ILK BOLALIK DAVRI
Go„daklik davridan so„ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik (1-3 yosh)
davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola xayotidagi eng ahamiyatli, uning kelgusi
psixologik rivojini belgilab beruvchi davr xisoblanadi.Bu rivojlanish asosini
bolaning to„g„ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli faoliyatni egallagani
tashkil etadi. Tikka va to„g„ri tik yura olish imkoni bolani doimiy ravishda
yangi ma‟lumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola o„z xatti-
xarakatlari jixatdan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun
intiluvchan bo„ladi. 1-3 Yosh bola shakllanishda psixik rivojlanishning
nixoyatda ahamiyati kattaligini inobatga olgan xolda ayrim psixologlar (m-n
R.Zazzo) inson tug„ilganidan to etuklik davrigacha bo„lgan psixik rivojining
taxminan o„rtalari 3 yoshga to„g„ri keladi degan muloxazani beradilar. Bu
yoshdan boshlab bolalar predmetlarni o„rganish olamiga kadam qo„yadilar. U
endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bo„la oladi va elementar
axloq qoidalariga amal qila oladi. Kattalar bilan bo„ladigan muloqot orqali bola
atrof xayot xaqida boshqa yo„nalishlarga qaraganda 10 xissa ko„proq ma‟lumot
oladi. Nutq bu yoshda nafaqat muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va o„z-
o„zini shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi bo„lib xizmat qiladi.
Ilk davridagi bolalrning etakchi faoliyati predmetlarni o„rganish
xisoblanadi. Go„daklik davridagi bolalarga nisbatan ilk bolalik davridagi bolalar
narsalarga ko„proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar go„dak bola qo„liga ushlagan
narsani oddiy xarakatlantirib ko„rsa, 2-3yoshdagi bola shu predmet qismlarini
diqqat bilan o„rganganidan so„nggina o„z amaliy faoliyatida ishlatadi. Bolani
avvalo shu predmetning ishlatish vazifasi qiziqtiradi va u o„z savoliga javob
olish uchun ko„pincha kattalarga «Bu nima?» degan savolni beradi. 3 Yosh
arafasida predmetlarning vazifalarini to„la o„zlashtirgan bolalar o„z o„yinlarida
nafaqat shu predmetlardan foydalanadilar, balki ularni o„z vazifalariga ko„ra
ishlatadilar ham. Predmetli faoliyatga kirishishi bolaning turli layoqatlari va qo„l
xarakatlarini rivojlantiradi. Bolaning nutqi u to 1,5 eshga etgungacha ancha
sekin rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 so„zdan to 100 tagacha so„zni bila
oladi, lekin ularni juda kam qo„llaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa uning nutqi jadal
rivojlanadi. Endi u nafaqat predmetlarning nomini aytishlarini so„rabgina
qolmay bu so„zlarni talaffuz etishga ham xarakat qiladi. Nutqning rivojlanish
darajasi juda jadallashadi. 2 yoshning oxirlariga borib bola 300 tagacha, 3
yoshning oxirlagiga borib esa 500 dan to 1500 tagacha so„zni ishlata oladi.
SHuningdek so„zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to„g„ri tuza oladilar.
SHuni aloxida ko„rsatish joizki 1,6-3 Yosh bu nutq rivojlanishi uchun
senzetiv davr xisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanish asosini idrok va tafakkur
xarakatlarining yangi ko„rinishlari tashkil etadi. 1 yoshli bola xali predmetlarni
ketma-ket, sistemali ravishda ko„rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning
qandaydir bir ko„zga tashlanib turadigan belgisiga o„z e‟tiborini qaratadi va
predmetlarni shu belgilariga ko„ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok xarakatlarini
egallanishi bolaning predmetli xarakatlarini bajarishdan ko„z bilan chamalab
xarakat qilishiga o„tishda namoyon bo„ladi endi u predmetning bo„laklarini
ushlab ko„rmasdan chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 eshli bola kattalarning bergan
namunasi rangin shakli va kattaligiga ko„ra aynan shunday predmetlarni
chamalab idrok etgan xolda to„g„ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so„ngra
kattaligiga va shundan so„ngina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jaraenda bola
bir xil xususiyatga ega bo„lgan juda ko„p predmetlar borligini tushuna boshlaydi.
Lekin bola rasm chizishni boshlaganida predmetlarni rangini e‟tiborga olmaydi
va o„ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko„rsatishiga 2,5-3
yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to„g„riburchak,
ko„pburchak) va 8 xil rangni (qizil, qovoq sariq, sariq yashil, ko„k, siexrang, oq,
qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning ishlatilishi jixatidan turli xil
narsalarda turlicha bo„lishi sababli bu eshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan
nomlarini aniq bilishlari va o„z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq.
Kattalarning bu yoshdagi bolalardan shu rang va shakllarni eslab qolishini talab
etishlari noto„g„ri bo„lib, buning uchun mos davr bu 4-5 esh xisoblanadi. Bu
eshdagi bolalar so„zlardagi barcha tovushlarni idrok eta oladilar.
Bola 3 yoshigacha o„zlashtirgan so„zlar asosan predmet va xarakatlarning
nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning funksiyasini anglatib bu predmet yoki
xarakatning tashqi ko„rinishi o„zgarsa ham uning nomi o„zgarmaydi. SHuning
uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funksiyalariga bog„lagan
xolda tez o„zlashtiradi.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur
operatsiyalari yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga xarakat qila
olganidan so„ng esa uni sinchiklab o„rganishida ko„rishimiz mumkin. Ularning
tafakkurlari asosan ko„rgazmali xarakatli bo„lib, u atrof olamdagi turli
bog„liklarni o„rganishga xizmat qiladi. O„zidan uzoqroq turgan koptokni biron
bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko„rgan bola endi mustakil
ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni kaltak erdamida olish mumkinligini
tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o„rin
tutadi. Umumlashtirishda nutq asos xisoblanadi. Masalan, soat deyilishi bola
qo„l soati, osma soat, shuningdek budilnikni ham tushunishi kerak. Lekin ular
turlicha bo„lgani sabab ularda umumiylikni topish bola uchun birmuncha
qiyinroq xisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va umumlashtirishni
tashkil etadi. 2-3 yoshli bolalar ma‟lum bir predmetlarning o„rniga ularning
o„rnini bosishi mumkin deb xisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar.
Masalan, o„yin jarayonida bola cho„pni qoshiq yoki termormetr o„rnida,
yog„ochdan krovat yoki mashina o„rniga foydalanishi mumkin. Bir predmetni
boshqasi o„rnida qo„llash mumkinligini bilish bola atrof olamni bilishi,
o„rganishidagi ahamiyatli burilish xisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarni
yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi asta-sekinlik bilan kattalar aytib
berayotgan ertak, voqea, hikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan narsalarni
tasavvur eta oladilar. Ertak eshitish jarayonida bola ertak qaxramonlarini
kimgadir o„xshatishga xarakat qiladi, u o„zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni
to„qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy funksiya
xisoblanib, u bilishning barcha ko„rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu
davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning xayotiy tajribalarni
o„zlashtirishida avvalo xarakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu
borada xarakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan
ixtiyorsiz bo„ladi. Bu davrdagi bolalarga ko„p kitob o„qib berish natijasida ular
uzun ertak va she‟r xikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish
bolaning umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual
xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning
barchasiga xos bo„lgan nerv sistemasining umumiy egiluvchanligi natijasidir.
O„zi va atrof xayot xaqidagi voqea va xodisalarda ketma-ketlik borligi uchun
ham ularni xali to„liq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi.
Bu davrdagi bolalar asosan o„z xatti xarakatlarini o„ylab o„tirmaydilar. Bu
xatti-xarakatlar ularning xoxish va xissiyotlari asosida bo„ladi. Bu yoshdagi
bolalarning xatti-xarakatlari juda o„zgaruvchan bo„ladi. Masalan: bolaning
yiglashi ham, yig„idan to„xtashi ham juda oson. Ilk bolalik davrda bolada o„z
yaqinlariga onasi, otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisbatan muxabbat
shakllanadi. Ilk bolalik davrida bu muxabbat boshqa shaklga o„tadi. Endi bola
o„z yaqinlaridan maqtov, erkalash olishga xarakat qiladi. Ota-onalar tomonidan
bolaning xatti-xarakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional
baxolari ularda o„ziga nisbatan o„z layoqat va imkoniyatlariga nisbatan
ishonchni shakllantiradi. U o„z ota-onasiga nihoyatda qattiq bog„langan bo„lib,
intizomli va itoatkor bo„ladi. Ana shu bog„liqlik sababli bolaning asosiy
extiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo„lgan bolalar
ko„proq xarakat qiladilar va atrof muxitni o„rganishga intiladilar. Bu davrda bola
o„z ismini juda yaxshi o„zlashtiradi. Bola doimo o„z ismini ximoya qiladi, uni
boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan
qiladigan muomala munosabati uni o„zini aloxida shaxs sifatida anglashining
boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi.
Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab o„z «Men»ini anglay
boshlashi vaqtliroq yoki bir muncha kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli
bola o„zini o„z xoxish va extiyojlarini qondirishi mumkin bo„lgan manba deb
biladi va bu uning «Menga bering», «Ko„taring», «Men ham boraman» kabi
talablarida ko„rinadi. Uch yoshli bolalar o„zlarini o„zgalar bilan taqqoslay
boshlaydilar, buning natijasida bolalarda o„z-o„zini baxolash vujudga keladi.
SHu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo„lish extiyoji yuzaga keladi va bu
ularning «o„zim qilaman» qabilidagi so„zlarida nomoyon bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: |