Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


Psixik rivojlanish taraqqiyot tadqiqotidagi ikkita paradigmalar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə47/52
tarix24.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#191226
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif

Psixik rivojlanish taraqqiyot tadqiqotidagi ikkita paradigmalar
Zamonaviy psixolog L.F.Obuxova, L.S.Vigotskiyning rivojlanishga biologizatorlik, naturalistik va madaniy-tarixiy yondashuvlarning printsipial asosiy farqlari haqidagi talqiniga tayanib, bolalar rivojlanishi tadqiqotida ikkita asosiy paradigmani mavjudligi va ajratilishini uqtirgan tabiiy-ilmiy hamda madaniy-tarixiy. T.Kunom izidan u paradigma tushunchasini ma`lum bir vaqt davomida ilmiy birlashmaga turkumga muammolarni va ularning echimini ko’rsatish modeli barcha tomonidan tan olingan, ilmiy yutuq sifatida talqin qilgan. L.F.Obuxova ta`kidlashicha, paradigma tushunchasi psixologlar diqqatini psixologik maktab va yo’nalishlar asos qilib olgan ustanovkalarni anglashga qaratadi, bu rossiya ilm-fanini bugungi ochilishida, psixologlarni bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina yondashuvlar va ta`limotlar bilan tanishtirishda juda muhim. Tabiiy-ilmiy paradigma ham, yosh davrlar psixologiyasi tarixida ham uning taraqqiyotini zamonaviy bosqichida ko’pgina variantlar asosida ifodalangan. Asosiy naturalistik ustanovkalar biogenetik nazariya me`yoriy yondashuv klassik bixeviorizm, ikkita omil konvergensiyasi nazariyasi bolani psixoanalitik o’rganish J.Piajening intellektual rivojlanish ta`limoti singari tashqi sirtdan o’xshamaydigan nazariyalar asosida yotadi. O’sha naturalistik metodologik yondashuvlar etologik, ekologik, invayronmental, ijtimoiy kognitiv va asoslangan rivojlanishni o’rganishning yangi ta`limoti hamda yo’nalishi yuzaga keladi. Bu paradigmalar doirasida psixik rivojlanish tuzilishi va sharoitlari haqida ko’pgina empirik dalillar to’plangan samarali tadqiqotlar o’tkazilgan insoniyat hayoti va psixikasining asosiy aspektlari sohalari xulq-atvor intellekt va emotsional irodaviy sohalar tahlil qilingan. L.S.Vigotskiy ishlarida asos solingan madaniy-tarixiy paradigmalar rossiya rus psixologlari A.N.Leontev, A.V.Zaporojets, P.I.Zinchenko, P.YA.Galperin, D.B. Elkonin, M.I.Lisina, V.V.Davidov, L.A.Venger, N.N Poddyakova, N. F Talizina, N.G Salimena va ko’pgina boshqalar tadqiqotlarida davom ettiilgan. L.S.Vigotskiy nazariyasining xorijiy izdoshlari- D.J Brunner, M Kov, S Skribner, R Vander Veer, D.J. Verch va boshqalar.
Har ikkala paradigma ham mavjudlikka hamda kelgusida rivojlanish huquqiga ega, ammo ularning asosida bir-birini inkor qiluvchi ilmiy ustanovkalar yotadi, shuning uchun ular oddiy jamlanib bo’lmaydi. Soddalashtirilgan elektrik yondashuvlarni va g`oya tushuncha yoki hatto dalillarni tanqid qilmay o’zlashtirib olishdan qochish kerak.
Ta`lim va taraqqiyotning o’zaro munosabati qanday baholanishiga qarab, bu masalada 2 nuqtai - nazarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Nemis psixologi V.SHtern ta`lim psixik taraqqiyotning orqasidan boradi va unga moslashadi, degan fikrni ilgari suradi. Uning ta`kidlashicha, bola tomonidan narsalar bilan tanishish va ularni bilib olish o’z-o’zidan amalga oshadi, ta`lim esa mustaqil, avtonom ravishda amalga oshadigan taraqqiyotga moslashadi (“Personalistik psixologiya” qontseptsiyasini yaratgan, ya`ni shaxsning yaxlitligi, psixik va fizik birliklarga bo’linmasligi to’g`risidagi nazariya).
Bunga qarama - qarshi fikrni rus psixologi L.S.Vigotskiy bildiradi. U bolaning psixik rivojlanishida ta`lim va tarbiyaning etakchi roli haqidagi qoidani birinchi bo’lib ilgari surdi. Uning fikricha, ta`lim taraqqiyotdan oldinda boradi va uni o’z orqasidan ergashtiradi.
Birinchi fikrga binoan, ta`lim uchun imkoniyat etguncha, aqliy jihatdan etilish jarayoni kelguncha, passiv ravishda kutib turish lozim.
Ta`lim etakchilik rolini bajaradi. Ikkala jarayon bir-biri bilan bog`liq: rivojlanish va ta`lim parallel tarzda sodir bo’ladigan ikki jarayon emas, ular bir butun jarayondir, deb ta`kidlaydilar. Ta`limsiz to’la aqliy rivojlanish bo’lishi mumkin emas. Ta`lim rivojlanishga stimul - turtki beradi, rivojlanishni o’z orqasidan ergashtirib boradi. Lekin rivojlanishga stimul bo’lish bilan bir vaqtda ta`lim o’zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan taraqqiyot darajasining xususiyatlarini hisobga oladi.
SHuningdek. L.S. Vigotskiyning taraqqiyotning ikki zonasi haqidagi g`oyasi ham rivojlanish jarayonini boshqarish uchun katta ahamiyat kasb etadi. L.S. Vigotskiy bola taraqqiyotining ikki zonasini ajratib ko’rsatadi:

  1. Aktual taraqqiyot zonasi.

  2. YAqin kelajak taraqqiyot zonasi.

Agar bola biror ishni kattalar yordami bilan bajara olsa, bu uning yaqin rivojlanish darajasi, zonasidan dalolat beradi. YAqin kelajak zonasi bizga bolaning ertangi kunini, rivojlanishining dinamik holatini aniqlashga yordam beradi.
Agar bola topshiriqni mustaqil ravishda bajara olsa, bu uning aktual taraqqiyot zonasini ko’rsatadi. SHu bilan birga L.S.Vigotskiy ta`lim-tarbiya jarayonida bir tomondan, bolaga kuchi etmaydigan, uning aktual rivojlanish darajasi va yaqin imkoniyatlariga to’g`ri kelmaydigan talablar qo’ymaslik kerakligini ta`kidlaydi. Boshqa tomondan esa, o’qituvchi bugun bola kattalar yordami bilan, ertaga esa mustaqil tarzda bajara olishini bilsa, bola taraqqiyotini jamiyat talablariga mos ravishda, maqsadga muvofiq tarzda takomillashtirib borishi mumkin28.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin