Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif
Bolalar rivojlanishini taraqqiyotini o’rganishning diadik tamoyili Ijtimoiy o’rgatish yo’nalishining boshqa vakili R.Sirsning asosiy diqqatini predmeti ota-ona va farzand munosabati bo’lgan R.Sirs ilk bolalik davridagi har bir bola xulq-atvorni ona va bola xulq-atvori birligini ifodalovchi o’ziga xos diadik birlik ichida keluvchi davr sifatida ko’rib chiqishni muhim deb hisoblagan. U bolaning rivojlanishiga ota-onaning ta`sirini amalga oshiruvchi vosita bo’lgan mexanizmni tushuntirish uchun o’rgatish nazariyasi doirasida psixoanalitik atamalarni engish regressiya, identifikatsiya qo’llagan. R.Sirs tomonidan bolaning rivojlanishida xulq-atvorning umumiy motivatsiyasi xarakteriga ko’ra farqlanuvchi uchta yoshga bog`liq faza ajratilgan. R.Sirs bo’yicha xulq-atvor shakllanishi motivatsiyasi hayoti davomida orttirilgan hosil bo’lgan ehtiyojlar-tobelik yoki qaramlikdan bevosita bog`liqlikda bo’ladi. Boshlang`ich fazada bola o’zining organik sezgisiga yuklangan va autik. Biologik ehtiyojlarni qondirilishi ochlik va chanqovni qondirmoq sovuqlik va og`riqdan xalos bo’lish onaning harakatlari bilan bolani bog`laydi, bu birinchi o’rgatish tajribasini tashkil etadi. Bunday tarzda onaga tobelik bog`liqlik tug`iladi. Bola ijtimoiylashuvni boshlanishi diadik o’zaro ta`sirni ortganligini unga kim g`amxo’rlik ko’rsatayotgan bo’lsa ular bilan birlamchi harakatini ko’rsatadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolaga birmuncha darajada etukroq xulq-atvorni shakllantirishga yordam berib, quvvatlashning asosiy vakili sifatida namoyon bo’luvchi ona-ota, oilaning boshqa a`zolari muhim ta`sir ko’rsatadi. Bola o’quvchi oila a`zolaridan kamroq darajada qaram bo’ladi. SHu o’rinda uni o’qituvchi tengqurlari do’stlaridan qaramligi ortadi. Tobe qaram xulq-atvorning xarakterli shakllari ilk bolalik davrida shakllanadi, ular ba`zan hayot davomida o’rganiladi mustahkamlanadi va saqlab qo’yiladi. Ular orasida diqqat bilan qidirish sening ish va yumushlaringda boshqa insonning ishtirokini ta`minlashga intilish va`da xususida iltimos rahbariyatga yupanch yordam so’rab murojaat qilish, jismoniy tegish ushlab turish va fazoviy yonida bo’lish yaqinlikka intilish. Juda kuchsiz qaramlik adekvat ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish uchun zarur bo’lgan motivatsion bazalarni ta`minlay olmasa, juda kuchli qarshilik esa individni shaxsiy motivatsiyasiga o’tishga, mustaqil, erkin bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Ota-onalarning bola bilan o’zaro ta`sirda bo’lish uslubi rag`batlantirish va jazolash nuqtai nazari bilan uyg`unlashgan, juda chuqur o’ylangan bo’lishi kerak.
SHuningdek Dj.Gevirts etuklik va go’daklik yoshidagilarning ijtimoiy motivatsiyasi va qaramligini yuzaga kelish shartlarini o’rgangan. Uning yondashuvini yangiligi shundaki, unda bolaning xulq-atvori ota-ona xulq-atvoriga quvvatlovchi ta`sir manbasi sifatida talqin qilingan. Ota-ona rag`batlantirish va jazolash tizimlarini qo’llagan holda o’z farzandining xulq-atvorini shakllantiradi lekin bola hatto go’dak chaqaloq ham jilmayish, kulish, yig`lash vokalizatsiyani namoyish etib, ota-onasida turli xil ko’rinishdagi xulq-atvorini shakllantirishi va nazorat qilishi mumkin. R.Sirsning ota-ona va farzand munosabatini asosi sifatidagi diadik tamoyili haqidagi g`oyalari keyinchalik qayta ishlab chiqilgan. Ijtimoiy xulq-atvor har qanday xulq-atvorning umumiy qonuniyatlariga bo’ysunadi, biroq muhitning stimulli qo’zg`atuvchi, rag`batlantiruvchi ta`siri boshqa odamlar xulq-atvori bilan asoslanadi. Dj.Gevirts aniq bir bola uchun u yoki bu stimullarning ta`sirchanligi xususidagi masalani alohida ta`kidlaydi. Bolaning individual rivojlanishida aynan bir xil stimullar ham turli qo’zg`atuvchi kuchga ega bo’lishi mumkin. Ijtimoiy-motivatsion rolni bajarish uchun stimulyatsiya qo’zg`atuvchi rag`bat ahamiyatli funktsional bo’lishi kerak. Muntazam ravishdagi tanbeh pand-nasihat bolaning xulq-atvoriga ta`sir ko’rsatmay qo’yadi.
1.Bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarni o’zgarishi. SHunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmida amerika psixologiyasida rivojlanish asta-sekin bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarga o’zgaradi. Bola nafaqat o’z atrofidagilarning ta`sirini his qiluvchi balki o’zi ham ularga ta`sir ko’rsatuvchi ya`ni o’zaro aloqa bo’yicha hamkor sub`ekt sifatida faol mavjudot sifatida ko’rib chiqila boshlandi. YAngi yondashuvning ayrim aspektlari nuqtai nazari A.Bandura va Dj.Gevirts g`oyalari ifodasida yangradi chunonchi masalan hayotning ilk bosqichlarini mustaqil ravishda kuzatish orqali o’rgatish haqiqiy amaliyligini xulq-atvor harakatlari tuzilishida ichki kognitiv o’zgaruvchilarni ajratishni ichki quvvatlovchi javoblar ahamiyatini e`tirof etgan XX asrning 70-yillari o’rtalariga kelib, psixika ontogenezini tadqiq qilish uchun ijtimoiy o’rgatish nazariyasi va manipulyativ eksperement metodidagi asosiy qiyinchilik yo’nalishning o’zini ichida aniq bo’ldi:
-ma`lumotlar aniqligi va to’g`riligiga urinishda qidiruv eksperementidan voz kechish yuz berdi eksperemental metod o’z-o’zidan ma`lum bo’lgan faraz bilan laboratoriya testlariga muvofiqlashtirishdi;
-ko’pincha laboratoriya eksperementi sun`iy xarakter kasb etgan real hayotiy muammolardan ajratib olingan va bolaning psixik rivojlanish jarayonlarini tushunish uchun yaroqsiz amaliyot talablariga javob bera olmaydi;
-tadqiqot natijalari yoshga bog`liq tafovutlar va kishilar xaraktekistikalarini qayd etishni o’zida namoyon etgan, lekin ularning yordami bilan rivojlanish sabablarini va shartlarini aniqlab bo’lmagan- ko’p takrorlanuvchi empirik ma`lumotlarda tushunchani umumlashtiruvchilari kam sonli va kuchsiz edi;
-kattalar va bolalar, hayvonlar va insonlar psixik faoliyatining umumiy mexanizmlari mavjudligiga uqtirish insonning ontogenetik rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlarning haqiqiy imkoniyatlarini tizimli ravishda pasayishiga olib keldi.
Ma`lum qilinishicha rivojlanish psixologiyasi “imkon qadar qisqa oraliq vaqt mobaynida qiziq bir inson bilan ajoyib o’zoro ta`sir vaziyatida bolaning g`alati xulq-atvori haqidagi fan” istexzoli bo’lish kerak emas deb uni U.Bronfenbrenner ta`riflagan. Ushbu qarama-qarshiliklarni anglash rivojlanishning amerika psixologiyasida yangi tendentsiya (g`oya) tabiiy tadqiqot g`oyasini tug`ilishiga bolaning psixik rivojlanishi tuzilishidagi aktsentlar aralashuviga olib keladi. XXasrning 80-yillari boshida ilmiy tadqiqotning majburiy xarakteristikalaridan biri ekologik validlik talabi bo’lgan. Ekologik validlik kundalik hayotdagi vaziyatlar xususiyati sinaluvchilarni tadqiqot vaziyatda qurshab turuvchi shart-sharoitlar muvofiqligi sifatida muhokama qilinadi. Tadqiqotchining dolzarb shiori bolaning bilish jarayonlari va har qanday faolligini bu uning tabiiy maqsadga yo’naltirilgan faoliyatida qanday o’rin egallasa shunday ko’rinishda o’rganish kerak ekspermental tadqiqot o’tkazishga yangi talablar ilgari surilgan edi:- sinaluvchiga ko’rsatmani maishiy (kundalik) tilda taqdim qilish ekspermentator faolligini cheklash, sinaluvchini diqqat bilan kuzatishi va uning hal etish strategiyasini qayd qilib borish o’zgarishlarni aniqlash o’rgatuvchi ekspermental tadqiqotlar qo’llanilishidan voz kechish real hayotda aynan shu metod va mexanizmlar qo’llanilishiga kim kafolat beradi.