Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 489,2 Kb.
səhifə23/57
tarix25.12.2023
ölçüsü489,2 Kb.
#196249
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Uyqu fiziologiyasi va uning fazalari

Shartli va shartsiz reflekslar
Asab tizimining faoliyati reflektor printsipida amalga oshadi. Refleks tashqi va ichki muhit ta`siriga organizmning asab tizimi orqali yo`zaga keladigan javob reaktsiyasidir. Refleks terminini fiziologiya faniga chex olimi Proxaski kiritgan. Reflekslar ikki xil bo`ladi: shartli va shartsiz.
Shartsiz reflekslar tugmadir, uning hosil bo`lishida markaziy asab tizimining pastki qismlari, ya`ni orqa, uzunchoq, o`rta, oraliq miyadagi asab markazlari ishtiroq etadi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta`minlashga qaratilgan. Masalan, ovqatni chaynash, emish, yutish, hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish, qon aylanishi va boshqalar. SHartsiz reflekslar doimii, odam hayoti davomida o`zgarmaydi. Bu reflekslar nasldan — naslga o`tadi.
Shartli reflekslar odam hayoti davomida hosil bo`lib, uning markazi bosh miya katta yarim sharlari po`slog`ida joylashgan. Shartli reflekslarning asab yo`llari tarbiya, bilim olish, xunar o`rganish va boshqa hayotiy tajribalar asosida hosil bo`ladi. Muayyan refleks uzoq vaqt takrorlanmasa bu shartli refleks so`nadi.
Shartli refleks shartsiz refleke asosida hosil bo`ladi. Shartli refleks hosil bo`lishi uchun oldin shartli ta`sirlovchi ketidan shartsiz ta`sirlovchi ta`sir etishi kerak. Shartli reflekslar hosil bo`lishi uchun quyidagilar zarur: 1) befarq shartli ta`sir 2) shartli ta`sir shartsiz ta`sirdan oldin kelishi va shartsiz ta`sir qila boshlagandan keyin ham birmuncha vaqt ta`sir ko`rsatib turishi kerak 3) shartli va shartsiz ta`sirlar shu Tariqa birga qo`llanilishi kerak. SHartli ta`sir shartsiz ta`sir bilan quvvatlanib turilmasa, shartli refleks hosil bo`lmasligi mumkin.
Hayot mobaynida ba`zi shartli reflekslar sunib, yangilar paydo bo`lib turadi. Masalan bola tug`ilganda 7-8 marta emsa, katta odam 3-4 maxal ovqatlanadi. Refleks bosib o`tgan yo`lga reflektor yoyi deyiladi u quyidagilardan tashkil topgan: retseptor (asab uchi), markazga intiluvchi asab ya`ni afferent asab; asab markazi (orqa yoki bosh miya), markazdan kochuvchi, ya`ni efferent asab va ish bajaruvchi organ yoki effektordan iborat. Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi-eksteroretseptorlar va ichki-interoretseptorlarga bo`linadi. ekstroretseptorlarga teri, ko`z, quloq, hid bilish, ta`m bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular tashqi ta`sirni qabul qiladi. Interoretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o`zida hosil bo`lgan ta`sirni qabul qiladi. Prodrioretseptorlar mushaqlar, paylar va bo`g`imlarda joylashgan retseptorlardir. Shartli reflekslar hosil qilishda chamalash refleksining ahamiyati juda katta, bu refleksii I.P. Pavlov "Nima degan?" deb atagan. Chamalash refleksi turlicha namoyon bo`ladi. tashqi muhitning bir oz o`zgarishi bosh, ko`z, qo`loq butun gavdani ta`sir berilgan tomonga qarab aylantiruvchi mushaqllar harakatini paydo qiladi. Chamalash refleksi murakkab reaktsiya hisoblanadi, u komponentlarni yagona bir tizimga birlashtiruvchi omildir.
Shartli ta`sirlovchini shartsiz ta`sirlovchi bilan mustahkamlab, hosil qilingan shartli refleks birinchi tartibl-tf shartli refleks deyiladi. Ana shu shartli refleks asosida yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Bu hosil qilingan shartli refleks ikkinchi tartib" shartli refleks deyiladi. Masalan, itda lampochka yokib, so`lak ajralishiga shartli refleks hosil qilinsa, o`nga qo`shimcha ravishda qo`ng`iroq chalib, yangi shartli refleks hosil qilish mumkin.

Yüklə 489,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin