Nafas harakatlarining boshqarilishi uzunchoq miyadagi bir guruh asab hujayralarining faoliyati nafas mushaqlarining qisqarishiga sabab bo`ladi. Shu hujayralar nafas markazi deb ataladi. Nafas markazi hujayralari uzunchoq miyaning o`ng va chap yarmida joylashgan va miyaning biror tomonidagi markaz faoliyatining to`xtashi fakat tegishli tomondagi nafas mushaqlar ishini to`xtatishiga sabab bo`ladi. Nafas markazida faqat nafas olishni yoki faqat nafas chiqarishni ta`minlaydigan neyronlar bor. Ammo uzunchoq miya butunligicha saqlanib qolsa-yu, uning yo`qorida yotgan bosh miya bo`limlari bilan, xo`susan miya po`stlog`i bilan aloqa buzilsa, nafas ham izdan chiqadi. Nafas harakatlari reflektor yo`li bilan boshqariladi. Tanamizning boshqa qismlari tasvirlanganda xam nafas reflektor ravishda o`zgaradi. M-n: Cho`milish vaqtida suvga to`shish nafasni qisqa vaqt to`xtab qolishiga sabab bo`ladi,
Hiqildoq asabi uchlarining nafas yo`llarida chang yoki shilimshiq bilan ta`sirlanishi yutalga sabab bo`ladi. Burun-halqumining chang yoki shilimshiq bilan ta`sirlanishi aks urishga sabab bo`ladi.
Sog`lom organizmda nafas oraliq, miya va bosh miya po`stlog`i ishtirokida boshqarilib boradi. Katta yoshli odam va katta yoshli bolalar o`z ixtiyori bilan nafas tezligini va chuqurligini o`zgartirishi mumkin.
Bundan tashqari, nafas tezligi uning emotsional holatiga bog`liq bo`ladi.
Bosh miya katta yarim sharlarining peshona bo`laklarini ta`sirlash nafas
harakatlarining o`zgarishiga sabab bo`ladi.
Sportchida start oldidan, o`quvchining imtihon oldidan, ishchini mehnat jarayoni boshlanishi oldidan nafasini tezlashishi xam shartli refleksdir.
Dostları ilə paylaş: |