Qalqonsimon bez oldi bezi. Bu bez ikki juft bo`lib qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Har birining vazni taxminan 0,1 g. Ularning ajratgan gormoni paratgormonlar deyiladi. Paratgormonlarning asosiy xususiyati qon zardobida moddasini ma'lum miqdorda saqlashdir.
Gormon kam ishlab chiqarilsa, nerv – muskul sistemasining qo`zlauvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo`llari qaltiraydi. Gormon juda kamaysa suyaklar yumshab, mo`rtlashib tez sinuvchi bo`lib qoladi. Qalqon oldi bezlarining funktsiyasi ortib, paratgormon ko`p ishlab chiqilsa nerv-muskul sistemasining qo`zgaluvchanligi pasayib, tana muskullari bo`shashib qoladi, tez charchaydi, umumiy xolsizlanadi.
Ayrisimon bez – (timus) bu bez to`sh suyagining orqa qismida joylashagn. Uning vazni yangi tug`ilgan bolada 12 g bo`lib, to balog`atga etish davrigacha 14-15 yoshgacha kattalashib 30-40 g gacha etadi. So`ngra bezning hajmi asta sekin kichiklashib yog`` moddasiga aylanadi. 25 yoshda bezning og`irligi 25 g gchach kamayadi. 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo`ladi.
Ayrisimon bez timozin gormonini ishlab chiqaradi. U bolalarning o`sishiga ijobiy ta'sir etadi va jinsiy bezlar funktsiyasini susaytirib bolada baldog`atga etishni susaytiradi. Ekspremental tekshirishlar natijasida bu bez organizmning immunitet xususiyatiga ta'sir etishi aniqlangan. Qizil ilikdan hosil bo`ladigan limfotsitlar ayrisimon bezdan o`tgandan keyingina himoya qilish qobiliyatiga ega bo`lar ekan. Ayrisimon bez gormoni timozin faqat limfotsitlarni aktivlashtirmasdan, balki organizmda uglevod va kaltsiy almashinuvida, nervdan muskullarga ta'sir o`tishini nazorat qilishda ham ishtirok etadi. Timus bezi olib tashlanganda mineral tuzlar almashinuvi buziladi. Muskullar bo`shashib kuchsizlanadi.
Dostları ilə paylaş: |