Qiyosiy tormozlanish. Miya yarim sharlar po`slog`ida shartli refleks faqat shartli ta`sirga nisbatan hosil bo`lmasdan, balki shu ta`sirga yaqin ta`sirlovchilarga nisbatan ham bog`liq bo`ladi. Shartli ta`sirlovchining rangi, shaqli, tovush balandligi bir oz o`zgartirilgundek bo`lsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi.
Kechikuvchi shartli refleks. Agar shartsiz ta`sirlovchi kechiqtirilib ta`sir qilinsa, shartli refleks ta`sir berilishi bilanoq emas, balki bir oz kechroq hosil bo`ladi. Kechikuvchi shartli reflekslar bog`cha, maktab yoshidagi bolalarda juda qiyinlik bilan hosil bo`ladi. Bu bolalar oliy asab faoliyatining tipiga bog`liq.
Analizatorlarning fiziologshiyasi va gigiyenasi. Odam organizmi tashqi muhit bilan uzviy bog`langan, bu bog`lanish sezgi organlari orqali amalga oshadi, ya'ni tashqi muhitning barcha omillari sezgi organlariga ta'sir etadi va ular bosh miyadagi markazlariga qabul qilinadi. Sezgi organlarga ko`rish, eshitish, teri, hid bilish, ta'm bilish analizatorlari kiradi.
I.P.Pavlov sezgi organlari markazini analizatorlar deb atagan. Analizatorlar bosh miya po`stloq qismida joylashgan.
Har bir analizator uch qismdan tashkil topgan.
1.Analizatorlarning pereferik ya'ni retseptor qismi.Analizatorning periferik bo'g'imi hisoblanadi, ular ma'lum ta'sirga javob beruvchi nerv uchlari bilan tugaydi. Reseptor tuzilishi, joylashishi, funksiyasiga ko'ra turli xil bo'ladi. Ayrim reseptorlar oddiy tuzilishga ega bo'lgan nerv uchlaridan iborat bo'lsa, ayrimliri murakkab tuzilishdagi sezgi organlarining alohida tuzilmalari yig'indisidan iborat bo'ladi. Retseptorlar joylashishiga qarab ikki qismga ekstroretseptorlar va introretseptorlarga bo`linadi.
Ekstroretseptorlarga: teri, ko`z, quloq, hid bilish, ta'm bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular turli xildagi tashqi ta'sirlarni qabul qiladi.