Yosh davrlar inqirozlari
SHaxsning kamol topishi murakkab jarayon ekanligini unda Yosh o„sishi bilan
bog„liq xolda sodir bo„ladigan o„zgarishlar va yangilanishlarning xilma-xilligi
hamda o„ziga xosligida ko„rish mumkin. Ma‟lumki Yosh o„sishi bilan bola faqat
miqdor jihatdar emas, balki sifat jihatdan ham o„sib boradi. Demak bolaning
biologik jihatdan o„sishi uning psixikasida ham o„sish va o„zgarishlarga sabab
bo„ladi. Ammo biologik o„sish bilan psixik o„zgarishlar har doim ham
mutanosiblikka ega bo„lavermaydi. CHunki psixik o„sish bir tomondan
individuallik xarakteriga ega bo„lsa, ikkinchi tomondan u ma‟lum ijtimoiy va
psixik shart-sharoitlarga ham bog„liq bo„ladi.
Bolada sodir bo„ladigan psixik o„sish, o„zgarish real hayotda o„z o„rni va
mavqeiga ega bo„lishi biroz murakkabroq kechadi. Buning sababi bir tomondan
bolada hali etarlicha tajribaning etishmasligi bo„lsa, ikkinchi tomondan
kattalarning boladagi ehtiyoj va intilishlari ortida turgan rivojlanish
xususiyatlarini to„liq anglab etmasliklaridadir. Natijada esa bolalar va
kattalarning munosabatlarida keskin vaziyatlar vujudga keladi. Bunday
vaziyatlar tufayli bolalar va kattalarning boshdan kechiradigan psixik
kechinmalari, xolatlari psixologik tilda inqiroz tushunchasi bilan ifodalanadi.
Demak, inqiroz tushunchasining mazmuni psixik o„sishdagi ziddiyat, qarama-
qarshilikdan
iborat.
Bu
jarayonda
bolalar
bilan
kattalar
o„rtasida
kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
Inqiroz bolalarda xilma-xil ehtiyojlarning paydo bo„lishi bilan ularning
qondirilishi imkoniyatlari o„rtasida to„siq sifatida vujudga kelar ekan albatta
uning ta‟sirida u yoki bu tomonga o„zgarish ro„y beradi. Masalan, ma‟lum
taraqqiyot bosqichida bolada vujudga kelgan mustaqil harakat qilish ehtiyoji uni
mustaqillikka erishishi uchun turtki bo„lib xizmat qiladi va bola muayyan
darajada mustaqillikka erishadi. Ikkinchidan, kattalarning bu jarayonda yo„l
qo„yishi mumkin ta‟lim va tarbiyaviy xatolari oqibatida ular ruhiyatida ayrim
salbiy illatlar paydo bo„lishi mumkin. Demak inqirozni na salbiy va na ijobiy
jarayon deb baholashga to„g„ri keladi. SHu tufayli ota-onalar, tarbiyachilar va
pedagoglar bundan to„g„ri xulosa chiqargan xolda bolalar bilan inqiroz
davrlarida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo„lish talab etiladi.
Yosh davrlar psixologiyasida asosiy inqiroz davrlari sifatida bolalarning 3
yoshli, 7 yoshli hamda o„smirlik davri inqirozlari alohida e‟tirof etiladi.
Uch yoshli bolaga to„g„ri tarbiya berish, ta‟sir o„tkazish, ularning harakatlarini
maqsadga muvofiq yo„naltirish orqali ularda mustaqil xolda ovqatlanish,
kiyinish, yuvinish, o„z o„rnini yig„ishtirishga ayrim topshiriq va vazifalarni
puxta bajarishga o„rgatish mumkin. Psixolog olimlarning ta‟kidlashicha bolaning
uch yoshgacha o„sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish
jarayonlarini sifat jihatdan ancha o„zgartirib yuboradi. SHunga qaramay,
bolaning o„sishida kattalarning ta‟siri, roli etakchiligicha qolaveradi, lekin asta-
sekin o„sib borishi bolaning mustaqilroq bo„lishini ta‟minlaydi.
Bolaning mustaqilligi faqat uning jismoniy hamda aqliy imkoniyatida,
kuchi etadigan jarayonga nisbatan o„z munosabatini kattalarning ko„magisiz
amalga oshirishida emas, balki o„zining kuch quvvati, qurbi etmaydigan,
muayyan amaliy ko„nikmalarini egallay olmagan turmush muammolarini hal
etishda ham ko„rinadi.
Psixologlar N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalarning ta‟kidlashlaricha, bu
davrdagi ziddiyatda bolalardagi injiqliklarning bosh omili atrofdagi odamlarning
ular shaxsiga adolatsiz, noto„g„ri, mensimay munosabatda bo„lishidan iboratdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarini o„rgangan
A.N.Golubevaning fikricha, noqulay sharoitda bolaga tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatish
unda o„jarlikni paydo qiladi. SHuningdek bu yoshdagi bolalarning o„jarligi
doimiy bo„lmaydi, masalan o„z tengdoshlariga nisbatan o„jarlik qilish ahyon-
ahyondagini ro„y beradi. Ular asosan katta yoshdagi odamlarga, shunda ham
muayyan tarbiyachiga yoki oila a‟zolarining birortasiga o„jarlik qiladilar.
A.N.Golubeva bolalardagi o„jarlik barqaror emasligi sababli uning oldini olish
mumkinligini uqtirib o„tadi.
A.P.Larinning tadqiqotlarida esa noqulay va nomaqbul tarbiyaviy shart-
sharoitlarda qaysarlik juda erta, hatto uch yoshda ham paydo bo„lishi
ifodalangan. Dastlab bu xususiyat ba‟zi-ba‟zida ro„y beradi, lekin u hech qachon
barcha katta yoshdagi kishilarga qaratilgan bo„lmaydi, ya‟ni uning ob‟ekti
aloxida shaxs xisoblanadi.
Ammo bola xarakterining bu sifati muhitning noto„g„ri ta‟siri oqbatida
biror darajada barqarorlashsa, keynchalik ko„pchilikka qaratilgan, umumlashgan
shaklga aylana boshlaydi. O„jarlik bir guruh odamlarga yo„nalganligini ham
uchratish mumkin.
A.P.Larinning to„plagan ma‟lumotlariga ko„ra, o„jarlikning asosiy
sabablari –bolaning mustaqilligini cheklab qo„yish, erkinlik tuyg„usi va
tashabbusni so„ndirish va uning ongini (anglash suratini) kamsitishdan iborat.
Mazkur omillar bolaning kattalarga munosabati negizini tashkil qiladi va
uning psixik o„sishi davomida muayyan darajada o„zgarib boradi. Ularning
o„zgarishi kattalarning bolaga u erishgan kamolot bosqichini xisobga olib,
oqilona munosabatda bo„lishiga bog„liq.
Bola xulqida muayyan sharoitning ta‟siri bilan paydo bo„lgan o„jarlik va nojo„ya
qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o„zgarish ro„y berganini, endi
bolaga uning xozirgi o„sish darajasini xisobga olib, munosabatda bo„lish
zarurligini bildiradi.
Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari sifatida
quyidagilarni extirof etish mumkin:
- kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini xisobga olmasliklari;
- xohish va istaklarini mustaqil xolda turmushda qaror toptirishga intilishlariga
to„sqinlik qilishlari;
- ayrim ko„zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga o„rinishlariga yo„l
qo„ymasliklari;
- bola o„z xolicha ish tutishini cheklashlari.
Kattalar bolalarning rayiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin
qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish
jarayonidagi qiyinchilik o„z-o„zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi
olinadi.
Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida shaxslararo munosabatlar
ilmiy asosda qurilib, muayyan qoidalarga suyanilsa va pedagogik odob
doirasidan chetga chiqilmaca, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi
mumkin emas.
O„jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi – bolaning
kattalarga qaramlikdan qutulishga o„rinishi va kichik maktabgacha Yosh
davridan maktabgacha Yosh davriga o„tishning tashqi ifodasi xisoblanadi.
Mustaqillikka intilish mazkur Yosh davridagi o„zgarishlar, yangilanishlar,
ya‟ni shaxsiy xatti-harakatni va “men o„zim”ni anglashning mahsuli sifatida
yuzaga chiqadi.
Ko„pchilik psixologlarning tadqiqotlaridan ma‟lumki, bolalar mazkur
inqiroz davrida bir nechta ko„rinishdagi qaysarlikni namoyon etadi. Ana shunday
ko„rinishlarninsh bittasi biz nazarda tutgan 3 yoshli inqirozga to„g„ri keladi. SHu
davrda uning ruhiy dunyosida sifat va miqdor jihatdan turli o„zgarishlar ro„y
beradi. Bu o„zgarishlar uning olamni boshqacha kashf qilayotganiga, psixikasi
ma‟lumot va axborotlar bilan kun sayin boyib borayotganligiga bog„liqdir. Ayni
shu yoshda boladao„z irodasiga ishonch hissi tug„iladi, u o„zligini anglay
boshlaydi. O„zligini anglash qarama-qarshiliklarni, ziddiyatlarni engish bilan
amalga oshadi.
Psixik o„sishning boshqa davrlarida ro„y beradigan inqiroz davri ham
xuddi shunday tarzda kechadi, ammmo turli davrda inqirozlarning sabablari
turlicha bo„ladi. Jumladan: kichik maktab yoshida sodir bo„ladigan inqiroz
ko„proq bolaning o„quv faoliyati jarayoni va uning kechishi bilan bog„liq xolda
kechadi.
Maktab ta‟limi o„quvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi
va oila muhitidagi ahvolni o„zgartiradi, uning asosiy vazifasi o„qishdan, bilim
olish, ko„nikma va malakalarni egallash, tabiat va jamiyat to„g„risidagi
qonuniyatlarni o„zlashtirishdan iborat bo„lib qoladi. Ta‟lim muayyan darajada
uyushqoqlik, intilish, irodaviy zo„r berish, faollik va maqsadga muvofiq
faoliyatni talab etadi. Ixtiyorsiz hatti-harakat o„rnini anglashilgan, rejali, aqliy
mehnat egallay boshlaydi. Ta‟lim jarayonida o„quvchi oldiga qo„yiladigan
talablar tobora ko„payib, murakkablashib boraveradi.
O„qishning dastlabki kunlaridanoq kichik maktab yoshidagi bolaning
o„sishini harakatga keltiradigan turli ziddiyat, qarama-qarshiliklar, ichki
ixtiloflar
vujudga
keladi.
Ana
shular
zamirida
boladagi
psixik
kamolotningdarajasi va ijobiy xislatlar bilan talablar o„rtasidagi qarama-
qarshiliklar yotadi. Talablarning tobora ortishi bolaning psixik jihatdan
to„xtovsiz o„sishini taqazo etadi va shu berk zanjirning uzluksiz harakati
natijasida insonning kamoloti amalga oshadi.
Yosh davrlar taraqqiyotida o„smirlik davri alohida ahamiyat kasb etadi.
O„smirlik davri taqlidchanligi, muqim nuqtai nazarning shakllanmaganligi,
hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. SHuning uchun tashqi
ta‟sirlarga beriluvchan o„smir o„g„il-qizlarga alohida e‟tibor berish zarur.
O„smirlik davrida bolalik xolatidan kattalik xolatiga o„tishsodir bo„ladi.
O„smirning psixik o„sishini harakatga keltiruvchi kuch – uning faoliyatini
vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o„rtasida
qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo„lishi yotadi. Mana shu dialektik
qarama-qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda axloqiy imkoniyatlar
bilan barqarorlashgan, steriotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning
shakllari o„rtasida sodir bo„ladi. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-
qarshiliklarni
psixologik
kamolotni
ta‟minlash,
faoliyat
turlarini
murakkablashtirish orqali o„smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib
toptirish bilan asta sekin yo„qotish mumkin.
Venalik psixolog Z.Freyd va uning shogirdlari o„smirlik davrini
baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida
vujudga keladigan o„z mavqeini belgilashga ongsiz intilish deb xisoblaydilar.
Ayrim psixolog olimlar esa o„smirlikni biogenetik o„sishning biologik
omillariga, ya‟ni jinsiy etilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha,
o„smirning psixik jihatdan inqirozga etaklovchi, hayajonga soluvchi sub‟ektiv
ichki kechinmalari o„g„il va qiz bolalarda o„ziga xos xolatni yuzaga keltiradi.
O„smir uchun xarakterli xisoblangan norozilik, qo„pollik, qaysarlik,
shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik kabi illatlar jinsiy etilishning maxsuli, yangi
tuyg„ular, mayllar, kechinmalar o„smir xatti-harakatlarida xukmron bo„lib, uning
xulq atvorini belgilaydi deb xisoblaydilar.
Turli Yosh davrlarda ro„y beradigan inqirozlar xususida keltirilgan
ma‟lumotlardan ko„rinib turibdiki, Yosh taraqqiyoti jarayonida sodir bo„ladigan
har qanday inqiroz bola ruhiyatida u yoki bu psixik o„sish, yangilanish va
o„zgarishlarning sababchisi va ro„yobga chiqaruvchi vositasi sifatida namoyon
bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |