Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi


Ovqatning oshqozonda hazm bo`lishi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə47/57
tarix13.04.2023
ölçüsü190,35 Kb.
#97579
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham

Ovqatning oshqozonda hazm bo`lishi.
Oshqozon ovqat hazm qilish kanalining kengaygan qismi hisoblanib, katta odamlarda noksimon shaqlida bo`ladi. Oshqozonning kirish va chiqish qismlari tubi, katta, kichiq aylanalari ajratiladi, Oshqozonning kirish va chiqish qismlari mushaqlardan tuzilgan bo`lib, sfinter deb yuritiladi. Oshqozon ham boshqa hazm kanallari singari shillik, mushak, seroz qavatlaridan tuzilgan bo`ladi. Oshqozon shillik qavatining ostida 14 mln oshqozon bezlari joylashgan bo`ladi. Oshqozon mushaqlari qisqargan vaqtda ovqat aralashadi.

Oshqozonning hajmi katta odamlarda o`rta hisobda 2,5-3 dm3 etadi. Ularda bir sutkada 1,5-2 dm3 oshqozon shirasi ishlab chiqariladi. Oshqozon shirasining 99% suv, 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat. Oshqozon shirasi kislotik xususiyatga ega bo`lib, tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota saqlanadi. PH-2,5 teng. Oshqozon bezlarida shilliq modda ham ishlab chiqariladi. Bu modda shilliq qavatni turli ximik, mexanik ta`sirlardan saqlaydi. Turli ovqat moddalariga turli miqdorda oshqozon shirasi ajraladi. Oshqozon shirasining ajralishi asab-gumoral yo`lda ajraladi. Asab yo`lida shira ajralishi shartli va shartsiz reflekslar asosida bo`ladi (Ovqat ko`rmaganda hidiga ham oshqozon shirasining ajralishi) Oshqozon shirasining asab-gumoral yo`lda ajralishida ovqat tarkibidagi moddalar qonga surilgandan so`ng qon orqali oshqozon bezlariga kelib ularni faoliyatini kuchaytiradi. Ovqatlangandan 20/30 minutdan so`ng oshqozon to`lqinsimon qiskarib ovqat oshqozon shirasi bilan aralashadi. Katta odamlarda aralash ovqat oshqozonda 3-4 soatdan so`ng 12 barmoqli ichakka o`tadi. Sut va sutli ovqatlar oshqozondan o`n ikki barmoqli ichakka tez o`tadi.


Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning hajmi ham o`zgarib boradi. Yangi tug`ilganlarda 30-45sm3 bulsa, 10-12 yoshda 1500sm3 bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning shaqli ham o`zgarib boradi. 2 yoshgacha oshqozon nok shaqlida bo`lsa, 7 yoshda retorta qolba shaqlida bo`ladi. Bolalarda oshqozonning shillik qavati nozik bo`lib, juda ko`p qon tomirlari bilan ta`minlangan bo`ladi. Oshqozon bezlari mayda, yo`llari torroq bo`ladi. O`smirlarda oshqozon mexanik ta`sirlanganda ajralgan shiraning miqdori kapa odamnikidan 2 marta kam bo`ladi. 5-6 yoshda bolalar oshqozon shirasida xlorid kislota miqdorining kam bo`lishi bakteriyalarni zararsizlantirish xususiyatini kamaytiradi. Bolalar oshqozon shirasining tarkibida: pepsin, ximozin, lipaza, amilaza va boshqa fermentlar bo`ladi. Lekin bu fermentlarining kuchi kam. Bolalarda (ko`krak eshidagi) oshqozonning kirish qismidagi kardiy sfinktiri mo`staxkam berqilmaydi. 10-12 yoshda oshqozon harakati kuchayadi. Oshqozon massasi ham yosh bilan o`zgarib boradi. M-n: Chaqaloqlarda-6,5g, 14-20 yoshda 127 g, 20 yoshdan so`ng 155 g. Oshqozon massasi yosh bilan barobar 24 marta, gavda esa 20 marta kattalashadi.

Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin