Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə35/84
tarix12.05.2022
ölçüsü190,35 Kb.
#57750
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84
fiziologiya

Yaqindan ko`rish. (miopiya) yaqindar ko`radigan bolaning ko`z soqqasi cho`ziqroq shaklda bo`ladi. Shuning uchun uzoqdagi narsalarning tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa tushadi. Natijada uzoqdagi buyumlarning tasviri aniq ko`rinmaydi. Bu holat ko`z gavharining do`ngligi ortib ketishi ham sababchi bo`lishi mumkin. Maktab yoshidagi bolalarda yaqindan ko`rish ko`proq uchraydi sababi yotib o`qish yoki juda egilib o`qish tufayli kelib chiqadi.

Uzoqdan ko`rish. (gipermetropiya) asosan tug`ma bo`ladi. Bunday bolalarning ko`z soqqasi qisqaroq bo`ladi. Bunda yaqindagi buyumlarning tasviri ko`z to`r pardasiga emas balki uning orqasiga tushadi. Ikkinchi sababi gavharning pastga joylashganligi. Bu kamchilik maktab yoshidagi bolalarda ko`proq uchraydi.

Ranglarni sezmaslikni birinchi bo`lib Dal'ton aniqlagani uchun bu kasallikni Dal'tonizm kasalligi deb ataladi. Ular qizil yoki yashil ranglarni ajrata olmaydilar. Buning sababi ko`zning to`r pardasida joylashgan kolbachasimon retseptorlarda ma'lum rang tasvirida qo`zg`aladigan retseptorlar yoki nervlar bo`lmasligidir. Daltonizm kasalligi erkaklar orasida 8 % ayollarda esa 0,5 % ni tashkil etadi. Irsiy kasallikdir.Ikki ko`z bilan ko`rish. Ikki ko`z bilan ko`rish charchashni kamaytiradi, chunki narsani turli nuqtalari bir gruppa retseptorlar yordamida ko`riladi, shu vaqtda bioximik reatsiya qayta tiklanadi. Narsalarni ikki ko`z bilan ko`rish bir ko`z bilan ko`rish maydoniga nisbatan kengroq bo`ladi. Ikki ko`z bilan ko`rishda ko`zning o`tkirligi ortadi.

Kishi ikki ko`z bilan ko`rganda qaralayotgan narsaning tasviri har bir ko`zning to`r pardasiga tushadi. Odam ko`zining ko`rish o`tkirligini o`lchash uchun maxsus tablitsadan foydalaniladi. Bu tablitsalarda harflar yoki boshqa belgilar bo`ladi.


Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin