Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə41/57
tarix13.04.2023
ölçüsü190,35 Kb.
#97579
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham

Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan boshlanib, u bir oz Yuqoriga kutarilibyoyni hosil qiladi.
Aorta qon tomiri bir-nechta mayda arteriyalarga bo`linadi. Kapilyar yokt qil tomirlarda modda almashinadi. Arteriya kapilyari, vena kapilyarini, vena tomirlari yuqori va pastki qavat venasini hosil qilib, yurakning o`ng bo`lmasiga quyadi va shu bilan katta qon aylanish doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doirasi organizmni butun hujayralarini qon bilan ta`minlaydi.
Kichiq qon aylanish doirasi yurakning ung qorinchasidan, o`pka arteriyasi bilan boshlanib, o`pkaga boradi, u yerda arteriya, o`rta arteriya kapelyarlariga tarmoqlanib, o`pka hujayralari bilan gazlar almashinib, to`rtta upka venasi bo`lib, yurakning chap bulmasiga quyiladi. Qon aylanishning bu kichiq qon aylanish doirasini hosil qiladi.
Ona qornidagi embrion tug`ulguncha, kichiq qon aylanish doirasi funktsiyalanmaydi. Ona qoni homila qoni bilan aralashmaydi. Homilada modda almashinuvi yo`ldosh (platsenta) dagi qon tomirlar vositasida sodir bo`ladi.
Bola tug`ilishi bilan uning qon aylanishi tizimida bir qator chuqur o`zgarishlar hosil bo`ladi, ya`ni nafas olish bilan o`pkada qon oqish nisbatan bo`ladigan qarshilik keskin kamayadi, o`pka tomirlari qon bilan to`ladi va natijada o`pka arteriyasidagi bosim aortadagiga nisbatan kamayib ketadi. Natijada o`pka arteriyasidan qon aortaga o`tmay qoladi. Chap bo`lmaga o`pkada tozalangan qon ko`plab to`shganligi uchun unda bosim ancha oshib ketadi. Oqibatda chap va o`ng bo`lmalari orasidagi klapan doimiy yopiq bo`lib qoladi. Shunday qilib, yurakning chap va o`ng bo`lmalari bir-biridan butunlay ajralib, katta va kichiq qon aylanish doiralari mo`staqil bo`lib oladi.
Bolaning o`sish va rivojlanish jarayonida yurak massasi va hajmi ortib boradi. Shu bilan birga funktsiyasi ham o`zgaradi, Bunday o`zgarishlar bolaning birinchi yoshlarida, qisman barcha yoshida va jismoniy balog`at yoshida juda tez bo`ladi. Katta odamda yurak qono`s shaqlida bo`lib, ko`krak qafasidan 1/3 qismi chap tomonda, 2/3 qismi o`ng tomonda joylashgan mushaqli organdir.
Yurak 3 qavatdan tuzilgan: tashqi seroz, epikard qavat, o`rta mushaqli va ichki yassi epiteliyadan tashkil topgan-endokard qavatdan iborat. Tashqi qavat yurak xaltasiga tutashib ketgan bo`ladi.
Odam yuragi bir-biridan ajralgan o`ng va chap bo`laqlarga bo`lingan bo`ladi. Yurakning o`ng bo`lagiga organizmdan kelaetgan vena tomirlarikuyiladi. Chap bo`lagiga o`pkadan kelaetgan arteriya qoni bo`lgan o`pka venalari kuyiladi.
Yurakning har bir bo`lagi ikki kameradan: bo`lmacha va korinchadan tashkil topgan. Shunday qilib, yurak 4 kameradan: ikkita yurak bo`lmasi va ikkita yurak qorinchalaridan tashkil topgan bo`ladi
Bolaning 7-8 yoshida yurak mushaqlarining elastik tolalari yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. Yurak mushaqlarining rivojlanishi va diferentsiyalanishi 18-20 yoshgacha davom etadi. Yurakning o`sishi erkaqlarda 55-60 yoshgacha ayollarda 65-70 yoshgacha davom etadi. Bolaning bir yoshdan yurakning og`irligi yangi tug`ilganga nisbatan 2 marta, 3 yoshda 3 marta, 5 yoshida 4 marta, 10 yoshida 6 marta, 16 yoshida 11 marta ortadi. Bu ortish asosan chap korincha devorining qalinlashuvi hisobiga bo`ladi. Bola yoshi ortishi bilan yurakhajmi ham ortib boradi. 1yoshida 42 sm3, 7 yoshida 90sm.3, 14 yoshida 130 sm3, katta odamda esa 280 sm3 bo`ladi.
Bola yoshining ortishi bilan yurakning bo`lmacha va qorinchalarining hajmi, qon tomirlarining diametri ortishi bilan ortib boradi. Bolaning ilk yoshida yurakning hayotga chidamliligi yuqori bo`ladi.



MA’RUZA : 6



Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin