Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə17/57
tarix13.04.2023
ölçüsü190,35 Kb.
#97579
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham

Uyqu va uyqu gigiyenasi
Uyqu organizm uchun zarur fiziologik jarayonlardan hisoblanadi. U nerv sistemasi va butun organizmning normal faoliyatini ta'minlaydi. I.P. Pavlov ko`rsatishicha uyqu bosh miya yarim sharlar po`slog`ining hamma yuzasida ichki tormozlanishning irradiatsiyalanishi natijasida hosil bo`lib, bu tormozlanish irradiatsiyasi bosh miyaning quyi bo`limlariga, oraliq va o`rta miyaga ham tarqaladi. Uyqu vaqtida uzunchoq miya faoliyati to`xtab qolmaydi. Odam o`rta hisobda bir sutkada 8 soat uxlaydi. Uyqusiz 4-5 sutka yurishi mumkin. Uzoq uyqusizlik nerv, ruxiy kasalliklarini keltirib chiqaradi. Odam umrining 3:1 qismi uyquga ketadi. Uyquning quyidagi turlari mavjud: tabiiy fiziologik uyqu, gipnotik uyqu, narkotik uyqu.
Tabiiy fiziologik uyqu har kun tundagi normal uyqudir. Odam organizmining tabiiy fiziologik uyquga extiyoji yoshga qarab turlicha bo`ladi. Chaqaloqlarda 21-22 soat, 13-14 yoshda 9,5-10 soat, katta bolalarda 8 soat. Tungi uyqu 3-5 sikldan iborat bo`lib, har qaysi shaklda sekin va tez uyqu davrlarga takrorlanib turadi. Sekin uyqu davri 1-1,5 soat, tez uyqu davri 10-30 minut davom etadi. Tez uyqu davrida tush ko`rish sodir bo`ladi.
Uyqu davrida miyaning shartli reflekslari faoliyati tormozlanadi, yurak qisqarishi, nafas olish kamayadi, siydik hosil bo`lish funktsiyalari, tana harorati pasayadi. Bulardan tashqari muskullar tonusi susayadi, qovoqlarni yumuvchi, ko`z qorachig`i, to`g`ri ichak muskullarining tonusi ortadi. I.P. Pavlov ta'limotiga ko`ra kuchsiz ta'sirlovchilar bir xil retseptor uchlariga qayta- qayta ta'sir qilishi tufayli miya po`slog`i keng irradiatsiyalanadi hamda tormozlanishni keltirib chiqaradi. Lekin uyquni chuqur tormozlanish deb bo`lmaydi. Chunki nafas olish, yurak qisqarishi va boshqa organlarning nerv markazlari funktsiyalanishda davom etadi. Miya po`slog`ida ham barcha markazlar tormozlanmaydi. Bu nerv markazlarini I.P. Pavlov "qorovul" markazlar deb nomlaydi. Bu markazlar odamni o`z vaqtida uyg`otadi.

Shunday qilib, uyqu bosh miya yarim sharlari pustlog`ining nerv hujayralari, ya'ni oliy nerv markazlarining tormozlanish holati bo`lib, bu vaqtda nerv hujayralari dam oladi, energiya to`playdi. Shuning uchun to`yib uxlagandan so`ng bolaning kayfiyati yaxshi bo`ladi.


Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil so`zlari va harakatlari ta'sirida yuzaga keladi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya sharlarining po`stloq qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki ma'lum qismi tormozlanadi. Shuning uchun gipnoz holatidagi odamda fikrlash, ong kabi oliy nerv faoliyatiga xos hususiyatlar vaqtincha yo`qoladi, lekin harakatlanish, gapirish qobiliyati saqlanadi. Shuning uchun u gipnozchining buyruqlarini bajaraveradi.
Narkotik uyqu har xil kimiyaviy dori moddalari ta'sirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga kelishi bilan harakterlanadi.
Tush ko`rish uyquda sodir bo`ladigan sub'ektiv psixik hodisa. Uyqu yuzaki bo`lganda bosh miya po`stlog`ining ayrim qismlaridagi, ayniqsa, ensa qismidagi ko`rish markazining nerv hujayralari to`liq tormozlanmaydi, ya'ni ularning ba'zilari kuchsiz qo`zg`alish holatida bo`ladi. Ana shu vaqtda tush ko`rish sodir bo`ladi. Tush ko`rish odamning ko`rgan - kechirganlari, maqsadlari, istaklari kabilarning bosh miya po`stlog`i markazlaridagi izlarining tiklanishidir.
Uyqu gigiyenasi. Bolalar va o`smirlar uyqusini gigiyenik jihatdan to`g`ri o`stirish ularning ish qobiliyatini yuqori bo`lishini ta'minlovchi omillardan hisoblanadi. Bola o`rnini qulay bo`lishi, belgilangan vaqtda doimo uxlash uyqu gigiyenasida muhim ahamiyatga ega.

Uyqudan avval xonani shamollatish, toza havoda sayr qilish, tishlarni tozalash oyoq-qo`llarni iliq suvda yuvish tavsiya etiladi. Bola uxlashdan 1,5-2 soat oldin ovqatlangan bo`lishi kerak. Xona harorati 20°S atrofida saqlanishi tavsiya etiladi. Bolaning o`rni juda yumshoq yoki juda qattiq bo`lmasligi kerak. Uyqu gigiyenasiga rioya qilinsa, bola tiniqib uxlaydi, ish qobiliyati va kayfiyati yuqori bo`ladi:





Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin