Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishdagi zamonaviy yondashuvlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə52/52
tarix24.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#191226
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif

Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishdagi zamonaviy yondashuvlar
Psixika rivojlanishini yoshga oid davrlashtirish masalalari A.N.Leontev, L.I.Bojovich, V.V.Davidov, M.I.Lisina, A.V.Petrovskiy, D.I.Feldshteyn va boshqalarning ishlarida batafsil ko‘rib chiqilgan. V.I.Slobodchikov va R.A.Tsukermanlar yoshga oid davrlashtirishning birmuncha mashhur ikki modelini E.Erikson va D.B.Elkonin ta’limotlarini tahlil qilgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu ikki ta’limot «muvozanatlashmagan» va «to‘liqsiz»ligi bilan farqlanadi. E.Erikson birinchi o‘ringa rivojlanishning ichki manbalarini qo‘ysa, D.B.Elkonin-tashqi muhitni qo‘ydi. Mualliflar umumiy psixik rivojlanish va davrlashtirish nazariyasi asosiga, bir vaqtning o‘zida rivojlanishning ikki tomonini – uning ob’ekti va manba’sini o‘z ichiga oluvchi «mavjudlik birligi» tushunchasini qo‘yishni taklif qilganlar har qanday insoniy birlikni (mavjudlikni) tuzilishida kamida ikki kishi ishtirok etadi va birlikning mazmuni va shaklini almashinuvi hamkorning almashinuvi bilan kuzatiladi. Psixik rivojlanishning integral davrlashuvini umumiy ko‘rinishi o‘zida bazis (asos) birlikning har-hil turlarida shaxs rivojlanishining sub’ekti sifatida inson rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi. Har bir bosqich murakkab tuzilishiga ega: mavjudlikni shakllanish bosqichi va mustaqillikni shakllanish bosqichi, tug‘ilish inqirozi (yangi birlikka o‘tish) va rivojlanish inqirozi (yangi birlikni o‘zlashtirish) farqlanadi. Yondashuvni keng batafsil yoritmasdan ajratilgan bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz: I. Jonlanish (tug‘ilgandan 12 oylikkacha, katta yoshdagi qondoshi bilan umumiylik. Bola o‘zining jismoniy psixosomatik individualligini egallaydi. II. Ruhlanish (11oylik-6,5yosh) – katta yoshdagi yaqinlari bilan umumiylik (birlik). Bola o‘zi uchun ilk bora o‘zining o‘zligini (mashhur bo‘lgan «Mening o‘zim!») kashf etadi, o‘zining shahsiy hohish va qobiliyatini sub’ekti deb biladi. III. Shaxsiylashuv (5,5-18 yosh)-qo‘liga qalam tutgan insonning hamkori bo‘lib, madaniyat sohasidagi ijtimoiy kattalar hisoblanadi; o‘qituvchi, murabbiy, ustoz va b.r. Inson birinchi marotaba o‘zini shaxsiy tarjimai holining muallifi ekanini anglaydi, kelajagi uchun shaxsiy javobgarligini his qiladi, boshqa odamlar bilan birgalikdagi turmush ichida o‘zining ular bilan o‘xshashlik chegaralarini aniqlaydi. IV. Individuallashuv (17-42yosh)-insonning hamkori bo‘lib, ijtimoiy qadriyatlar va ideallar tizimi bilan asoslangan, faoliyat munosabatlariga u bilan kirishuvchi insoniyat hisoblanadi. Sub’ekt rivojlanishining ushbu bosqichini mohiyati – insonning shaxsiy mavqeini o‘lchashiga ko‘ra ijtimoiy qadriyatlarni individuallashuvidir. Inson o‘z mustaqilligi uchun javobgar bo‘lib boradi. V. Universallashuv (39yoshdan yuqori) har qancha rivojlangan individuallik chegaralaridan tashqariga chiqish va bir vaqtning o‘zida umumiy-yuqori insoniy, ekzistensial qadriyatlar doirasiga «o‘zining boshqasiga» kirish. Ilohiy insoniyat universal voqelikni anglashdagi suhbatdosh va tuzishdagi ishtirokchi sifatidadir. Slobodchikov va Sukermenlar kimyodagi Mendeleyev jadvali yoki biologiyadagi evolyutsion shajara bilan davrlashtirish chizmasining ahamiyatini taqqoslab, davrlashtirish chizmasini katta amaliy ahamiyatiga ishonch hosil qildilar: «Agar rivojlanishning umumiy haritasi tuzilsa, psixolog va pedagoglar turli yoshdagi odamlar uchun rivojlanishning maqbul yo‘llarini (ma’lum bir qadriyatlar nuqtai-nazaridan) ta’minlash uchun, ular yaratadigan madaniy - ta’limiy kenglikdagi bo‘shliqlar, oq dog‘larni ko‘rishlari mumkin. So‘nggi yillarda psixik rivojlanishda inqirozlar g‘oyasini nazariy va eksperimental o‘rganish keng avj oldi. Inqiroz davrlarining yangi tuzilishi L.I.Bershedova tomonidan yoshga bog‘liq rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishga psixologik tayyorlik shaklida tahlil qilingan. K.N.Polivanova ishlarida og‘ir «inqirozli» yosh davrlarida ontogenetik rivojlanishda real va ideal shakllarni o‘zaro o‘tishi sodir bo‘lib, bu o‘zaro ta’sirning murakkab ichki mehanizmi ochiladi. Bu mantiqda inqiroz (og‘ir) yoshi zaruriyat yuzasidan bir qator keyingi keluvchi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Psixologlar diqqat markaziga nafaqat yoshdagi yangi tuzilmalar balki, «yo‘qotishlar», (me’yoriy yoshga doir involyutsiya belgilari) ham kiritilishiga e’tibor qaratiladi. Yoshga oid dinamika nafaqat kattalar nuqtai nazaridan (yetilishning psixofiziologik me’yori va yoshning madaniy me’yoriga muvofiqlikni bola tomonidan egallanishi nuqtaidan) balki «o‘zini his qilish» bolalik me’zonlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqilishi kerak.zamonaviy psixologlar postindustrial axborotli davrda ijtimoiy hayotning yangi yondashuvlariga ahamiyat qaratmoqdalar. XX asrning oxiri XXI asrning boshi hayotning odatiy davrlarini chegarasi va yoshga oid barqaror orientatsiyalarning yemirilishi bilan harakterlanadi. Davr xodisalari tobora vaqt va kenglikda individuallashadi va keng o‘lchamda turlanadi (o‘zgaradi): maktabga chiqish vaqti, talabalik davri, mutaxassisligi bo‘yicha ish boali, shuningdek nikohga kirish, erta va kech farzand tug‘ilishi. K.N.Polivanova «yosh g‘oyasi», «madaniy yosh» (tushunchalari) kategoriyalari insonga munosabat vositasi sifatida (o‘zining ahamiyatini) uning jamiyatdagi o‘rnini aniqlab, unga ma’lum bir talab va kutuvlarni qo‘yib, o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Biroq, zamonaviy holat yagona «yosh pog‘onalardan» individual rivojlanishning noaniqligiga o‘tishni aks ettiradi. Ayrim tadqiqotlar davrlashtirish yondashuviga muqobil sifatida hayotiy hodisalar psixologiyasini rivojlantirishni taklif qiladilar. Bu muammoda ko‘p jihatlar o‘rganilmay qolmoqda, lekin uning o‘rganish usullari nazariy jihatdan yetarli darajada aniq yoritilgan29.

1 Г. Крайг. Психология развития. СПб., 2000. Ст 13 – 60.

2 Д. Баттерворт, М. Харрис. Принципы психологии развития. М., 2000. Ст 16.

3 И.С. Кон. Ребенок и общество. М., 1988. Ст 70.

4 Д.Б.Эльконин. Введение в детскую психологию //. Избр. психологические труды. М., 1989. Ст 26

5 Виготский Л.С. проблема возраста // собр. Соч. : В 6 т. Т 4. М., 1983. Ст 244 – 269.

6 Баттерворт Д., Харрис М. Принципы психологии развития. Ст 40 – 42.

7 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 11-18 бет (mazmunidan foydalanildi)


8 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 22-30 бет (mazmunidan foydalanildi)


9 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 34-45 бет (mazmunidan foydalanildi)


10 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 45-57 бет (mazmunidan foydalanildi)


11David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY-2010.4-5pages.

12 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 57-68 бет (mazmunidan foydalanildi)


13 David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY-2010. 188-189pages.


14 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 72-84 бет (mazmunidan foydalanildi)



15 Watson J. (1913). Psychology as the Behaviorist Views it. Psychological Review, 20,158-177

16Sahakian, W.S. (1976) Kearsley, G. Drive Reduction. Theory. Retrived November 9, /2002 from http: tip. Psychology.org/hull.html


17 David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010. 4-5pages.

18 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 84-96 бет (mazmunidan foydalanildi)



19 А.В.Мудрик Социализация человека .. Москва “Академия”. 2006. (mazmunidan foydalanildi)


20 А.В.Мудрик Социализация человека .. Москва “Академия”. 2006. (mazmunidan foydalanildi)


21 А.В.Мудрик Социализация человека .. Москва “Академия”. 2006. (mazmunidan foydalanildi)


22 А.В.Мудрик Социализация человека .. Москва “Академия”. 2006. (mazmunidan foydalanildi)



23 А.В.Мудрик Социализация человека .. Москва “Академия”. 2006. (mazmunidan foydalanildi)



24 Bertrand Russell The history of western philosophy NEWYORK 2010 696-700 page

25 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 96-105 бет (mazmunidan foydalanildi)

26 David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010 . 185pages.


27 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 108-125 бет (mazmunidan foydalanildi)



28 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 125-140 бет (mazmunidan foydalanildi)



29 И.В.Шаповаленко Возрастная психология Москва Гардарики 2005 140-156 бет (mazmunidan foydalanildi)



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin