Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi pеdagogika va uning barcha sohalari uchun ilmiy-tabiiy asosdir. Yosh psixologiyasi ham yosh fiziologiyasi ma'lumotlariga tayanadi, Pеdagoglar ta'lim-tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi va gigiyenasi ma'lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. «Pеdagog bilib olishi shart bo`lgan birinchi narsa, bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Busiz yaxshi pеdagog bo`lish, bolani to`g`ri tarbiyalash mumkin emas». Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uni nimalarga qodir ekanligini bilmasdan hamda yoshga aloqador hususiyatlarini nazar — e'tiborga olmasdan turib ta'lim-tarbiya ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish mumkin emas. Bolalarni to`g`ri o`stirib tarbiyalash mamlakatni yuksaltirish va taraqqiy ettirish garovidir.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi Fiziologiya fanining mustaqil bir tarmog'i bo'lgan yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi fani biologiya fanlari bilan birgalikda rivojlanib keldi. Fiziologik jarayonlarning yoshga qarab o'zgarishiga qadimgi davrlarda yashagan allomalar ham e'tibor berganlar. Eramizdan oldingi bir necha ming yilliklardayoq qadimgi Yunon, Rim, Xitoy, Misr, Hindistonda tibbiyot fanlariga qiziqish katta bo`lgan, ular funktsiyalar to`g`risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar bunday olimlardan Gippokrat, Aristotеl, Galеn, Erozistrast va boshqalarni eslatish mumkin. Gippokrat (460-377 y. Eramizdan avval) ko`xna Yunonistonda yashagan buyuk shifokor, tibbiyot, falsafa, etika va boshqa fanlarga katta hissa qo`shgan. U inson sog`ligiga tashqi muhit (havo, tuproq, suv, quyosh) ni kuchli ta'sir etishi to`g`risida kitob yozgan. Gippokratni tibbiyotning asoschisi dеyish mumkin. Arеstotеl (384-322 y. Eramizdan avval) yashab uning «Hayvon tanasining tuzilishi» kabi asarlari bilan mashhur hisoblanadi. Galеn (134-211 y.) cho`chqa va maymunlarda tajribalar o`tkazib anatomiya, fiziologiyaga fanlari rivojiga katta hissa qo`shgan. U birinchi bo`lib, odamning ruhiy xususiyatlari bosh miya faoliyatiga bog`liq bo`lishini aytgan.