Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham
Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigienasi Bolaning bir kunda yeydigan ovqati shu vaqt ichida sarf etilgan energiya o`rnini qoplashi va o`sishni ta`minlashi kerak. Bolalarni ovqatlantirishda ovqat tarkibidagi mahsulotlar nisbatini olish kerak. Umumiy ta`lim maktablarida va maktab internatlarida birinchi smenadagi o`quvchilarga ertalabki nono`shta 7.30 dan 8gacha bir kunlik ratsionning 25%, ikkinchi nono`shta 11-12 da ratsionning 15-20% ni, maktabdan qaytgandan so`ng to`shlik yeyishi kerak, bu ratsionning 35% tashkil etadi, kechki ovqat 19-20 da ovqat ratsionini 2025% tashkil etishi kerak.
Oziqa moddalari energiya manbai va qurilish materiali hisoblanadi. Shuning uchun ular to`la qimmatli ovqat eyishlari kerak. Shundagina ular yaxshi o`sadi, turli kasalliklarga chidamli bo`ladi. Bolalar ovqati barcha zaruriy moddalardan, o`simlik va hayvon mahsulotlaridan, sifatli mahsulotlardan va etarli darajada bo`lishi, to`q tutishi kerak. Ovqatlanish to`g`ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. o`rta maktab o`quvchilari 4 marta ovqatlanishlari, nimjon bolalar tez-tez ovqatlanishlari zarur. Ovqatlanishda shaxsiy gigienaga, stol atrofida o`zini tutishga, dasturxon go`zalligiga rioya qilish kerak. Hayotda ovqatdan zaharlanish ko`p uchrab turadi. Zaharlanish bakterial va bakteriyasiz turlariga bo`linadi. Bakterial zaharlanish turiga salmonellyoz kiradi. Bu salmonellalar to`shgan ovqatni yeganda rivojlanadi. Bu ovqat turlariga go`sht, tuxum, sut mahsulotlari kiradi. Bundan tashkari pichoq taxtalar, stollarda, qo`lda bu mikroblar bo`lishi mumkin. Ular pashsha, sichqon, kalamo`sh, it, mo`sho`q orqali ham yo`qadi. Zaharlanish belgilari: bir kun o`tkach o`t rufagi atrofida og`riq paydo bo`ladi, qo`sadi, ich ketadi, bosh og`riydi, tirishishadi, sovuq ter bosadi.
Botulizm. Tabiatda keng tarqalgan botulinos tayoqchasi bilan zararlangan ovqatni iste`mol qilish orqali odam o`tkir zaharlanadi. Odam zaharli konservalar, qo`ziqorin, tuzlangan baliq, dudlangan mahsulotlar, go`sht orqali yuqadi. Bir necha soat o`tgach zaharlanish belgilari paydo bo`ladi: mushaqlari bo`shashadi, ko`zi yaxshi ko`rmaydi, og`zi ko`riydi, nutqi bo`ziladi, yutishi qiyinlashadi, nafas olishi kiyinlashib, bemor xalok bo`lishi mumkin.