chuqurroq taxlil qilishni lozim topdik. 
Ma‟lumki o„spirinlik Yosh davrida bolalar umumiy ta‟lim maktabining 
yuqori sinflarida, akademik litsey, kasb-xunar kollejlari hamda oliy o„quv 
yurtlarida ta‟lim faoliyatini davom ettiradilar. Ilk o„spirinlik davrida 
o„quvchining mustaqil fikr yurita olmasligi uning psixikasidagi jiddiy kamchilik 
xisoblanadi. Bu davrda o„quvchi aqlining tanqidiyligi vaziyatga qarab 
o„zgaruvchan xarakter kasb etadi. Buning asosiy sabablaridan biri – voqelikning 
mohiyatini ilmiy jihatdan to„g„ri tushunmaslikdir. SHuningdek o„spirinning «o„z 
pozitsiyasi»da bo„sh kelmasligi, narsa va xodisalarning asl mohiyatini anglab 
turib, ba‟zan ataylab «o„jarlik» qilishi ham bu xolatning bir ko„rinishi 
xisoblanadi. E.G„oziev ta‟kidlashicha, «ularda moddiy dunyo to„g„risida shaxsiy 
fikrlar, mulohazalar, ilmiy dunyoqarash tarkib topganidan keyingina 
tafakkurning tanqidiylik xususiyati rivojlana boshlaydi. Aqlning tanqidiyligini 
tarbiyalashda o„qituvchi o„quvchining o„ziga xos tipologik xususiyatlariga, aqliy 
kamolot darajasiga, bilimlari saviyasiga, muloxaza doirasining kengligiga, nutq 
qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai nazariga, o„qishga nisbatan munosabatiga, 
qiziqishining xususiyat va darajasiga, aqliy faoliyat operatsiyalarini qanchalik 
bilishiga, mavjud o„qish ko„nikmasi va malakalariga alohida e‟tibor berishi 
lozim». 
O„spirin aqliy qobiliyatining asosini tafakkurining quyidagi sifatlari 
tashkil etadi: mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, 
tezligi. Tafakkur mazmundorligi o„spirin ongida tevarak atrofdagi voqelik 
bo„yicha muloxazalar, muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligiga 
bog„liq bo„ladi. tafakkur chuqurligi esa moddiy dunyodagi narsa va 
hodisalarning 
asosiy 
qonunlari, 
xossalari, 
o„zaro 
bog„lanishi 
va 
munosabatlarining fikrlash jarayonidagi to„liq aks etishi tushuniladi. 
Tafakkurning tashabbuskorligi o„spirinning o„z oldiga yangi g„oya, muammo va 
vazifalar qo„yishi, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni qo„llashida 
namoyon bo„ladi. o„spirin tafakkurining tezligi berilgan savolga to„liq javob 
berish uchun sarflangan vaqt bilan belgilanadi va u fikrlash uchun zarur 
materiallaning xotirada mustahkam saqlanganligiga, uning tez yodga tushira 
olishga, muvaqqat bog„lanishning tezligiga, turli xis-tuyg„ularning mavjudligiga, 
diqqati va qiziqishiga, bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan ko„nikma va 
malakalariga bog„liq bo„ladi.
Talabalik yillarida o„spirin biologik jixatdan barkamollik, ijtimoiy nuqtai 
nazardan etuklik, jismonan baquvvatlik bosqichiga ko„tariladi. Bu davrda ilk 
o„sirinlik davrida vujudga kela boshlagan tafakkurning mustaqillik, teranlik, 
ixchamlik, tashabbuskorlik, tanqidiylik sifatlari kun sayin takomllashib, yangi-
yangi sifat va alomatlar bilan boyib boradi. Talabalarda o„z-o„zini nazorat qilish, 


o„z-o„zini baholash, o„z-o„zini anglash, o„z-o„zini boshqarish aql-zakovatning 
muhim jixatlari taraqqiyotning yangi bosqichiga ko„tariladi. 
Talabalar tafakkuri asosan o„qish, amaliy mashg„ulot va mustaqil bilim 
olish faoliyatlarida jadal va uzluksiz ravishda rivojlanadi. Oliy ta‟limdagi 
mustaqil ishlarning barchasi: konspekt tuzish, referat, annotatsiya, tezis, 
seminarga tayyorgarlik, kurs va bitiruv ishlari yozish talabadan mustaqillikni 
ijodiy yondoshishni talab etadi. Bu davrda ta‟lim jarayonida fikr yuritish 
jarayonlaridan unumli foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni 
egallash imkoniyati vujudga keladi. Talabalar tafakkur shakllari (tushuncha, 
xukm, xulosa chiqarish)ning funksional va operatsional jihatlari bilan yaqindan 
tanishadilar, shuningdek ulardan mustaqil foydalanish uchun barcha intellektual, 
aqliy zahiralarini ishga solishga harakat qiladilar. 
YUqoridagi muloxazalarga qaramasdan tabalar tafakkurida sub‟ektiv-
shaxsiy xususiyatga ega bo„lgan zaif jihatlar mavjuddir, ya‟ni fikr yuritish 
faoliyatini nazorat qilishda bu davrda qator kamchiliklarga yo„l qo„yiladi. 
Tafakkurning tanqidiylik va tashabbuskorlik sifatlarida ayrim nuqsonlar 
uchraydi. SHuningdek talabalarning intilishi bilan o„z-o„zini baholash hamda 
aqliy taraqqiyot o„rtasidagi munosabat mutanosiblikka, o„zaro uyg„unlikka ega 
emas (bu holat bizning tadqiqotlarimizda ham kuzatildi). SHu tufayli imkoniyat 
bilan orzular o„rtasida ziddiyat vujudga keladi, natijada oqillik o„rnini g„ayrlik 
egallay boshlaydi. Bunday salbiy, xissiy kechinmaning oldini olish uchun ta‟lim 
jarayonida maxsus treninglardan foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Tadqiqot ishimizda ilk o„spirinlik va o„spirinlik Yosh davridagi aqliy 
imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanishdagi nomutanosibliklarni tahlil 
qilish hamda ular o„rtasida o„zaro mutanosiblikni shakllantirish maqsadida 
psixodiagnostik va psixokorreksion tadbirlar amalga oshirildi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin