Ko`z akkomodatsiyasi. Akkomodatsiya ko`zning moslanishi bo`lib ya'ni ko`zning uzoqni va yaqinni ko`rishini ta'minlaydi. Ko`z akkomodatsiyasi ko`z soqqasini harakatga keltiruvchi nervini parasimpatik tolalari bilan ta'minlangan kipriksimon muskullarni reflektor qisqarishi natijasida gavharni elastikligi o`zgarishi bilan vujudga keladi. Odam yaqindan narsalarga qaraganda gavhar qavariqroq bo`ladi, uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq bo`ladi.
Ko`rish a'zosi funktsiyasining buzilishi. Odamda ko`rishning turlicha buzilish hollari uchraydi. Ulardan ko`p uchraydiganlariga yaqindan ko`rish va uzoqdan ko`rishdir. Normal ko`rishda narsalarning tasviri to`r pardada hosil bo`ladi.