Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham
Asab tizimi turli bo`limlarining tuzilishi va rivojlanishi.
Orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo`yin umurtqasi bilan II bed umurtqasi oralig`ida joylashgan bo`lib, katta odamda vazni 30 — 40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug`ilgan bolada 6—10 g, uzunligi —15 sm. Asab hujayralari orqa miyaning kulrang, asab tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning kundalang kesigida kulrang modda kattalak; shaqlida joylashadi, atrofida oq. modda bo`ladi. Kulrang moddaning oldingi, en va orqa shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan, bu erdan harakat asablari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo`ladi, ularga sezuvchi, ya`ni markazga intiluvchi asablar kiradi. Orqa miyada Bo`yin, ko`krak, bel, dumgaza segmentlari joylashgan. Orqa miyaning har bir segmenti bir juftdan 31 juft asab tolasi chiqadi. Ular gavda, qo`l, oyoq. mushaqlari va terini asab bilan taminlaydi. Orqa miya uch qavat parda bilan qoplangan.
Orqa miya reflektor va o`tkazuvchi vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet mushaqlarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol bo`ladi. Orqa miyaning o`tkazuvchanlik vazifasi undagi ko`tariluvchi va to`shuvchi o`tkazuvchi yo`llar orqali amalga oshadi.
Orqa miyadagi ba`zi reflektor funktsiyalar homilaning ona kornida rivojlanayotganida yo`zaga keladi. Homila 2-3 oylik bo`lganida harakatlana boshlaydi. Yangi tugilgan bola oyoq panjasining tagi ta`sirlansa 2-3 minutdan so`ng oyoq, panjasida bo`qish refleksi hosil bo`ladi. Bu refleks bola tugilgandan so`ng 6 oy utgach yo`qolib ketadi.
Bola 9-10 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi ortadi, asablar mielinlashishi 7 yoshgacha davom etadi, tug`ilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo`lib tana vaznining 1,8-1,9 qismini tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g,
7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g bo`lib, tana vaznining 1F40 qismini tashkil etadi. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o`sadi, 20-30 yoshlarga borib to`xtaydi. Bosh miya ham oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Kulrang moddasi turli neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. asab hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90%ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to`qima hisoblanadi. Bosh miya uzunchoq; miya, Varoliy ko`prigi, miyacha, o`rta miya, oraliq miyadan iborat bo`lib bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o`rab turadi.